TA’SIR DOIRASIGA KO’RA
LOKAL
MAHALLIY
MILLIY
GLOBAL
SEMINAR MASHG’ULOTLARINING MAVZULARI
1-Seminar mashg‘uloti.
Ishlab chiqarishda ekologiyaga qo’yilgan talablar favqulotda vaziyatlarni o’rganish.
1.Ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablar
2.FV ni kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
3.Atmosfera, gidrosfera va tuproq strukturasining ifloslanishiga qarshi omillar.
Atmosfera havosining tarkibi va xossalari о‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar (FV), kelib chiqish sabablariga kо‘ra tasnif qilinadi. FV larning bunday tasnif qilinishi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi "Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi tо‘g‘risida"gi 455-sonli qarorida tasdiqlangan.
Atmosfera - Yerning gazsimon qobig‘i bо‘lib, hayot uchun zarur bо‘lgan birlikdir. Atmosfera yer pо‘stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta’sir etadi va yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera yerning himoya qobig‘idir, chunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan keladigan meteoritlarning zararli ta’sirlaridan (shu jumladan quyosh radiatsiyasidan ham) himoya qiladi. Agar atmosfera bо‘lmaganda edi, Yer yuzasida ham Oydagi kabi hayot bо‘lmas edi. Chunki, yer yuzasi kunduzi 100 gradus qizib, kechasi esa - 100 gradus sovugan bо‘lardi.
Atmosfera havosi har doim aralashib turishi uchun, uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir. Atmosfera havosining tarkibi asosan: azot (78%); kislorod (21%) dan va qolgan 1% esa boshqa gazlardan; argon (0,93%); karbonat angidrid (0,03%) vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqa gazlardan tashkil topgan.
Aynan havo tarkibini biri kо‘payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudod hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib kelishi mumkin.
Atmosfera gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga kо‘ra bir-biridan farq qiluvchi mayda zarrachalar - tutun, chang, tо‘zon va boshqalar mavjud. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida nafaqat inson hayotini, balki tevarak atrofdagi muhitni ham xavf ostiga qо‘yadi. Ilgarilari atmosfera havosi sanoat obyektlari ustidagina ifloslangan bо‘lsa, hozirda esa sanoat, transport, energetika va boshqa obyektlardan chiqqan chiqindilar katta-katta hududlarga tarqalib, havoning keng miqyosda ifloslanishiga sabab bо‘lmoqda1.
Atmosfera havosi 2 xil yо‘nalishda ifloslanishi mumkin .
1.Tabiiy ifloslanish
Bunda kosmik changlar vulqonlarning otilishidan vujudga keladigan moddalar, tog‘ jinslari va tuproqning qulashidan vujudga keladigan moddalar; о‘simlik va hayvonlarning qoldiqlari; о‘rmon va dashtlardagi yong‘indan (tabiiy va sun’iy yong‘in oqibatidan); dengiz suvlarining qurishidan havoga chiqqan tuz zarrachalari (qurg‘oqchilik ofati oqibatida) oqibatida ifloslanish bо‘ladi. Agar bunda yuqoridagi moddalar me’yoridan ortiq bо‘lsa, katta halokatlarga olib kelishi mumkin.
Ammo atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar yer yuzasida bо‘ladigan jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki changlar suv bug‘lari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog‘ingarchilikni vujudga keltiradi, quyoshdan kelayotgan radiatsiyani yutib, organizmni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi. Bundan kо‘rinadiki, havodagi tabiiy changlar ma’lum darajada atmosfera tarkibining zaruriy elementi hisoblanadi va ular hodisa va jarayonlarning borishini tartibga solib turadi.
Yana о‘simlik dunyosining yonishi, jumladan dov-daraxtlar barglarining yonishi oqibatida atmosfera havosiga juda zararli moddalar (konserogen moddalar) tarqalib, tirik mavjudotlarning hayot faoliyatiga xavf soladi.
2. Sun’iy ifloslanish.
Sun’iy ifloslanish 3 xil kо‘rinishda kuzatiladi.
a) Sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan yoqilg‘ilar orqali ifloslanish.
Keyingi paytlarda atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtomobil transporti birinchi о‘rinni (40%) egallaydi, energetika sanoati (20%), sanoat ishlab chiqarish (14%) va maishiy-kommunal, qishloq xо‘jaligida (26%) ni tashkil qiladi.
Ma’lumotlarga kо‘ra yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan oltingugurt gazi, is gazi, kul va karbonat angidridining miqdori taxminan 500 mln tonnaga yetmoqda.
BMT ma’lumotlariga kо‘ra, insoniyat paydo bо‘lganidan to shu vaqtgacha 80-85 mlrd tonna turli yoqilg‘ilar yoqilgan, shuning yarmi keyingi 25 yilga tо‘g‘ri keladi. Faqat kо‘mirning о‘zi yiliga 2 mlrd tonna yoqiladi. Yoqilg‘ilarning yoqishga yiliga 10-15 mlrd tonna kislorod sarflanadi. Metall oksidlanishi uchun yiliga 100 mln tonna kislorod sarflanadi.
YUNESKOning ma’lumoticha, turli mamlakatlarda ishlab turgan 260 mln.dan ortiq avtomashinalar yiliga 80 mln kishi iste’mol qiladigan kislorodni sarflaydi, yoki 1000 km yurgan yengil avtomobil bir kishining bir yillik kislorodini yutadi.
