|
O‘quv – uslubiy majmua
|
bet | 168/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Mavzular
|
Soat
|
1
|
Dastur va dasturlash tillari haqida ma’lumotlar
|
1
|
2
|
Paskal (Pascal) dasturlash tili. Paskal dasturi strukturasi
|
1
|
3
|
O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar va ularning tiplari
|
2
|
4
|
Amallar va ularning bajarilish tartibi
|
2
|
5
|
Miqdorlar tipini almashtiruvchi funksiyalar (chr, ord, round, trunc)
|
2
|
6
|
Arifmetik va trigonometrik funksiyalar
|
2
|
7
|
Massivlar
|
4
|
8
|
To‘plamlar
|
1
|
9
|
Satrlar bilan ishlash protsedura va funksiyalari
|
2
|
10
|
Tarmoqlanish operatori (If …Then … Else)
|
2
|
11
|
Takrorlash operatorlari (Repeat, While, For)
|
6
|
12
|
Konstantalar, nishonlar (metka) va o‘tish operatori (GoTo)
|
1
|
13
|
Protsedura va funksiyalar
|
2
|
14
|
Parametrli protsedura va funksiyalar
|
2
|
15
|
CRT moduli. Ekran bilan ishlash
|
4
|
|
Paskalda grafika
|
|
16
|
Paskalning grafik imkoniyatlari
|
1
|
17
|
Nuqta (pixel), uning rangi va fon rangi
|
1
|
18
|
To‘g‘ri chiziq chizish
|
1
|
19
|
To‘g‘ri to‘rtburchak chizish
|
1
|
20
|
Aylana chizish
|
1
|
21
|
Ellips chizish
|
1
|
22
|
Yoy chizish
|
1
|
|
Ichi bo‘yalgan shakllar chizish
|
|
23
|
Shakl ichini bo‘yash rangi va usuli
|
1
|
24
|
To‘g‘ri to‘rtburchak va parallelopiped chizish
|
1
|
|
Fayllar bilan ishlash
|
|
25
|
Fayllar va ularning turlari. Fayl tipli o‘zgaruvchilar
|
1
|
26
|
Matnli fayllar hosil qilish
|
2
|
27
|
Matnli fayllarni o‘qish
|
2
|
28
|
Matnli fayllarning davomiga yozish
|
2
|
29
|
Yozuvlar. To‘g;ridan to‘g‘ri murojaatli fayllar
|
2
|
30
|
Yangi tiplarni hosil qilish
|
2
|
31
|
Ko‘rsatkichlar (ukazatel)
|
2
|
32
|
Modullar hosil qilish
|
4
|
|
№
|
Mavzular
|
Soat
|
|
|
|
Dastur va dasturlash tillari haqida ma’lumotlar
|
|
1
|
|
|
Beysik alifbosi va dasturining tusilishi
|
|
1
|
|
|
O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar
|
|
1
|
|
|
Jadval ko‘rinishishidagi miqdorlar
|
|
1
|
|
|
Standart funksiyalar va arifmetik ifodalar
|
|
1
|
|
|
O‘zlashtirish, ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish ope
|
ratorlari
|
2
|
|
|
Chiziqli dasturlar tuzish
|
|
2
|
|
Shartli va shartsiz operatorlar
|
|
1
|
|
Tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish
|
2
|
|
|
|
Takrorlash operatorlari
|
2
|
|
|
Takrorlanuvchi dasturlar tuzish
|
3
|
|
|
Nostandart funksiyalar
|
1
|
|
|
Belgili miqdorlar bilan ishlash
|
2
|
|
|
Qism dastur
|
2
|
|
|
Beysikning shakl yasash operatorlari
|
2
|
|
|
Fayllar bilan ishlash
|
2
|
| Basic dasturlash tili (26 soat) 18-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalaridan olimpiadalar o’tkazish (4 soat amaliy).
Darsning maqsadi
|
|
Tinglovchilarga Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishlarni tashkillashtirish tamoyillari haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash, amaliy topshiriqlar berish va ularni baholash.
|
Darsning rejasi
|
|
Reja
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o’tkazish
O‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash.
|
Dars turi
|
|
Seminar, aralash, bahs-munozara.
|
Dars bosqichlari
dars taqsimoti
|
va
|
Tashkiliy qism
Yang mavzu bayoni
III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
Baholash: reyting tizimda.
|
Uyga vazifa
|
Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
|
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o’tkazish
Ma’lumki yrtimizda har yili fan olimpiadalari o‘tkaziladi. O‘quvchilar ichida DTS talablarini osonlik bilan o‘zlashtiradigan, informatikadan ko‘proq bilimga ega bo‘lishni istaydigan iqtidorli yoshlar doim topiladi. Yillar davomida iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni informatikadan olimpiadalarga tayyorlash tajribasi to‘planib, taraqiy etib kelmoqda. Muhimi o‘quvchilarni o‘qish va olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga jiddiy qarashga o‘rgatish. Informatikadan o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlashni 6-sinfdan boshlash maqsadga muvofiq. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha o‘quvchilar olimpiadaga 8-sinfdan qiziqa boshlaydi. Ulardan ham aqliy mehnatdan zavq oladigan, masalalarni uyechishni yoqtiradiganlari qoladi.
Informatikadan fan olimpiadasi ikki turda: nazariy (test topshiriqlari) va amaliy (dastur
tuzish) turlarda o‘tkaziladi.
