О‘quv – uslubiy majmuaning tarkibi




Download 7,87 Mb.
bet58/58
Sana24.12.2019
Hajmi7,87 Mb.
#4670
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58

Gazniqobning muhofazalash quvvati zaharlovchi moddaning havodagi konsentratsiyasi yuqori darajada bo‘lganda va nafas olishning jadalligiga qarab hamda zaharlangan atmosferada qancha vaqt ichida bo‘lishiga qarab o‘zining muhofazalovchi xususiyatini yo‘qotadi. Atmosfera havosida bo‘lgan radioaktiv moddalardan va bakterial vositalardan gazniqob juda ham yaxshi muhofazalaydi, agarda bakterial vositalar qo‘llanilganda shu zonadan chiqib ketilgandan so‘ng, filtrlovchi-yutuvchi quti har safar almashtiriladi, radioaktiv moddalardan zaharlangan joyga tushib qolganda yoki radioaktiv moddalar qo‘llanilganda unda filtrlovchi-yutuvchi quti radioaktiv moddaning ruxsat etilgan doza mikdorigacha ishlatiladi, keyin esa yangilanadi.



Gazniqobdan foydalanish qoidalari. Gazniqob va boshqa muhofaza vositalari kimyoviy va radioaktiv moddalar va biologik vositalarini qo‘llanishi ehtimoli yoki bo‘lmasa avariya, epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, harbiy holatlarda olib yuriladi:

«safar» holatida;

«tayyorgarlik» holati— kuchli ta’sir etuvchi moddalar yoki ommaviy zarar yetkazuvchi kimyoviy qurol qo‘llanishi xavfi bo‘lganda;

«jangovar» holat— maxsus signallar bo‘yicha yoki xavfli vaziyat holatida mustaqil ravishda.

Gazniqobni «jangovar» holatga o‘tqazish vaqtida:

- nafas olmasdan va ko‘zlarni yumib turib bosh kiyimini yechish va uni yoniga qo‘yib yoki tizzalari orasiga qisib olishi kerak;

- gazniqobni xaltadan chiqarib olish lozim:

- ikkala qo‘l bilan shlem-niqobning shunday ushlash kerakki, qo‘lning bosh barmog‘i shlem-niqobning tashqarisida, qolgan barmoqlar shlem-niqobning ichida bo‘lishi kerak;

- shlem-niqobning pastki qismi iyakka qo‘yilib, qo‘l tepaga va orqaga siltab tortiladi va shlem-niqob buklanib qolmaydigan qilib boshga kiyiladi;

- shlem-niqob kiyib bo‘lingach keskin va chuqur nafas chiqariladi, ko‘z ochiladi, nafas olish tiklanadi, bosh kiyim kiyiladi, xaltaning qopqog‘i yopiladi.

- ko‘zoynak shishalari ko‘z ro‘parasida turishiga ahamiyat berish kerak.

Agar gazniqob oynaklari ko‘z to‘g‘risida bo‘lsa, shlem-niqob yuzga zich tegib tursa va burishib qolmagan bo‘lsa gazniqob to‘g‘ri kiyilgan deb hisoblanadi.

Gazniqobni kiyish vaqtida nafas olmay turish va ko‘zlarni yumib olishga alohida e’tibor beriladi. Bu shuning uchun zarurki, hozirgi zamon qurollarining zaharlovchi moddalari juda o‘tkir, tez ta’sir etuvchi bo‘lib, ular hatto gazniqob kiyib olguncha o‘tadigan juda qisqa vaqt ichida ham shikast yetkazishi mumkin. Ko‘zni ochishdan oldin hamda gazniqobni taqib olgandan keyin nafas olishni tiklash oldidan kuchli nafas chiqarish zaruriyati ham xuddi ana shunday ehtiyot chorasi hisoblanadi. Shunday qilinsa, gazniqob ichiga kirib qolgan zaharli havo chiqib ketadi.

Gazniqobni yechish uchun o‘ng qo‘l bilan bosh kiyim salgina ko‘tariladi, chap qo‘l bilan gazniqobning yuz qismiga joylashtirilgan klapanli quti ushlanadi va shlem-niqob oxista pastga tortiladi, yuqoriga harakatlantirib shlem-niqob yechib olinadi, bosh kiyimi kiyiladi.

Yechib olingan shlem-niqobning ichkari qismi toza latta bilan yaxshilab artiladi va quritiladi. Shundan keyin shlem-niqob gazniqob xaltasiga joylashtiriladi.

