kasbiy faoliyat turi – ta’lim yо‘nalishiga о‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
kompetensiya – ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qо‘llash qobilyati;
modul – tarbiyalash va о‘qitishga yо‘naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bо‘lgan о‘quv fani (kursi) yoki о‘quv fanlari (kurslari) qismilarining majmuasi;
ta’lim yо‘nalishi – bitta kasbiy faoliyat doirasidagi turli ta’lim dasturilarining majmui;
kasbiy faoliyat obyekti – predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yо‘naltirilgan tizimlar;
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bо‘ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmui;
bakalavriat – oliy ta’lim yо‘nalishlaridan biri bо‘yicha puxta bilim beradigan, о‘qish muddati kamida tо‘rt yil bо‘lgan tayanch oliy ta’lim;
bakalavriatning ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi) – talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yо‘naltirilgan о‘quv rejasi, о‘quv kurslari, predmetlari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan о‘quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, о‘quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;
profil–asosiy ta’lim dasturining aniq kasbiy faoliyatning muayyan turi yoki obyektiga yо‘nalganligi;
о‘quv-о‘rganish natijalari – о‘zlashtirilgan bilimlar, amaliy malakalar, kо‘nikmalar majmui;
о‘quv sikli–mos ilmiy yoki kasbiy faoliyat doirasidagi bilimlar va amaliy malakalarni о‘zlashtirish va kо‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlovchi asosiy ta’lim dasturlaridagi fanlarning majmui;
ARM - axborot resurus markazi;
ITI - ilmiy tadqiqot institutlari;
OTM - oliy ta’lim muassasasi;
О‘UM о‘quv-uslubiy majmua.
Ta’lim yо‘nalishining tavsifi
5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi, uni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini tо‘liq о‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli о‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
Ta’lim dasturining meyoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1-jadvalda keltirilgan.
Ta’lim dasturining muddati va bitiruvchilarning malakasi. 1-jadval
Ta’lim dasturining nomi
|
Malaka
(daraja)
|
Ta’lim dasturini о’zlashtirishning meyoriy muddati
|
Bakalavriatning ta’lim dasturi
|
Bakalavr
|
4 yil
|
5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari
5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi – fan va texnika sohasida bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulodda holatlar va yong‘inlar shuningdek havfli omillardan tibbiy - biologik, ilmiy-texnik va ijtimoiy – iqtisodiy bilimlarni qо‘llash yо‘li bilan insonlarning sog‘lom hayot darajasini va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga yо‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagi sohalarni qamrab oladi:
ishchi jarayonlarni о‘zlashtirish va tadqiqot qilish;
loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatsiya (shu jumladan xalqaro) metodlarini qо‘llash;
insonlarning sog‘lom hayot darajasini va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlovchi muxandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish;
kompyuter texnologiyalari va dasturlanishi;
dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va injeneriyasi;
ta’limning elektron vositalari.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining obyektlari
5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari:
iqtisodiyot tarmoqlarida xavfsiz va sog‘lom ish sharoiti;
insonlarning xavfsizligi;
favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish;
tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar vaqtida ulardan saqlanish vositalari va texnologiyalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish;
hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtirishga qaratilgan meyoriy huquqiy bazalarni yaratish jarayoni.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari
5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha tayyorlangan bakalavrlar kasbiy faoliyatining turlari:
muhandislik-qidiruv va loyiha-konstruktorlik;
ishlab chiqarish–texnoligik;
tashkiliy-boshqaruv;
ilmiy –tadqiqot;
Kasbiy moslashuv imkoniyatlari
Pedagogik qayta tayyorgarlikdan о‘tgandan sо‘ng о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni о‘qitish.
Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari
5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin quyidagi:
5A640101 – Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar bо‘yicha);
5A640102 – Yong‘in xavfsizligi;
5A640103 – Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi;
5A640104 – Inson va atrof-muhitning radiatsion xavfsizligi
mutaxassisliklari bо‘yicha ikki yildan kam bо‘lmagan muddatda magistraturada о‘qishni davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, bakalavr belgilangan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin.
Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga kо‘yiladigan talablar
5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qо‘yiladigan talablar:
a) umumiy talablar:
dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bо‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan о‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bо‘lishi;
tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bо‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va о‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bо‘lishi, о‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;
tegishli bakalavriat yо‘nalishi bо‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bо‘lishi;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, о‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
bitta xorijiy tilni erkin sо‘zlashuv darajasida egallagan bо‘lishi;
sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati tо‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, о‘zini jismoniy chiniqtirish о‘quv va kо‘nikmalariga ega bо‘lishi lozim.
