O‘zgarmas tokning asosiy qonunlari . Zanjirning bir qismi va to‘liq zanjir uchun Om qonuni.
Kirxgof qoidalari. Tokning ishi va quvvati. Joul - Lens qonuni. O‘zgarmas tok qonunlari jumladan tok
kuchi, tok zichligi,elektr yurituvchi kuch kabilarni aniqlashga doir masalalar yechish ko‘nikmasi hosil
qilinadi. Elektr toki ta’sirini belgilovchi tok ishi, quvvatni hisoblash, shuningdek turli zanjirlar uchun
Kirxgof qonunlarini qo‘llashga oid masalalar yechilishi o‘rganiladi.
8.
Magnit maydoni. Bio-Savar-Laplas qonuni va uning turli o‘tkazgichlarga tatbiqi. Tokli o‘tkazgich
magnit maydonida. Amper kuchi. Lorens kuchi. Turli shakldagi, ya’ni to‘g‘ri, aylanma va tokli
solenoidlar atrofida yuzaga keladigan magnit maydon induksiyasi yoki kuchlanganligi qiymatini
hisoblashga oid masalalar ishlanishi ko‘rib chiqiladi. Magnit maydon bilan tokli o‘tkazgich orasidagi
o‘zaro bog‘lanishni aniqlash, shuningdek magnit maydonda harakat qiluvchi zaryadli zarralarga ta’sir
etuvchi kuchlar qiymatini hisoblashga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan.
9.
Magnit oqimi. Elektromagnit induksiya. Induktivlik. Elektromagnit induksiya hodisasi,
induktivlik va o‘zinduksiyaga doir masalalarni ishlash to‘g‘risida ko‘nikma hosil qilinadi.
10. Geometrik optika. Yorug‘lik interferensiyasi. Yorug‘likni sinishi va qaytish qonunlariga,
shuningdek turli usullarda hosil bo‘ladigan yorug‘lik interferensiyasiga oid masalalar ko‘rib chiqiladi.
11.
Yorug‘lik difraksiyasi. Yorug‘likning qutblanishi. Yorug‘likning difraksiya hodisasiga va
difraksion panjaraga bag‘ishlangan masalalarda yorug‘lik to‘lqin uzunligi, spektr tartibi, panjara
9
doimiysi kabi qiymatlarni aniqlashni
o‘rganiladi. Tabiiy yorug‘likdan qutblangan yorug‘lik hosil qilish va qutblangan yorug‘likning
intensivligi kabi kattaliklarni aniqlashga doir masalalar yechish ko‘nikmalari hosil qilinadi.
12.