Yoqilg‘ilar yonganda atmosferaga zararli moddalar chiqib, uni ifloslantiradi. Jumladan 1 tonna benzin yonganda 60 kg is gazi havoga kо‘tarilib aralashadi. Neft yonganda sulfat angidrid, kо‘mir yonganda karbonat angidrid bilan kul havoni buzadi.
b) Sanoat chiqindilari orqali havoni ifloslanishi kimyo, neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish, radiaktiv moddalar ishlatiladigan tarmoqlarda, hamda yadroviy, neytronli aslahalarni qо‘llanishi oqibatida, KTZM lar, radiaktiv changlar, sement changlari atmosfera havosini ifloslantiradi.
v) Sanoat chiqindilari va maishiy-xо‘jalik chiqindilarini yoqish orqali ifloslanishi.
Havo tarkibidagi karbonat angidridi, is gazi, azot, oltin gugurt oksidlari, xlor, fosfor, fenol, ftor va boshqalarni kо‘p miqdorda bо‘lishi inson salomatligiga ta’sir qiladi, natijada astma, rak, sil kasalliklari kelib chiqadi.
Ayniqsa atmosfera havosi tarkibida karbonat angidridning miqdori ortishi natijasida quyoshdan keladigan qisqa tо‘lqinli nurlarni yer yuziga о‘tishiga tо‘sqinlik qiladi, natijada sayyoramiz yuzasidagi havoning о‘rtacha harorati ortib boradi.
Agar atmosfera havosining ifloslanishi oldi olinmasa, olimlarning bergan ma’lumotiga kо‘ra 2050 yilda sayyoramiz harorati 1,5-4,50C gacha isishi mumkin. Bu esa muzliklarni erishiga sabab bо‘lib quriqlikning ma’lum qismini suv bosib, favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishiga sabab bо‘ladi.
Atmosfera havosini ifloslanishi nafaqat insoniyatga balki suv basseynlariga, о‘simliklarga hayvonot dunyosiga ham katta salbiy zarar kо‘rsatadi.
Atmosfera havosini ifloslanishining iqtisodiy zararlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
1) atmosferaning ifloslanishi tufayli materiallarning yemirilishi va korroziyaga uchrashi (bino, inshootlar, metallar yemiriladi, kiyim-kechak, gazmollarning bо‘yoqlari buziladi, tarixiy yodgorliklar qulaydi);
2) atmosferaning ifloslanishi korxona asbob-uskunalarining foydalanish muddatini о‘rta hisobda 1,5 barobarga kamaytiradi;
3) atmosferani ifloslanishi oqibatida insonlar juda kо‘p og‘ir kasalliklarga uchramoqda;
4) havoni ifloslanishidan qishloq xо‘jalik ekinlari ham zarar kо‘rmoqda;
5) havoning ifloslanishidan (achchiq tutunlar) avtomobillarning yurishi, samolyotlarning uchishi qiyinlashib juda kо‘p avariyalar bо‘ladi.
6) atmosferaning ifloslanishidan yarim о‘tkazgichlar, aniq jihozlar, asboblar, vaksina va antibiotiklar ishlab chiqarishni qiyinlashtirib yubormoqda;
7) sanoat tarmoqlaridan atmosferaga qimmatbaho xom ashyolar (sement changlari, rux, qо‘rg‘oshin, qalay, ftor va boshqalar) atmosferaga chiqarib yuborilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza qilish davlat Qо‘mitasi ma’lumotiga kо‘ra Respublika havosiga qо‘shilayotgan turli iflos moddalarning kо‘p qismi quyidagi korxonalar zimmasiga tushmoqda: "O‘zneftgaz", О‘zenergetika vazirligi, Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati, Kommunal xizmat vazirligi, О‘zkimyosanoat Assotsiatsiyasi va Qizilqum oltin konserni. Shaharlar bо‘yicha havoni eng kо‘p ifloslovchi shaharlarga: Angren, Olmaliq, Qarshi, Farg‘ona, Navoiy, Chirchiqlar kiradi.
Atmosfera havosini ifloslanishidan muhofaza qilish. Ma’lumki, atmosfera о‘z-о‘zini tabiiy tozalash jarayoniga ega. Ulardagi yog‘ingarchiliklar iflos moddalarni, havoni yuvadi, shamollar havodagi ifloslovchi moddalarni uchirib, bir joyda tо‘planishiga yо‘l qо‘ymaydi, tuproqqa yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar reaksiyaga kirishib oqibatda neytrallashib qoladi. Lekin sanoat, transport rivojlanishi, qishloq xо‘jaligi mashinalashgan va kimyolashtirilgan hozirgi sharoitda havoning sun’iy ifloslanishi ortib bormoqda. Shuning uchun atmosferaning sun’iy ifloslanishidan tozalash yо‘llarini joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning asosiy vazifasidir.
Havo atmosferasining ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
1) Tutun chiquvchi quvurlarni balandroq qurish; buning natijasida iflos chang va gazlar keng maydonga yoyilib, uning konsentratsiyasi kamayadi.
Masalan: balandligi 100 m bо‘lgan quvurdan chiqayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bо‘lgan mintaqaga tarqalsa, balandligi 250 m bо‘lgan quvurdan chiqqan chang, gazlar radiusi 75 km mintaqaga tarqaladi.
