Gazniqobni foydalanishga tayyorlash. Agar gazniqobning yuz qismi o‘lcham bo‘yicha to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa va umuman har kimning o‘ziga moslashtirilgan bo‘lsa va ishga yaroqli bo‘lsa, u holda muhofazalovchi vosita ishonchli deb hisoblanadi. Gazniqob yuz qismining zarur o‘lchovini tanlab olish gazniqobdan foydalanishda xal qiluvchi ahamiyatga ega. Kattaroq gazniqob yuzga zich o‘rnashmaydi va zaharlangan havo uning atrofidan kirib kishini zaharlashga olib keladi. Yuz qismi zarur o‘lchamdan kichikroq bo‘lsa, bunday shlem-niqob boshni qattiq qisib og‘ritadi va uni taqib yurish ancha qiyin bo‘ladi. To‘g‘ri tanlangan shlem-niqob yuzga hech qanday og‘riq bermasdan zich joylashib turadi.
Shlem-niqoblar o‘lchovini aniqlash uchun yuz vertikal aylana bo‘ylab santimertlarda o‘lchanadi, ya’ni lenta iyakning quyi nuqtasi orqali yonoqlar bo‘yicha quloq chig‘anog‘i oldidan o‘tib, boshning tepasida tutash chiziq bo‘yicha o‘lchanadi. Shlem-niqobning to‘g‘ri tanlanganligi xlorpikrin moddasi yordamida «dudlash kamerasida» tekshirib ko‘riladi. Gazniqob o‘lchovini aniqlash jadvalda keltirilgan.
Hozirgi vaqtda harbiy qismlarda saqlanib kelinayotgan tabeldagi nafas a’zolarini muhofazalovchi vositalarning muhofaza qilish xususiyati juda yuksakdir. U foydalanish vaqtidagi sifatlari bo‘yicha yetarli darajada ishonchli va qulay vositadir. Gazniqoblardan foydalanish qoidalariga rioya qilinganda dushman tomonidan qo‘llanilgan turli xil zaharlovchi moddalardan bir jangovar kun (10-12 soat) mobaynida muhofazalanish mumkin. Filtrlovchi-yutuvchi quti har kuni almashtirilmaydi, chunki zaharlangan atmosferada qisqa vaqt turiladi.
Nafas olish organlarining yakka himoyalanish vositalari: 1-respirator R-2; 2- «Lepestok» tipidagi Respirator; 3-gazniqob GP-5; 4-changga tsarshi maska PTM-1; 5-paxta-dokali bog’ich.
Terini himoya qilish vositalari. Ularga umumqo’shin himoya jamlamasi, yengil himoya kostyumi, kombinzon, fartuk, filьtrlovchi himoya kiyimlari va boshqalar kiradi. Ular kiyimlarni va terini radioaktiv modda, zaxarli modda bakteriologik vositalardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Odamni alьfa nurlanishdan to’la, betta nurlanishdan 50-70% saqlaydi, ammo singuvchi radiaqiyadan (gamma nurlar va neytronlardan) himoya qila olmaydi.
Umumqo’shin himoya jamlanmasi. Jamlanma OP-1 himoya plashchi, himoya paypoq va qo’lqopdan iborat. Himoya plashchi rezinalangan matodan tikilgan bo’lib, qalpog’i, shpenьka (tugma o’rnida) va tasmasi bor. Himoya paypoq va qo’lqop ham rezinalangan matodan tayyorlangan. Paypoqning tagi brezent yoki rezina qo’shib puxtalangan. Himoya jamlanmasi ham poxod, tayyor va jangovar holatda olib yuriladi. Zararlangan joyda yurishga to’g’ri kelganda oyoq kiyim ustidan himoya paypoq kiyiladi. Plashchga qo’lni tiqib, shpenьkalar taqiladi va qo’lqop kiyiladi. Plashchni kombinzonga o’xshatib kiyish ham mumkin.
Engil himoya kostyumi L-1 rezina shimdirilgan matodan tikiladi, ko’ylak, kapyushon bilan himoya paypoqli shim, ikki juft himoya qo’lqopi va ip gazlamadan qilingan podshlemnikdan iborat. Sumkada olib yuriladi. Kostyum zararlangan xududga kirishdan oldin kiyiladi. Avval paypoq bilan shim kiyiladi va yelka bog’ichi bilan bog’lab kuyiladi Keyin ko’ylak va gaznikob kiyiladi, maska ustidan kopyushon kiyilib, klapan taqiladi, qo’lqop va podshlemnik kiyiladi. Bulardan tashqari sintetik rezinadan ishlangan kombinzon va kostyum ham bor. Gigiena talablari nuqtai nazaridan kostyumlarni organizmga ta’sirini xisobga olish kerak. SHuning uchun havo haroratiga qarab, kostyumda qancha vaqt yurish mumkinligi ko’rsatilgan:
havo harorati Foydalanish vaqti
+ 30 ° va undan yuqori 20 daqiqa
+ 25-29e da 30-40 daqiqa
+ 20- 24° da 1 soat
+ 15 - 29° 2 soat
+ 10° dan past bo’lganda 4-5 soat.
quyida yengil himoya kostyumining tuzilishi berilgan:
Engil himoya kostyumi L-1: 1-shimi, paypokdari bilan; 2-podshlemnik; 3-kapyushonli kostyum; 4- ikki barmokdi kulkrplar; 5gkostyumni sakdash uchun sumka; ungda — jaigovar holatdagi himoya kostyumi.
