O’qituvchi: Ernazarov A. E. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi mavzu




Download 1,69 Mb.
bet3/6
Sana29.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#256574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kuldasheva Dilroz

AAT ning namunaviy tuzilishi
Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish kichik tizimi). AAT ning namunaviy tuzilishi 2.3 -rasmda keltirilgan. Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki ishlov berish bo’yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida ob’ektlar to’g’risida ob’ekt uchun tabiiy bo’lgan shaklda, ya’ni tabiiy tilning so’zlari va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etilgan dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo’yicha varaqa mazmuni, bemorni tibbiy tekshirish natijalari, maqolalarning matnlari, tovar-transport yukxatlari mazmuni va hokazo) to’plash amalga oshiriladi.
Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali mavjud bo’lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan tizimda axborot takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborotning tizimga keyin kiritilishi zarur bo’lgan elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga Axborot manbai Axborotn i to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi Aloqa kichik tizimi Foydalanuvchi Axborot fondi Saqlash va ishlov berish kichik tizimi Axborotni kiritish kichik tizimi Chiqarish kichik tizimi va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar bo’yicha annotatsiya va bibliografik bayoni tuziladi, fizik parametrlari birliklarning yagona tizimiga keltiriladi. Dastlabki ishlov berishdan o’tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog’ozda qayd etiladi. Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to’g’ri ko’chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo’ladi.
Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig’iga muvofiq bo’lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek axborotga ishlov berish bo’yicha barcha amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmui boshqaruvida amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o’zi ham), shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) ga birlashadi. AIST o’z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuini oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko’rib chiqishda bu vositalarni ham albatta hisobga olish zarur
Axborotga ishlov berish kichik tizimi adabiyotlarda ko’p hollarda ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT) deb ataladi, bunda «ma’lumotlar» tushunchasi «axborot» tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi. «Axborot» tushunchasidan odatda xabarning mazmun-mohiyatini ta’kidlashni istagan holatlarda foydalaniladi. Lekin AIST ning asosi bo’lgan kompyuter hozircha ishlov berilayotgan xabarlarning ma’nosini idrok qilishga qodir emas. Kompyuterlarga nisbatan ko’pincha «ma’lumotlar» tushunchasi qo’llaniladi va kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma’lumotlar bilan operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. Bunda har qanday belgilar to’plami, uning mazmunidan qat’i nazar, ma’lumotlar hisoblanadi. Ma’lumotlarga muayyan ma’no berib, ularga ishlov berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi.
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) berilgan so’rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning zaruriy shaklini ta’minlab beradigan dasturlar majmui va chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi. So’rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar yordamida chiqarib berilishi mumkin. Kichik tizimlarning o’zaro aloqasi axborot manbalari va foydalanuvchilar hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida joylashgan, degan nuqtai nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud axborot tizimlarida axborot manbalari va (yoki) foydalanuvchilar aksariyat hollarda markaziy kompyuterdan yuz metrdan yuzlab kilometrgacha bo’lgan masofada joylashgan bo’ladi. Bunday hollarda markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga ma’lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan terminallar (ular hozir o’zi kompyuter hisoblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi.
Uzoqlashgan terminallarni – shaxsiy kompyuterlarni ulash uchun aloqa kanallaridan foydalaniladi, ular telefon tarmoqlari, umumfoydalaniladigan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumotlarni uzatishning maxsus tarmoqlaridan iboratdir. Kanal belgilangan yo’nalishda va zaruriy tezlikda ma’lumotlar bilan almashinishni ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari ma’lumotlarni faqat bir yo’nalishda uzatishni ta’minlaydigan – simpleks; ma’lumotlarni har ikki yo’nalishda, lekin vaqtning har bir momentida faqat bir yo’nalishda uzatishni ta’minlaydigan – yarimdupleks; bir vaqtning o’zida har ikki yo’nalishda ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan dupleks kanallarga bo’linadi.
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi

Download 1,69 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchi: Ernazarov A. E. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi mavzu

Download 1,69 Mb.