2) Pechlarda kо‘mir, torf, qoramoy yoqishning о‘rniga, elektr energiyadan, gazlardan foydalanilsa - atmosferaga chang, qurum, tutun va zaharli gazlar kam chiqariladi. Olimlarning ma’lumotiga kо‘ra, kо‘mir bilan ishlovchi korxonalar gazga о‘tkazilsa, havoga chiqariladigan oltingugurt gazi miqdori 10.000 marta, uglerod oksidi miqdori 2000 marta, azot oksidlari miqdori 5 marta kamayadi.
3) Sanoat korxonalarida zararli moddalarni tozalovchi uskunalar qurish.
4) Sanoat korxonalarida chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Kabelni sintetik qoplama bilan о‘raydigan yangi texnologiyaga о‘tilishi, atmosferaga qо‘rg‘oshinni chiqishi yо‘qotildi.
5) Sanoatda yer osti termal suvlardan (issiq suv-90oC li) foydalanish orqali ifloslanishni kamaytirish mumkin.
6) Avtotransportlardan chiqadigan gazlarni, dudlarini kamaytirish orqali (benzin о‘rniga, propan yoqilg‘isini qо‘llash orqali) havoni ifloslanishini kamaytirish mumkin.
7) Shahar va qishloqlarda yashil о‘simliklarni kо‘paytirish orqali havoni ifloslanishidan saqlash mumkin.
Masalan: darahtlar, butalar va о‘tlar changining 80 foizini SO3 gazini 60 foizini ushlab qoladi.
О‘zbekiston havosini ifloslanishini kuzatishga О‘zbekiston Gidro metereologiya boshqarmasi rahbarlik qiladi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi: О‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni ifloslanishini kuzatish markazi, Farg‘ona va Navoiy shaharlaridagi kompleks laboratoriya, atmosfera havosini ifloslanishini kuzatuvchi 7 ta laboratoriya (Olmaliq, Andijon, Samarqand, Angren, Bekobod), havo ifloslanishini kuzatuvchi 4 ta guruh (Buxoro, Guliston, Nukus va Namangan shaharlarida), atrof-muhitni ifloslanishini kuzatuvchi Sariosiyo idoralararo laboratoriyasi va ikki monitoring (Chotqol qо‘riqxonasi, Abramov muzligi) stansiyalari kiradi.
Suv resurslarini muhofaza qilish .
Yer yuzasidagi barcha suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Okean va dengizlarning umumiy maydoni quruqlik yuzasiga qaraganda 2,5 barobar kо‘pdir. Gidrosferaning 93,96 %i okean suviga, 4,39%i quruqlikdagi daryo, kо‘l va yer osti suvlari, 1,65%i qutb va tog‘lardagi muzliklarga tо‘g‘ri keladi.
Suv kuchli erituvchi va qudratli kuchga ham ega. U qattiq tog‘ jinslarini (turli xil minerallar, granit va bazaltlar) ham emiradi.
Organik dunyo va insoniyat jamiyatini suvsiz tasavvur qilish qiyin. Suv organizmlardagi biofizik va biokimyoviy jarayonlarda hamda ularni yashash muhiti sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Suvsiz hayot yо‘q. Chunki о‘simlik tanalarining 80-85 foizi, hayvon organizmlarining 60-75 foizi, meduza tanasining 99,7 foizi suvdan iborat. yangi tug‘ilgan chaqaloq tanasining 70 foizini, katta yoshdagi kishi organizmining 65 foizini suv tashkil etadi. Suv inson tanasining hamma a’zosida uchraydi, hatto suyakning 25 foizini ham suv tashkil etadi, hatto inson iste’mol qiladigan sabzavot tarkibida 78-80 foiz, sutda 89 foiz, gо‘shtda 50 foiz suv bor.
Inson о‘z tanasidagi namlikni bir xil bо‘lishiga harakat qiladi, chunki kishi tanasidan 12 foiz namlik yо‘qolsa odam halok bо‘ladi. Inson suvsiz bir necha kungina yashashi mumkin, uning suvga bо‘lgan bir kunlik fiziologik talabi 2,5 litrga teng.
Suv nafaqat jonli tabiatni rivojlanishi, yashashi uchun kerak, balki insonlarni maishiy ehtiyojlarini, sanoat va qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ham eng kerak moddiy resurslardan hisoblanadi.
Ammo har qanday suvlarni ham ehtiyojimizni, ishlab chiqarish tarmoqlarini ehtiyojini qondirish uchun ishlatish mumkin emas. Chunki suv resurslarimiz kundan kunga turli xil sabablarga kо‘ra ifloslanib bormoqda. Suv resurslarini ifloslanishi deganda har xil organik, noorganik, mexanik, bakteriologik va boshqa moddalar tо‘planishi oqibatida, uning fizik xususiyatlari (rangi, tiniqligi, hidi, mazasi) va kimyoviy tarkibining (organik va mineral qо‘shimchalar miqdorining ortishi, zaharli moddalarni paydo bо‘lishi) о‘zgarishi, uning tarkibida kislorodning kamayib ketishi, bakteriyalarni kо‘payishi va kuchli yuqumli kasallik tarqatuvchi bakteriyalarning paydo bо‘lishi tushuniladi.
