• Fotoelektrik hodisa.
  • Radioaktivlik.
  • 2.4. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
  • Laboratoriya ishlarining taxminiy ro‘yxati
  • O‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot O’qituvchi Ismoilov Davron Maxmadaliyevich Кafedra




    Download 499,95 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet11/20
    Sana04.06.2024
    Hajmi499,95 Kb.
    #260107
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
    Bog'liq
    Fizika(Ishchi dastur)

    Issiqlik nurlanish qonunlari.
    Yorug‘liking kvant tabiati. Qizdirilgan jismlarning harorati
    energetik yorqinligi, nurlanish quvvati, spektrial zichligi kabi kattaliklarni aniqlashga doir masalalar 
    yechilishi o‘rganiladi. Yorug‘likning kvant xossalari, ya’ni Plank formulasi yordamida fotonlarning 
    energiyasi, chastotasini va massasini
    13. 
    Fotoelektrik hodisa.
    Kompton effekti. Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Fotoeffekt qonunlari 
    asosida hamda Eynshteyn formulasi yordamida turli metallar uchun fotoeffektning qizil chegarasi
    elektronlarning tezligi, energiyasi, chastotasi va chiqish ishiga oid masalalar yechilishi o‘rganiladi. 
    Shuningdek Bor nazariyasiga asoslangan masalalar ko‘rib chiqiladi. Tomson modeli. Rezerford 
    tajribasi. Atomning yadro modeli. Vodorod atomining nurlanish spektri. Balmerning umumlashgan 
    formulasi. Ridberg doimiysi. N.Bor postulatlari. Vodorod atomining Bor nazariyasi. Frank - Gers 
    tajribasi.
    14. 
    Radioaktivlik. 
    Radioaktivlik hodisasi, radioaktiv moddalarning yemirilish, yarim yemirilish 
    davrini topishga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.
    15. 
    Yadro reaksiyalari.
    Massa defekti. Atom yadrolarining bog‘lanish energiyasi. yadroviy 
    reaksiyalar hamda bog‘lanish energiyasini taxlil etishga bag‘ishlangan masalalarni yechishda 
    ko‘nikma hosil qilinadi
    2.4. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
    Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha tavsiyalar va 
    uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Laboratoriya ishlari fizikaviy stendlardan va virtual laboratoriya 
    ishlaridan iborat.
    Laboratoriya mashg‘ulotlarida tajriba asosida fizik qonunlarni o‘rganiladi. Laboratoriya ishlarining 
    minimal namunalari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
    Laboratoriya ishlarining taxminiy ro‘yxati
    1. VideoCom qurilmasi yordamida erkin tushish tezlanishini ro‘yxatga olish va tahlil qilish. Erkin 
    tushish trayektoriyasini VideoCom qurilmasi bilan qayd qilish. Erkin tushish tezlanishini aniqlash.
    2. Kavendishning burilish muvozanati yordamida Yer tortishish doimiysini aniqlash. Aylanma 
    mayatnikning muvozanat vaziyati atrofida tebranishlari so‘nishining vaqtga bog‘liqligini qayd qilish. 
    Gravitatsiya doimiysi G ni eng chekka og‘ishini aniqlash usulida topish. G gravitatsiya doimiysi G ni 
    tezlanish usulida aniqlash.
    3. Oberbek mayatnigi yordamida qattiq jismning inersiya momentini aniqlash. Ma’lum geometrik 
    shaklga ega bo‘lgan qattiq jismning inersiya momentini Oberbek taklif etgan usul bilan aniqlash 
    o‘rganiladi va aylanma harakat qonunlari bilan tanishiladi.
    4. Egilish usuli orqali Yung modulini aniqlash. Yog‘och sterjen o‘rtasiga kuch ta’sir qilish yo‘li bilan 
    Yung moduli aniqlanadi. Deformatsiya va uning turlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilinadi.
    5. Cp/Cv usuli orqali adiabatik jarayonni aniqlash. Po‘lat zoldirning ossilatsiya davrini o‘lchash. Havo 
    uchun adiabata koeffitsiyentini aniqlash.
    6. Suyuqliklarning ichki ishqalanish koeffitsiyentini Stoks usuli bilan aniqlash. Stoks usuli – suyuqlik 
    ichida tik yo‘nalishda harakatlanuvchi sharchaga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat sharti aosida 
    suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash to‘g‘risidagi tasavvur hosil qilinadi.
    7. Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish. Ma’lum 
    materialdan yasalgan elektrodlar atrofida hosil
    bo‘ladigan elektr maydon tabiati o‘rganiladi. Tajribada bu elektrodlarning manfiy yoki musbat 
    zaryadlanganligini aniqlanadi.
    8. Uitston ko‘prigidan foydalanib qarshiliklarni aniqlash. O‘zgarmas tok ko‘prigi ya’ni Uitston 
    ko‘prigi vositasida o‘tkazgich qarshiligi aniqlanadi. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash orqali 
    qarshiliklarning qiymatlari aniqlanishi o‘rganiladi.
    9. To‘g‘ri o‘tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini o‘lchash. Bu laboratoriya ishida Bio-
    Savar-Laplas qonunini to‘g‘ri o‘tkazgich va aylanma halqada tekshirish mumkin.
    10. Yer magnit maydonini aylanuvchi induksion g‘altak yordamida o‘lchash. Yer magnit maydonining 


    10 
    komponentlarini aniqlash. Yer magnit maydonining og‘ish burchagini aniqlash
    11. Mikroskop yordamida shisha plastinkaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash. O‘lchov 
    mikroskopining tuzilishi, optik chizmasi va ishlash pritsipi bilan tanishiladi. Shu bilan birga shisha 
    plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi tajribada aniklanadi.
    12. Difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash. Difraksiya hodisaning 
    fizik mazmuni va difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini o‘lchash usuli bilan 
    tanishiladi
    13. O‘tgan va qaytgan yorug‘liklarda Nyuton xalqalari. Bu tajribada o‘tgan va qaytgan yorug‘liklarda 
    Nyuton xalqalarini ekranda kuzatish va solishtirish.
    14. Malyus qonunini o‘rganish. Yorug‘likning qutblanishi va uning intensivligi tajribada o‘lchaniladi.
    15. Fotoeffekt qonunlarini tekshirish. Fotoeffekt hodisasi va uning qonunlari bilan tanishiladi. 
    Yorug‘lik ta’sirida metall sirtidan chiqayotgan fotoelektronlarning fototok hosil qilishi kuzatiladi.

    Download 499,95 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 499,95 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot O’qituvchi Ismoilov Davron Maxmadaliyevich Кafedra

    Download 499,95 Kb.
    Pdf ko'rish