Usulning nazariyasi va qurilmaning tavsifi




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/127
Sana20.05.2024
Hajmi3,61 Mb.
#245676
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
Bog'liq
Majmua Optika ZAXIDOV I

Usulning nazariyasi va qurilmaning tavsifi
Bir-biriga juda yaqin ko`p sonli parallel tirqishlar sistemasi 
difraktsion panjara
deb 
yuritiladi. Oddiy tiniq (shaffof) difraktsion panjarada shisha plastinkaning yuziga aniq bo`lish 
mashinasi bilan bir-biriga parallel juda ko`p shtrixlar chiziladi. Shtrixlar (chizilgan joylar) 
orasida chizilmagan yorug`lik o`tkazadigan o`zaro parallel tiniq yo`llar (tirqishlar) qoladi. 
Shishaning chizilgan joylari yorug`likka tiniq emas, ularni plastinkadagi tiniq tirqishlarning 
noshaffof oraliqlari deb qaraladi. 
Difraktsion panjaraning tiniq tirqishlarining enini 
а

noshaffof shtrixlarning enini 
b
deb belgilasak, u holda 
b
а
d
+
=
ifoda panjaraning 
davri
yoki 
doimiysi
deb yuritiladi. 


166 
Yaxshi panjaralarda har millimetrda minglab tirqishlar va noshaffof oraliqlar 
(shtrixlar) bo`ladi. Panjaralar juda aniq tayyorlanadi, ularda shtrixlar orasidagi masofa birday 
saqlanishi shart. Difraktsion panjaraning eng qimmatli 
xossasi – oq yorug`likni spektrga yoyish qobiliyatidan 
iboratdir. Difraktsion panjara ham prizma kabi spektral 
asbob hisoblanadi. Ularni ishlatiladigan asosiy soha-
spektral analiz uslubidir. 
Yuqorida biz (4) formulani ko`p sonli parallel 
tirqishlar sistemasi-difraktsion panjaraga ham qo`llash 
mumkinligini aytgan edik. Shuning uchun (4) formulani 
difraktsion panjara formulasi deyish mumkin. 
Difraktsion panjara yordamida yorug`lik to`lqin 
uzunligini aniqlashda ishlatiladigan eng oddiy asbobni 6-
rasmda keltirilgan. 
Asbobning asosiy qismi to`g`ri burchakli taxta 
bo`lagi (brusok) dan iborat bo`lib, uning ustki sirti millimetrlarga taqsimlangan shkalali 
chizg`ich 4 ni tashkil qiladi.
Brusokning bir tomondagi uchiga ramka mahkamlangan va ikkinchi 
uchiga ko`ndalang qilib metall ekran o`rnatilgan. Ekranning ustki qismini 
qoraga bo`yalgan, pastki qismiga esa millimetrli shkala 3 chizilgan. Shkalaning 
nolinchi bo`limi ekranning o`rtasiga mos tushadi va nolinchi bo`lim tepasida 
tirqish 2 bor. Ekranni brusokning usti bo`ylab siljitish mumkin. To`g`ri tolali 
elektr chirog`ini ekrandan 4 – 5 
m
masofaga joylashtiriladi. 
Difraktsion panjaradan ekrandagi tirqishgacha masofani 4 chizg`ich 
bo`yicha aniqlanadi. 
Mazkur asbob ekranning shkalasi 3 da hosil bo`ladigan difraktsion spektrni bevosita 
linzasiz kuzatish imkonini beradi, linza rolini kuzatuvchi ko`zining xrustaligini o`taydi. 
Kuzatuvchi difraktsion panjara va 3 shkaladagi tirqish orqali yorug`lik 
manbaiga qarab, yorug`lik manbaidan tashqari yana uning ikki tomonida 
simmetrik joylashgan difraktsion spektrlarni ham ko`radi. 1-tartibli spektr 
tirqishga eng yaqin joylashgan, uning tirqish tomondagi chekkasida binafsha 
6-rasm. 
Qurilma: 

– 
difraktsiоn panjara, 2 – 
tirqish, 3 – shkala, 4 – 
chizg`ich. 


167 
rang, tashqari qismida esa qizil rang mavjud. 2-tartibli spektrda ham xuddi 
shunday manzarani kuzatish mumkin (7-rasm). 
1-tartibli spektrdagi qizil va 
binafsha ranglarni q
1
va b
1
, ikkinchi 
tartibli spektrdagini esa q
2
va b

deb 
belgilaylik 
chi. 
Difraktsion panjara formulasi 
(4) dan ushbuni yoza olamiz: 
n
d


sin
=
(6) 
1 va 2-tartibli spektrlar bilan cheklanilganda 

burchakning juda kichikligini e’tiborga 
olib, sin

tg

deb yoza olamiz. U holda 7-rasmdan 

x
tg
=

ga teng. Binobarin, (6) 
formulani quyidagicha yozamiz: 

n
x
d

=

(7) 
Mazkur laboratoriya ishida berilgan 
d

n
va 
x


larning o`lchangan qiymatlari asosida 
(7) formula bo`yicha yorug`lik to`lqinining uzunligi aniqlanadi. 

Download 3,61 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Usulning nazariyasi va qurilmaning tavsifi

Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish