Fojiali hodisa (katastrofa) lar va ularning oqibatlari.
Fojiali hodisa - ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bо‘ladigan halokat demakdir. Fojia – turli xildagi inshootlarni buzilishi, moddiy boyliklarning yо‘q bо‘lib ketishi hamda odamlarning о‘limi bilan sodir bо‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir bо‘ladi. Masalan, atom elektrostansiyalarida va radiоaktiv moddalar ishlatiladigan korxonalarda avariya sodir bо‘lishi natijasida juda katta hudud zaharlanishi va oxir oqibatda fojia bilan yakunlanishi mumkin. Mana shunday avariyalar oqibati natijasida sodir bо‘layotgan fojiali hodisalar atom elektrostansiyalarida tez-tez uchrab turadi. Masalan, 1986 yil 26 aprel Chernobil AESidagi avariya shunga misol bо‘ladi. Bu AESdagi bitta energoblok buzilib, undan tashqariga juda kо‘p miqdorda chiqqan bug‘ holdagi vodorod atmosferadagi havo bilan aralashishi natijasida portlab, radiaktiv chiqindilar atrof-muhitga tarqalgan. Natijada yong‘in sodir bо‘lib, yaqin atrofdagi odamlar о‘lgan va о‘nlab odamlar turli darajadagi radiatsiya nurini olgan, juda katta hudud radiaktiv moddalar bilan zaharlangan, 100 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilingan va fojiadan kо‘rilgan moddiy zarar esa 8 mlrd. rublni tashkil etgan.
Shuning uchun mabodo AESlarda avariya sodir bо‘lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol saqlanish (boshpana) joylariga berkinishi yoki xavfsiz yerga evakuatsiya qilinishi lozim. Ikkala holatda ham shaxsiy saqlash vositalarini kiyib, kerakli narsalarni: oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlarni olib, aytilgan joyga tezlikda yetib borishi kerak. Agar sharoit juda tig‘iz va og‘ir bо‘lsa, u holda о‘zi yashab turgan uyda yoki ishxonada, xonalarga kirib hamma teshiklarni germetik holatda berkitishi zarur.
Ma’lumki, g‘ishtli uylar nurlanish darajasini 10 barobargacha, temir beton inshootlar esa batamom kamaytiradi. Shuning uchun radiatsiyadan saqlaydigan boshpanalar kо‘pincha temir-betondan quriladi.
Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq tartib ostida, alohida rejim asosida olib boriladi. Boshpanadan tashqariga chiqqanda shaxsiy saqlagichlarni kiygan holda, juda qisqa vaqt mobaynida yurish kerak. Saqlovchi xonalarda yashayotganda ham radiatsiyaga qarshi ishlatiladigan va yodli preparatlardan ichib turish zarur. Zararlangan hududlarda ishlayotgan odamlar saqlovchi vositalarni kiygan holatda, ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab, hududda о‘tirishi, biror narsani ushlashi, chekishi, ovqat yeyishi, suv ichishi ta’qiqlanadi. Ishdan keyin butun kiyim boshi va о‘zi tо‘liq dozimetrik tekshiruvdan о‘tkaziladi.
Katta avariyalar va fojiali hodisalar bо‘lishiga, yong‘in va portlashlar sabab bо‘lishi mumkin. Ayniqsa kimyo, neft va gaz sanoatida yuz beradigan portlashlar katta fojialar bilan tugaydi. Masalan, 1989 yil Boshqiristonda siqilgan gaz saqlaydigan omborda portlash yuz berib, katta talafot kо‘rilgan. Xuddi shunga о‘xshash avariyalar kо‘mir konlarida yо‘ldosh gazlarning portlashi oqibatida sodir bо‘lib, natijada butun kon о‘pirilib, insonlar qurbon bо‘lishi bilan yakunlangan hollar ma’lum. Masalan, 1988-95 yillar mobaynida Rossiyaning bir qancha kо‘mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali hodisalar sodir bо‘lib, kо‘plab odamlar nobud bо‘lgan. Shunga о‘xshash halokat Toshkentdagi lak-bо‘yoq zavodida ham yuz bergan. Bu falokatga zavodda ishlatiladigan tez alangalanuvchan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish qoidalari buzilishi natijasida katta yong‘in chiqib, avariya sodir bо‘lishiga sabab bо‘lgan va odamlar о‘limi bilan yakunlangan. Bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin.