Gazniqobni mosini tanlashdan tashqari, undan to‘g‘ri foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Busiz to‘g‘ri tanlanmagan gazniqob befoyda bo‘lib qolmasdan, balki o‘ziga xos tuzoq bo‘lib qolishi ham mumkin. Shuning uchun yangi gazniqobni ishlatishdan oldin uning rezina qismlariga sepib qo‘yilgan talkni qoqib tashlash va artish kerak. Keyin maska va biriktiruvchi gofrlangan naychaning butunligi, shuningdek gazniqobning filtrlovchi-yutuvchi qutisi ishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun uni yaxshilab tekshirib chiqish kerak. Gazniqoblarni bekam-ko‘stligini aniqlash uchun uni kiyib, biriktiruvchi gofrlangan naycha mahkam siqilsa, hamma narsa ayon bo‘ladi. Maska-niqobning jips yopishib turganligini va klapanlari havo o‘tqazish-o‘tkazmasligini bilish uchun gazniqob qutisi ostidagi teshikni yopib, chukur nafas olish kerak.
5-Seminar mashg‘uloti.

Xavflarni o’rganish va baholash.

Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to‘g‘ri va qayta aloqada bo‘ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo‘lib, «inson-muhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko‘ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iboratdir.

Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o‘zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko‘rib kelmoqda.

Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi va halq xo‘jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo‘shadi.

Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo‘lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko‘ngilsiz oqibatlarni olib keladi.

Tahlilning maqsadiga ko‘ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo‘lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o‘ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.

Xavf energiyaga ega bo‘lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o‘zida joylashtirgan hamma tizimlarni, hamda ishni hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarini o‘zida saqlaydi. Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Identiflkatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muhim bo‘lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo‘lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko‘zda tutilgan zarar va shunga o‘xshash o‘lchamlar aniqlanadi.

Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.

Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og‘irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.

Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong‘inlarning asosiy ko‘rsatkichlaridir.

Uchlik-"xavflar-sabablar-ko‘ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning logik jarayoni bo‘lib, potensial xavfni mavjud bo‘lgan zararga olib keladi. Qoida bo‘yicha bu jarayon bir necha sabablarni o‘z ichiga oladi, ya'ni u ko‘p sabablidir.

Ko‘ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga va sog‘lig‘iga zarar yetkazish, yong‘inlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar (katastrofalar) va boshqalar. Bu ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta'sir va boshqa jarayonlar xavflar deb ataladi. Xavflir yashirin (potensial) va real turlarga ajratiladi.

Xavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: hayotga tahlika, sog‘liqqa zarar, inson a'zolari ishlashining qiyinlashishidir.

Potensial xavf amalga oshishi uchun sabablar deb ataluvchi sharoitlar zarur. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o‘zida tan olinadiki, xavf (tavakkal) darajasini boshqarsa bo‘ladi, ya'ni kamaytirsa bo‘ladi. Bu tasdiqlanish ma'qul bo‘lgan tavakkal konsepsiyasiga olib keladi va bu mutlaq xavfsizlikka erishib bo‘lmasligini tushunishga asoslanadi.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” ilmiy fan bo‘lib, xavflar va ulardan himoyalanishni o‘rganadi. Uni o‘rganishning predmeti faoliyat (mehnat)ning bir tomonidir, aynan, xavflar va ulardan himoyalanish- maqsadning ikkinchi tarafidir. «Hayot faoliyati xavfsizliginin asoslari» ning maqsadi- ishlab chiqarishda va favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta'minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlash hamda ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va o‘rgatishdan iboratdir.

Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta asosiy vazifani yechadi:

- xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va kelib chiqish nuqtalarini ko‘rsatgan holda ularning qiyofasini bilish;

- foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish;

-mumkin bo‘lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) bartaraf qilish. Kishilik jamiyatini rivojlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog‘lig‘ini saqlash masalalari ham ko‘rilgan.

Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel (bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o‘rganilgan. Tiklanish davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o‘zining asarlarida tog‘ ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni o‘rganadi. Nemis shifokori va metallurgi Agrikola (1494-1555) o‘zining “Tog‘ ishlari” asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon qilgan. Italyan shifokori Ramassini (1633-1714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar kasalliklari" kitobini yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog‘ ishida mehnat xavfsizligi bo‘yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga bag‘ishlangandir.