Axoli bundan tashqari ro’zg’orda kiyiladigan rezina aralashgan matolardan tikilgan oddiy kiyimlar, sport kiyimlari; oyoq kiyimlardan: rezina botinkalar, kalishlardan; qo’llarni himoyalashda rezina va teridan tayyorlangan qo’lkoplardan x;am foydalanadilar.
Kundalik kiyimlar to’la germetik xususiyatga zga bo’lmaganligi sababli, ulardan foydalanishda qo’shimcha himoya vositalaridan foydalanish lozim.
SHaxsiy tibiiy muhofaza vositalar (SHMTV) — favkulodda vaziyat shikastlovchi omilining insonlar salomatligiga ta’siri oldini olishga yoki uni ta’sirini kamaytirishga muljallangan tibbiy preparat yoki buyum. Ularga individual bog’lov paketi (IBP) (5-rasm), individual aptechka (AI-2) (6-rasm) va kimyoviy individual paket (KIP) kiradi
Individual borlov paketi: a — kesib kuyilgaL joydan tashki rilofini olish; b —ichki taxlamini chiqari! olish; v —borlov materialining yozilgan x,olda kurinishi (1| doka uchi; 2-surilmaydigan yostikcha; 3-rangli iplar; 4| suriladigan yostiqcha; 5-doka; 6-doka urami).
Individual ( aptechka (AI-2).
Bular yordamida insonlar xayotini xavfdan qutkarish, ularning shikastlanishini oldini olish, organizmni xavfli va zararli omillarning ta’siridan saqlashga yordam beradi
Tibbiyot bog’lov paketi yara va kuygan joylarga zararsizlantirilgan bog’lov qo’yish maqsadida ishlatiladi.
Individual bog’lov paketi 32x17,5 sm kattalikda ikkita paxta-doka yostiqcha, eni 10sm va uzunligi 7m keladigan marlidan iborat. Yostikchasining bittasi marlining uchiga tikib qo’yilgan, ikkinchisi esa marli bo’ylab bemalol suriladigan bo’ladi. Paketdagi yostiqcha va marli steril bo’lib, pergament kog’ozga o’ralgan. Paketning tashqi g’ilofi rezina shimdirilgan gazlamadan ishlangan, bog’lov materialini shu tariqa ikki qavat qilib o’rab qo’yilganligi sterilligini yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Paketga to’g’nog’ich solib qo’yilgan bo’ladi. G’ilofida paketdan foydalanish koidalari ko’rsatib qo’yilgan. Bog’lam qo’yishda paket qo’lda ushlanib, o’ng qo’l bilan paket tashqi g’ilofi kesmasidan ochiladi va ichki o’rovi olinadi. Oldin to’g’nog’ich chiqarib olinib, keyin qog’oz o’rovi olib tashlanadi va yostiqchalarning ichki yuzasiga, ya’ni jaroxatga qo’yiladigan tomoniga qo’l urmasdan bog’lov materiali ochib yoziladi. Yordam berayotgan kishi yostiqchalarning faqat rangdor iplar bilan chatib qo’yilgan tomoninigina qo’l bilan ushlashi mumkin. Yostiqcha doka bilan o’rab bog’lanadi, doka-marlining uchi to’g’nog’ich bilan maxkamlab qo’yiladi.
Individual aptechka (AI-2) axoliga radiaqion nurlanish, zaxarlovchi moddalar va bakteriologik vositalar yordamida profilaktik va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur tibbiyot vositalaridan iborat bo’ladi. Aptechkada tibbiyot vositalar jamlanmasi mavjud.
K i m yo v i y shikastlanishga q a r sh i individual paket (KIP): a — umumiy kurinishi; b — K I P d a n foydalanish tartibi.
Kimyoviy shikastlanishga qarshi individual paket suyuq tomchi zaxarli moddalardan teri, kiyim va oyoq kiyimlarni zararsizlantirishda ishlatiladi.
Paket idishdagi zararsizlantiradigan suyuqlik va paxta-dokali tampondan iborat. Tamponlar idishdagi suyuqlikga botirilib, teri, kiyimlar va oyoq kiyimlarning zararlangan joyi artiladi (rasm).
Artilayotgan vaqtda teri achishsa, havotir olmang, u tez ta’sir etib, organizmga zararli ta’siri kuzatilmaydi. Faqat shuni yodda tuting: suyuqlik yemirish xususiyatiga ega bo’lib, ko’z uchun xavfli!
Gazniqob o‘lchamini aniqlash.
Gazniqoblar-ning yuz qismi
|
Boshning vertikal aylanasi va yuz qismining kerakli o‘lchami
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
ShM-41Mu,
ShM-62
|
63,0 va undan kam
|
63,5-65,5
|
66-68
|
68,5-70,5
|
71 va undan yuqori
|
ShMS
|
61,5 va undan kam
|
62-63,5
|
64-67
|
67,5 va undan yuqori
|
-
|
ShMG
|
-
|
62,5-65,5
|
66-67,5
|
68-69
|
69,5 va undan yuqori
|
ShM-66Mu
|
63 va undan kam
|
63,5-65,5
|
66-68
|
68,5 va undan yuqori
|
-
|
|