Avariya va falokatlar fojiali holatlardan tashqari turli darajadagi jarohatlar: qо‘l, oyoq chiqishi, et uzilishi, tо‘qimalarning uzilishi, kesilishi, kuyishi, zaharlanishi, tok urishi va boshqa talofatlarga ham sabab bо‘ladi. Shuning uchun avariya va fojia bо‘lganda turli xil jarohatlarga о‘z vaqtida, tezlikda yordam kо‘rsata bilish kerak.
Avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaruvchi omillar Avariya va falokatlar turli xil sharoitlarda, masalan, temir yо‘l, avtomobil, suv yо‘li, aviatsiya transportlarida sodir bо‘lishi mumkin.
a) Temir yо‘l transportida avariya va fojia bо‘lishining asosiy sababi, yо‘llarning tо‘g‘ri bо‘lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega bо‘lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bо‘lmasligi va b.) yurish qoidalarini buzilishi va boshqa sabablardir.
Bundan tashqari temir yо‘llarda avariyalar: poyezdlarning izdan chiqib ketishi, bir-biri bilan tо‘qnashishi, yong‘in chiqishi va vagonlarda olib ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir bо‘ladi. Yana temir yо‘l transportlarida avariya va fojialar tabiiy ofatlar natijasida ham bо‘lishi mumkin. Masalan, 1988 yil 4-iyunda Arzamas-1 stansiyasida Gorkiydan Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poyezdining 3 ta vagonida portlash yuz berib, natijada 2 ta lokomotiv, 11ta vagon, 250 m temir yо‘li va unga yaqin bо‘lgan inshootlar talafot kо‘rgan. Bu voqeadan keyin tezlikda qutqarish ishlari olib borilib, vagonlar ag‘darilib bosib qolingan joylardan odamlar olib chiqilgan va ularga darhol tibbiy yordam kо‘rsatilgan. Sо‘ngra avariya-texnik, yong‘inga qarshi kurash bо‘linmalari о‘z vazifalarini bajarishga kirishganlar va avariya oqibatlari tezlik bilan tugatilgan.
Temiryо‘l transportida bо‘ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, talofot kо‘rganlar soniga, ularni holatiga, talafot kо‘rgan transport hajmiga, olib ketayotgan yuk tavsifiga, joyning relyefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va boshqa omillarga qarab olib boriladi. Shuning uchun favqulodda vaziyat tavsifiga qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari о‘z yо‘nalishlarini amalga oshirishda huquqiy hujjatlarga asoslangan holda olib boradilar.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq «О‘zbekiston temir yо‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga, temiryо‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bо‘lgan va KTZM xavfsizligini ta’minlash vazifalarini amalga oshirish yuklatilgan.
b) Avtomobil transportida bо‘ladigan avariyalar ham katta fojiali hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday ofatlar yuz berishining bir qancha sabablari bor:
Yо‘l qoidalarining buzilishi;
Avtomobilni texnik nosozligi;
Tezlikning haddan tashqari yuqori bо‘lishi;
Avtomobil haydovchining etarli malakaga ega bо‘lmasligi.
Eng yomon sabablardan biri - bu avtomobilni mast holda boshqarilishi. Bulardan tashqari avtomobilda xavfli yuklarni tashish va ularni tashish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ham avariya va fojialar rо‘y beradi.
Avtomobil transportida bо‘ladigan ofatlarda jabrlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordami kо‘satiladi va og‘irlari kasalxonaga yoki tibbiy yordam kо‘rsatish shahobchalariga yuboriladi.
v) Aviatsiyada avariya - aviatexnikani biror elementlarning ishlamay qolishi, bevaqt ob-havoni о‘zgarishi, uchish-qо‘nish qoidalarini notо‘g‘ri bajarilishi oqibatida sodir etiladi.
Ba’zan katta avariyalar ikkita aviatexnikaning bir-biri bilan tо‘qnashishi yoki yerga, qushlarga urilishi oqibatida ham sodir bо‘ladi. Aviatsiyada avariyalar kо‘pchilik hollarda fojialar bilan yakunlanadi.