Bakalavr:
ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bо‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
tegishli bakalavriat yо‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bо‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qо‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.
b) kasbiy talablar:
Muhandislik-qidiruv va loyiha-konstruktorlik faoliyatida:
Bakalavr:
xavfsizlikni ta’minlash ishlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan ilmiy tadqiqot ishlari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishi;
bajarilayotgan tadqiqotlar mavzusi bо‘yicha faoliyatning ishlab chiqarish va texnologik masalalarni fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda kasbiy yechish;
internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy va texnologik yutuqlar haqida informatsiyani maqsadga yо‘nalgan holda qidirish va topish;
Ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (tayyorgarlik profiliga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish qobilyatiga ega bо‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatida:
Bakalavr:
– namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qо‘llash;
ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;
kasbiy etika kodeksiga rioya qilish;
namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qо‘llash;
ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;
inson sog‘ligini va uning ishchanlik qobiliyatini saqlash bо‘yicha hamda mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha metodika va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi bо‘yicha mutaxassislarga qо‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
kasbiy etika kodeksiga rioya qilish qobiliyatiga ega bо‘lishi kerak.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
Bakalavr:
ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
muhandislik va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tadbiq qilish;
ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarish;
ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;
fikrlar har xil bо‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
birlamchi texnologik yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish va uni boshqarish;
bajarayotgan faoliyati bо‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish qobiliyatiga ega bо‘lishi kerak.
Ilmiy - tadqiqot faoliyatida:
Bakalavr:
ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini tashkil qilish, baholash ishlari jarayonlarini bajarish bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish;
hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va Respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni о‘rganish;
ilmiy-texnikaviy mavzuviy jurnallarga maqolalarni tayyorlash;
ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar ishida ishtirok etish;
ilmiy tadqiqotlarni о‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqishda qatnashish;
mavzu (topshiriq) bо‘yicha ilmiy texnik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil etish va tizimlashtirish;
tadqiqot natijalari va ishlanmalarini taxlil kilish qobiliyatiga ega bо‘lishi kerak.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Yo’nalishga kirish fanining maqsadi va vazifalarini ayting.
2.Ta’lim yо‘nalishining tavsifi va unga qo’yiladigan talablar nima?.
3.5640100 –Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifini gapiring.
2-MA’RUZA. TA’LIM TO’G’RISIDAGI MILLIY
DASTUR.
Reja.
1.Ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlashning milliy dasturining maqsadi.
2. Yo’nalishga kirish fanining kadrlar tayyorlashdagi o’rni.
3.Fanga qo’yiladigan talablar.
О‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qо‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini rо‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini о‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish О‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bо‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yо‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Dasturning maqsad va vazifalari
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni rо‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona о‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini kо‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat kо‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida о‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kо‘rsatish muhitini о‘z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qо‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bо‘lishini va hayot о‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bо‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Shaxs
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
*Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan.
Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bо‘yicha mehnat qilish huquqi rо‘yobga chiqariladi.
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan о‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim standartlari orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi kо‘rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat kо‘rsatish sohasida faoliyat kо‘rsatadi va о‘z bilimi va tajribasini о‘rgatishda ishtirok etadi.
Davlat va jamiyat
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bо‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat kо‘rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va о‘z malakasini oshirish huquqlari rо‘yobga chiqarilishiga;
Majburiy umumiy о‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yо‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;
Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;
Davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
Ta’lim oluvchilarning о‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashga;
Sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
Uzluksiz ta’lim
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, О‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari
Uzluksiz ta’limning faoliyat kо‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda о‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga о‘tilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bо‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit о‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
ta’limning milliy yо‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, О‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning о‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yо‘naltirilganligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’limni isloh qilish
Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, о‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan о‘zgartirish;
majburiy umumiy о‘rta ta’limdan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga о‘tilishini ta’minlash;
maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi о‘quv muassasalarini vujudga keltirish;
ilg‘or texnologiyalarni keng о‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy о‘zgarishlar, chet el investitsiyalari kо‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bо‘yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bо‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;
ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;
ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish;
uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
tub yerli millatga mansub bо‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular о‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini о‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy о‘rta ta’lim;
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining о‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi tо‘qqiz yillik umumiy о‘rta hamda uch yillik о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil о‘tilishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy о‘rta ta’lim (I-IX sinflar), о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-xunar ta’limi dasturlarini о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.
|