Suvning ifldoslanishi tabiiy va sun’iy sabablarga asoslangan bо‘ladi (4-chizma). Suvning ifloslovchi manbaalar orasida eng muhim о‘rinni sanoat ishlab chiqarishidan paydo bо‘lgan va maishiy kommunal xо‘jalikdan chiqqan oqova suvlar egallaydi. Bunday oqova suvlarga: yuvuvchi sintetik moddalari bо‘lgan oqovalar; foydali qazilma boyliklarni qazib olishida ishlatilgan oqovalar; neft konlaridan chiqqan iflos suvlar; yog‘och tayyorlash, uni qayta ishlash va oqizishda hosil bо‘ladigan chiqindili oqava suvlar; chorvachilik fermalaridan oqib chiqadigan suvlar; texnik ekinlarni (zig‘ir, paxta, kanop va boshqa) birlamchi ishlov berishda chiqadigan chiqindili suvlar, tashlandiq va zovur suvlari; har xil mineral va organik о‘g‘itlar hamda zararkunandalarga sepilgan zaharli kimyoviy birikmalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqadigan suvlar; aholi yashash joylaridan oqib keladigan yog‘in suvlari; elektr stansiyalardan chiqqan issiq suvlar; radiaktiv ifloslangan va boshqa suvlar kiradi.
Sanoat chiqindi suvlarida tirik organizmlar uchun xavfli bо‘lgan har xil mineral va organik kislotalar, fenollar, vodorod sulfid, ammiak, mis, rux, simob, mishyak, xrom, nikel va boshqa zaharli moddalar, yog‘, neft mahsulotlari va har xil biogen moddalar bо‘lib, ular sanoat korxonalarida ishlatilgan oqava suvlar bilan birga daryo, kо‘l va suv omborlariga borib quyiladi.
Ayniqsa selluloza-qog‘oz sanoati obyektlaridan chiqadigan oqova suvlar tarkibida organik moddalar bо‘lib, oksidlanish jarayonida kislorodni yutib, suvni ifloslab unga yoqimsiz hid va ta’m beradi, suvning rangini о‘zgartirib yuboradi, suvning tagida, qirg‘oqlarida chirib, zamburug‘larning vujudga kelishiga olib keladi. Suv havzalarining radiaktiv ifloslanishi organik hayot uchun, ayniqsa insonning sog‘lig‘i uchun eng zararlidir. Radiaktiv ifloslanishning asosiy manbalari: termoyadro qurollarini suv ostida sinash; uran rudalarini qazib olish va tozalash; atom elektr stansiyalari, radiaktiv chiqindilarni saqlash; uran ruda konlarida va ishlab chiqarishda avariyaning rо‘y berishi; radiaktiv chiqindilarning va radiaktiv moddalarning idishlarini yuvish va boshqalardan chiqqan chiqindilar hisoblanadi. Radiaktiv eritmalar juda ham kuchli bо‘lib, bir choy qoshiqdagi radiaktiv eritmani zararsizlantirib suvga tashlash uchun unga 9,45 mln.l suv aralashtirish kerak bо‘ladi. Buning ustiga radiaktiv moddalar uzoq vaqt о‘z xususiyatini о‘zgartirmaydi. Yer osti suvlariga о‘tgan radiaktiv moddalar 1000 yilgacha saqlanib, sо‘ngra zararsizlanishi mumkin. Shu sababli suv havzalariga tushgan radiaktiv moddalar suv о‘simliklari va hayvonlari organizmiga о‘tib uzoq vaqt saqlanib qoladi, hamda og‘ir salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi.
Organik ifloslangan oqar suvlar tarkibida azot bakteriyalar, jumladan tif, sil, ichburug‘i kabi kasallik tarqatuvchi bakteriyalar, achitqi va mog‘or zamburug‘lari va boshqalar bо‘ladi. Shu sababli suv havzalari tarkibida organik moddalar kо‘payib ketsa, u ifloslanadi, suvning chirigan mahsulotlar bilan zaharlanishiga, har xil yuqumli kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalarning kо‘payib ketishiga qulay imkoniyat yaratadi.
О‘zbekiston suvlari va suv havzalari ifloslanishiga qarab 6 tipga bо‘linadi:
1. Toza suv havzalari va suv oqimlari. Ular asosan tog‘liq hududlarda joylashgan bо‘lib suvda mineral zarrachalari kam hamda biogen elementlar va organik qо‘shilmalar kam uchraydi. Bularga Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, Oqsu, Toshkeskin va boshqalar kiradi.
2. Tog‘ oldidagi kam ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bular: Oqtoshsoy, Ugam, Ohangaron, Qovasoy, Qashqadaryo, Omonqо‘tan, Chorvoq va Xisor suv omborlari kiradi.
3. О‘rtacha ifloslangan tog‘ oldi va tekislikdagi suv oqimlari va suv havzalari. Ular kо‘pgina aholi zich joylashgan yerlarda mavjud. Biogen, mineral va organik moddalar meyoridan 2-3 barobar ortiq. Bularda yana og‘ir metall ionlari va neft mahsulotlari meyoridan ortiq bо‘ladi. Bular: Chirchiq, Ohangaron (о‘rta oqim), Salorning yuqori qismi, Qorasuv kanali, Norin, Qoradaryo, Isfaransoy, Marg‘ilonsoy, Zarafshon, Tuyabо‘g‘iz, Chimqо‘rg‘on, Qayroqqum, Tuyamо‘yin suv omborlari kiradi.
4. О‘rtacha ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar qishloq xо‘jaligida foydalanilayotgan sug‘oriladigan yerlarda, sanoat oqiziqlari tarkibidagi mineral va organik moddalar bо‘ladi. Ya’ni bularda me’yoridan 3-4 barobar ortiq og‘ir metallar, neft qoldiqlari va pestitsidlar uchraydi. Bular Chirchiq (Chirchiq sanoat kompleksidan quyi), Qо‘qonsoy (Qо‘qonsoydan quyi), shimoliy Bag‘dod kollektori, Siyob kollektori va boshqalar kiradi.
