• 6 -MA’RUZA. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
  • 1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar
  • 3) Yong‘in-portlash xavfi mavjud bо‘lgan obyektlardagi avariyalar
  • Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar
  • Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog‘liq avariyalar
  • Radiоaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar.
  • Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar
  • Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar
  • 1) joylashgan о‘rniga kо‘ra
  • 2) foydalanish maqsadiga kо‘ra
  • Italiya sohil qo‘riqchilari : Faoliyati
  • Xorvatiya dengiz qidiruvining kordinatsion markazi Faoliyati
  • Tashkilotlar 8ta sohil qo‘riqchi stansiyalar Texnik aslahalar
  • Gidrotexnik inshootlaridagi avariyalarda fuqarolarning xatti-harakatlari
  • Yong‘in xavfi bо‘lgan obyektlardagi avariyalar : Yong‘in
  • Portlash xavfi bо‘lgan obyektlardagi avariyalar
  • Siniq parchalarning sochilishi
  • Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bо‘lishi mumkin
  • Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zararlanganda fuqarolarning xatti-harakatlari.
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 7,87 Mb.
    bet5/58
    Sana24.12.2019
    Hajmi7,87 Mb.
    #4670
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58



    Mustahkamlash uchun savollar.

    1.Yo.nalishga kirish fanining asosiy tamoilini tushuntiring.

    2. Asosiy termin va tushunchalarning mazmun va moxiyati nimaga o’rganiladi?.

    3. Asosiy termin va tushunchalarning mazmun va moxiyatini o’rgatishdan maqsad nima?.



    6-MA’RUZA. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNING OQIBATLARI.

    Reja:

    1. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishiga sababchi omillar.

    2. Gidrotexnik inshootlardagi avariyalarda olib boriladigan chora-tadbirlar.

    3. Yong’in xavfi bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar.
    Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil kо‘rinishidagi falokatlar kirib, ular О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’g’risida” gi 455-son qarorida kо‘rsatib о‘tilgan1.

    Texnogen tusdagidagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:



    1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar - ekipaj a’zolari va yо‘lovchilarning о‘limiga, havo kemalarining tо‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;

    Yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bо‘lgan va temir yо‘l xodimlarining halokat hududidagi temir yо‘l platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarida bо‘lgan odamlar о‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir kо‘rsatuvchi zaharli modda (KTZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yо‘l transportidagi halokat va falokatlar;

    Portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZM larning zararli xossalari namoyon bо‘lishiga va odamlar о‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bо‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yо‘l-transport hodisalari;

    Odamlarning о‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;

    Gaz, neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bо‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

    2) Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar. Tevarak-atrof tabiiy muhitga ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) odamlar, hayvonlar va о‘simliklarning kо‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bо‘lgan kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.

    3) Yong‘in-portlash xavfi mavjud bо‘lgan obyektlardagi avariyalar. Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan obyektlardagi odamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishlariga va о‘limiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud bо‘lishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar xayot faolitining buzilishiga olib keladigan yong‘inlar va portlashlar;

    Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va о‘limiga olib keladigan hamda qidiruv-qutqarish ishlarini о‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qо‘llanishni talab qiluvchi kо‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qо‘porilishi .

    4) Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar. Sanoat va qishloq xо‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, IES lardagi, tuman issiqlik markazlaridagi elektr tarmoqlaridagi bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor, gaz taqsimlash shaxobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar, yong‘inlar, aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatliliga xavf tug‘ilishiga olib keladigan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal obyektlardagi avariyalar;

    Atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bо‘ladigan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.

    5) Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog‘liq avariyalar. Odamlar о‘limi bilan bog‘liq bо‘lgan va zudlik bilan avariya qutqaruv ishlari о‘tkazilishini hamda zarar kо‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam kо‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yо‘nalishdagi obyektlar, shuningdek, uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining tо‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.

    6) Radiоaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar. Sanitariya-himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bо‘lgan yuqori darajadagi radiaktivlik odamlarning yо‘l qо‘yiladigan kо‘p miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan texnologik jarayonda radiaktiv moddalardan foydaladigan obyektlardagi avariyalar; radiоaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar; Radioizotop buyumlarning yо‘qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yо‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.

    7) Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar.

    Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi kо‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar о‘limiga, sanoat va qishloq xо‘jaligi obyektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan va shoshilinch kо‘chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.



    Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar :

    Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 53 ta suv ombori, daryo suvlarini iste’molchilarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv tо‘g‘onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa suv inshootlari mavjud. Bunday inshootlar har qanday favqulodda vaziyatlar yuz berganda (harbiy holatda ham, tinchlik davrida ham) katta xavf tug‘diradi. Gidrotexnik inshootlarning ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida joylashgan bо‘lib, yuqori darajadagi xavfli obyektlar hisoblanadi.

    Gidrotexnik inshootlari kо‘rsatkichlariga kо‘ra har xil bо‘ladi:

    1) joylashgan о‘rniga kо‘ra:

    a) yer usti inshootlari (daryo, kо‘l, kanal va h.k);

    b) yer osti inshootlari (о‘tkazuvchi quvurlar, tunellar va

    h.k).
    Nigmatov I., Tojiev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik. – Тoshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011, B. 99.


    2) foydalanish maqsadiga kо‘ra:

    a) suv-energetika inshootlari;

    b) suv ta’minoti inshootlari;

    v) sug‘orish inshootlari;

    g) chiqindi suvlarni chiqarish inshootlari;

    d) baliqchilik xо‘jaligi inshootlari;

    e) suv-sport inshootlari va h.k.