«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o‘zining nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o‘zida quyidagi: muhandislik psihologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik bazasining tizimli tahlildir.

Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o‘zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko‘rib kelmoqda.

Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi va xalq xo‘jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo‘shadi.

Taksonomiya - bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so‘zi xavflarni qonun bo‘yicha joylashtirish degan ma'noni beradi. Xavf ko‘p belgilarga ega bo‘lgan murakkab ierarhik tushunchadir. Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol o‘ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.

Hozircha xavflarning yetarlicha to‘liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o‘qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko‘rsatadi.

Nomenklatura - ma'lum belgilariga ko‘ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, gerbitsid, dahshat, dard, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zahar, zilzila, ifloslanish, ichkilik kasalligi, kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, plusatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sog‘aymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xavf, .charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak hamda yadro.

Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar


uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va
hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi.

Kvantifikatsiya - murakkab tushunchalarning sifatini aniqlashda sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo‘llaniladi. Xavflarni baholashning eng keng tarqalgan usuli- tavakkaldir.

Identifikatsiya- hayot faoliyatini ta'minlashga yo‘naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni yaratishga zarur va yetarli bo‘lgan sonli, vaqtinchalik, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish va aniqlash jarayonini tushunamiz.

Xavf ko‘ngilsiz voqeaga har xil sabablar bilan aylanishi mumkin. Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.

Bir necha misollar keltiramiz: - zahar (xavf) - xato (sabab) - zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibat); elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (ko‘ngilsiz oqibat); ichkilik (xavf) - ko‘p ichish (sabab) -o‘lim (ko‘ngilsiz oqibat).

Xavflar quyidagicha sinflanadi:

1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra xavflar: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog‘liq), ekologik va boshqalarga bo‘linadi;

2. Maxsus standartlar bo‘yicha: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik;

3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo‘yicha kelib chiqishiga ko‘ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig‘iluvchi) bo‘ladi;

4. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in va o‘lim xavflari;

5. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, texnik, ekologik;

6. Yakkalashi bo‘yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog‘liq bo‘lgan xavflar;

7. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, yuzaga keladigan xavflarga bo‘linadi;

8. Tuzilishiga ko‘ra xavflar oddiy va hosil qilingan (oddiylarning ta'sirida hosil qilingan) bo‘ladi;

9. Insonga ta'sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo‘ladi.

Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi,


bularni insonning o‘zi vujudga keltiradi. Bular: o‘tkir (sanchiluvchi va
kesuvchi) qo‘zg‘almas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan, tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.

Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjuddir.

Har qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos bo‘ladi. Faoliyatning birorta turi yo‘qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. CTZ navbatida quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat metodologik va evristik ahamiyatga egadir.
3. Glossariy

GLOSSARIY

(ma’ruza matnida uchraydigan asosiy tushunchalarning о‘zbek , rus va ingliz tillaridagi sharhi)






Termin

О‘zbek tilidagi sharhi

Rus tilida

sharhi

Ingliz tilidagi sharhi




Hayot faoliyati xavfsizligi Bezopаsnost jiznedeyatelnosti

Safety to vital activity

Inson fаoliyatidа ungа tа’sir qiluvchi turli xil xаvflаrdаn muhofаzаlаnishni mаjmuаsi.



состояние деятелности человека, при которой с определенной вероятностю исключаются потенциалние опасности, влияюшие на жизн и здорове человека, его потомство.

a condition to activity of the person, under which with determined by probability are excluded potential danGers, influencing upon life and health of the person, his potomstvo.




Hayot faoliyati

Жизнедейaтелност

Витaл acтивитй


Insonni yashashi uchun xarakati. Inson о‘zi uchun doim faolligi

повседневная деятелност человека и отдих, способ сушествования человека. Для обеспечения своего сушествования человек постоянно преобразуэт среду обитаниЙ.

everyday activity of the person and otdyx, way of existence of the person. The ambience obitaniY. will constantly convert For provision of its existence of the person



Mehnat muhofazasi

Охрана труда

labour

Mehnat jarayonida insonni ish qobilyati va sog‘lig‘ini saqlashga, qulay mehnat sharoitini yashilashga qaratilgan chora tadbirlari majmuasidari.

