• O’quv mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi modeli O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi. Mavzu: Anakartni tanlash va o’rnatish
  • Kompyuterni Diskovodni o‘rnatish bosqichlari tartibi
  • Ta`lim oluvchi
  • O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi




    Download 14,17 Mb.
    bet146/199
    Sana29.05.2024
    Hajmi14,17 Mb.
    #256857
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   199
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko\'rsatish toplam

    O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Mavzu: 32

    Anakartni tanlash va o‘rnatish



    O’quv mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi modeli


    O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi.


    Mavzu: Anakartni tanlash va o’rnatish


    Reja:

    1. Fanning maqsadi.
    2. Kompyuterni Diskovodni o‘rnatish bosqichlari tartibi haqida ma`lumot
    Kompyuterni Diskovodni o‘rnatish bosqichlari tartibi



    Ish bosqichlari va vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O`qituvchi

    Ta`lim oluvchi

    1- O`quv mashg`ulotiga kirish(5daq)

    Tashkiliy qism:
    1.O`quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi

    Mashg`ulotga tayyorlanadilar

    2-bosqich Asosiy (65 daq)

    Tayanch bilimlarni faollashtirish:
    1 Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
    Maqsad va vazifani belgilanishi:
    2 Mashg`ulotning nomi, rejasi,maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi
    3 Mustaqil ish uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi
    4 O`quv mashg`ulotiga o`quv ishlarni baholash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
    Ta`lim oluvchilar bilimini faollashtirish
    5 Tezkor-so`rov, savol-javob, aqliy hujum, pinbord, ”o`ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
    Yangi o`quv material bayoni
    6 Nazariy mashg`utning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o`qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi.
    Yamgi o`quv materialini mustahkamlash:
    7 Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi
    8 Mustahkamlash uchun savollar beradi Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma`lum qiladi;
    9 Kichik guruhlarga bo`ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi
    Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi
    10 Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o`tkazadi
    11 Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma`lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
    12 Guruhlar ishini o`zaro baholashni o`tkazadi, mavzuning har bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi,eng asosiylariga etibor qaratadi, berilayotgan ma`lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlardagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi

    Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasin yozib oladilar. Diqqat qiladilar savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruhlarga bo`linadilar.kichik guruhlar qoidasi bilan tanishadilar. Har bir guruh o`z topshiriq varaqlari bo`yicha faoliyatini boshlaydi. Har bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar. Ma`lumotlarni daftarga qayd qiladilar



    3-bosqich Yakuniy (10 daq)

    Mashg`ulot yakuni:

    1. Faol ishtirok etgan o`quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag`batlantiradi

    Uyga vazifa berilishi:Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi

    Baholash bilan tanishadilar
    Topshiriqni yozib oladilaar

    Mavzu:Diskovodni o‘rnatish bosqichlari


    CD-ROM(Compact Disk Read Onle Memory) disk yurituvchini o‘rnatish jarayoni vinchesterni o‘rnatish jarayoniga o‘xshash. Avval jamperlarning to‘g‘ri o‘rnatilgani tekshiriladi. (Slave\Master installyatsiyaning turiga bog‘liq ravishda, agar disk yurituvchi qattiq disk bilan bir shleyfga o‘rnatilsa, unda disk yurituvchi slave bo‘lishi kerak). 6.1-rasmda CD ROM diskovodi.



    6.1-rasm.
    IDE Interfeysli disk yurituvchilar uchun quyidagi konfiguratsiyalar tavsiya qilinadi:
    - birlamchi IDE: (bir qavatli) Master Primary IDE kabi qattiq disk;
    - ikkilamchi IDE: (bir qavatli) Master sifatdagi CD/DVD disk yurituvchi.
    Agar shaxsiy kompyuter egasiga IDE tarkibiy qismlarining hammasidan foydalanish talab qilinsa, disk yurituvchilarni quyidagi tarzda ulash kerak:
    - birlamchi IDE: (ikki qavatli) Master kabi 1-qattiq disk;
    - birlamchi IDE: (ikki qavatli) Slave kabi 2-qattiq disk;
    - ikkilamchi IDE: (ikki qavatli) Master kabi 1-CD/DVD disk yurituvchi;
    - ikkilamchi IDE: (ikki qavatli) Slave kabi 2-CD/DVD disk yurituvchi.