    3) vazifasiga qarab:

    a) GES lar va boshqa suv inshootlari (tо‘g‘onlar va boshqalar);

    b) suv о‘tkazish inshootlari (kanallar, tunellar, quvur о‘tkazgichlar);

    v) tarnovlar, osma quvurlar va h.k.;

    g) tashlandiq suv inshootlari (ortiqcha suvni chiqarish uchun);

    d) suv oqimini tartiblash inshootlari (suv oqimini tо‘g‘irlovchi, daryo va qirg‘oq о‘zanlarini yaxshilovchi va boshqalar);

    e) baliq xо‘jaligi inshootlari (baliq boqish uchun).
    Gidrotexnik inshootlarning buzilishi juda katta hududlarni, jumladan: shaharlar va aholi yashash joylarni, sanoat tarmoqlarini va moddiy resurslarni suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, oqibatda juda katta ham ma’naviy, ham moddiy zararlarga sabab bо‘ladi. Jumladan, avtomobil va temir yо‘llar, elektr va aloqa uzatish simlarining zararlanishi, chorva mollari, qishloq xо‘jalik ekinlari hosili, ekinzorlar va boshqalarning nobud bо‘lishi, xom-ashyo, yoqilg‘i, oziq-oqat mahsulotlari, о‘g‘itlar va boshqa resurslarni yaroqsiz holga kelishi; aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuatsiya qilish xarajatlari; yerlar hosildor qatlamining yuvilib ketishi; suv bosgan hududlarda oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa kerakli mahsulotlarni olib kelish xarajatlari va boshqa salbiy talofatlarga olib keladi.
    Gidrotexnik inshootlari quyidagi ta’sirlar natijasida buziladi:

    1) tabiiy ofatlar oqibatida (zilzila, kо‘chki, jala yomg‘irlar yuvib ketish va boshqalar);

    2) uskunalarning tabiiy yemirilishi va eskirishi;

    3) inshootni loyihalash va qurishdagi xatoliklar;

    4) suvlarni ishlatish qoidalarini buzilishi;

    5) portlatishlar oqibatida (harbiy harakatlar, terrorchilik va boshqalar).

    Gidrotexnik inshootlarining buzilishi muayyan oqibatlarga olib keladi, jumladan: Gidrotexnik inshooti о‘z vazifasini bajarmay qо‘yishi; suv tо‘lqinini insonlarga zarar yetkazishi va turli boshqa inshootlarni buzilishi; hududlarni suv bosib, mol-mulkka, yerlarga, moddiy resurslarga va boshqa obyektlarga jiddiy moddiy zarar keltirishi va h.k. Shuning uchun bunday inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida”gi qonunining 8,9-moddalarida kо‘rsatib о‘tilgan majburiyatlar yuklangan. Unga kо‘ra bunday xavfli obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatish davomida xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan avariyani oldini olish bо‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish, shuningdek bunday masalalar bо‘yicha favqulodda vaziyatlar tizimlari bilan hamkorlik qilish ta’kidlab о‘tilgan.

    Shu o`rinda 2009 yil 17 avgustda Rossiyaning “Sayan- Shushensk” GESida bo`lgan avariya to`g`risidagi ma`lumotni ta’kidlab o’tish joiz. Ushbu gidroinshoot juda bahaybat qurilgan bo`lib uning uzunligi 1 km dan uzun, balandligi 250 m, gidrostatik vazni 22 mln tonnani tashkil etadi. GES ning avariyaga uchrashishining sababi, 1985 yilda gidroinshoatning eng baland ustuni darz ketib, Yenesey daryosining bu qirg`og`idan u qirg`og`igacha bo`lgan butun to`g`on tanasida yoriq p`aydo bo`lgan. Yoriqdan har soniyada 550 litr suv oqib o`ta boshlagan va natijada to`g`on betoninig yemirilishi boshlangan. Yemirilish jarayoni 8 yil mobaynida davom etgan va 1996 yildagina Fransuz mutaxassislari tomonidan yoriq polimer materiallari bilan yaxlitligi tiklangan. Shu davr mobaynida (8 yil) inshoatning ba`zi bir seksiyalari 97 mm dan - 107 mm gacha joyidan siljigan. Ammo, “Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi” to`g`risidagi qonunga binoan, 108 mm ga siljish xavfsizlik nuqtai nazaridan “taxlikali” holat xisoblanadi. Shunday ayanchli holatga qaramasdan, gidroinshoatdan foydalanib kelishligi oqibatida to`g`onning ikkinchi agregat qisimlari sochilib qulab tushgan va yong`in paydo bo`lgan. Bu avariyaning talofati natijasida 100 dan ziyod fuqarolarning qurbon bo`lganligi va katta moddiy zarar ko’ringanligi ma’lum.

    Gidrotexnik inshootlarda avariya bо‘lmasligi uchun muhofaza qilinish chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur, jumladan:

    1) Gidrotexnik inshootlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga yо‘l qо‘ymaslik;

    2) Gidrotexnik inshootlaridan tо‘g‘ri foydalanish;

    3) Gidrotexnik inshootlaridagi belgilangan tadbirlarni va ta’mirlash ishlarini о‘z vaqtida bajarish;

    4) Qirg‘oq va inshoot tubini mustahkamlash ishlarini о‘tkazish;

    5) Suv chiqarishda va g‘amlashda qonun qoidalarga rioya etish (vaqtga mos ravishda taqsimlanishi);

    6) Qо‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib turish:

    7) Gidrotexnik inshootlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish;

    8) Gidrotexnik inshootlari hududini begona kishilar kirishidan ishonchli qо‘riqlash;

    9) Falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bо‘lish ehtimolini oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnika sharoitni muntazam kuzatib borish.

    Evropa davlatlarning har birida alohida ajratilgan dengiz xavfsizligi bilan shug‘ullanadigan organlar bor, asosan Sohil Qo‘riqchilari. Ularning tashkiliy tuzilishi quyida berilgan ma’lumotlarda ifodalangan 2.

