Mustaxkamlash uchun savollar.
Nima uchun xavfsizlikning yaxshi dasturi foyda keltiradi? To’rtta sababini ayting.
Ko’pchilik ishlaydigan shaxslar mehnatni muhofaza qilish va sog’liqni saqlash haqida qayg’urishadi deb o’ylaysizmi? Nima uchun?
Mehnatni va sog’liqni muhofaza qilishning tarixiy hodisalarini o’rganish nima uchun foydali?
“Xavfsizlik’’ so’zining ma’nosini qanday tushunasiz? Sizning talqiningiz bilan professional talqin o’rtasidagi farq?
Ish joyidagi xavfsizlik va sog’liqning xavfi mumkin bo’lgan qanday yo’qotishlarga olib kelishi mumkin?
Xavfsizlik mutaxassislarining majburiyatlaridan misollar keltiring.
8-MA’RUZA. ISHLAB CHIQARISH, YASHASH JOYLARIDA XAVFSIZLIK TA’MINOTI.
Reja
1.Ishchi-hodimlarga badal tushunchasini tushuntirib berish.
2.Ishchi-hodimlarga badal to'lash evolyutsiyasini ta'riflash.
3.Ishchi-hodimlarga badal to'lashga qo'yiladigan har hil talablarni ta'riflash.
4.Ishchi-hodimlarga badal to'lash uchun normalar asosini tushuntirib berish.
5.Asosiy yozuvlarni qo'llashga qo'yiladigan talablarni aniqlash.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatgeokontexnazorat” agentligi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish,ssexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong‘in nazorati yong‘inga qarshi tadbirlarni, ut o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog‘onali nazorat amalga oshiriladi.
I pog‘ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
II pog‘ona – har hafta sex boshlig‘i katta jamoatchik nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radi.
III pog‘ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo‘yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Mehnat muhofazasi qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha texnik xodimlarning javobgarligi
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat korxonada mustaqil tizimiy bo‘linma bo‘lib, bevosita boshliqqa yoki bosh muhandisga bo‘ysunadi. O‘z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi tasdiqlagan reja bo‘yicha boshqa bo‘linmalar ya’ni, davlat nazorati mahalliy organlari texnik inspeksiyalari hamkorligida amalga oshiradi.
Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi;
2. Korxona bo‘linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
3. Korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko‘rib chiqadi sanitariya sog‘lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi.
4. Saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalovchi boshqa vositalarini konstruksiyalarini qayta ishlash va joriy etish bo‘yicha korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi;
5. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi;
6. Korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo‘mita faollari ishtirokida binolar, inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi (yoki tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini sanitar-texnik qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi;
7. Maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya vositalari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur materiallar va uskunalarga o‘z vaqtida to‘g‘ri buyurtmalar tuzilishini nazorat qiladi;
8. Korxona bo‘linmalariga ishlab chiqarishda atrof-muhit holatini nazorat qilish bo‘yicha yordam ishlarini tashkil etadi;
9. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektlarni, uskuna va mashinalarni rekonstruksiyadan so‘ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog‘lom mehnat sharoitini taminlash bo‘yicha talablarni bajarilishini tekshiradi;
10. Kirish yo‘riqnomasini o‘tkazadi va mavjud me’yoriy hujjatlar va mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha ishlovchilarni o‘qitishni tashkillashtirishga yordam beradi;
11. Attestatsiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me’yorlari texnika xavfsizligi yo‘riqnomalari bo‘yicha mutaxassislarni bilimini tekshirish komissiyasida ishtirok etadi.
Mehnat kodeksida bo‘linmalarda mehnat xavfsizligini taminlashni tashkil etish ularning rahbarlariga yuklatilgan. Ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy javobgarlik korxona rahbariga, uning yo‘g‘ida esa bosh muhandisga yuklatiladi. Korxona kasaba qo‘mitalari tarkibida mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyalar mavjud bo‘lib, har bir kichik guruhda mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchi instruktor saylanadi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyalar ishlab chiqarish madaniyati va mehnat muhofazasi ahvolini jamoat tartibida ko‘rib chiqadi, mehnat muhofazasi bo‘yicha ma’muriyat va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi shartnoma loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi, ma’muriyat tomonidan ushbu shartnomasi va mehnat haqidagi qonunchilikni nazorat qiladi. Bo‘linmalarni jamoatchilik inspektorlari mehnat muhofazasini bevosita ish joylarida nazoratini amalga oshiradi.
Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi oldingi qonunlar.