    6.2.CD ROM diskovodini o‘rnatish


    Tizimni installyatsiya qilishda oldingi plastik panel ostidagi metallga qarang. Aslida metalldan yasalgan korpus plastik panellar ostiga yashirilgan. Butun oldingi bo‘limi yoki eng kam deganda uning disk yurituvchi(diskovod) o‘rnatiladigan qismi katta metall parchasidan ishlanadi. Keyin unda teshiklar ochiladi. Bir necha yillar davomida korpuslar uchun me’yorlar metall turini belgilab kelmoqda, chunki faqat metallgina elektromagnit nurlanishini kamaytirishi mumkin.



    6.2-rasm.

    Amaliyotda ikkita variant bor. Agar metall yopqich (zaglushka)lar oldindan siqib chiqazilgan bo‘lsa, ular metall qirquvchi qaychi bilan kesib olinadi yoki kuch bilan siqib chiqariladi. Agar kompyuterning korpusi yuqori sifatga ega bo‘lsa, bu metall panellarning istalgan paytda olib tashlash va boshqasiga almashtirish mumkin. Bu kabellarni kompyuter korpusiga zarar yetkazmay olib tashlash imkoni bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish lozim. Teshikni ochib, CD-ROM disk yurituvchini ichkariga joylashtirish, uni o‘z joyiga vint bilan mahkamlab qo‘yish mumkin(6.2-rasm).


    Buning uchun yo‘li ingichka qilib kesilgan vintlar zarur. Bu ishda 4 ta vintdan foydalaniladi. Vintlarni haddan tashqari qattiq tortish kerak emas. Chunki ortiqcha kuch ishlatish korpusda kuchlanish hosil qilib, uning qiyshayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Disk yurituvchining aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ta’sir shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun vintlarni disk yurituvchi yaxshi mustahkamlanganiga ishonch hosil qilinguncha, ammo korpusni deformatsiyalamaydigan qilib burash kerak. CD-ROM disk yurituvchilarning harorat rejimi haqida, xuddi vinchesternikidek, ehtiyot bo‘lish kerak.
    Ba’zida mustahkamlash uchun maxsus yo‘naltiruvchi relslardan foydalaniladi. Ular disk yurituvchiga mahkamlanadi(6.3-rasm).

    6.5-rasm. 6.4-rasm
    6.4 va 6.5-rasmlarda CD-ROM diskovodini tizim blokiga o‘rnatilayotgan vaqtdagi va o‘rnatilgandan so‘nggi holatlar ko‘rsatilgan. Uni o‘rnatgandan so‘ng elektr ta’minot blokidan keladigan kabel va qirqta tishli IDE kabeli bilan ulash kerak.
    Kabellar doimo 1-ajratish joyining oyoqchasi ko‘rsatadigan tarzda, bo‘yalgan bo‘ladi. Disk yurituvchilarning ko‘pchiligi ham 1-oyoqcha uchun xuddi shunday identifikatsiya ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Agar bo‘yoqli belgi bo‘lmasa, shuni yodda tutish kerakki, u tok manbaidan o‘chiriladigan (uziladigan) joyning yonida joylashgan. 6.6-rasmda tizimli blokning shleyflarsiz bo‘lgan vaqtdagi rasmi ko‘rsatilgan.
    Qirq tishli IDE kabeli (80 simli) CD-ROM disk yurituvchiga ulanadi (6.7-rasm). Tasma kabel. Ko‘rsatkichlar tok yo‘nalishini ko‘rsatayapti. Pastda: qattiq disk uchun 80 tishli kabel. Tasma kabellarni ulash.

    6.7-rasm 6.6-rasm.

    .


    Download 14,17 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   199




    Download 14,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Download 14,17 Mb.