    Ular odatda mahalliy bo‘limlar bilan milliy hokimiyatlardir. Italiyaning Sohil Qo‘riqchilari 3ta bosqichga bo‘lingan. 1-bosqich, quyi bosqich bo‘lib Sohil Qo‘riqchilari Birlashmasi (SQB) deb ataladi, ular 30 mil radiusdagi hududni nazorat qiladilar; 2-bosqich o‘rta daraja Dengiz Direktorati, ular o‘z hududidagi SQBlar faoliyatini nazorat qiladi va eng yuqori bosqich Rim Markaziy Sohil Qo‘riqchilari Direktorati.

    Bundan tashqari yana ko‘plab bo‘linmalar jalb etilgan. Masalan Italyiada noqonuniy immigratsiyalarni (1990-yillarda Albaniya takrorlanib turgan holatlar) oldini oladigan dengiz patrullari Italian Guardia di Finanzaning rasmiy bo‘linmasi hisoblanadi. Lekin mahalliy aholi uchun migrantlar xavfli bo‘lishi ehtimoli borligi uchun avval Qidiruv va Qutqaruv(QVQ) organi tomonidan shaharga keluvchilar qabul qilinadi va Sohil Qo‘riqchilari Bo‘linmasi ularni nazorat qiladi. Bundan tashqari, qayiqlarda keluvchi noqonuniy immigrantlarni aniqlash faqatgina Kema Transport Hizmati tizimi orqali emas, Italiya markaziy razvedka tehnologik aslahalari tomonidan ham amalgam oshiriladi. Bular Home Affairs muvofiqlashtiradi.

    Italiya Sohil Qo‘riqchilarining muhim hamkorlaridan biri Fuqaro muhofazasi tashkiloti hisoblanadi. QVQ hizmatining faoliyatida ayniqsa cho‘kkan odamlarni qidirishda Fuqaro muhofazasi organi o‘z vertolyotlarini taklif qiladi. Vertalyotlar yuqoridan dengiz sathini qo‘riqchi kemalarga nisbatan kengroq qamrab oladilar va dengizdagi tanani yaxshiroq ko‘rish mumkin shuingdek bu vertalyotlarda infra nurlar bilan aniqlash sistemasi bo‘lib bu vaziyatga oydinlik kiritishga yordam beradi. Ba’zi joylarga Fuqaro muhofazasi tomonidan meteorologik monitoringi joylashtirilgan, ularning tizimi suv toshqinini aniqlashga qaratilgan. Bundan tashqari fuqaro muhofazasi bo‘limining ifloslanishni aniqlaydigan suniy yo‘ldosh tizimi ham rivojlangan.



    2Christe Pursiainen (ed.) assisted by Per Francke. Early Warning and Civil Protection. NORDREGIO 2008 (ing.tilidan tarj. 144 b.)
    Quyidagi jadval ma’lumotlarida ushbu tuzilmalrning faoliyatlari aks

    ettirilgan :


    Italiya sohil qo‘riqchilari :
    Faoliyati

    • Dengizdagi qutqaruv va qidiruv (QVQ)

    • Navigatsiya xavfsizligi

    • Dengiz ekologiyasi himoyasi

    • Dengizdagi baliq ovlash nazorati

    • Davlat mamuriyatining uncha muhim bo‘lmagan funksiyalari, savdo va baliq ovlash kemalarini ro‘yhatga olish, dengizda sodir etilgan jinoyatlarga jarima solish

    • Dengiz Politsiyasi

    Tashkilotlar

    • 14 Dengiz Hududidagi Operatsiyalar Nazoratiga boshchilik qiluvchi Dengiz Boshqarmasi

    • 52 Capitanerie di Porto – 45 dengiz tuman offislari – 136 mahalliy dengiz offislari – 45 sohil delegatsiyasi

    • Capitanerie di Portoning dengiz-atrof muhit diviziyasi (Atrof muhitni muhofaza qilish Vazirligi)

    • Bosh ovchilik boshqarmasi (qishloq xo‘jalik Vazirligi)

    • 3 suvosti opertorlar guruhi – 3 havo nazorati seksiyasi – 1 vertolyotchilar seksiyasi

    Texnik aslahalar

    • Bari COSPAS/SARSAT sputnik stansiyasi (Fuqaro Muhofazasi Bo‘limi tomonidan ixtisoslashtirilgan)

    • VS xizmati – AIS ma’lumotlar bazasi – 300 dengiz vositalari (patrol kemalari, qo‘riqlovchi kemalar)

    • 9ta vertolyot va 7ta samolyot




    ______________

    2Christe Pursiainen (ed.) assisted by Per Francke. Early Warning and Civil Protection. NORDREGIO 2008 (ing.tilidan tarj. 142 b.)


    Sloveniya dengiz ma’muriyati
    Faoliyati

    • Navigatsiya xavfsizligi

    • Ifloslanishni oldini olish

    • Dengiz yo‘llari va portlar menejmenti

    • Kema nazorati

    • Kema bortida yuk tashishga oid sertifikatlar va hujjatlar masalalari

    • Davlat port nazorati

    • Kemalarni ro‘yhatga olish

    • Havaskor qayiqchilarni ro‘yhatga olish

    • Kema liderlari sertifikati

    • Dengizdagi qutqaruv va qidiruv hizmati

    Tashkilotlar

    • Sohil ustalari offisi

    • Davlat port nazoratui

    • Investitsiya, mulk va moliya sektori

    • Dengiz hujjatlari sektori

    Tehnik aslahalar

    • 1ta radar stansiyasi – 3ta AIS malumotlar bazasi – 3ta dengiz vositalari (qo‘riqlovchi va patrol kemalari, rezina qayiq)


    Xorvatiya dengiz qidiruvining kordinatsion markazi

    Faoliyati

    • 24soat mobaynida dengizni kuzatish, ochiq dengizdan 12 dengiz mili masofadagi oqimni va hududdagi suvlarni tekshirish kabi yurudik markaz shartlari