Ish joyida bahtsiz hodisalarning qurbonlariga badal to'lashga bo'lgan dastlabki intilishlar Hammurapi Kodeksi zamoniga borib taqaladi. Hozirgi zamonlarda esa ish beruvchilarni hodimlar ishda olgan jarohatlari uchun haq to'lashga majbur qilishga urinishlar qilingan. Zamonaviyi bunday harakatlar Prussiya davrigacha kuzatiladi, u yerda 1838 yilda temir yo'l ishchilariga, ular ishda olgan jarohatlar uchun zararlarni undirishga ruhsat beradigan qonun qabul qilingan. 1884 yilda Otto fon Bismark dastlabki ishchilarga badal to'lash to'g’risidagi barcha nemis ishchi-hodimlari uchun harakatdagi qonunni kuchga kiritdi. Viskonsin 1911 yilda Qo'shma Shtatlarida dastlabki muvaffaqiyatli ishchilarga badal to'lash to'g’risida qonun qabul qildi.
Ishchi-hodimlarga badal to'lash haqidagi qonunlar, ish beruvchini ishchilarga jarohatlari va yo'qotgan vaqti uchun pul to'lashga majbur qilib, ish joyidagi bahtsiz hodisalarning qurbonlariga badal to'lash uchun ishlab chiqilgan. Ishchilarga badal “hatosiz” sug’urta deb hisoblanadi. Ariza berilganida ish beruvchi yoki ishchi tomonidan nosozlikka yo'l qo'yilmaydi. Bu qonunlar qabul qilinguncha ishchi faqat fuqaroviy huquq, umumiy huquq shakliga muvofiq yordam so'rab ish beruvchiga nisbatan da'vo berishi mumkin edi.
Umumiy huquqqonun chiqaruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan va kuchga kiritiladigan statut huquqidan farqli ravishda o'tmishdagi sud qarorlariga asoslangan yozilmagan qonunlar to'plamini o'zida namoyon etadi. Umumiy huquqning dastlabki da'volarida ish beruvchilar quyidagi mudofaa qobiliyatidan juda muvaffaqiyatli foydalandilar:
• Tavakkalni qabul qilish. Hodimlar ish bilan bog’liq tavakkallarni o'z zimmasiga oladilar va shu tariqa jarohatlar uchun badal olishga har qanday huquqdan mahrum bo'ladilar.
• Ehtiyotsizlik. Hodimlar hay darajada aybdor bo'lishlaridan qat'i nazar, o'z jarohatlariga o'zlari sababchi bo'lgani bois, ularga badalni qaytarishga ruhsat berilmaydi.
• O’rtoq-hizmatkor qoidasi. Bahtsiz hodisa boshqa hodim yoki hodimlarning hatosi oqibatida yuz bergan bo'lsa, ish beruvchi aybdor hisoblanmaydi.
Umumiy huquqning ushbu yuqoridagi uchta mudofaa qobiliyati ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi qonunlar har bir shtatda kuchga kirganidan keyin bekor bo'ldi. Ish beruvchilar bu qonun hujjatlarini qabul qildilar, chunki badal to'play olish uchun, hodimlar o'zlarining da'vo berish huquqidan voz kechishlari kerak edi. Hodimlar ham bu qonun hujjatlarini qabul qildilar, chunki u badal to'plash uchun ish beruvchiga nisbatan da'vo berish talabini bekor qildi. 1948 yilga kelib har bir shtat ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risida qonun qabul qildi. O'sha qonunlar qabul qilinganida, ular “ishchilarga badal to'lash” haqidagi qonunlar deb atalar edi. Bugungi kunda ular “ishchi-hodimlarga badal to'lash” to’g’risidagi qonunlar deb ataladi.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 3 bobidan olingan.
Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi qonunlar qabul qilinguncha, ishlab chiqarishning pol harajatlari ish beruvchilar tomonidan kiritilmas edi, lekin buning o'rniga ular hodim zimmasiga yuklangan edi. Arraning ochiq polotnosida qo'riqlashni ta'minlash bo'yicha oddiy muammoning echimini loyihalashtirish o'rniga, ish beruvchi hodimga jarohatlanish tavakkalini ziimasiga olishga ruhsat berdi. Mashinalarni qo'riqlashdan ko'ra, hodimni almashtirish arzonroq edi.
Ko'pchilik shtatlar qonunlarni bajaruvchi kompaniyalarga da'vo berishni taqiqlaydi, qasddan hujum qilishlar, va jarohatga olib kelishi so'zsiz bo'lgan o'ta havfli sharoitlar bundan mustasno. Bu qoida g’alabaning yutqiziqsiz vaziyati sifatida ishlaydi. Biroq, ayrim shtatlarda hodimlar ishchi-hodimlarga badal to'lash afzalliklarini to'plar va qonunlardagi imkonlar yordamida ish beruvchilarga nisbatan da'vo berishda muvaffaqiyatga erishar edilar.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Muvaffaqiyatli misolga amal qilib, hodim shunchak ishchi-hodimlarga badal to'lash jamg’armasiga olgan afzalliklari uchun tovon to'laydi. Bu nisbatan yangi tajriba bo'lib, u achinuvchi jyurilar natijasi bo'lib hisoblanadi, chunki ular ko'p hollarda ish beruvchilar va ularning sug’urta kompaniyalarini naqd pulning tubsiz chegarasiz manbai deb tushunadilar. Bu ayrim hodimlar uchun jozibali mulohaza, chunki bo'nak to'lovi bilan to'lanadigan hech qanday harajat bo'lmaydi, va ular da'vo muvaffaqiyatli yakunlansa, mo'maygina daromad oladilar. Bunday munosabatlar ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risida qonun hujjatlarining ruhini buzadi, lekin ayri shtatlardagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga hos kamchiliklarning natijasi bo'lib hisoblanadi.
Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi zamonaviy qonunlar
Ishchi-hodim jarohatlansa va to'lov amalga oshirilishini talab qilsa, u avval, qoida bo'yicha, uch kundan o'n to'rt kungacha kutish davrini boshidan kechirishiga to'g’ri keladi. To'lov ish va oylik maosh yo'qotilgan kundan boshlab orqaga qaytib amalga oshirilishi yoki amalga oshirilmasligi ham mumkin. To'lov qilish boshlandi-mi, u oylik maoshning uchdan ikki qismi bilan cheklanadi yoki AQSH shtatiga bog’liq ravishda har oy uchun dollarlarda berilgan summa bilan cheklanadi. To'lov cheklangan vaqt oralig’igacha uzaytiriladi va maksimal pul summasini tashkil etadi. Hodimlar ma'lum vaqt oralig’ida ishsiz qolishlari sababli, ko'pincha turmush darajasining pasayishidan azob chekadilar, shunda sud jarayoni jozibali tanlov bo'lib tuyulishi mumkin. Agar ishchilarga oylik maoshiga teng miqdorda to'lov olishga ruhsat berilganda edi, bu ular ishga qaytmasligi uchun zo'r tashviq bo'lgan bo'lar edi. Hatto oylik maoshning uchdan ikki qismi to'langanda ham, ayrim hodimlar ishlamasdan to'lov olishni davom ettirish uchun o'zlarini kasalga solishlari mumkin.
Jarohatlar quyidagi usullardan biri bilan tasniflanadi:
• Qisman: bunda hodim hali ham ishlashi mumkin, lekin jarohati tufayli barcha mehnat majburiyatlarini bajara olmaydi, bu ko'pincha barmoq sinishi yoki oyoq barmog’ining ajralishi kabi hollarda yuz beradi.
• To'liq: bunda hodim mehnatga yoki ish joyida muhim majburiyatlarini bajarishga qobiliyatsiz bo'ladi, bu ko'pincha belning og’ir jarohatlanishi yoki ko'r bo'lib qolish kabi holllarda yuz beradi.
• Vaqtincha: bunda hodim to'liq tiklanishi kerak, oyoq yoki qo'lning sinishi, paylarning shikastlanishi hollaridagi kabi.
• Doimiy: bunda hodim jarohat oqibatlaridan butun umr azob chekadi, chopilib ketgan qo'l yoki oyoq, ko'r bo'lib qolish yoki garang bo'lib qolish kabi hollar shular jumlasiga kiradi.
Aniq hollar vaqtincha qisman, vaqtincha to'liq, doimiy qisman, doimiy to'liq deb tasniflanadi. Boshqa toifadagi to'lovlar ayrim jarohatlari bor hodimlar uchun qayta o'qitadigan undaydigan imtiyozlarnio'z ichiga oladi. Bunday to'lovlar cheklangan vaqt oralig’ida, jarohatlanganlarga qo'shimcha bilim olish yoki o'qishlariga yordam berish uchun to'lanadi. Kasbiy reabilitaciya hizmatlari to'liq mehnat qobiliyatini yo'qotganlik uchun doimiy to'lovga haqqi bor hodimlarga taklif etilishi mumkin va ular kasbiy reabilitatsiya dasturiga qatnashadilar. Ishlab chiqarishdagi bahtsiz hodisalarda halok bo'ladiganlar orasida tirik qolganlarga ham shuningdek to'lov huquqi taqdim etilishi mumkin.
Hatto bir nechtagina ishchi-hodimlari bor kompaniyalar ham ishchi-hodimlarga badal to'lash uchun sug’urtalashlari shart. AQSH ning ayrim shtatlari kompaniya hatto bir nafar qisman band hodim uchun ham to'lovlar qilinishini talab etadi. Tegishli moliyaviy resurslarga ega yirik kompaniya, o'z o'zini sug’urtalashdan kutiladigan zararni qoplashi uchun, sotil olinadigan ishchi-hodimlarni sirtqi tashuvchidan badal to'lash uchun sug’urtalashga qo'yiladigan talabga bir nechta istisnolardan biri bo'lib hisoblanadi.