O‘quvchilarni informatikadan olimpiadaning amaliy turiga tayyorlanish
Amaliy turda o‘quvchilar asosan paskal dasturlash tilida dastur tuzishi kerak. Dastur tuzishga o‘quvchilarni o‘rgatish shartli ravishda uch etapda amalga oshiriladi. Birinchi etap, eng qiyin hisoblanadi va tahminan bir yil davom etadi. Bu etapda elementar algoritmlar va “Turbopaskal” dasturlash tili o‘rgatiladi. Birinchi etap uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda o‘quvchilarga masala sharti, uni yechish algoritmi va dastur matni beriladi. Ikkinchi bosqichda masala sharti va uni yechish algoritmi beriladi. Qolgan ishlarni o‘quvchining o‘zi bajarishi kerak. Uchinchi bosqichda faqat masala shrtlari beriladi. Asta sekin algoritmlar banki to‘planib boradi, olimpiada masalalarini yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
Ikkinchi etapda turli olimpiada va musobaqalarda qatnashiladi. Albatta bu etapda “diplom” haqida o‘ylashga hali erta. O‘quvchi uchun bu etapda olimpiada masalalarini yechish metodikasi tushunish va o‘zlashtirish, oz’ vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, testlar tizimini to‘g‘ri tuzish (dastur ishini tekshirish uchun) muhimdir.
Uchinchi etapda o‘quvchilar bilim doirasini kengaytiradi, murakkab algoritmlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va murakkab masalalarni yechadi. Shuni aytish lozimki, uchchala etapni ham muvaffaqiyatli o‘tish uchun chuqur matematik tayyorgarlik zarur bo‘ladi.
Albatta o‘qituvchiga ham o‘quvchilarga og‘ir yuk tushadi. Odatda nazariy material ma’ruza shaklida beriladi. Unda informatika va matematika bo‘limlaridan bilimlar beriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda maruzada berilgan mavzular bo‘yicha konkret amaliy topshiriqlar aniqlanadi, masalalar yechiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganilgan mavzuga oid masalalarning yechish usullari tahlil qilinadi. Masalan, doskaga masalardan birining blok-sxemasi yoki dasturning e’tiborga molik fragmenti yozib qo‘yiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy qismi dasturlarni tahlil qilishga ketadi. Bu o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlashga qaratilgan o‘ziga hos ijodiy jarayon.
Dastur tuzish va uni to‘g‘irlash (otladka) dasturlashning juda ko‘p nozik tomonlarini bilishni talab etadigan ijodiy jarayon.
Har bir dasturni quyidagicha baholash mumkin:
dasturning ishlashini barcha xususiy hollarni hisobga olgan testlar yordamida tekshirish;
o‘quvchini dasturdagi hatoni topa olish qobiliyati; • o‘quvchini algoritmdagi hatoni topa olish qobiliyati;
dastur matniga alohida e’tibor qaratiladi: dasturda zarur izohlar bo‘lishi kerak, identifikatorlar mnemonik bo‘lishi, dastur matni strukturalangan bo‘lishi kerak;
Yillar o‘tishi bilan avlodlar almashinuvining sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Olimpiadaga turli yoshdagi o‘quvchilar tayyorlanadi. Kattalari kichiklarga bilim va tajribasini qoldiradilar.
Respublikamizda 1994 yilda “yosh informatilar” yozgi maktabi tashkil qilinib, hozirgacha ishlab kelmoqda. U yerda olimpiada viloyat bosqichining g‘oliblari ishtirok etib, ular kelgusi olimiadalarga tayyorlanadilar. Lekin hamma viloyatlardan ham “kerakli” o‘quvchilar yuborilmaydi. Yozgi maktabga qatnashgan 28 nafar o‘quvchidan (har bir viloyatdan ikkitadan o‘quvchi) 3-4 tasi o‘rtacha qiyinlikdagi masalalarni arng yechadi. Ularni qaytadan dastur tuzishni o‘rgatishga to‘g‘ri keladi. Bunday bo‘lmasligi uchun bolalarni maktabda olimpiadaga tayyorlashga katta e’tibor qaratish lozim.
Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tayyorlanish jarayonida o‘quvchilar matematikaning algebra, sonlar nazariyasi, analitik geometriya, diskret matematika, algoritmlar nazariyasi bo‘limlarini puxta egallashi lozim.
Bir necha yildan beri respublikamiz o‘quvchilari “Butunrossiya dasturchilar ochiq chempionati” da ishtirok etib kelmoqda. Unda o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlaydilar. Har bir jamoada 3 ta ishtirokchi. Olimpiadaning bunday turida har bir jamoa 5 soat ichida berilgan masalalardan iloji boricha ko‘prog‘ini yechishi kerak. Bunday olimpiadalarda o‘quvchilar jamoada ishlashni, vazifalarni o‘zaro taqsimlashni, maqsadga erishish uchun oxirgacha harakat qilishni o‘rganadilar.
Informatikadan olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga Internetdan foydalanishni ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda internet tarmog‘ida yakka va jamoa olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha bir qancha loyihalar mavjud. Masalan, har o‘quv yilining sentyabirdan apreligacha davom etadigan Sankt Peterburg aniq mexanika va optika instituti loyixasi. Bu loyihani http://neerc.ifmo.ru/schoolsaytidan topish mumkin. Quyida informatikadan olimpiadaning amaliy turiga tayyorlanish bo‘yicha tahminiy reja keltirilgan:
|
| |