    • Xalqaro miqyosdagi qutqaruv va xavfsizlik kanallari va chastotalari radio monitoring xizmatini ta’minlash

    Tashkilotlar

    • 8ta sohil qo‘riqchi stansiyalar

    Texnik aslahalar

    • VHF radiotelefon

    • VHF DSC maxsus raqamli qo‘ng‘iroqlar

    • MF/HF RT va MF/HF DSC

    • Radioteleks

    • Naviteleks

    • SAR radar transponderi va transmission VHF radiotelefon sistemasi

    • COSPAS-SARSAT sputnik radioaloqa sistemasi GDMSS va INMARSAT (Xalqaro mobil sputnik tashkiloti)

    • Patrol va qo‘riqlash kemalari – rezina qayiqlar



    Hududiy fuqaro muhofazasi bo‘limlari dengizdagi turli nuqtalarga maxsus sensorlar o‘rnatgan va ular kemalarning harakatini qadamma qadam kuzatadi, ulardan to‘kilgan zararli moddalarni aniqlaydi. Venetsiyada Fuqaro muhofazasi bo‘limlarini dengiz xavfsizligidagi rolini oshiriladi chunki Italiya qonunlarida dengiz atrof muhiti va xavfsizligi Sohil Qo‘riqchilariga to‘la yuklatilmagan.

    Dengizning qum va kichik qoyalar bilan chegaralangan hududi ichki hudud hisoblanadi va ijtimoiy guruhlar unga mas’uldirlar. Bu shuni anglatadiki bu hududda yong‘in holatlarida yoki kemalar botib qolganda ularni bartaraf etadilar. Bunda mahalliy bo‘limlar fuqaro muhofaza bo‘limlariga tayanadilar. Agar ofatlar kattaroq bo‘lsa yuqori darajali Fuqaro muhofazasi bo‘limlari qarshilik ko‘rsatadilar, Sohil Qo‘riqchilari kemalari qumli va suv osti qoyalari ko‘p hududga kirib kelishi qiyin.

    Sloveniyaning dengiz xavfsizligi tashkiloti ohirgi yillarda qayta isloh qilindi. Sloveniyada Sohil Qo‘riqchilari harbiy bo‘linma emas, Ljubljanada dengiz politsiasi vazifasini o‘tovchi qo‘mita Sloveniya Dengiz Ma’muriyati bor. Qo‘mitalar dengiz flotiga tegishli bo‘lishi kerakmi yo‘qmi mavzusidagi muzokaralardan so‘ng, qo‘mitalar milliy parlament tasarrufiga o‘tkazildi. Ularning tashkil etilganiga atigi ikki yil bo‘ldi.

    Croatida Dengiz Qidiruvi Kordinatsion Markazi muhim xavfsizlik tashkiloti hisoblanadi. Mamlakat hududida ikki turdagi tizim mavjud bo‘lib, birinchisi dengizdagi Qutqaruv Va Qidiruv bilan shug‘ullanuvchi Sohil Qo‘riqchilari, ikkinchisi kontrabanda bilan kurashuvchi va antiterrorizm organi bo‘lgan Dengiz Floti.

    Favqulodda vaziyatlar va ogohlantirish tashkiliy tuzilmalari signalizatsiya tizimiga o‘xshaydi. Lekin u hudud bo‘yicha hatto mamlakat bo‘yicha ham birlashtirilmagan. Yevropa favqulodda vaziyatlar qo‘ng‘irog‘i dengiz xavfsizligi uchun amal qilmaydi. Italiyada agar kemalarda yong‘in bo‘lsa qo‘ng‘iroq uchun maxsus raqam bu 115. Xorvatiyada qidiruv va qutqaruv hizmati 9155 bepul raqamiga qo‘ng‘iroq orqalichaqiriladi. Bu esa ba’zan adashmovchiliklarni keltirib chiqaradi, odamlar Sohil Qo‘riqchilariga deb fuqaro muhofazasining 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yuborishadi.

    Chuqur olib borilgan analizlar shuni ko‘rsatadiki, ohirgi vaqtlarda Adriatika dengizida inson hayotiga zarar etkazadigan voqealar bo‘lmagan. 1994-yilda Boltiq dengizida MV estoniya kemasida 852 kishi halokat tufayli vafot etgan edi, bu kabi hodisalar Adriatikada kuzatilmagan. Bahsiz hodisalar tabiiy muhitga zarar etkazishi xavfsizlik masalalaridan biridir. 5-rasmda Rempek institute tomonidan o‘rganilgan, yirik zararli moddalarning asoratlari tasvirlangan. 4-jadva unga tegishli tushuntirishlarni o‘z ichiga olgadi.

    Shunday qilib, shimoliy Adriatikada ham ko‘ngilsiz holatlar va inson o‘limi bilan bog‘liq favqulodda holatlar kuzatilmagan. Eng oxirgi voqea 1997-yilda Adriatika va Ionian dengizlarini birlashtiruvchi Otronto kanalida yuz bergan. Albaniyalik noqonuniy immigrantlarning juda nobop kemasi cho‘kib ketgan. Jabrdiydalarning soni aniqlanmagan. Kema esa haligacha Mediterraneanning tubida.

    Bo‘ronlar natijasida baliqchilarning o‘lishi juda kichik holat, lekin oxirgi o‘n yillik ichida baliqchilarning otib tashlanishi yoki o‘ldirilishi bu Italiya baliq ovchilari uchun juda yomon hodisa edi3.