Ishchi-hodimlarga badal to'lash bilan kim qoplaydi? Quyida AQSH shtatlaridan birida amal qiladigan tajribadan bir misol keltirilgan:
• Balog’at yoshiga etmagan o'spirinni ham qo'shganda hoh qonun bo'yicha va hohg’ayriqonuniy ishga olingan har bir inson ish beruvchining hizmat ko'rsatishida
• Korporatsiyaning har bir rahbari
• Har bir inson shtat, mamlakat yoki shaharga hizmat ko'rsatishda
• Ihtiyoriy tez yordam, yong’indan qo'riqlash bo'limi yoki politsiya boshqarmasi a’zosi bo'lgan har bir inson
• Fuqarolarni mudofaa qilish korpusining muntazam ravishda ro'yhatga olinadigan ishtirokchisi- volontyor yoki stajer bo'lib hisoblanadigan har bir inson
• Milliy gvardiyaning faol a'zosi bo'lib hisoblanadigan har bir inson
• Savdo, biznes, jarohat paytida ish beruvchi kasbi jarayonida hizmat ko'rsatuvchi har bir inson
• Ko'chada yoki mijozlarga ularning uylarida yoki biznes o'rinlarida muntazam ravishda gazeta sotuvchi yoki gazeta tarqatuvchi har bir inson
• Ishga yollash uchun yoki boshqa maqsadda hizmat ko'rsatish uchun boshqa insonni ishga yollaydigan biznes sohibi (sohiblari).
To’lovlardan ozod qilish
Quyidagi xizmatchi (ishchi)lar ishchi (xodim) tovoni (badali) ni to’lashdan odatda ozod qilinadi.
Xususiy (shaxsiy) uyda uy xizmatkori sifatida ishlayotgan har qanday shaxs
Xususiy ish beruvchining uyida yoki uyi yonida 20 kundan ortiq muntazam
(ketma- ket, har kuni) ishlagan har qanday odam
Biror diniy yoki hayriya tashkilotidan olingan yordam yoki tirikchilik
evaziga xizmatlarni bajaruvchi har qanday shaxs
Qishloq xo’jaligi bnilan shug’ullanadigan har qanday kishi
Ish joyiga borish yoki ish joyidan orqaga qaytish vaqtida yengil yo’lovchi
furgon yoki avtomobillardan ixtiyoriy dastur asosida birgalikda
foydalanadigan xaydovchi yoki yo’lovchi sifatida ishtirok etayotgan har
qanday shaxs
Boshqa yo’llar bilan sug’urta qilingan, lekin sug’urta qilinmaganman deb
hisoblagan har qanday shaxs
Agar xodim AQSH shtatidan tashqarida ish topshiriqlari vaqtida yaralangan bo’lsa, u qayerda ishga joylashganligiga qarab to’lovlarni olish huquqiga ega.Agar xodim jarohat vaqtida ish beruvchi talab qilgan xavfsizlik uskunalaridan foydalanmagan bo’lsa, ba’zi shtatlarda to’lovlar kamaytiriladi.
Mukofotni hisoblash
Tarixan ish beruvchilar tomonidan maosh miqdori yillik to’lov vedomosti Standart Tarmoqlar tasnifi (SIC) kodeksi asosida tuzilgan. SIC kodeksi bu biznes uchun xalqaro hukumat tomonidan foydalanadigan klassifikatsiya hisoblanadi. Kompaniyalar qishloq xo’jaligi, o’rmonshunoslik va baliqchilik;tog’ sanoati; qurilish;ishlab chiqarish va transport kabi asosiy sanoatning bo’linmalariga tasniflanadi. Bu bo’linmalarda asosiy guruhlar joylashgan. D bo’linmada, masalan 25-asosiy guruh bor “Mebel va asboblar”, 2511 sonli sanoat “Maishiy yog’och mebel, yumshoq mebel” va boshqalar. Shtatlar hali ham kategoriyalashning shunga o’xshash uslublaridan foydalanadilar. Ishchilarning kompensatsiya mukofoti (premiya) yoki sug’urtaga to’langan mablag’i har biri 100$ dan to’lov vedomostida kompaniyalar uchun ushbu kotegoriyada to’rt xonali son yoki klassifikatsiyalash bilan ifodalab berilgan. Jarohatlarning yoki o’lim hodisalarinig ancha baland ko’rsatkichlari tufayli eng katta xavf hisoblangan klassifikatsiyadagi sanoat yoki kompaniyaning tarmoqlari past klassifikatsiya yoki kategoriyadagilarga nisbatan ko’p to’laydilar. Narxlar qo’llanma da quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
Ish haqining ustiga qo’yib hisoblash
Mukofot qo’llanmasi = --------------------------------------------------
100 X narx (SIC kodeksi asosida)
Tajriba modifikatsiyasi
Klassifikatsiya bahoga qo’shimcha sifatida kompaniyalarga ularning ma’lum biznesi talablari faoliyatiga asoslangan tajriba modifikatsiyasi yoki moduli faktori belgilanadi. Bu bittasida boshlanib, biznes talablari faoliyatining o’zgarishiga ko’ra yoki tepaga, yoki pastga qarab o’zgaradi. Tajriba modifikatsiyasi har yili o’zgarishi mumkin, lekin bu, qoidaga ko’ra o’tgan 3 yilni nazarda tutadi. Standart premiya (mukofot) modulni kiritadi va quyidagicha hisoblanadi:
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Standart mukofot = Mukofot qo’llanmasi X Tajriba modifikatsiyasi faktori
Retrospektiv reyting
Agar modul bahosi qo’llanma reytingiga nisbatan ahamiyatli darajada baland bo’lsa, kompaniya mukofotni retrospektiv reyting asosida to’lanishi haqida so’rashi mumkin. Xavfsizlik va sog’liqni saqlash dasturlari shiddat bilan yaxshilanayotgan kompaniyalar ba’zan bu reytingni so’rashadi. Sug’urtachi uning da’vosi uchun haqiqiy xarajatlari va bunga qo’shimcha tarzda ustiga qo’yiladigan xarajatlari uchun tegishli mablag’ni undirib oladi.