Aviatsiyadagi avariyalarda qutqarish va tuzatish ishlarini 2 guruhga bо‘lish mumkin:
1) boshqarayotgan ekipaj xodimlari tomonidan kamchilikni tugatish ishlari;
2) yerdagi xizmatchilarning olib boradigan ishlari.
Aviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni boricha aviatexnikadagi kamchilikni tо‘g‘rilash, iloji bо‘lmasa darhol yerga qо‘ndirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta ekipaj komandiri va aerodrom boshlig‘i butun mas’uliyatni о‘z zimmalariga oladilar.
Aviatexnikani qо‘ndirish chog‘ida qidiruv, avariya-qutqaruv, birinchi tibbiy yordami kо‘rsatish, evakuatsiya hamda fuqarolar muhofazasining boshqa qismlari qatnashadilar. Umuman, havo transportlarida bо‘ladigan favqulodda vaziyatlarda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq «О‘zbekiston havo yо‘llari» milliy aviakompaniyasi va unga qarashli «Avariya-qutqaruv» va «Qidiruv xizmatlari»ga parvozlar xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.
Bu xildagi avariyalar yer yuzida tez-tez uchrab turadi. Jumladan, О‘zbekiston aviatsiyasida ham bunday hodisa rо‘y bergan va mudhish halokat bilan yakunlangan holatlar mavjud. Masalan, 1979 yil avgust oyida «Paxtakor» futbol jamoasi a’zolari tushgan samolyot Minskka ketayotganda osmonda boshqa samolyot bilan tо‘qnashib, fojia bilan yakunlangan edi. Buni albatta, Respublikada yashovchi har bir fuqaro yaxshi biladi. 1999 yilda Toshkent-Tо‘rtkо‘l yо‘nalishidagi YAK-40 samalyotining Tо‘rtkо‘l aerodromiga qо‘nish paytida samolyot shassisining ishlamay qolishi oqibatida favqulodda vaziyat yuzaga kelib, 2 kishi qurbon bо‘lgan va 8 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.
Mustahkamlash uchun savollar.
Avariyalar va unga sababchi bо‘lgan omillar nimalardan iborat?
KTZM ta’siridagi avariyalarda fuqarolar muhofazasining xatti-harakatlarini tushuntiring.
Fojealar sodir bо‘ladigan tarmoqlar va ularning oqibatlari qanday bо‘ladi?
Fojea oqibatlarini tugatishda fuqarolarning xatti-harakatlari qanday bо‘ladi?
Gidrotexnik inshootlaridagi avariyalarning sodir bo’lishiga qanday omillar sabab bo’ladi ?
Temiryo’l transportidagi avariyalarning sodir bo’lishiga qanday omillar sabab bo’ladi ?
7-MA’RUZA. MEHNAT GIGIENASI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI.
Reja
1.Mehnatni va sog’liqni saqlashning ahamiyatini tushuntirib berishga.
2.Ushbu sohaga o’z hissasini qo’shgan mashhur tarixiy shaxslarni aniqlashga.
3.Mehnatni va sog’liqni saqlashda foydalaniladigan terminlarni aniqlashga.
4.Mehnatni va sog’liqni saqlash kasbini bajarayotgan alohida shaxslarning lavozim(vazifa)larini sana chiqishga.
5.Xavfsizlik va sog’liq bo’yicha ekspertlarning rollari va majburiyatlarini aniqlashga.
Muammoli vaziyat
11 oylik ish tajribasiga ega bo’lgan 22 yoshli quruvchi- ishchi bo’lgan Bob va nihoyat ishini uddaladi. O’rta maktabni yakunlagach, Bob ko’p ishda o’zini sinab ko’rdi, lekin ularning hech biri ungahech qachon to’g’ri kelmaydigandek tuyulardi. U bir yil davomida ijtimoiy kollejda ta’lim oldi, keyin esa borishni to’xtatdi. Uning dunyoqarashiga to’g’ri kelmagan, nazariya juda ko’p bo’lgan. Bob ko’p ishda o’zini sinab ko’rdi, ammo eng ka mish haqi uni ota- onasi bilan birga yashashga majbur qilgan. Uning ota – onasi juda yaxshi inson edilar, lekin u o’z hayotini bir o’zibosib o’tishga tayyor edi. Yangi ishida umuvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Bob yaxshi maosh olaboshladi. U tezda yangi kvartiraga ko’chib o’tdi, u yerda Bob o’rta maktabdagi do’sti Tim bilan yashay boshladi.Ertasi kuni umutlaqo yangi pikap uchun qog’ozlarga qo’l qo’yishga tayyor edi.
