Virtual laboratoriya ishlari sifatida




Download 499,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana04.06.2024
Hajmi499,95 Kb.
#260107
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Fizika(Ishchi dastur)

Virtual laboratoriya ishlari sifatida:
I. Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika.
1.1. Mexanik tebranishlarni o‘rganish.
1.2. Molekulyar fizika. Gaz qonunlarini o‘rganish.
1.3. Termodinamik. Moddaning issiqlik sig‘imini aniqlash.
1.4. Maksvell taqsimoti o‘rganish.
II. Elektr va magnetizm. Optika.
2.1. Zaryadlangan zarraning elektr maydonida harakati.
2.2. Nuqtaviy zaryad elektr maydoning potensiallar taqsimotini o‘rganish.
2.3. O‘zgarmas tok qonunlari.
2.4. Gaz razryadining volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.
2.5. Magnit maydonida zaryadli zarralar harakatini o‘rganish.
2.6. Elektromagnit induksiya hodisasini o‘rganish.
2.7. O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisalarini o‘rganish.
2.8. Difraksiya va interferensiya hodisalarini o‘rganish.
2.9. Difraksion panjara yordamida yorug‘lik spektrini o‘rganish.
III. Kvant optikasi. Atom fizikasi.
3.1. Frank-Gers tajribasini o‘rganish.
3.2. Vodorod atomining nurlanish spektrini o‘rganish.
Laboratoriya mashg‘lotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 
tavsiyalar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Laboratoriya ishlari fizikaviy stendlardan va virtual 
laboratoriya ishlaridan iborat.
Talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha o‘zlashtirgan fizik qonunlarni laboratoriya mashg‘ulotlarida 
tajribada asosida o‘rganadilar.
Laboratoriya ishlarining minimal namunalari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
O‘quv rejalarida kurs ishi (loyiha) kiritilmagan
2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi 
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:
1) Mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga 
yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba 
konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
2) o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini 
o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron 
manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;
3) fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular 
bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, ilmiy 
adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi;
4) INTERNET tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularini o‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy 


11 
ishlarini yozishda mavzu bo‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat 
turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballari bilan rag‘batlantiriladi;
5) mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;
6) amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish, 
hisobotlar tayyorlash;
7) ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
8) mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy ta’lim asosida mashg‘ulotlarni tashkil 
etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, 
Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak 
doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar 
tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash 
va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib 
boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib 
boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar 
to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar yechish uslubi 
va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.

Download 499,95 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 499,95 Kb.
Pdf ko'rish