5. Iflos suv havzalari va suv oqimlari. Ular asosan shо‘r tuproqli qishloq xо‘jalik yerlarida, yuqori minerallashgan suvli yerlarda joylashgan. Yirik aholi punktlarini quyi qismida joylashgan. Bu kategoriyaga kiruvchi suvlarga: Amudaryo-Orolbо‘yi hududi, Buxoro vohasi, Mirzachо‘l massivi va Farg‘ona vohasi kiradi. Bu suvlar tarkibida biologik, mineral, organik moddalar, og‘ir metallar va neft qoldiqlari me’yoridan 3-5 barobar kо‘p. Keyingi vaqtlarda og‘ir metall konlari (mis, xrom, kaliy va boshqalar) ham kо‘plab uchramoqda. Ular Toshkent shahrini quyi qismida Qorasu (о‘ng qirg‘oq), Ohangaron, Chirchiq daryolari.
6. Juda ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar yirik aholi punktlariga, shaharlariga tо‘g‘ri keladi. Uning suvlarida kо‘p miqdorda turli zaharli moddalar uchraydi. Og‘ir metall meyoridan 40-50 barobar ortiq. Bularga Chirchiq (Salordan keyingi qismi), Salor (Toshkent, Yangi yо‘ldan sо‘ng) kiradi.
Respublikamizda eng ifloslangan suvlar Toshkent shahriga va Toshkent viloyatlariga mansubdir.
Suv havzalarining ifloslanish darajasini 42 foizini mineral ifloslanish-har xil tuz, qum, gillar, ishqor, kislota, mineral yog‘lar, shlak va boshqalarga tо‘g‘ri kelsa, 58 foizi organik ifloslanishga-kommunal xо‘jaligi, shahar kanalizatsiyasi, hammom, kir yuvadigan joylar, sanitariya-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, teri, qog‘oz-selluloza, pivo ishlab chiqarishdan chiqadigan oqovalar, о‘simlik moylari, meva va poliz ekinlari qoldiqlari, maishiy chiqindilarga tо‘g‘ri keladi.
Demak, ifloslangan suvlardan foydalanish salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan kuchli kasalliklarni paydo qiladi va tarqatadi; sanoat ishlab chiqarishlarda texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, mahsulot sifatini pasaytiradi, qimmatbaho asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi, gidrotexnik, temir-beton inshootlarini, suv quvurlarini yemiradi va juda katta iqtisodiy va ma’naviy zararlarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ifloslangan suv manbalarini tozalash va zararsizlantirish hamda aholini chuchuk suv tanqisligini hal qilish hisoblanadi. Chuchuk suv zaxiralari albatta yer ostida muayyan miqdorda joylashgan, ammo hozirgi talablar tо‘la qondiriladigan bо‘linsa, ular uzoq yillarga yetmasligi mumkin.
Shuning uchun kelajakda aholini chuchuk suv bilan ta’minlashning quyidagi qо‘shimcha imkoniyatlari mavjud:
1. Yer osti suvlaridan foydalanish. Ma’lumki, yer osti suvlarining miqdori 60.000 ming km bо‘lib, butun gidrosferaning 4,12%ini tashkil etadi. Lekin yer osti suvlaridan hozircha foydalanish koeffitsienti juda past, jumladan O‘zbekistonda atigi 6% miqdordagina foydalaniladi.
2. Muzlik suvlaridan foydalanish. Sayyoramizning umumiy suv miqdorining 1,65%ini muzliklardagi suv tashkil qiladi. Muzliklardi 24.000 ming km3 suv tо‘plangan bо‘lib, butun dunyodagi chuchuk suvning 8,5%ini tashkil etadi. Bu muzliklar asosan Arktikada, Antarktidada va Grenlandiyada joylashgan bо‘lib, ba’zan dengizga uzilib tushib, aysberglarni hosil qiladi. Mana shu aysberglarni qirg‘oqqa yaqin keltirib, uni eritib, aholini sanoat korxonalarini chuchuk suv bilan ta’minlash ustida ish olib borilmoqda. Masalan, uzunligi 100 km, eni 50 km, qalinligi 0,2 km keladigan aysbergda 1000 km3 chuchuk suv mavjud. Bu butun О‘rta-Osiyo daryolarining suvidan 8 marta kо‘pdir.
3. Okean va dengiz shо‘r suvlaridan foydalanish. Hozir dunyoda 800 dan ortiq shо‘r suvlarni chuchuklashtiruvchi texnologiyalar ishlab, kuniga 1,7 mln m3 suv yetkazib bermoqda. Shuning 90%i ichish uchun ishlatilmoqda.
Yog‘in suvlaridan foydalanish. О‘rta Osiyo aholisi chо‘l hududlarida mana shunday suvlardan foydalanganlar.
Quruqlikda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari.
Quruqlikda favqulodda vaziyatlar tuproqning ostki va ustki qismlarini tarkibi, holati о‘zgarishi natijasida kuzatiladi. Bu о‘zgarish tabiiy yoki sun’iy sabablar natijasida bо‘ladi.