система сохранения жизни и здоровя работников в процессе трудовой деятелности, включаюшая в себя правовие, социално-экономические, организасионно-технические, санитарно-гигиенические, реабилитасионние и иние мероприятиЙ.

a system soxraneniya lifes and health workman in process of labor activity, comprising of itself legal, social-economic, organizacionno-texnicheskie, sanitary-hygenic,



Texnosfera xavfsizligini baholash

Критерий безопасности техносфери

The Criterion to safety texnosfery


Texnosferadagi energiya almashinuv konsentrasiyalari

введение ограничений на концентрасии вешеств и потоков энергии в жизненном пространстве (среде).

an entering the restrictions on concentrations material and flow to energy in life space



Қулайлик мезонлари

Критерий комфортности

The Criterion

Ish zonasini mikroiqlim kо‘rsatkichlariga mos kelishi

установление и соблюдение нормативов по микроклимату и освешению в помешении (производственной и битовой среди).

a determination and observance standard on and illumination indoors




BIOSфера

BIOSфера

BIOSферa

Tidiatning hayot qobig‘i

област сушествования жизни на Земле, включаюшая в себя литосферу (верхнюю част земли), гидросферу и тропосферу (нижние слои атмосфери).

an area of existence to lifes on the Land, comprising of itself lithosphere



Техносфера

Техносфера

Техносферa

BIOSferaning bir qismi bо‘lib unda sanoat ishlab chiqarish tizimi mavjud

част BIOSфери (регион в прошлом), преобразованная людми с помошю технических средств, с селю наилучшего соответствия своим материалним и социално-экономическим потребностям (ее можно рассматриват как регион города, промишленной зони и др.).

a part BIOSferi (the region in past), transformed by people by means of texnicheskix facilities, for the reason best correspondence to its material and social-economic requirements (her possible consider as region of the city, industrial zone and others.).



Izotropiya

Aнйсотропй

Anizotropiya

Xossalarning xar xil yunalishda bir xilligi

Зависимост свойств среди от направления нагрузки

A gas: any substance in the gaseous state, as distinguished from the liquid or solid state.



Xudud

Регион

The Region

Ma’lum bir ishlab chiqarish yoki alohida tavsiflarga ega bо‘lgan joy

территория, обладаюшая обшими характеристиками состояния природной и производственной среди (BIOSфери или техносфери).

a territory, possessing general xarakteristikami conditions natural and production ambience




Metall

Метaл

Metall

Xarorat pasaygan sari elektr о‘tkazuvchanligi ortadigan element

Элемент у которого с уменшением температури увеличивается электропроводност

The ability of a gas to diffuse in air.



Ximiyaviy birikma

Chemikal compound

Химическое соединение

Komponentlar ximiyaviy reaksiya natijasida birlashadi va formula bilan ifodalanadi.

Компоненти при помоshи химической реаксии соединyayuтсya и описиваетсya формулой

A substance that releases energy when reacted chemically with oxygen.



Termik ishlash

Thermal treat ment

Термическаya обработка

Metallni qizdirib, ushlab turib, sovutib, xossalarini uzgartirish-yaxshilash

Eто операсиya нагрева, видержки и охлаждениya твердих металлических сплавов с селyu получениya заданних свойств за счет изменениya внутреннего строениya и  структури.

Any substance that adds to the contamination or degrading of the environment. In a vehicle, any substance in the exhaust gas from the engine or evaporating from the fuel system.



Agregat

Party

Агрегат

mashinaning to‘la o‘zaro almashinadigan va texnologik jarayonda ma’lum vazifani bajaradigan yiriklashgan, unifikatsiyalashgan elementi.

Eлемент, которий в маshине полностyu укрупнённий, унифитсированний виполнyaемий определеннуyu задачу в технологическом проsессе

A system that operates on two fuels simultaneously, such as a fumigated diesel engine that runs on diesel and natural gas



Ishlab chiqarish muhiti

Производственнайa среда

Тhe Продуcтион aмбиeнce

Inson faoliyati davriya biror ish turi bilan band bo‘lishi

пространство, в котором соверshаетсya трудоваya деyaтелност человека.

a space, in which is made labor activity peaple.



Xavf

Опасност

Тhe Дaнгер

Inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiluvchi turli xil sabablar

свойство живой и неживой материи, способное причинит уshерб человеку, природной среде и материалним сенностyaм (ресурсам).

a characteristic alive and lifeless matter, capable to do harm person, natural ambience and material value



Qulay ish sharoiti

Оптималние условийa труда

The Optimum conditions of the labour

Ishlab chiqarish jarayonida xodiga nisbatan yaratilgan qulayliklar majmuasi

eто условиya, которие обеспечиваyuт максималнуyu производителност труда и наименshуyu напрyaженност организма.

a condition, which provide maximum capacity of the labour and least tension organizma.