O’zini o’zi sug’urta qilish
Ish beruvchilar o’zini o’zi sug’urta qilishi mumkin, agar ular o’zlarining moliyaviy qobiliyatlarining qoniqarli dalili bo’lgan ishchilar kompensatsiyasini to’g’ridan to’g’ri to’lab va idoraga taqdim eta olsalar va agar ular ma’qul keladigan xavfsizlik, kompensatsiya yoki obligatsiyani kiritsalar. (Champa, 1982). O’zini o’zi sug’urta – bu sug’urtalash emas. Kompaniyalar shunchaki shikoyatlarni o’zlari to’laydilar.
Ish beruvchilar o’zlari foydalanadigan dasturlarga bog’liq bo’lmagan holda ishchilarning kompensatsiya sug’urtalarini qoplash uchun oxir-oqibat ustiga qo’yiladigan xarajatlarga qo’shimcha ravishda o’sha sug’urta qiymatini to’laydilar.
Ma’lumotlarni qayd etish
Muammoli vaziyat.
Jeymi Smit kompaniyaning ish yurgizish talablari bilan boshi qotgan. U OSHA uchun shakllarni va ishchilar uchun kompensatsiya haqidagi talablarning qo’shimcha shaklini saqlab qo’ygan. Muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs odatdagi nazorat uchun kelganida Jeymi Smit barcha shakllarni saqlash shart emasligini bilib, hayron bo’ldi. Shakllar oylar davomida, fevraldan aprelgacha joylashtirilishi kerakligini bilib, yana hayron bo’ldi. U avvallari formalarni joylashtirmagan edi, lekin endi u muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs tushuntirib (sharhlab) bergandan keyin ularni joylashtirishni mo’ljalladi.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Eng hayratlanarlisi shu bo’ldiki, 3 oydan so’ng kompaniya sudga chaqiruv qog’ozini oldi, chunki kompaniyaning tegishli amaldori formaga imzo chekmagan edi.
Kelib chiqishi
1970 yilda Mehnatni va Sog’liqni muhofaza qilish haqidagi qonun (OSHA)gacha mehnatni muhjfaza qilish va sog’liqni saqlash masalalarini nazorat qilish uchun hech qanday markazlashtirilgan va sistematik uslublar bo’lmagan. Ish vaqtidagi yaralar va kasalliklar bo’yicha statistic ma’lumotlar ba’zi shtatlar va ba’zi xususiy tashkilotlarda yig’ildi. Milliy ko’rsatkichlar sal kam ishonchli prognozlarga asoslangan edi. OSHA o’tishi bilan muntazam umummilliy taomillar uchun, muammo va ularning hal etilishini o’lchash uchun birinchi poydevor keldi.
Yaralar va kasalliklarning aniq hisobotini berish xavfsizlik va sog’liqni saqlash dasturlari uchun axborotlarni taqdim ejuda muhimdir. Yara va kasalliklarni qayd etish – bu (29 CFR 1904) qonunga muvofiq holdagi talabdir. OSHA 300, 300A va 301 shakllari haqida saqlangan axborotlar xavfsizlik bo’yicha mutaxassisning manfaati uchun ishlatilishi mumkin, shu maqsaddaki:
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
qanday operatsiyalar o’ta xavfli ekanini bilish uchun;
xavfsizlik va sog’liqni saqlashdagi zaif joylarni aniqlashda;
dasturlarning natijasini avvalgi hisobotlar yoki shunga o’xshash rejalarning qaydlari bilan solishtirgan holda muhokama qilish uchun;
baxtsiz hodisani tahlil qilish va tekshirishda yordam berish uchun;
konkret va aniq ta’sirlar yoki jarayonlar yoki ikkalasi bilan bog’langan holda professional kasalliklarning sabablarini aniqlashda;
qonuniy va sug’urta talablarini qondirishda.
Aniq hisobotlar kasalliklar va yaralarni shunday tahlil qilishda ishlatilishi mumkinki, unda muammoli sohalar aniqlanishi va to’g’rilanishi mumkin. (NIOSH, 1979 y, 20 bet).
