• Axborot tizimi tushunchasi 1 Malumotlar bazasi haqida 3 Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 2
  • Axborot tizimlari tushunchasi
  • TESKARI ALOQA ISHLOV BERISH CHIQARISH KIRITISH Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat
  • O’qituvchi: Ernazarov A. E. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi mavzu




    Download 1,69 Mb.
    bet1/6
    Sana29.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #256574
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kuldasheva Dilroz


    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ikkinchi va kechki ta'lim fakulteti BI-K-123 guruh talabasi Kuldasheva Dilrozning iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari fanidan tayyorlagan taqdimoti
    O’qituvchi: Ernazarov A.E.

    Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi


    MAVZU:
    REJA:
    Axborot tizimi tushunchasi
    1
    Ma'lumotlar bazasi haqida
    3
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
    2
    «Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.
    Axborot tizimlari tushunchasi
    «Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.
    TESKARI ALOQA
    ISHLOV BERISH
    CHIQARISH
    KIRITISH
    Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat:
    Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui.
    Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki so’z - «tashkilot» va «firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi.
    Kompyuterlar va axborot tizimlari o’rtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan bo’lib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi.
    Axborot tizimlarining qo’llanish sohalari turli-tumandir. SHuningdek, har bir tizimga xos bo’lgan xususiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi ko’plab omillar orasida uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi. Sanab o’tilgan omillar ham tizimning o’zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini belgilab beradi.

    Download 1,69 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchi: Ernazarov A. E. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi mavzu

    Download 1,69 Mb.