    Oxirgi yillarda Yugaslaviya Sohil Qo‘riqchilari baliq uchun chegarani buzib o‘tganlarni otib tashlagan. Bu Italyanlarning hotirasida hali ham saqlanib qolgan. Bunday holatlar tabiiy ravishda chegara hamkorligining roli va xavfsizlik modellarini rivojlantirishni ko‘rsatadi. Bu erda MV estoniya kemasi yo‘lovchilarining tragediyasi bilan solishtiradigan yoki 2002 yil shimoliy g‘arbiy Ispaniya sohillarida g‘arq bo‘lgan MV Prestige neft tankeri kabi falokatlar bilan solishtiriladigan hodisalar ro‘y bermagan. Lekin 1998-yil Bombey(Hindiston)dan kelayotgan neft mahsulotlari yuklangan tanker(suyuqlik tashuvchi kema) yona boshlagan. O‘t o‘chirish guruhi kun bo‘yi o‘chirishga harakat qilishgan.

    Barcha positive holatlar inson harakati tufayli emas balki tabiatning iltifot etgan sharoitlar (sayoz suv, to‘fonlarning yo‘qligi va boshqalar) sabab Adriatika dengizi boshqa dengizlarga qaraganda sayyohlar bilan gavjum.
    Gidrotexnik inshootlaridagi avariyalarda fuqarolarning xatti-harakatlari :

    Gidrotexnik inshootlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni bajarishlari lozim:

    1) Suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin bо‘lgan hududlarni va suv bosish vaqtini, shuningdek, shikastlovchi omillarini (suv urib ketadigan tо‘lqin balandligi va tezligini va boshqalarni) yaxshi bilishlari kerak;

    2) Aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi xatti-harakatlarga tayyorlangan bо‘lishlari kerak;

    3) Aholining hammasi suv bosish ehtimoli borligi, suv bosish vaqti, uning chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalarni vaqtida olishi kerak;
    4) Xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi kerak:

    - darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlarni, 2-3 kunlik oziq-ovqat va ichimlik suvini о‘zi bilan olish;

    - uylarni ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini о‘chirishi) qoldirishi kerak;

    - chorva mollarini xavfsiz joylarga о‘tkazib qо‘yish;

    5) Agar tо‘satdan halokatli suv bossa:

    - suvning tо‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan inshootlarning yuqori qismlariga chiqiladi;

    - oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmassa idishlari osilgan najot kamarini) taqib olinadi;

    - agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bо‘lsa, qayerdaligini belgilab, qutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq belgilari osib qо‘yiladi.



    Yong‘in xavfi bо‘lgan obyektlardagi avariyalar :

    Yong‘in - bu nazorat qilib bо‘lmaydigan hodisa bо‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yо‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir.

    Yong‘inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya’ni:

    - yonuvchan moddani (neft, qog‘oz, yog‘och va boshqalar);

    - havo harorati (issiqlik);

    - uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).

    Xalq xо‘jaligida yong‘in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

    a) chekish paytida yong‘ingarchilikka ehtiyotsizlik bilan munosabatda bо‘lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong‘in umumiy yong‘inning 26 foizini tashkil qiladi;

    b) bolalarning о‘t bilan о‘ynashi - 14 %;

    v) elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida - 13,5 %;

    g) pechka va tutun quvurlarining notо‘g‘ri о‘rnatilishi oqibatida - 8,5 %;

    d) isitkich jihozlaridan notо‘g‘ri foydalanishda - 8,3 %;

    e) elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5 %;

    y) payvandlash ishlarini bajarishda yong‘in xavfsizlik qoidalarining buzilishi-2,3 %;

    j) texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2 % ni tashkil etadi.

    Demak, yong‘inning birlamchi sabablari kichik yong‘in manbalari turtkilari bо‘lishi mumkin - bular sigaret qoldiqlari, uchqunlar va о‘chirilmagan gugurt qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bо‘lishi mumkin.Yong‘in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bо‘ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong‘indan paydo bо‘lgan о‘tkir zararli mahsulotlar; tutun; kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bо‘lishi; yong‘in bо‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, yong‘inni suv bilan о‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi va boshqalar.

    Ma’lumotlarga kо‘ra, yong‘indan nobud bо‘lganlarning 60 - 80 %i nafas olish yо‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bо‘lar ekan3.

    Yonishda yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida о‘zaro ta’sir natijasida bо‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayondir, bunda issiqlik, zaxarli gazlar va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo bо‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bо‘lishi zarurdir.

    Havoning tarkibidagi kislorod miqdori 14-16 % bо‘lganda yonish tо‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agarda kislorod miqdori 8-10 % ga kamayganda tutash ham tо‘xtaydi.

    Yong‘in sodir bо‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‘lik kuchlari, alanga va chо‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bо‘lishi mumkin.

    Yonuvchi materiallarga - qattiq, suyuq va gazsimon bо‘lishi mumkin, masalan, taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, kо‘mir va hokazolar.

    Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.

    Yonish paytida hosil bо‘ladigan “max” harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bо‘ladi. Masalan, qog‘ozda - 5100C, suyuq yoqilg‘i - 110 -13000C, taxtada - 10000C, gazli yoqilg‘i - 1200-13000C hosil bо‘ladi.



    Portlash xavfi bо‘lgan obyektlardagi avariyalar :

    Ma’lumki yong‘in va portlashlar о‘zaro uzviy bog‘liqligi sababli kо‘pchilik avariyalarda yong‘inlar natijasida portlashlar bо‘lishi yoki aksincha portlash natijasida yong‘inlar sodir bо‘lishi mumkin.



    Portlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yoki portlash suyuqliklarining, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida о‘zi joylashgan hajmiga sig‘may qolishi tufayli otilib chiqadigan hodisadir. Odatda portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida, yuqori bosim hosil qilib kuzatiladi.

    Portlashlar asosan yong‘in va portlash xavfi bor obyektlarda sodir bо‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bо‘lgan obyektlar portlash xavfi bor obyektlar hisoblanadi. Bularga neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar kiradi.

    Portlatuvchi omillarga: kimyoviy (portlovchi moddalar), yadroviy (yadroviy qurollar), mexanik (yuqori bosimli suyuqliklar saqlaydigan idishlarni yorilishi), elektromagnit (uchqun razryadi va lazer uchquni) va boshqalar kiradi.