Tabiiy sabablar bilan inson faoliyatiga bog‘liq bо‘lmagan holda tuproqning hayotini yomonlashishi tushunilib, bularga eroziyalar kiradi. Eroziya deb yerning ustki hosildor qismini suv va shamol ta’sirida yuvib yoki uchirib ketishiga aytiladi. Eroziya dehqonchilik uchun katta zarar keltiruvchi ofat hisoblanib, «kemirish» yoki «yemirish» degan ma’noni anglatadi.
Suv va shamol eroziyasi natijasida AQSH, Xitoy, Kavkaz, О‘rta Osiyo va boshqa hududlarda millionlab gektar yerlar ishdan chiqdi hamda unumsiz yerga aylandi.
Ma’lumotlarga qaraganda dunyo bо‘yicha eroziya natijasida yiliga 100 mlrd dollar zarar kо‘rilmoqda.
Suv eroziyasining xavfli turi bu sel hodisasidir. Sel - tabiiy ofatlar qatoriga kirib, uning xususiyati va oqibatlari xususida III bobda mufassal yozilgan.
Shamol eroziyasi tufayli tuproq tarkibi buzilib, ba’zi yerlada о‘pirilishlar kuzatiladi, tuproqni ifloslanishi tufayli esa uning kimyoviy va biologik xususiyati о‘zgaradi, jumladan modda almashinuvida buzilish yuz beradi, har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroorganizmlar tez kо‘payadi.
Demak, eroziya nafaqat tuproq strukturasini buzadi, balki atrof-muhitni ham izdan chiqaradi, inshootlarga, magistral yо‘llarga, moddiy resurslarga katta zarar keltiradi va insonlarning о‘limiga sabab bо‘ladi.
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi: agrotexnik, о‘rmon melioratsiyasi va gidrotexnik.
Agrotexnik chora-tadbirlarda almashlab ekishni oshirish, kо‘proq о‘tli о‘simliklarni ekish orqali tuproq zichligini oshirishga erishiladi.
О‘rmon melioratsiyasi natijasida о‘simliksiz qolgan tog‘ yon bag‘irlarini, tekis-qumli yaylovlarni turli buta, daraxtlar bilan qoplash kiradi.
Gidrotexnik chora-tadbirlar majmuasiga tog‘ yon bag‘irlarni yuvish va о‘yilishdan saqlash uchun gidrotexnik qurilmalar qurish (tо‘g‘onlar, terrasalar), tog‘li hududlarda sel oqimini tо‘suvchi va tо‘xtatuvchi devorlar, tosh-shag‘al-tuproq-yog‘ochlardan foydalangan holda qurilmalarni qurish kiradi.
Tuproqni sun’iy omillar ta’sirida ifloslanishi: sanoat va shahar chiqindi axlatlarini (gaz, neft, elektr kabellar ishlab chiqarishida, mineral о‘g‘itlar va zaharli kimyoviy vositalarni qо‘llashda, radiaktiv chiqindi moddalarni yerga tashlanishi, transport vositalaridan chiqadigan zaharli moddalar, oqava suvlar tarkibidagi bekorchi jinslar va boshqalar) tuproqqa qо‘shilishi natijasida kuzatiladi.
Sanoat chiqindilari 2 xil kо‘rinishda tashqariga chiqarib yuboriladi:
a) Qattiq sanoat chiqindilariga: qurum, kul, shlak, tosh, kon chiqindilari, yog‘och, plastmassa va boshqa chiqindi materiallar, mineral va organik changlar hamda sanoat axlatlari kiradi.
b) Suyuq chiqindilarga: oqava suvlar qayta ishlanganidan keyin qoladigan chiqindilar kiradi.
Sanoat chiqindilarining asosiy qismi konchilik, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, yog‘ochni qayta ishlash, IES, kimyo, neftni qayta ishlash, paxta tozalash, tо‘qimachilik, sement ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlarda hosil bо‘ladi.
Sanoat qattiq chiqindilari о‘simliklarga, hayvonlarga va odamlarga katta zarar keltiradi. Masalan, fosfogips (о‘g‘it ishlab chiqarish sanoatida chiqadigan chiqindi mahsulot) sizot suvlarini ifloslantirishi va zaharlashi mumkin. Ishlab chiqarishning ba’zi chiqindilari tarkibida og‘ir metallar: xrom, qalay, qо‘rg‘oshin, surma va boshqa zaharli moddalarning birikmalari tuproqdan о‘simliklar va hayvonlar orqali odam organizmiga tushadi va turli xil og‘ir kasalliklarga olib keladi. Konserogen xossalarga ega bо‘lgan changlarni, oltingugurt, azot, uglerod birikmalarini ajralishi inson faoliyati uchun juda xavflidir.
