• Amaliy mashgʻulot………………………………...78 3. Laboratoriya mashgʻulotlari……………………103 4.
  • MA’RUZALAR MATNI 1-Mavzu. Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi va boshqa bo’limlar bilan
  • O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/127
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,61 Mb.
    #245676
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
    Bog'liq
    Majmua Optika ZAXIDOV I

     
     
     
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
    2023-yil 
     
     
     



    M U N D A R I J A 
     
     
    1.
     
    Ma’ruzalar matni………………………………..…6 
     
    2.
     
    Amaliy mashgʻulot………………………………...78 
     
    3.
     
    Laboratoriya mashgʻulotlari……………………103 
     
    4.
     
    Mustaqil ta’lim mashgʻulotlari…………………168 
    oʻquv dasturi…………………………………….171 
    тestlar……………………………….……………179 
    dasturiga muvofiq baholash mezonlari………..191 



    MA’RUZALAR MATNI 
    1-Mavzu. Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi va boshqa bo’limlar bilan 
    bog’liqligi. Optika qonunlarini amaliyotga, fan va texnika sohalariga tadbiqi. 
    Fanning vazifalari. Optika fanining rivojlanish tarixi va boshqa bo’limlar bilan 
    bog’liqligi.
     
    Optika - yorug‘likning tabiati, uning xosil bulishi va tarqalish qonunlarini 
    о‘rganuvchi fandir. Optika bо‘limida tо‘lqin uzunligi 0,1 
    dan 1 
    sm
    gacha 
    diapazondagi spektrga ega bо‘lgan elektromagnit tо‘lqinlari о‘rganiladi. Demak, 
    yorug‘lik deganda tо‘lqin uzunligi yuqoridagi diapazonda bо‘lgan barcha 
    tarqalayotgan elektromagnit maydonlari nazarda tutiladi. Kо‘zga kо‘rinadigan 
    yorug‘likka tegishli elektromagnit tо‘lqinlar 0,4-0,76 
    mkm
    intervaldagi uzunlikka ega 
    bо‘ladi. 
    Optikaning eng asosiy muammosi - yorug‘likning tabiati hakidagi masaladir. 
    Yorug‘likning tabiati xaqidagi boshlang‘ich tasavvurlar qadimgi asrlarda paydo 
    bо‘lgan. 
    -Qadimgi induslar kо‘z "olov tabiat" ga ega deb о‘ylaganlar: 
    -Grek filosofi va matematigi Pifagor (er.av. 582-580 yy.) kо‘zdan buyumlarga 
    qarab "qaynoq bug‘lanishlar" chiqadi va shu sababli kо‘rish sezgilari paydo bо‘ladi, 
    deb hisoblagan. 
    -Empedokl (er.av.492-432 yy.) - nurlanuvchi jismlardan kо‘zga, kо‘zdan 
    nurlanuvchi jismlarga qarab nurlanish oqimi yо‘naladi va ular uchrashib kо‘rish 
    sezgisini uyg‘otadi, deb qaragan. 
    -Demokrit (er.av. 460-370 yy.) - kо‘rish buyumlardan chiqayotgan mayda 
    zarrachalar - atomlarning kо‘zga kelib tushishi natijasida hosil bо‘ladi, degan atomistik 
    g‘oyani ilgari surgan. 
    -Epikur (er.av.341-270 yy.), Aristotel (er.av. 384-332 yy.) lar ham kо‘rish 
    sezgisining sababi inson kо‘zidan tashqarida yotadi, deb hisoblaganlar. 
    -Yevklid (er.av. 300 y.) - 
    "kо‘rish nurlari nazariyasi" 
    ni yaratdi. Bu nazariyaga 
    asosan kо‘zdan "kо‘rish nurlari" tarqalib, ularning uchlari jismlarga borib tegib, ular 



