|
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi
|
bet | 15/34 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #239477 |
Bog'liq uymakorlik2Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat kunikma, malakalariga ega bulishlari muxim axamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat kunikma, malakalarini uzlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bulishlari talab etiladi. Uz moxiyatiga kura pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat kunikma, malakalarining uzlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni karor topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning karor topishi xam murakkab jarayon bulib, u bir necha boskichda kechadi.
Pedagoglarda innovatsion yondashuvni karor toptirish boskichlari. Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chikarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida xam tub uzgarishlar sodir bulishiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olishga bulgan extiyojlaridan kelib chikkan xolda ruy beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning kullanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi xisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vakt sarflagan xolda kutilayotgan natijani kulga kiritishga imkon beradi, ukitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga kura ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. Ukituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani xarakatga keltiruvni, opta undovchi, bunyodkorlikka ragbatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bulib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu sababli xar bir ukituvchi innovatsiyalarning moxiyatini tula tushungan xolda uz faoliyatiga izchil tatbik eta olishi zarur.
Innovatsion ilmiy pedagogik nazariyalar tahlili ta’limda innovatsion jarayonlarning quyidagi xususiyatlarini aniqlashga imkon berdi:
nisbiy, innovatsiyaning davriy takrorlanishi, innovatsiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari;
innovatsiyaning amaliyotda nazariyaga nisbatan ustuvorligi va nazariy asosga tayangan holda paydo bo‘lishi;
dunyoning ilmiy holatdagi ta’lim o‘zgarishlarida innovatsiyalarning shartliligi;
ta’limda yangilik yaratuvchisiga har doim ilmiy tafakkur bilan kundalik shug‘ullanuvchi va shu sababli uning ta’sirini boshdan o‘tkazgan o‘qituvchi hisoblanishi innovatsiyalarning «milliy xarakteri» va h.k.
SHuni ham ta’kidlash joizki, ta’limda universal innovatsiyalar ham mavjud, misol uchun, ta’lim tizimida turli kompyuter dasturlaridan muvaffaqiyatli foydalanish butun dunyo bo‘ylab amalga oshirilgan shunday innovatsiyalar ham mavjudki, ular ancha qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yangi ta’lim paradigmasiga mos kelish uchun, o‘zini maqsadli ravishda ijodiy shaxs sifatida shakllantirishni o‘rganish juda muhim hisoblanadi. Innovatsion ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba pozitsiyasining faolligi shundan iborat bo‘ladiki, ularning har biri o‘z faoliyati va xaddi-harakatining boshqaruv sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda bu jarayonni talaba sub’ektining shakllanish jarayoni deb atash mumkin, chunki, bu talaba shaxsi va uning kasbiy-texnologik madaniyati bo‘yicha ta’lim jarayonining texnologik tashkillashtirilganligining natijasidir.
Ta’lim jarayonining «innovatsion» texnologiyaligi talabani nafaqat ijtimoiy-kasbiy bilimlar bilan ta’minlaydi, balki unda kasbiga xos sifatlar shakllanishiga ham yordam beradi. Ta’kidlash joizki, ta’lim jarayonining texnologizatsiyasi uchta asosiy maqsadlarni hal qiladi. Bular:
Davlat manfaatlariga mos holda, talabani bo‘lajak mutaxassis sifatida tayyorlaydi;
Talabani jamiyat a’zosi sifatida shakllantirib, ijtimoiy tajriba va qadriyatlarni, me’yorlarni anglagan jamiyat manfaatlari bilan hamoxang faoliyat ko‘rsatuvchi kadrni tayyorlaydi;
Talabani faol, tashabbuskor, mantiqan fikrlovchi individ sifatida rivojlantiradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorligining ijtimoiy va kasbiy muhim sifatlari, nafaqat ta’lim muassasasidagi iqtisodiy va moliyaviy vaziyatga, balki bevosita bu sifatlarning talab etilganligi bilan bog‘likdir. Kasbiy jihatdan muvaffaqiyatli o‘qituvchilarning malakalari va kasbiy sifatlari zamonaviy oliy ta’limning asosiy real talablaridandir. Innovator-pedagoglar bugungi kun oliy ta’limining talabi bo‘lib, kasbiy cho‘qqilarga erishish uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarida ta’limni chuqurlashtirishi zarur. Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar innovatsion faoliyatini keng yoyish, yosh o‘qituvchilarga o‘rgatish, interfaol o‘qitish usullarini ochik darslarda namoyon qilishlari zarur. Natijada o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini baholashning yangi usullarini topish, kasbiga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish, pedagogik va ijodiy qobiliyatlarini transformatsiya qilish, ya’ni boshqalarga o‘rgatish hamda o‘qituvchilarda kasbiy funksiyalari tug‘risidagi tor tushunchalarning o‘zgarishiga olib keladi. Innovatsion ta’lim konsepsiyasi kuyidagi g‘oyalardan iborat:
Rag‘batlar va dispozitsiyalar asosida ikala sub’ekt tomonidan kasbiy faoliyatni ongli ravishda tahlil qilish;
Me’yor va standartlarga tanqidiy munosabat;
Ma’nolar tizimini to‘zish va uni tansiflash;
Kasbiy madaniyat, muhit va yangiliklarga ochiqlik;
Har qanday faoliyatga ijodiy yondoshish; ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqish, tashabbuskorlik;
Ikkala sub’ektning o‘z-o‘zini realizatsiya qilishiga intilishi;
Ta’lim mazmuni elementlarini takomillashtirish.Bugingi kunda «innovatsion ta’lim texnologiyalari» va «pedagogik texnologiyalar» tushunchalarini ko‘p hollarda taxlil qilinmokda, mazmunan bularni bir-biriga har qanday hollarda tenglashtirilmoqda. Ayni bir paytda bu tushunchalar o‘rtasida farq bor. Innovatsion ta’lim va o‘qitish tushunchalari bir-biridan farq qilib, ular quyidagicha talqin qilinadi.
Innovatsion ta’lim olish – bu tizimlashtirilgan yangi usul orqali olgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, ular asosida o‘quvchida dunyoqarash, xulq-atvor, shaxs sifatlari tashkillashtirilgan innovatsion ta’lim va mustaqil ta’lim orqali shakllanadi. O‘qish – o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida maqsadga yunaltirilgan jarayondagi o‘zaro ta’sir bo‘lib, uning natijasida o‘quvchiga ta’lim, tarbiya berish, shaxsini rivojlantirish amalga oshiriladi. Innovatsion ta’lim texnologiyasi pedagogik texnologiyaning bir qismi sifatida yangi ta’lim tizimlari nazariyasi va loyihalash usullarini yaratish, ta’lim jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan. Ta’lim texnologiyasining asosiy vazifasi dars berish va o‘qish jarayonini optimallashtirishdan iborat. Ta’lim texnologiyasi – maqsadga erishish usuli bo‘lib, u ko‘zlangan natijaga olib kelishi yoki kelmasligi ham mumkin. Maqsadga erishish darajasi faqat texnologiyaga bog‘liq bo‘lib qolmay balki, «texnolog»ning (ya’ni pedagogning) mahoratiga ham bog‘liq. O‘qitish jarayonining texnologizatsiyasi bu real o‘qitish tizimiga aniq innovatsion usullarni, vosita, shakl va ularning elementlarini transformatsiya va joriy etish jarayonidir. O‘quv jarayonini modernizatsiyalash jarayoni va kompyuter, audiovizual texnikalarni joriy etishning maqsadi, test nazoratlarida innovatsion usullardan foydalanish, yangi bilimlarni o‘zlashtirishda va shakllantirishda videofilmlardan foydalanish, tajribalar o‘tkazishda yangi kompyuter dasturlaridan foydalanishdir. Bularning barchasi modernizatsiya mohiyatini anglatadi. Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitishning qanday texnologiyasini tanlash o‘quv jarayoninig quyidagi xarakteristikalariga bog‘liq.
|
| |