Tuproq qatlamining radiaktiv moddalar bilan ifloslanishi ham juda xavflidir. Sо‘ngi yillarda dunyoning bir qator mamlakatlarida radiaktiv moddalardan foydalanish (harbiy va tinchlik maqsadlarida) oqibatida ekologik falokatlar kuzatilmoqda. Radiaktiv moddalarni qazish, tashish va ishlatish jarayonida, atom bombalarini ishlashi va portlashi davrida, AES larni avariyaga uchrashida, radiaktivlashgan juda mayda chang zarrachalari atmosferaga kо‘tarilib, keyin yomg‘ir bilan yoki о‘zi yerga-tuproqqa tushib, uni zaharlaydi. Bunga misol qilib, 1986 yilda Chernobl AES dagi avariyani keltirish mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 1946-1970 yillari mobaynida sobiq ittifoq tomonidan Qirg‘izistonning Maylisoy hududining 23 ta yeriga radiaktiv chiqindilar kо‘milgan. Mabodo, о‘sha hududlarda sel, yer kо‘chkisi ofatlari yuz beradigan bо‘lsa, nafaqat Qirg‘iziston hududi va xalqi uchun, balki О‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi uchun ham katta ekologik xavf tug‘diradi. Bunday xavfli hududlarda 10mln.dan ortiq fuqarolar yashaydi. Tuproq qatlamining kimyoviy moddalar, ayniqsa pestitsidlar, gerbitsidlar bilan ifloslanishidan saqlashda ularni qoidasiga, normasiga, vaqtiga qarab ishlatishga erishish muhim ahamiyatga ega. Biroq ba’zan yuqori hosil olish va zararkunanda hashoratlariga, begona о‘tlarga qarshi kurashish maqsadida о‘g‘itlarni hamda zaharli kimyoviy moddalar haddan tashqari kо‘p ishlatiladi. Natijada qishloq xо‘jaligi ekinlari ularni о‘zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda tо‘planib qolib uni zaharlaydi. Jumladan, MDH davlatlarida о‘rtacha 1 gk yerga 113 kg.dan kо‘proq mineral о‘g‘it, 2 kg zaharli moddalar ishlatilmoqda. Bu moddalar tuproqda yig‘ilib, tuproq tagiga suv, havo о‘tkazishni, modda almashinuvini, mikro organizmlarni rivojlanishini yomonlashtiruvchi qavat hosil qiladi.
Olimlarning fikricha kimyoviy zaharli moddalarning xavfi AES larning radiaktiv chiqindilari xavfidan 9 barobar xavfli ekan. Hozirgi vaqtda jahon bо‘yicha ekinlarni himoya qilish uchun turli kimyoviy moddalardan gektariga 300 g., G‘arbiy Yevropa va AQSHda 2-3 kilogramm, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 200gramm solinayotgan bir vaqtda, paxta dalalarimizda ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning yillik miqdori (1990 yil) gektariga 19,5 kg ni tashkil etgan bо‘lsa, hozirgi kunda ulardan foydalanish deyarli 2 barobar kamaygan. Bunday kimyoviy moddalar zararkunanda bilan birga tuproq hosildorligini oshirish uchun foydali hasharotlarning qirilib ketishiga ham sabab bо‘ladi. Shuning uchun tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishidan saqlash uchun begona о‘tlarga qarshi, о‘simliklar bargini tо‘kishda, zaharsiz, kishi salomatligiga zarar yetkazmaydigan zaharsiz kimyoviy vositalarni qо‘llash katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga keyingi vaqtlarda qishloq xо‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda atrof-muhit uchun zararsiz biologik usullardan foydalanilmoqda va u о‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Hozirgi kunda maishiy chiqindilarning miqdori ham ortib, ekologik muammolarni yuzaga kelishiga sabab bо‘lmoqda. Ma’lumotlarga kо‘ra har yili bir nafar shahar aholisiga о‘rtacha 300 kg miqdordagi maishiy chiqindilarni ishlash tо‘g‘ri kelmoqda.
Shuning uchun Dunyo miqyosida sanoat va maishiy chiqindi axlatlarni yо‘qotish, jahonshumul masalaga aylandi. Chunki uni yoqish atrof-muhitni, yerlarga kо‘mish esa tuproqni ifloslashtiradi va har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblarning kо‘payishiga imkon yaratadi.
Shuning uchun hozirgi kunda tuproq qoplamini ifloslanishidan saqlash, chiqindilarni qayta ishlash yoki ularni zararsizlantirib tashlash eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Jumladan chiqindilarni qayta ishlash orqali qimmatbaho metallar (konserva bankalar, har xil metall parchalari) rezina buyumlari, plastmassa materiallari va boshqalar ajratib olinmoqda. Ajratib olingan rezina, yog‘och parchalarini gidroliz yordamida (parchalash orqali) yonuvchi gaz, saqichli smola, qattiq uglerodli birikmalar, qolgan qismidan esa kompost olinmoqda. Kompostning harorati yuqori bо‘lganligidan undan issiq xonalarda tuproqni qizdirishda, о‘g‘itlashda ishlatiladi. Shahar axlati va sanoat chiqindilari (simob, rux, margimush, mis, qо‘rg‘oshin, ftor, marganes kabi zaharli kimyoviy moddalar tutgan va maishiy kommunal chiqindilari) tashlangan yerlarda tezlik bilan sanitariya hududlari tashkil etilib oldi olinmasa, о‘sha joylar tuprog‘i о‘ta ifloslashib, tabiiy holda tozalana olmaydi. Chunki tuproqda kimyoviy va organik moddalar miqdori ortib, mikroorganizmlar, ayniqsa (kasallik tarqaluvchi) mikroorganizmlar kо‘payib ketishiga sharoit vujudga keladi. Ma’lumotlarga kо‘ra 1 ga toza tuproqda 16-150000 ming bakteriya mavjud bо‘lsa, birga ifloslangan tuproqda 1 mld.gacha mikroblar borligi aniqlangan. Oqibatda tuproq ifloslanib, har xil yuqumli kasalliklarni, jumladan sibir yazvasi, о‘lat, vabo, ichburug‘ tifi, sil kasalligini tarqatuvchi manbaaga aylanadi.