Bob qog’ozlarga qo’l qo’yish uchun hech qachon bitimlar bilan shug’ullanmagan edi. Balki u erishmoqchi bo’lgan o’sha «qotil» pikap haqidagi o’ylar bilan chalg’igandir. Ehtimol u haqiqatdan ham shu taxtasupada ishlash qanchalik xavfli ekanligini tushunmagandir. Axir yerdan 20 fut balandlikda edi, va unchalik xavfli ko’rinmas edi.
Bob avval ho’l taxtasupalarda ishlagan, ular kechasi yoqqan yomg’irdan keyin ho’l bo’lib qolgan bo’lsa ham, hech narsa uni shu balandlikdagi ish haqida xavfsirash kerak ekanligiga majburlamagan.
Bobning dunyosiu shu bir necha fut balandlikdan yerga yiqilib tushganidan keyinginao’zgardi. Yiqilish uning belidan pastini falaj qilib, nogironlar aravachasiga mixlab qo’ydi.
Mehnat va sog’liqni muhofaza qilish
Mehnatni va sog’liqni saqlash degani insonni va ish joyidagi manba va vositalarning saqlash va himoyalanishdan iboratdir. Ushbu sohadagi amaliyotlar keraksiz o’limlar va Bob kabi shikastlanishlarning oldini olishga harakat qiladilar. Bu o’ziga birinchi yordam ko’rsatish faoliyatidan ko’prog’ini, ham hajmi ham amaliyoti bo’yicha ancha olg’a surib borayotgan hisoblanadi. Mehnatni va sog’liqni saqlash o’zida insonlarni shikastlanish va ish joylardagi xavf tufayli kasalliklardan saqlagan holda yordam ko’rsatishni mujassamlaydi. Bob haqidagi xavotirni ko’rsatib, u xavfni tan olishga o’rgatilgan va uning ishini to’gri bajarish xavfsizlik bo’yicha professionallarning vazifasi hisoblanadi.
Mehnat va sog’liqni saqlash yana shunday sohaki, unda professionallar fojiali talofatlardan ogohlantirishga urinadilar.Xavfsizlik bo’yicha professionallar dastlabki ko’riklarni o’tkazib, imorat va binolarning barbod bo’lishiga sabab bo’luvchi portlashlar va yong’inlarning oldini oladilar. Tashkilotlarda mehnatni va sog’liqni saqlash sifat va samaradorlikni yaxshilash ishlari bilan shug’ullanuvchi boshqarish funksiyasi ham hisoblanadi. Xavfsizlik bo’yicha professionallar mahsulot u joydan bu joyga o’tishi mumkin bo’lgan yo’llarni ko’rib chiqadilar, hamda mahsulotning harakatini minimallashtirib, jarohatlar ta’siri rivojlanishini qisqartirish bilan shug’ullanadilar. Ular mulk va inshootlarning shikastlanishini,
tashkilotlarning foyda bilan ish yuritish xususiyatini pasaytruvchi, chiqim va sarf – xarajatlarning oldini olishga harakat qiladilar.
Amaliyotda mehnatni va sog’liqni saqlash o’zida ahloqiy va iqtisodiy savollarni qamrab olgan. Professional xavfsizlik va sog’liqni olg’a siljish uchun, tashkilotlar uchun yuridik majbur qilishlar ham mavjud. Qo’shma Shtatlar hukumati va barcha mamlakatlarning hukumati shikastlanish, kasallik, yoki o’lim bilan tugashi mumkin bo’lgan xavflardan xizmatchilarni himoya qilishni talab qiladilar. 1970 yilda nashr etilgan, odatda OSHA akti deb ma’lum bo’lgan, mehnatni va sog’liqni saqlash qonuniga muvofiq, Qo’shma Shtatlarda har bir ish beruvchi ish joyida xavsizlik va sog’liqni ta’minlab berishga majbur.