Hisobga olishni yuritish
11 ta yoki undan ko’p xodimlari bor ish beruvchilar 29 CFR 1904 da ko’rsatilganidek, OSHAning ro’yhatida qayd ttilish talablariga duch keladilar. Ular ishlab chiqarish jarohatlari yoki kasalliklari sodir bo’lishi bilan hisobot yozishlari kerak. 10 ta yoki undan kam xodimlari bo’lgan ish beruvchilar bunday hisobotni yozishdan ozodlar, agar Mehnat Statistikasi Byurosi (BLS) tomonidan Ishlab chiqarish jarohatlari va Kasalliklarining har yili o’tkaziladigan ma’lumotida ishtirok etish olib qo’yilmagan bo’lsa. Sanoatning xavflilik darajasi past bo’lgan ayrim tarmoqlari ham ozod qilinadi. Ammo ular OSHA ko’rsatmasining qolgan qismiga, yani ularning sanoati va ish o’rinlariga qo’llanadigan qismiga duch keladilar va ular OSHA plakatini chiqarishlari kerak bo’ladi.
Uchyot (hisobga olish)ni yurgizishning maqsadi BLS obzori materiallarini yig’ishga, sanoatning xavflilik yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarini aniqlashga va ish beruvchining hisoboti holatini xodimlarga yetkazishga ruxsat berishdan iboratdir (www.OSHA.gov)
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Shakllar
OSHA 300, 300A va 301 shakllari
Qoida bo’yicha ish beruvchiga jarohat va kasalliklarni hisobga olish 3ta shaklda amalga oshirilishi talab etiladi (3-1,3-2, 3-3 rasmlarga qarang):
Jarohat va kasalliklar ishlari bilan bog’liq bo’lgan OSHA 300 jurnali
Jarohat va kasallik ishlari bilan bog’liq bo’lgan yillik ma’lumot
Jarohat va kasalliklarning OSHA 301 hodisa hisoboti
Ish beruvchilar 1yil davomida yoki undan ko’p vaqtda faoliyat yuritayotgan har bir muassasada alohida jurnal 300 yurg’izishlari shart.Ular yozilayaotgan jarohat va kasalliklarga shu shakl yoki ekvivalent shaklni ishlatishlari mumkin.
Ish beruvchiga OSHA 301 hodisa hisobotining o’rniga ekvivalent ma’lumotni saqlagan sug’urta shaklidan yoki xohlagan shaklidan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar sug’urta shaklida OSHA 301 da topilgan ma’lumotlarning hammasi bo’lmasa, zaruriyat yuzasidan uni qo’shib olishlari mumkin.
Yozib borilayotgan (qayd qilinayotgan) ishlab chiqarish jarohatlari va kasalliklari
Ish beruvchi axborotni olgandan keyin jarohat yoki kasallikni yozib qo’yish uchun 7 kun davomida OSHA 300 jurnalidagi va Xulosa Hisoboti 301 dagi har bir yozilayotgan jarohat yoki kasallikni o’qib, ko’zdan kechirishi lozim.
Noto’g’ri sharoit va tartibsizliklar natijasida sodir bo’lgan jarohat va kasalliklar yozuvlarda qayd etiladi. Jarohatlar cheklanmagan hodisalarda sodir bo’ladi, masalan biror joyini kesib olish, sinish, paylarning cho’zilishi va amputatsiya. Kasalliklar o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin, ular cheklanmagan,teri kasalliklari, nafas olishning buzilishi yoki zaharlanish ham shular jumlasidandir. Jarohatlar agar yangi bo’lsa, ish bilan bog’liq bo’lgan hodisalar ham 1904 qism ro’yhatinig bitta yoki undan ko’p mezonlariga to’g’ri
kelgandagina ro’yhatga kiritiladi. Jarohat bilan kasallik o’rtasidagi farq qanday hodisalar ro’yhatdan o’tkazilishini aniqlash uchun ortiq omil emas.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Quyidagi bitta yoki undan ko’p holatlarga olib keladigan ish bilan bog’liq bo’lgan turli jarohat va kasalliklar ro’yhatdan o’tishi shart:
-O’lim
-Ishdan uzoqdagi kunlar
Tez yordam holatlari
Agar hodisa tez yordam bilan hal qilinsa, u ro’yhatga olinishi shart emas. Ro’yhatga olish maqsadida “tez yordam” faqatgina davo choralarini bildiradi (bu ro’yhatga kirmagan har qanday davolash ro’yhatni yuritish uchun tez yordam hisoblanmaydi):
- Ko’p miqdorda retseptsiz sotiladigan dorilarning qo’llanilishi
- qoqsholga qarshi emlashni o’tkazish
- teri ustidagi yara(jarohatlar)ni tozalash, yuvish, nam tortishini kuzatish
- bandajlar, leykoplastirlar, doka bog’ichlar va boshqalarning, yoki kapalak bandaj yoki steril taxta (tasma) lar kabi qoplamalarning qo’llanishi