Shovqin

Шум

The Noise

Inson uchun yoqimsiz va quloq pardalarini qomatga keltiruvchi sanoatdagi ovozlar

это неблагоприятно воздействующие на человека сочетание звуков различной частоты и интенсивности, беспорядочно изменяющиеся во времени.

disadvantage acting upon person combination sound of the different frequency and intensities, in disorder changing at time.




Titrash

Вибрацияи

The Vibration

Ishlab chiqarish korxonalarida stanok va dvigatellarning ishlashida hosil bo’lgan tebranish

это меxанические колебания упругиx тел или колебательные движения меxаническиx систем, передаваемые телу человека или отдельным его участкам.

mexanicheskie fluctuations uprugix tel or oscillatory motion mexanicheskix systems, sent tele person or separate his(its) area.




Elektrxavfsizligi

Электро безопасность

Electro safety

Elektr uskunalarini va jihozlarini texnik holatni me’yorlarga mos kelishi himoya qobiqlarini shikastlanishiga yo’l qo’ymaslik

защита от электрического тока, электрической дуги, статического и атмосферного электричества

protection from electric current, electric arc, steady-state and atmospheric electricity.




Tavakkalni qabul qilish

Предположение риска

Assumption of risk


Hodimlar ish bilan bog’liq tavakkallarni o'z zimmasiga oladilar va shu tariqa jarohatlar uchun badal olishga har qanday huquqdan mahrum bo'ladilar.

Служащие принимают риск связанный работой и делая так, лишать любое право собирать компенсацию за повреждения.

Employees accept risks associated with the job

and by doing so, forfeit any right to collect compensation for

injuries.




Ehtiyotsizlik

Неосторожность

Contributory negligence.


Hodimlar hay darajada aybdor bo'lishlaridan qat'i nazar, o'z jarohatlariga o'zlari sababchi bo'lgani bois, ularga badalni qaytarishga ruhsat berilmaydi.

повлекшая несчастный случай. С тех пор как служащие содействовали своим собственным повреждениям, независимо от того как немного, они не разрешены восстанавливать компенсацию.

Since the employees contributed to their

own injuries, regardless of how little, they are not permitted to

recover compensation.




O’rtoq-hizmatkor qoidasi.

Парень-слуга правил

Fellow-servant rule

Bahtsiz hodisa boshqa hodim yoki hodimlarning hatosi oqibatida yuz bergan bo'lsa, ish beruvchi aybdor hisoblanmaydi.

Предприниматель - не в дефекте поскольку авария была дефектом другого служащего или других служащих

The employer is not at fault because the accident

was the fault of another employee or other employees.






Qisman

Частичный

Partial

bunda hodim hali ham ishlashi mumkin, lekin jarohati tufayli barcha mehnat majburiyatlarini bajara olmaydi, bu ko'pincha barmoq sinishi yoki oyoq barmog’ining ajralishi kabi hollarda yuz beradi

когда служащий может все еще проложить но - не в состоянии выполнить все обязанности работы из-за повреждения, как это часто случается с разбитым пальцем или отсеченный палец ноги

when the employee can still work but is unable to perform

all duties of the job due to the injury, as is often the case with a

broken finger or a severed toe




To'liq

Итог

Total

bunda hodim mehnatga yoki ish joyida muhim majburiyatlarini bajarishga qobiliyatsiz bo'ladi, bu ko'pincha belning og’ir jarohatlanishi yoki ko'r bo'lib qolish kabi holllarda yuz beradi

когда служащий - не в состоянии проложить или выполнять надежные обязанности в работе, как это часто случается с серьезным обратным повреждением или слепотой

when the employee is unable to work or perform substantial

duties on the job, as is often the case with a severe back injury or

blindness



Фойдаланиладиган асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар рўйхати

Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар

  1. Ёрматов Ғ.Ё. ва бошқалар. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. –Т.: “Алоқачи”, 2009 йил. – 348 б.

  2. Ёрматов Ғ. Ё. ва бошқалар. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. Ўқув қўлланма. -Т.: 2005.

  3. Ў. Йўлдошев ва бошқалар. Меҳнатни мухофаза қилиш. -Т.: Меҳнат, 2005.

  4. Нигматов И., Тожиейв М. Х. "Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси" Дарслик.-Т.: Иқтисод-молия. 2011. -260 б.