    Har qanday portlashlarda birlamchi va ikiilamchi zarar beruvchi omillar hosil bо‘ladi. Birlamchi omillarga: zarb tо‘lqinlari va siniq parchalarning sochilishi kiradi.



    Zarb tо‘lqinlari - yuqori bosimdagi portlashdan hosil bо‘lgan kuchli havo tо‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo tо‘lqini tarzidagi va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishi va sochilishiga olib keladi.

    Siniq parchalarning sochilishi - portlash maydonlarida parchalangan buyumlarning siniq parchalarini tarqalishi tushuniladi (buyum-anjomlarning, binolarning buzilishi, parchalanishiga olib keladi).

    Ikkilamchi zarar beruvchi omillarga: yong‘inlar, kimyoviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda tо‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir bо‘lishi, binolarning qulashi va boshqa falokatlar kiradi. Demak, birlamchi va ikkilamchi zarar beruvchi omillar insonlarning normal yashash va ishlash sharoitlarini buzilishiga, atrof-muhitni izdan chiqishiga hamda insonlarning halok bо‘lishiga va moddiy resurslarning yо‘q bо‘lib ketishiga olib keladi.

    Ma’lumotlarga qaraganda Respublikamizda har yili 50 dan ziyod aholi yashash joylarida gazlardan notо‘g‘ri foydalanish oqibatida portlash bо‘lib, oqibatda fuqarolar nobud bо‘ladilar va kо‘plab odamlar turli darajadagi tan jarohati oladilar. Masalan, 1998 yilda Novosibirsk-Adler, Adler-Novosibirsk yо‘lalishida ketayotgan poyezdlar tо‘qnashishi oqibatida 37 ta vagonlarda yong‘in sodir bо‘lgan, natijada 1284 yо‘lovchidan 780 nafari halok bо‘lgan. Bunday misollardan ko’rinadiki, yong‘in va portlashlar tо‘satdan sodir bо‘ladi va kо‘plab odamlarni о‘limiga va og‘ir tan jarohati olishlariga olib keladi. Shuning uchun ham О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yildagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi aholini favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tiziminini takomillfshtirish tо‘g‘risida” gi va 2000 yildagi «Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi: fuqarolarni himoya qilish hamda portlash va yong‘in tufayli va boshqa sabablar orqali zarar kо‘rgan obyektlarning avvalgi ish faoliyatini iziga solib yuborish chora-tadbirlarini kо‘rish hisoblanadi.


    Ishlab chiqarishdagi avariyalar:


    Avariya deganda bajariladigan ishni birdan tо‘xtab qolishi yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa obyektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yо‘q bо‘lishi tushuniladi.

    Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bо‘lishi mumkin:

    • tabiiy ofat tufayli;

    • inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qо‘yiladigan xatoliklar tufayli;

    • ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi natijasida;

    • transport, mexanizm, jihozlardan notо‘g‘ri foydalanganda;

    • agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) notо‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida;

    • texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.

    Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bо‘ladiki, oqibatda kо‘pdan-kо‘p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yо‘q bо‘lib ketadi. Kо‘pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, gо‘sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bо‘ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi, qog‘oz-sellyuloza gо‘sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yо‘llarda KTZMni tashishda kо‘p uchraydi. KTZM kо‘rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bо‘lganda odamlarga, qishloq xо‘jalik hayvonlariga, о‘simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib, turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qо‘llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va oltingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. Shulardan sanoatda kо‘p ishlatiladigani ammiak.

    Ammiak – nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli о‘g‘itlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Uning yuqori konsentratsiyasi insonning markaziy asab tuzumini izdan chiqarib, asablarni falaj bо‘lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson zaharlansa, bir necha soatdan sо‘ng uni о‘limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadagi jarohatlanish rо‘y beradi.

    Xlor - о‘tkir hidli, sariq rangli gaz. U havodan 2,5 barobar og‘ir bо‘lib, 340C haroratda suyuq holatga о‘tadi. U suvda, organik erituvchilarda yaxshi eridi. Xlor qog‘oz-selluloza, tо‘qimachilik sanoatida, xlorli ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

    Xlor bо‘g‘ish xususiyatiga ega. Uning havodagi miqdori 0,01 mg/l bо‘lganda inson organizimiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 0,1 mg/l dan yuqori bо‘lganda о‘limga olib keladi.



    Birinchi yordam. Shikastlangan hududlarda gazniqoblarni kiyish kerak. Nafas organlari izdan chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan kо‘zni, burunni va tomoqlarni yuvishi, issiq borjomli yoki sodali sutdan, kofedan ichish kerak.

    Himoyalanish. «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, GP-5 fuqarolar gazniqobi, bolalar gazniqobi va himoya komplektidan foydalaniladi. Agar uning konsentratsiyasi yuqori bо‘lsa (8,6 mg/l.dan yuqori) izolatsiyalovchi gazniqoblar qо‘llaniladi.

    Oltingugurt oksidi - о‘tkir hidli, rangsiz gaz bо‘lib, yonmaydi. Bu modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bо‘lib, u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu gaz tо‘qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi.

    Oltingugurt angidridi nafas yо‘llarini ishdan chiqarib, kо‘zni xiralashtiradi. Kichik konsentratsiyada inson kuchsiz yо‘talish, tomoqda va kо‘krakda og‘riq, kо‘zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.



    Birinchi yordam: toza havo, kislorod ingalatsiyasini ta’minlash, kо‘zni, burunni yuvish, tomoqni 2 foizli sodali eritma bilan chayish, bо‘yinni issiq qilish, issiq sodali, yog‘li, asalli yoki borjomli sut ichish tavsiya etiladi.

    Himoyalanish: «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, izolirlovchi fuqarolar va bolalar gazniqoblaridan foydalaniladi.