- issiq yoki sovuq terapiya (davolash muolajasi) ning o’tkazilishi(qo’llanishi)
- mahkam qilib ushlab turadigan har qanday bo’lmagan vositalarning, masalan elastik bintlar, belni o’rab turadigan moslama(o’rov)lar, qattiq bo’lmagan orqa belbog’lar va boshqalar
- baxtsiz hodisa qurboni bo’lgan ishchini vaqtinchalik immobilizatsion qurilmalar yordamida tashish
- pufakdagi suyuqlikning quritish yoki bosimini pasaytirish uchun qo’l yoki oyoq tirnog’ini parmalash(olib tashlash)
- ko’z bog’ichlarining qo’llanishi
- ko’zga kirgan yot jismni olib tashlashda yuvish (sprinsivaniye) yoki paxta tampondan foydalanish
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
- ko’zdan tashqari boshqa organlardagi oskolka yoki yot jismni olib tashlashda yuvishdan, pinsetdan, paxta tampondan yoki boshqa oddiy vositalardan foydalanish
- barmoq himoyalovchilarini qo’llash
- massajlardan foydalanish
- issiqlik urishini yengillashtirish uchun ko’p suyuqlik ichish
Yozuvlarni kiritish maqsadida davolash shifokor yoki sog’liqni saqlashning litsenziyali boshqa mutaxassisining faqatgina ko’rib qo’yishi va tavfsiyalari uchun qabuliga kirishini o’z ichiga olmaydi. Shuningdek rentgen, qon tahlili kabi diagnastik muolajalar, faqatgina diagnostic maqsadlarda ishlatiladigan retsept bo’yicha beriladigan dorilar(masalan ko’z qorachig’ini kengaytiradigan ko’z tomchilari) han\mda tez yordam ro’yhatida bor har qanday davolash ro’yhatga kiritilmaydi.(www.OSHA.gov)
O’lim holatlari
Agar ish joyida baxtsiz hodisa yuz bersa va uning natijasida ishchining o’limi yoki 3ta va undan ko’p ishchi (xodim)ning kasalxonaga tushib qolishi kuzatilsa, barcha ish beruvchilar 8soat davomida baxtsiz hodisa haqida OSHAning eng yaqin offisiga batafsil ma’lumotlarni yetkazishlari kerak(29SFR 1904.8). Ish beruvchi shaxsan OSHAning viloyat ofisiga yoki shtat ofisiga telefon orqali hisobot berishi kerak. Jamoatchilik yo’lida (shosse) yoki quruvchilik zonasida avtomobil avariyasi sodir bo’lsa, xabar berish shart emas.
Shaxsiy hayot bezovtaligi holatlari
Qoida bo’yicha ish beruvchi yaralangan (jarohat olgan) yoki kasal hodiminig shaxsiy hayotini himoya qilishi talab qilinadi. Ish beruvchi xodimning shaxsiy hayotidagi bezovtalik bo’yicha yoza turib, uning ismini OSHA 300 jurnaliga yozmasligi kerak. Ish beruvchi xodimlarning ishi va ismini alohida nomer bilan ro’yhat qilib, hukumat so’ragandagina unga taqdim qilishi kerak. Agar ish bilan bog’liq bo’lgan jarohat yoki kasallik jinsiy tajovuzga olib keladigan tananing intim qismini yoki ko’payish tizimini o’z ichiga olsa; psixik kasalliklarga olib kelsa; VICH-infeksiya, sariq kasalligi(gepatit), sil kasalligiga olib kelsa; birovning qoni yoki boshqa potensial yuqumli materiallar bilan ifloslangan ukol yoki o’tkir jarohatlar natijasida yoki boshqa kasalliklar va jarohatlarda xodim mustaqil ravishda va o’z ixtiyori bilan OSHA 300 jurnaliga uning ismi kiritilmasligini so’rasa, buni shaxsiy hayotining bezovtaligi hodisasi deb hisoblanadi.
Yillik yakuniy talablarni joylashtirish
Yil oxirida ish beruvchilar jurnalning aniqligini tekshirishlari, jurnal 300dagi axborotlarni 300 A ma’lumot shaklida jamlab, ma’lumotlarni tasdiqlab, jurnalni ko’zdan kechirishlari shart.Kompaniya rahbari sertifikatga imzo chekishi kerak. Shunday tarzda axborotlar 1fevraldan 30 aprelgacha joylashtirilishi shart. Ish beruvchi calendar yili yopligandan keyin 5 yil davomida hisobga olish(uchyot) ni yuritishi kerak. Agar biznes sotilgan bo’lsa, hisobotlar ham yangi egasiga topshirilishi kerak. Agar ish beruvchi fevralgacha OSHA 300 ma’lumotlarini (svodka) e’lon qilmasa, yoki svodkani 3 oy davomida (maygachaa0 tasdiqlamasa yoki saqlab o’tirsa odatda sudga jiddiy chaqiruvlar bo’ladi. Bu qoidani buzganligi uchuin muvofiqlashtirilmagan jarima 1000 $ni tashkil qiladi. Agar ma’lumot biror bir jarohat yoki kasallikni aks ettirmasa, sudga chaqiruv chiqarilmaydi.