Ayrim tadbirkorlar uchun inson hayotini saqlashdan ko’ra boshqa maqsadlar muhimroq. Tashkilot xavfsizlik va salomatlikni istisno etib diqqat – e’tiborini unumdorlik va daromadga qaratishi mumkin. Menedjerlar shikastlarni va kasalliklarni ishning oddiy bir qismi deb ko’rishlari mumkin.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 1 bobidan olingan.
Haqiqatda ish joyidagi ko’ngilsiz voqealar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplashi lozim bo’lgan, ishlab chiqarish hajmi, xavfsizlik va sog’lom ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlab beruvchi harajatlarga qaraganda ahamiyatli bo’lishi, oshishi mumkin.
Xavfsizlik professionalining roli ish joyining shart - sharoitlarini nazarot qilishni va boshqarishga ahloqiy, yuridik va iqtisodiy kamchiliklarning keskin oldini olish muhim ekanligini maslahat berishni talab qiladi. Samarali xavfsizlik professionali xavfli va sog’lom ishlab chiqarish shart – sharoitlarini taminlash to’g’ri ish ekanligiga ishontiradi.
Mehnat va sog’liqni saqlashning muhimligi
Iqtisodiy, ahloqiy, va qonun bo’yicha mehnatni va sog’liqni saqlash muhim muammoga aylandi. Tashkilotlar yanada raqobatbardosh iqtisodiy olamda daromadli bo’lib qolishga harakat qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar uchun xavfsizlik, sog’liqni saqlash, atrof muhitni mudofaa qilish muammolarini hal qilish
yaxshi biznes – amaliyotdan ko’proqni anglatishi mumkin. Tashkilotlar uchun
xavfsizlik, sog’liqni saqlash, atrof muhitni mudofaa qilishning kuchli dasturlri omon qolishni anglatishi mumkin.
So’nggi yillarda ushbu mamlakatning o’zida ish joyida haryilda 5000 ko’p halokatlar yuz bergan. Mehnat statiskasi byurosining ma’lumotlari bo’yicha tahminan bir yilda har bir yuzta ishchi kishiga beshta shikastlanish va kasal bo’lish yoki tahminan bir yilda to’rt million umumiy son mavjud. Ushbu yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu ko’ngilsiz voqealarga tortilgan kishilarning tebranuvchi soni real xavotirlik hisoblanadi. Mana shu sonlar ortida – onalar, otalar, opa-singillar, aka-ukalar, turmush o’rtoqlar, farzandlar. Ular – Bob kabi insonlar, ularning hayoti hech qachon avvaldagi bo’lmaydi.
Ish joyidagi xavfsizlik va salomatlikga mas’ul bo’lgan mehnatni va sog’liqni saqlash Boshqarmasi (OSHA), xalqaro agentlik Amerikaliklar duch kelayotgan xavfsizlik va salomatlik muammolariga e’toborni qaratishga harakat qilomqda. OSHA naqafat jarima solishga qodir, balki ishchilarining xavfsizligi va salomatligiga ataylab ahamiyat bermayotgan biznes egalari va menedjerlariga qarshi qonuniy harakatlar olib borilishiga erishishlari mumkin. Va yana ish beruvchilar o’zlarini, qurbonlar va ish joyidagi baxtsiz hodisadan so’ng tirik qolganlar tomonidan jo’natilgan, fuqarolik da’vosi obyekti deb topishlari mukin. Xavfsizlik va salomatlik hisoboti yaxshi bo’lmagan ish beruvchilar tibbiy kafolatning o’sayotgan xarajatlari, hamda nomuvofiq ishchilarning mukofoti va kompensatsiyasiga aloqador bo’lishlari mumkin. Afsuski, ayrim ish beruvchilar shikastlanish va ularning mehnat manbalarining ketkazilishiga sarflangan to’liq xarajatlarni ado etishga majburlar. Xabardorlanmagan va o’zlarining qonuniy huquqlarini bilmagan ishchilar biznesning, xavsiz ish olib bormayotganlarning xarajatlarini o’z zimmalariga olishga majburlar. Majburiy qo’llashning qoida va mexanizmlari Qo’shma Shtatlarda ham bor, biroq agentliklar butun qilinmagan, xodimlar esa ogohlantirilmaganlar.