  5. Тожиев М. Х., Нигматов И., Илхомов М. Х. «Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси» Ўқув қўлланма. –Т.: “Иқтисод-молия”, 2005. -195 .

  6. Ғойипов Ҳ.Э. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. –Т.: “Янги аср авлоди”, 2007 йил. – 264 б.

  7. Қудратов А. ва б.. "Ҳаётий фаолият хавфсизлиги". Маъруза курси. “Алоқачи” -Т.: 2005. -355 б.

  8. Безопасностғ жизнедеятелғности. /Под.ред. Михайлова Л.А. Киев - Харғков - Минск, 2007. 301 с.

  9. Микрюков В.Ю. Безопасность жизнедеятельности. Ростов - Дон. 2006

  10. Норхўжаев А.Қ., Юнусов М.Ю. Фавқулодда вазиятлар ва муҳофаза тадбирлари. –Т.: „Университет”, 2001.

  11. Тожиев М.Х., Нигматов И ва б. "Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси". Ўқув қўлланма. –Т.: МЧЖ., Таълим манбаи, 2002. -224 .

  12. Юнусов М.Ю., Икромов Э.Ж. Фуқаро муҳофазаси - доимий зарурат. –Т.: 2002.

  13. Белов С. В. и др. " Безопасносто жизнедеятелоности", "Высшая школа" , -М.: 2009.

  14. Справочник. Безопасность производственных процессов. /под ред. Белова С. В. , -М.: 1989.

  15. Юнусов Б. Руководство по охране труда. Т..2004.

  16. Расулева М.А., Юлдошев О.Р. Видеотерминаллардаги хавфсизлик муаммолари. -Т.: 2004.



Qo’shimcha adabiyotlar:

1.Ўзбекисtон Республикаси Конституцияси. –T.: "Ўзбекистон", 2008.

2.“Меҳнат Кодекси”. Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2005 й., 37-38 - сон.

3.“Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. –Т.: 2002 й., 1-сон.

4.Ишлаб чиқаришдаги бахциз ҳодисаларни ва ходимлар саломатлигининг бошқа хил зарарланишини текшириш ва ҳисобга олиш тўғрисидаги Низом. Вазирлар Маҳкамасининг қарори №286, 06.06.1997, –Т.: 1997.

5.“Ишлаб чиқаришдаги бахциз ҳодисалар ва касб касалликларидан мажбурий давлат ижтимоий суғуртаси тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 37-38-сон.

6.“Иш берувчининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, –Т.: 2009 й., 16-сон.

7.Та`лим муассасаларида ўқув-тарбия жараёнида ўқувчилар ва талабалар билан юз берган бахциз ҳодисаларни текшириш ва ҳисобга олиш тартиби тўғрисида НИЗОМ. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, -Т.: 2011 й., 3-сон, 29-модда.

8.“Аҳолини ва ҳудудларни табиий ҳамда техноген хусусиятли фавқулодда вазиятлардан муҳофаза қилиш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. –Т.: 1999 й., 9-сон.



9.“Фуқаро муҳофазаси тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. –Т.: 2000 й., 5-6-сон.

10.“Хавфли ишлаб чиқариш об`ектларининг саноат хавфсизлиги тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2006 й., 39-сон.

11. “Ёнғин хавфсизлиги тўғрисида”ги Узбекистон Республикаси қонуни, 2009.

12.“Чиқиндилар тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, –Т.: 2007 й., 50-51-сон.



7.3. elektron resurslar.



1.

www.bilim.uz.

-

OO`MTV sayti

2.

www.ziyo.edu.uz

-

OO`MTV sayti

3.

www.ziyo.net.uz

-

OO`MTV sayti

4.

www.mintrud.uz

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.

5.

www.minzdrav.uz

-

Sog’liqni saqlash vazirligi sayti.

6.

www.mchs.gov.uz

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti.

7.

www.uznature.uz

-

Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi sayti.

8.

www.standart.uz

-

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi sayti.

9.

www.sanoatktn.uz

-

Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (Sanoatkontexnazorat) sayti.

10.

LexUz

-

O’zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik bazasi.


KASB TA’LIMIni o’qitish metodikasi”

kafedrasi

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI yo’nalishi uchun

YО‘nalishga kirish”

FANI

2.О‘QUV DASTURI



Download 7,87 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Download 7,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘quv – uslubiy majmuaning tarkibi

Download 7,87 Mb.