О‘quv – uslubiy majmuaning tarkibi




Download 7,87 Mb.
bet9/58
Sana24.12.2019
Hajmi7,87 Mb.
#4670
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58

Yongin sabablari

Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.

Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 8000 C gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; isitish sistemalaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.

Statik elektr zaryadlari. Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikki materialning o‘zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo‘ladi. Masalan, avtomobil beton yo‘lda harakatlanayotganida, uning g‘ildiraklari yo‘l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobilga urilishi natijasida-3000 V, benzinni po‘lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida – 3600 V, tezligi 15 m/s bo‘lgan tasmali uzatmalarda – 80000 V, tasmali transportyorlarda –45000 V gacha statik elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin. Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning mikroiqlim holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Statik elektr zaryadlari ta’sirida turli xil jarohatlanishlar, yong‘inlar va portlashlar kelib chiqishi mumkin. Yuqori miqdorda statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladigan muhitda inson organizmining muskullari keskin qisqarishi, uzoq vaqt statik elektr zaryadlari ta’sirida ishlash oqibatida esa nerv faoliyatining buzilishi, tayyorlanadigan mahsulot sifatining pasayishi kuzatiladi.

Statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lishini va to‘rejaishini turli xil yo‘llar bilan oldini olish mumkin, jumladan ish joyi mikroiqlim holatini meyorlashtirish, yani xona xavosi nisbiy namligini 70% dan kam bo‘lmasligiga erishish; asosiy materiallarga antistatik materiallar qo‘shish; muhit havosini ionizatsiyalash; ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili zaryadlarni kiritish va b. Statik elektr zaryadlarining xavfli va zararli ta’siridan himoyalanishning asosiy yo‘llaridan yana biri-jihozlar va sig‘imlarning metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda elektrod sifatida po‘lat trubalardan, burchaksimon po‘latlar va armaturalardan foydalanish mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo‘lish extimoli bor bo‘lgan statsionar mexanizmlar va sig‘imlarning yerga ulash qurilmalarini qarshiligi 100 Om dan, texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna, qurilma va jihozlar sistemalari uchun esa bu ko‘rsatkich 10 Om dan kichik bo‘lishi zarur.

Atmosfera elektr zaryadlari va ulardan himoyalanish. Yashin va momoqaldiroq vaqtida kuchli elektr zaryadlari hosil bolib, ularning kuchlanishi 2 V dan 8 mln V gacha, tok kuchi esa 200000 A gacha yetishi va bunday zaryadlar binolarga, insonlarga va hayvonlarga katta zarar yetkazishi, shuningdek turli yong‘inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaqtda yashinning ta’siri birlamchi (to‘g‘ri urish) va ikkilamchi (elektrostatik va elektromagnit induksiyalari ko‘rinishida) bo‘lishi mumkin. Shu sababli, binolar va inshootlarga yashin qaytargichlar o‘rnatilishi zarur. Yashin qaytargichlar uch elementdan: yashin qabul qilgich, tok o‘tkazgich va yerga ulash sistemasidan tashkil topadi. Ular sterjen, antena va to‘r ko‘rinishida bo‘ladi. Yashin qaytargichning eng oddiy konstruksiyasi tom tepasiga o‘rnatilgan yashin qabul qilgich va yerga ulangan sterjendan iboratdir. Bunday sterjen bino atrofida yumalok asosli ikki konus ko‘rinishidagi himoya maydonini tashkil etadi. Uning radiusi yashin qabul qilgich balandligidan bir yarim marta katta bo‘ladi (1-rasm). Yashin qaytargich o‘lchamini sxema tarzida aniqlashda dastlab binoning konturi masshtab bo‘yicha chiziladi, keyin esa yashin qabul qilgich balandligi belgilanib, ushbu masshtabda ikkilamchi konus chiziladi. Agar bino o‘zining barcha qismlari bilan konus ichiga joylashsa, yashin qaytargichning tanlangan balandligi binoni yashindan yetarli darajada himoyalashga yaroqli hisoblanadi, aks holda sxemada yashin qabul qilgich balandligi kattaroq qilib olinadi va ikkilamchi konus qayta chizilib, tekshiriladi.



Yashin qabul qilgichlar uzunligi 1,0...1,5m, kesimi 100 mm2 dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan tayyorlanib trubasimon, temir-beton yoki yog‘och tayanchlarga berkitiladi. Katta uzunlikdagi binolarda kesimi 35 mm2 dan kichik bo‘lmagan va ikki sterjen orasiga tortilgan «tross»lar ishlatiladi. Tok o‘tkazuvchi - diametri 6 mm dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan yoki simlardan, elektrodlar esa diametri 10 mm dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan tayyorlanadi. Yashin qaytargichdagi barcha birikmalar payvandlanib birlashtiriladi. Boltli birikmalarga faqat vaqtinchalik yerga ulash qurilmalarida foydalanishga ruhsat etiladi.

Yakka sterjenli yashinqaytargich


Barcha bino va inshootlar yashin urish xavfi bo‘yicha 3 kategoriyaga bo‘linadi. Birinchi kategoriyadagi ob’ektlarga V-I va V-II sinfidagi portlashga xavfli sanoat binolari; ikkinchi kategoriyaga esa V-Ia, V-Ib, V-IIa sinfidagi ishlab chiqarish binolari; uchinchi kategoriyaga portlashga xavfli P-1, P-2, P-2a sinfidagi binolar kiradi.

Yashin qaytargichlarning himoya zonasi uning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib, u binoning balandligi, eni va uzunligiga bog‘liq holda aniqlaniladi. Himoya zonalari ikki tarqonga bo‘linadi:

-A -ishonchlilik darajasi 99,5 % dan yuqori;

-V -ishonchlilik darajasi 95% dan yuqori.

Bir biriga yaqin joylashgan ikki yoki bir necha binolarni yashindan himoyalash uchun antena yoki “to‘rsimon” yashin qaytargichlardan foydalaniladi.


Download 7,87 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Download 7,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘quv – uslubiy majmuaning tarkibi

Download 7,87 Mb.