    Yuqorida aytilgan tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan korxonalarda avariya sodir bо‘lganda shu yerdagi va korxona atrofida yashovchi xalq zaharlanishi mumkin. Albatta, zaharlanish darajasi: uning dozasiga, odamlarning zaharli moddadan uzoq yaqinligiga, bug‘lanish darajasiga, shamol tezligiga va boshqa omillarga bog‘liq.

    Agar shunday avariya favqulodda sodir bо‘lsa, albatta birinchi navbatda о‘z vaqtida va sifatli ofat о‘chog‘ini belgilash lozim. Bu vazifani fuqaro muhofazasi xizmat tizimlarining - razvedka qismlari bajaradilar. Ular avariya joyini, zaharli modda turini, zaharli modda dozasini va shikastlangan hududdan qanday qilib odamlarni zaharlamasdan olib chiqib ketish yо‘llarini belgilab beradilar.

    Shikastlanish о‘chog‘i aniq о‘rganilgandan keyingina avariya sodir bо‘lgan joydagi va unga yaqin atrofda yashovchi xalq ogoh etiladi. Buni eshitgan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi (gazniqoblar) va terini himoya qiluvchi kiyimlarni (plash, yopqich) kiyib darhol zaharlangan hududdan xavfsiz hududga chiqib ketadilar.

    Zaharlangan hududdan uzoqroqdagi fuqarolar esa о‘z uylarida, yashash uylarining eshik, romlarini mahkam berkitib, ularning germetikligini oshirib, isitgich jihozlarini, gaz, chiroq va boshqalarni о‘chirib о‘z uylarida saqlanishlari mumkin. Albatta, bu bilan ularni kimyoviy zaharlanishdan tо‘liq qutqarib bо‘lmaydi. Agar zaharli moddaning miqdori juda kо‘p tashqariga chiqib ketgan bо‘lsa, zararlangan о‘choq atrofidagi hamma yashovchi odamlarni tartib va osoyshtalik bilan tezda xavfsiz joylarga kо‘chirish zarur.

    Avariya sodir bо‘lgan joylarda xizmat qiluvchi fuqarolarning hammasini evakuatsiya qilib bо‘lmaydi. Ularni ma’lum qismi shu yerda qolib, zaharli moddadan saqlovchi vositalarni kiyib, tashqariga KTZMni chiqishini tо‘xtatish choralarini kо‘radilar (bunda jо‘mrakni burash, KTZMni bir joydan ikkinchi joyga haydash, texnologik jarayonni tо‘xtatish, KTZM solingan idishni tuzatish, texnologik jarayonni va boshqa sababchi omillarni tо‘xtatish ishlari bajariladi).

    Avariya tо‘xtatilgandan keyin, ma’lum bir vaqt mobaynida (zaharlovchi moddaning tabiatiga qarab) avariya о‘chog‘ida xizmat qilgan va zaharlangan hududda qolgan odamlar tibbiy kо‘rikdan о‘tkaziladi. Agar KTZM nafas yо‘liga ketgan bо‘lsa, ularga dori-darmon beriladi, teriga tekkan bо‘lsa suv bilan kо‘p marta yuviladi, sо‘ngra zaharlangan joylar, uning atroflari va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlar, uskunalar, inshootni о‘zi degazatsiya qilinadi. Degazatsiya sifatida zaharlovchi moddani neytrallaydigan (ya’ni ta’sir kuchini kamaytiruvchi) moddalar ishlatiladi.

    Mana shunday avariyalarga quydagi misollarni keltirishi mumkin:

    1988 yil Yaroslavl viloyatida Volga daryosi bо‘yida temir yо‘l poyezdining 7 ta vagoni izdan chiqib ketib, katta avariya yuz bergan. Bunda 3 ta idishda zaharli kimyoyaviy modda bо‘lib, uning ma’lum qismi atmosferaga chiqib ketgandi. 1988 yilda «Красная Роза» ishlab chiqarish birlashmasida, avariya sodir bо‘lib, havoga zaharli gazning chiqishi (SO2) aniqlanganligini, 1966 yil Gorkiy shahridagi kimyo zavodida 27 t Cl2 gazi havoga tarqalganligi natijasida 6000 kishi evakuatsiya qilinib, 1500 kishi har xil dozada zaharlanganligini eslatib о‘tish mumkin.

    1984 yili Hindistonda Amerikaning «Yunion Korbayt» kompaniyasiga qarashli Bxopal kimyo zavodida gaz quvridan 40 tonna о‘tkir zaharlovchi moddaning atrof-muhitga tarqalishi oqibatda katta talofot rо‘y bergan. Bu halokat 2000 kishining hayotiga zomin bо‘lgan, bunda 80000 nafar fuqaro zaharlanib, salomatligiga jiddiy zarar yetkazgan.

    2003 yilda Xitoyning Chxuandonbey gaz konida katta portlash yuz bergan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon bо‘lgan hamda havoga kо‘p miqdordagi tabiiy gaz birikmalari va vodorodsulfit gazi tarqalishi natijasida kо‘plab odamlarning zaharlanishiga va о‘limiga sabab bо‘lgan.

    1990 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Yoshlik» stansiyasidan о‘tib borayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (95 tonna) yuklangan sisterna nazorat qilinmasligi oqibatida yо‘l-yо‘lakay tomchilab borgan. Bu holatni о‘z vaqtida sezgan yoshlik stansiyasi xodimlari darhol tegishli choralarni kо‘rib, baxtsizlikni oldi olingan. Agarda sisternadagi suyuqlik shu yerga tо‘liq oqib ketganda nafaqat stansiyadagi va uning atrofidagi aholini, balki 13 km olisda yashovsi aholini ham zaharlagan bо‘lardi. Shunga о‘xshash kо‘plab misollarni keltirish mumkin.

