|
Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari kuyidagi tizimlarga bo’linadi
|
bet | 2/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #256574 |
Bog'liq Kuldasheva DilrozTexnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari kuyidagi tizimlarga bo’linadi:
DASTAKI
MEXANIZATSIYALASHGAN
AVTOMATLASHTIRILGAN
AVTOMATLASHGAN
Tizimni sanab o’tishi tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks ettiradi. Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajariladi. Qo’lda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi uncha katta bo’lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Aslini olganda dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum belgilar majmui bo’yicha zarur axborotni qidirishni engillashtiruvchi qurilmalar hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi
Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblashperforatsiya mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib, perfokartalar hisoblanadi. Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya mashinalari to’plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida axborot dastlabki hujjatlardan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiradi. Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funktsional imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini saqlash hamda ishlov berishga qodir. Bu erda axborot eltuvchilar kompyuterlarning xotira qurilmalaridir.
Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to’plash va uni kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson AAT ning tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan unga mo’ljallangandir. AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o’tadi. Odatda avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan ob’ektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositasida boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror-bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Aeroflot va temir yo’l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborotma’lumot tizimi uchun misol bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlar operativ tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi, chunki tizimga deyarli har bir murojaat qilish axborot fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi (joylar band qilinadi, yangi reyslar qo’shiladi va h.k.).
Axborot-ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o’tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to’plash, ro’yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo’yicha manbadan kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o’tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo’yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun yaroqli shaklga o’zgartirishdan iborat.
|
| |