Qo’shma Shtatlarda baxtsiz hodislaraning
muddatli qisqarishi, barcha jalb qilingan tomonlar, ish beruvchilar, xodimlar, xalqaro va davlat hukumatlarini hisobga olganda, tashabbuskorlikning o’sishini talab qilishi mumkin. Bugungi kunning muammolarini tushub bilish, o’tmishni qayta ko’rib chiqish yo’li bilan kuchaytiriladi.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Mehnatni va sog’liqni saqlashning ilk tarixiy tadqiqoti
Qadimiy Yunon va Rim shifokorlari
Mehnatni va sog’liqni saqlash haqida bezovtalik yaqinda paydo bo’lgan muammo emas. Bugungi ko’p salomatlik va xavfsizlik muammolari avval 2000 ming yil oldin kuzatilgan. Barvaqt hisob, taxminan eramizdan avvalgi 2100 yilga tegishli bo’lgan, Xammurapi Kodeksi bilan bog’liq. Bu eng avval badanning shikastlanishilari va yo’qotishlarga tegishli edi, va bu shikastlanganlarga kompensatsiya qilish harakatida, jazo chorasi hamda to’lovlar belgilangan grafikini tasdiqladi.
Eramizdan avvalgi 300 va 400 yillar o’rtasida amaliyot o’tagan yunon va rim shifokorlari, shu davrda foydalanilgan metallar tas’iriga uchragan insonlar salomatligiga nisbatan xavotirlik bildirganlar. Ular tibbiyot asoschisi Gippokrat, rim shifokori va olimi, Plinium Kattasi, ular 6 bobda muhokama qilingan.
Ikkinchi asr davomida yashagan, rim shifokori, Galen professional kasalliklar va mis qazib olish bo’yicha konchilar uchun mo’ljallangan kislotali aerozollar haqida yozgan. Yana u tog’ sanoati, oshlash va kimyoviy kasblardan xavotir olgan, jismoniy kontaktlar olib borgan shu kasblarga mehnat qilayotganlarning qator kasalliklarini belgilagan.
Yevropa Renessansi va sanoat inqilobi
Tiklanish davri boshlanishiga qadar jarahotlanish, kasallanish va moddiy zararni oldini olish haqida ma’lumot kam. O’rta asr kitobchilarining, qo’rg’oshindan zaharlanishda, tillarining suyoqning metal eritmasi chuqur joyi o’rtasida igna bilan umumiy amaliyotda amalga oshirilgan aziyat chekganlar haqida 15 asrga qadar bir necha bor qayd qilingan. Afsuski, ushbu davr davomida mehnatni va sog’liqni saqlashga nisbatan oz narsa qayd qilingan. Yevropa Tiklanish davrida olimlar va kimyogarlar ishchining professional faoliyati va salomatlik hamda xavfsizligi o’rtasidagi aloqani seza boshlashgan. Masalan, Ulrix Ellenborg, “zaharli va zararli bug’lar va metal bug’larini” tan oldi, ularni aniqladi va ular haqida ma’lum qildi. 1973 yilda qo’rg’oshin va simobni hisobga olganda, ayrim metallarning bug’lari xavfli bo’lgani hamda ushbu manbalardan sanoatlashgan zaharlanishning alomatlarini tavsiflab bergan.Va unga asbest kasalligi va konchilar o’rtasidagi o’pka kasalliklar haqida ma’lum bo’ldi.
Bernardo Ramatsini, italiyalik shifokor, 1700 yilda professional kasalliklar haqidagi birinchi traktat hisoblangan, “De morbis artificum diatriba” yoki “Ishchilarning kasalliklari” ni nashr qildi.