Shunday qilib, atmosfera havosini, tuproqni va suv basseynlarini turli xil zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Bunday ekologik vaziyatlar nafaqat atrof-muhitni izdan chiqaradi, balki insonlarning salomatligiga, normal hayot faoliyatiga katta xavf tug‘diradi.
2-Seminar mashg‘uloti.
Xavflar, jarohatlar, avariya va favqulotda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyat (FV) - ma’lum hududda yuz bergan faloqat, haloqat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning о‘limiga, salomatligiga, tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga kо‘ra, ular quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
1. Tasodifiy FV-yer silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshqalar;
2. Shiddatli FV-yong‘inlar, zaharli gazlar, otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
3. Mо‘tadil (о‘rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarni otilib chiqishi, radiaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
4. Ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg‘oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar tasnifiga kо‘ra (sababi va kelib chiqish manbayiga kо‘ra):
I. Tabiiy tusdagi FV;
II. Texnogen tusdagi FV;
III. Eqologik tusdagi FV larga bо‘linadi.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari. Fuqarolar muhofazasi davlat tizimlari – harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bunday keng qamrovli vazifalar tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi hamda 2000 yilda «Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida»gi qabul qilingan qonunlarida о‘z aksini topgan.
Ushbu huquqiy hujjatlarda fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vaqolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagi yо‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat:
1.Aholini, hududlarni va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlar oqibatidan (dushmaning harbiy harakatlaridan, tabiiy ofat, avariya va haloqatlardan) muhofaza qilish;
2.Har qanday favqulodda vaziyatlarda xalq xо‘jaligi tarmoqlarining, obyektlarning barqarorligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini о‘tkazish;
3. Fuqaro muhofazasi kuch va vositalari shayligini ta’minlash;
4. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni о‘tkazish;
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi rahbarlarini, mutaxassislarini va fuqaro muhofazasi kuchlarini fuqaro muhofazasiga tayyorlash hamda oddiy aholini himoyalanish qoidalariga о‘rgatish.
Bunday yо‘nalishdagi vazifalarning har birini bajarish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish orqaligina maqsadga erishiladi. Jumladan, fuqaro muhofazasining harbiy davrdagi vazifalari quyidagilardan iborat:
Aholi va obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
Iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini о‘tkazish;
Aholining moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash;
Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini о‘tkazish;
Aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash;
8) Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
9) Qutqaruv va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni о‘tkazish;
10) Harbiy davrlarda ham zarar kо‘rgan hududlarda jamoat tartibini yо‘lga qо‘yish ;
11) Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Shulardan kelib chiqib, bunday tadbirlarni muvaffaqiyatli olib bormay turib zararlangan hududlarda aholining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlab bо‘lmaydi.
Аvаriyalаr, fоjеаlаr vа tаbiiy оfаtlаr hаqidа tushunchаlаr.
Аvаriya - halоkаt mаhsulоt tаyyorlаshgа ishlаtilаdigаn mаshinаlаr , jihоzlаr, tеxnоlоgik tizimdаgi uskunаlаr mаjmuаsidаgi nоsоzlik, elеktir bilаn tа'minlаshdаgi nоsоzlik, binоlаr, qurilmаdаgi nоsоzliklаr tufаyli vujudgа kеlаdigаn vоkеаgа аytilаdi.
Fоjеа - halоkаt bo‘lib, оldingisidаn fаrqli hоldа halоkаt qаmrоvi kеngrоq vа оdаmlаr hаlоk bo‘lishigа оlib kеlgаn vоqеаgа аytilаdi.
Trаnspоrt аvаriyalаri vа halоkаtlаri:
а) Ekipаj а'zоlаri vа yo‘lоvchilаrning o‘limigа, hаvо kеmаlаrining to‘liq pаrchаlаnishigа yoki qаttiq shikаstlаnishigа hamda qidiruv vа аvаriya-qidiruv ishlаrini tаlаb qilаdigаn аviаhalоkаtlаr;
b) Yong‘ingа, pоrtlаshgа, harаkаtlаnuvchi tаrkibning buzilishigа sаbаb bo‘lgаn vа tеmir yo‘l xоdimlаrining, halоkаt hududidаgi tеmir yo‘l plаtfоrmаlаridа, vоkzаl binоlаridа vа shаhar imоrаtlаridа bo‘lgаn оdаmlаr o‘limigа, shuningdеk tаshilаyotgаn kuchli tа'sir ko‘rsаtuvchi zаharli mоddаlаr bilаn (KTKZM) halоkаt jоyigа tutаsh hududning zаharlаnishigа оlib kеlgаn tеmir yo‘l trаnspоrtidаgi halоkаtlаr vа аvаriyalаr.
Pоrtlаshlаrgа, yong‘inlаrgа, trаnspоrt vоsitаlаrining pаrchаlаnishigа, tаshilаyotgаn KTKZMlаrning zаrаrli xоssаlаri nаmоyon bo‘lishigа vа оdаmlаr o‘limigа sаbаb bo‘ladigаn аvtоmоbil trаnspоrtning halоkаti vа аvаriyalаri, shu jumlаdаn yo‘l trаnspоrt xоdisаlаri;
Оdаmlаrning o‘limigа, shikаstlаnishigа vа zаharlаnishigа, mеtrоpоlitеn pоеzdlаri pаrchаlаnishigа оlib kеlgаn mеtrоpоlitеn bеkаtlаridаgi vа tunеllаrdаgi halоkаtlаr, аvаriyalаr, yong‘inlаr (1-rasm).
|