    Inson uchun xavfli bо‘lgan zaharli moddalar bilan ishlaydigan korxonalarning ham soni О‘zbekistonda yildan-yilga kо‘payib bormoqda. Bular «О‘zbekkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar bо‘lib, ular Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Angren va boshqa shaharlarda (SO2, NH3, Cl2, HNO3, H2SO4, CH3COOH va boshqa zaharli moddalar) joylashgan. Bu korxonadan tashqari kimyoviy, zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud. Hozirgi kunda Respublikadagi kopgina ishlab chiqarish korxonalarida inson uchun zaharli moddalar ishlatiladi. Mabodo muayyan sabablarga ko`ra, bunday korxonalarda avariya sodir bo`lib, kimyoviy moddalar tashqariga chiqib ketsa, xududning zaxarlanish chuqurligi 45-50 km ni (450 km2 dan ortiq maydonni ) tashkil etishi mumkin.Shuning uchun Respublikamiz aholisi, ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda tо‘g‘ri ish tutishlari, fuqarolar muhofazasi tomonidan beriladigan har bir yо‘riqnoma, vazifalarni tо‘g‘ri bajarishlari va saqlanish qoidalariga rioya etishlari zarur. Buning uchun har bir korxonada, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalaridagi fuqarolar muhofazasi xodimlari avariya va halokatlarni, uning oqibatlarini yо‘qotish chora-tadbirlarini hamda ofat rо‘y bergan joyda jabrlanganlarga yordam kо‘rsatish qoidalarini tushuntirishlari lozim.

    Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan ishlaydigan sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya oqibatidagina fuqarolarga xavf-xatar keltirilishi mumkin, balki shu tarmoqlardan chiqadigan chiqindi mahsulotlar ham (atmosferaga yoki suv xavzalariga chiqarib yuborilishi) atrof-muhitni va tabiatni ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga jiddiy xavf soladi.

    Bu borada ayniqsa metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir. Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qо‘qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq.

    Markaziy Osiyoda havoni eng kо‘p ifloslantiruvchi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodi 1987 yilda havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yо‘nalishiga kо‘ra, ftor birikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Oltinsoy tumanlariga tushadi. Yana u yerlardagi havoning ifloslanishiga Shargundagi briket fabrikasi va g‘isht zavodining ta’siri ham kattadir. Bulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda, hatto uy hayvonlari ham bundan katta talofat kо‘rmoqda.

    Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi - 250 mln. t., yoqilg‘i kukuni-100 mln. t., uglevodorod - 88 mln. t., azot (II) oksidi-53 mln. t., ammiak - 4 mln. t., oltingugurt vodorodi - 3 mln. t., qо‘rg‘oshin birikmalari - 1mln t., ftor- 0,4 mln. t. chiqariladi.

    Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, umrni qisqartirmoqda hamda atrof-muhitni, yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda.



    Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zararlanganda fuqarolarning xatti-harakatlari. Yuqorida aytilganidek, Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarining kо‘p qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashiladi. Shunday korxonalarga birorta ta’sir kо‘rsatilsa, masalan, dushman tomonidan bо‘ladigan ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish tarmoqlarida bо‘ladigan, temir yо‘l transportlaridagi avariyalar tufayli KTZM tо‘kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, atrof-muhitni, havoni zaharlaydi.

    KTZMning qaynash harorati 200C gacha bо‘lsa, u tezda bug‘lanib, zaharlash vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta bо‘ladi. Agar KTZMning qaynash harorati 200 C dan yuqori bо‘lsa, bug‘lanish sekinroq ketib, uning zaharlanish vaqti uzoq davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bо‘ladi.

    KTZMlar nafas organlari va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan KTZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillarga bо‘linadi. KTZM bilan zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kо‘z tinishi, holsizlanish, kо‘ngil aynishi, qusish kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli zaharlanishda esa о‘lim bilan yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan zaharlangan hududlarda xalqning xatti-harakatlari xuddi kimyoviy qurollar bilan zaharlangan joylarda kо‘riladigan chora-tadbirlarni о‘zginasidir, ya’ni himoya inshootlarida saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqa omillar qо‘llaniladi. Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bо‘lsa ba’zi bir KTZMlar (masalan NH3, CO)ni yutiluvchanlik xususiyati past bо‘lganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus sanoat va izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanish kerak bо‘ladi. Agar avariya holatda bir qancha gazlar aralashmasi bо‘lsa, faqat izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlangan о‘choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari kо‘riladi. KTZM chiqib ketgan joylarda avariyalarni tiklash ancha mushkul jarayonlardan hisoblanadi. Bunda asosiy ishlar birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish hamda KTZM tarqalgan hududni о‘rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi.

    Avariyani tiklash ishlarini о‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi zaxarli gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak bо‘lsa, fuqoro muhofazasining qutqaruv, tibbiyot, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini saqlash tizimlari ham yordamga chaqiriladi. Bulardan tashqari avariyani tiklash ishlariga korxona ishchi xizmatchilarini va о‘sha atrofdagi fuqarolarni ham jalb qilish mumkin. Avariyani tiklash ishlarida qatnashayotgan fuqarolar о‘zini va boshqalarni saqlash qoidalarini bilishi zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib chiqish, gazniqoblarini kiydira bilish, sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan kо‘z, terilarni neytrallash ishlarini bilishlari talab etiladi.



    Sanoat gazniqoblari. Bunday gazniqoblar zaharli moddalarning (bug‘dan, tuman, gaz holdagi) ta’siridan nafas organlarini, yuzni, kо‘zni saqlashda ishlatiladi. Bular bir necha turlarga bо‘linadi. Sanoat gazniqoblari ham, fuqarolar gazniqoblari kabi niqobdan va zaharli moddalardan saqlovchi maxsus filtrlovchi qutilardan tashkil topgan. Filtrlovchi qutilar bir-biridan rangiga hamda turiga qarab farqlanadi.

    Download 7,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 7,87 Mb.