|
“Venn diagrammasi” metodi
|
bet | 14/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2) “Venn diagrammasi” metodi
Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
Metodni semenarotga tadbiq etish tartibi:
ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;
navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;
juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqini) belgilab oladilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar. Namuna: Pedagogik nizoning tasnifi
“Yalpi fikriy hujum” metodi
Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20, 40 va 60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat guruh (sinf)larda qo‘llash mumkin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yokiki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning echimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning echimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi. Arra metodi (E.Aronson,1978)
Pedagogik semenarotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o‘rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o‘quvchilar bajarilishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o‘quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo‘yicha «mutaxasis»ga aylanadi. So‘ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassis» bo‘lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o‘zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o‘rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o‘quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
1986 yili R.Slavin «Arra» metodini qisman o‘zgartirib «Arra-2» metodini yaratdi. Mazkur metodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi.
Barcha guruh a’zolari o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o‘quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi.
O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib sanaladi.
|
| |