OSHA shaklining nushasi Amerika Mehnat vazirligidan yoki shtatning Mehnat Departamenti- OSH bo’limidan olinishi mumkin. Ular yana onlaynda www.osha.gov. manzilida bor.
Shunday qilib, OSHA registratsiya va ro’yhatga kiritishga alohida ahamiyat beradi.Muvofiqlikni ta’minlash uchun mas’ul shaxs ish beruvchining OSHA № 300A nushasi borligini va uni e’lon qilganini va OSHA plakati ish joyida ko’rinarli joyda osib qo’ytilganligi haqidagi hisobotini tekshiradi.
Xulosa
Ish beruvchilar ayrim shtatlarda qonunlarni qo’llashga ehtiyot bo’lishlari kerak. Mukofotlar turi o’zgarsada, ish beruvchilar istalgan vaqtda agar xodim ish jarayonida jarohat olsa, ishchilarga tovon to’lash mah\jburiyatiga duch keladilar. Bu turli usullarda bo’lishi mumkin. Xodim ofisdan ishni uyga olib ketayotganda ish beruvchini mumkin bo’lgan talablarga duchor qiladi, yo’da ketayotganda ham, uyida ishlab turib ham. Ish jarayonida sayohat qilishni talab qiladigan xodimlar ish vaqtidagi yoki ishdan tashqari ham tovonlar bilan qoplanishi mumkin.
Menejerlar hamma vaqt xodimlarning xavfsizliklarini ta’minlash uchun bor kuchlarini sarflashlari kerak. Agar biror ish ko’ngildagidek ketmayotgan bo’lsa, ular jarohat va kasalliklarni kuzatishga tayyor cturishlari kerak. Bu hisobga olishni(uchyotni) vaqtida yurgizsh kerak va so’ralgan hamma axborotlarni kiritish kerak.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar.
1. Ish beruvchiga va OSHA ga ro’yhatga olishning qandat ahamiyati bor? OSHA ma’lumotlarining ro’yhatini yuritish talablarining tagiga chizilgan.
Nazorat (inspeksiya) bo’yicha tekshirishni boshlashdan oldin muvofiqlashtirishni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs avval hisobotlarni ko’zdan kechiradi.
2.Ishchilar kompensatsiyasining ish beruvchi uchun foydali jihati bormi? Bu ish beruvchi uchun pul tursada, nima uchun ish beruvchi buni xohlaydi?
3.Qanday qilib kompaniyaning to’ldirilgan hisobotlari ish beruvchining himoyasini ta’minlaydi? Agar qonun buni talab qilmaganida, ish beruvchining o’zi mehnatni va sog’liqni muhofaza qilish haqidagi batafsil hujjatlashtirishni amalga oshirar edimi?
9-MA’RUZA. YONG’IN HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
Reja.
1.Yong’in va uning oqibatlari.
2. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda korxonalarda olib boriladigan ishlar.
3. Sanoat korxonasi hududini zonalarga ajratish.
4. Yong‘in bo‘lgan xonalardagi tutunni chiqarib yuborish vositalari.
Yong‘in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Ob’ektning yong‘in xavfliligi deganda, ob’ektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Ob’ektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida ob’ektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, ob’ektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli moddalar va b.
Yuqorida keltirilgan omillarning xavflilik darajasi birinchi navbatda yong‘inning davomiylik vaqtiga bog‘liq bo‘ladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi,
bu yerda N – yonuvchi moddalar miqdori, kg/m3; V – moddalarning yonish tezligi, kg/m3 soat.
Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo‘lsa, yong‘inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin,
bu yerda g1, g2 ... gm -turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m2; Sx - binoning yuzasi, m2; So - binodagi derazalarning yuzasi, m2; 6 - bino yuzasining bino derazalari yuzasiga nisbati, Sx/So=4...10; n1,n2,...nm - modda va materiallarning yonish tezligini hisobga olish koeffitsienti, kg/m2soat. Ushbu koeffitsient benzin uchun –15; rezina, orgsteklo uchun –35; avtomobil shinasi uchun- 40; yog‘och materialar uchun – 65 ga teng deb qabul qilinadi.
Ma’lumki yong‘inni o‘chirishga nisbatan uni oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong‘in sabablarini bilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilishi va yong‘inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bog‘liq holda ob’ektning yong‘in xavfsizligi - yong‘inni oldini olish sistemasi, yong‘inga qarshi himoya sistemasi, yong‘inning tarqalishini oldini olish sistemasi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi.
Yong‘inni oldini olish tizimi – yong‘in sodir bo‘lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruhsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yonuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘inga qarshi himoya tizimi - yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo‘llari bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi - yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o‘chirish va qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan- himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
|