    tо‘g‘risida kо‘zda sezish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Yevklid - yorug‘likning tо‘g‘ri chiziq 
    bо‘yicha tarqalishi haqidagi ta’limotning asoschisi. 
    -Arximed (er.av. 287-212 yy.) - botiq kо‘zgular tizimi yordamida rim kemalarini 
    yondirgan. 
    -Ptolemey (er. 70-147 yy.) - yorug‘likning sinish qonunini о‘rganishga doir kо‘p 
    tajribalarni amalga oshirgan. 
    -Arab fizigi Alxazen (1038 y.) - kо‘zning kо‘rish sababini, yorug‘likning 
    sinishini, botiq kо‘zgularda yorug‘likning qaytishini о‘rgandi. U yorug‘likning chekli 
    tezlikka ega bо‘lishini, Quyosh va Oyning gorizontda zenitdagiga nisbatan katta bо‘lib 
    kо‘rinishi kо‘zniing aldanishi deb tо‘g‘ri fikr yuritdi. 
    -Bekon R. (1214-1294) - parabolik kо‘zgular, linzalar va botiq kо‘zgularning 
    fokus masofalarini aniqlash bо‘yicha qator ishlarni amalga oshirdi. Shu ishlar asosida 
    kо‘p о‘tmay 1285 yilda kо‘zoynak ixtiro qilindi. 
    -Italiyalik Port (1538-1615) - obskur-kamerani ixtiro qildi. Bu fotoapparatning 
    yaratilishiga asos bо‘ldi. 
    -Golland Z. Yansen 1590 yilda mikroskopni ixtiro qildi. 
    -Golland V. Snellius (1591-1628) va fransuz R.Dekart (1596-1650) - 
    yorug‘likning sinish qonunining hozirgi ta’rifini berishgan. 
    -Fransuz P. Ferma (1601-1665) - yorug‘likning tо‘g‘ri chiziq bо‘ylab tarqalish 
    tamoyilini yaratdi. 
    -Grimaldi (1618-1663) yorug‘likning difraksiyasini kashf qildi. 
    -Isaak Nyuton (1643-1727) yorug‘likning prizmadagi dispersiyasini kuzatdi. U 
    yorug‘likning korpuskulyar nazariyasi asoschisidir. 
    -Ingliz R. Guk (1635-1703) va golland X.Gyuygens (1629-1695) yorug‘likning 
    tо‘lqin nazariyasini ishlab chiqdilar. 
    -T.Yung (1773-1829) - yorug‘lik tо‘lqinlari interferensiyasining asosiy 
    koidalarini ishlab chiqdi. 
    -Nemis fizigi Fraungofer (1787-1826) -difraksion panjarani yaratdi.
    -M.Faradey (1791-1867) - elektromagnit induksiyani ixtiro qildi. 
    -Maksvell (1831-1879) - о‘zinig nomi bilan ataluvchi tenglamalarni yaratdi va 
    yorug‘likning elektromagnit tо‘lqin nazariyasiga asos soldi. 



    -P.N.Lebedev (1866-1912) yorug‘likning bosimini, 
    -G.Gers (1857-1894) - fotosamara hodisasini, M.Plank (1858-1947) - 
    yorug‘likning kvant nazariyasini yaratdi. 
    Yorug‘lik tabiati tо‘g‘risidagi keyingi tadqiqotlar A.Eynshteyn, N.Bor, 
    Zommerfeld, A.Kompton, L.D.Broyl, Raman, P.Cherenkov, I.Tamm, N.Basov, 
    A.Proxorov, CH.Tauns va boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir. 
    О‘rta Osiyolik olimlar va mutafakkirlardan Forobiy , Xorazmiy, Beruniy, 
    Ulug‘bek, Ali Qushchi asarlarida optikaga doir ilmiy maqolalr uchraydi. Hozirgi 
    davrda Respublikamizda optika va spektroskopiya sohasida akademiklar P. 
    Habibullayev, R.B.Bekjonov, Otaxо‘jayev, K.M.Muqimovlar yaratgan ilmiy 
    maktablarda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 
    Optika fanining rivojlanish jarayonida uning quyidagi asosiy qonunlari yaratildi: 
    a) Yorug‘likning tо‘g‘ri chiziq buyicha tarqalish qonuni. 
    b) Yorug‘lik dastalarining mustaqillik qonuni. 
    s) Yorug‘likning kо‘zgusimon sirtlardan qaytish qonuni. 
    d) Yorug‘likning shaffof muhitlar chegarasida sinish qonuni. 
    Yorug‘lik nurlari bir jinsli muhitda tо‘g‘ri chiziq bо‘ylab tarqaladi. Buni 
    jismlarning kichik о‘lchamli yorug‘lik manbalari bilan yoritilganda xosil bо‘ladigan 
    aniq soyalari misolida tushuntirish mumkin. 

    Download 3,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv – uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, umumiy fizika, nazariy fizika, astronomiya fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan

    Download 3,61 Mb.
    Pdf ko'rish