Ayrimlarning fikri bo’yicha, tibbiyot asoschisi va ikkinchilarning Sanoat gigiyenasi asoschisi, shifoklarga bemorlaridan “Siz nima bilan shug’ullanasiz” deb so’rashni maslahat bergan. U talabarni professional kasallliklarning tabiyatini do’konlarda, zavodlarda, kon va inson mehnat qilgan hamma joyda o’rganishga chaqirgan.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
1966 yilda olov Londonni qamrab olgan va bir necha kun avj olgan. Shu damda London, uchqun sal tegishidan yonayotgan o’rta asr binolari yelimi bilan qoplangan, g’ishtli – yog’ochli shahar bo’lgan. Puding - Leyndagi mexmonxonadan o’t, neft, yo’qilg’i va yonuvchi mahsulotlar bilan to’la bo’lgan, qirg’oq qoshidagi omborxonalarga, Temz – Stritga o’tgan. Shu kabi katta yong’in vaqtidagi oddiy yordam murojaati, yong’in yo’lidagi har bir binoni yo’q qilishi kerak edi, biroq shahar hokimi tiklanishning ulkan qiymatidan xavotirlangan. O’sha davrdagi qurilish normalari va qoidalari yo’qligi bois, uylar ko’pincha ko’chalar chekasida qurilgan. Ikkinchi va keyingi qavatlar ko’pincha konsol qavatlar bo’lgan, tepa qavatlari ko’chaning u tomonidagi uylarga deyarli tegib turgan. Qurilish normalari va qoidalari, yong’in xavfsizligining birinchi misollari shu tabiiy ofat natifasida yuz bergan. 1760 va 1840 yillar o’rtasidagi davrda tarix kuchli ta’surot qoldirgan texnologiya doirasidagi yutuqlarning guvohi bo’lgan.
Doktor Persival Pott (1775 yil atrofida) saratonning birinchi shaklini aniqladi. Lanset bargizubdagi moyak xaltasida bo’ladigan saratonni kuzatgan va uning bitum va qorakuyaga ta’siriga bo’lgan munosabatni aniqlagan. Ushbu topilma ko’plab qoidalar yaratilishiga sabab bo’lgan, u 1788 va 1875 yillar o’rtasida qabul qilingan, Lanset Bargizub Akti deb atalagan. Taxminan shu vaqtda, bir nechta sanoatchilar o’z ishchilarining farovon hayoti haqida qayg’ura boshladilar.
Tegirmon egasi, Ser Robert Pil, ko’pincha zavodda mavjud bo’lgan, chidab bo’lmaydigan ish shart – sharoitlari haqida Angliya Parlamentini xabardor qildi. Yetimlarning xizmati sanitariya – gigiyena sharoiti bo’lmagan mashaqqatli vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Uning ushbu achinarli sharoitlarni o’rganishi, badavlat kishining o’rtacha yoshi 44 yosh bo’lganda, ishchilar sinfining o’rtacha umrining uzoqligi, 22 yilni tashkil etishini ko’rsatdi. Texnologiya rivojlanishi va sanoat inqilobi sari mehnatni va sog’liqni saqlashning xavfi oshishi tahdidi keldi. Mexanik tekstil uskunalarining, metal quyish pechkasi, par mashinasiinnovatsiyasi va boshqa ko’plab ixtirolar yangi va yanada xavfli ish muhitini yaratdi. Zavod va boshqa ish joylari harakatlanuvchi kamarlar, shkivlar va tishli g’ildiraklar labirintiga aylandi. Inson tuyg’ulari bug’lar, zaharli bug’lar, shovqin va issiqning hujumiga duchor bo’ldi. Salomatlik va xavfsizlik muammosi ishchi kuchiga katta sondagi ayollar va bolalar kirib kelishi og’irlashtirdi. Uzun ish kunlari, antisanitariya sharoiti, va talabchan jismoniy mehnat shu yangi ish kuchi uchun jarohat va kasalliklarning ehtimolini oshirdi.
Sanoat inqilobining tongida, Angliyada Charlz Tekra mehnat va sog’liqni saqlashga qiziqib, sanoat, tijorat, hayotiy odatlar, fuqarolik holat, va boshqa salomatlik hamda umr uzunligiga ta’sir ko’rsatadigan kasblarni o’rgana boshladi. Ingliz olamidatibbiyotning professional prinsiplarini ishlatib, sanoat tibbiyoti amaliyotini aniqlagan, u birinchi shifokor bo’ldi. Uning asarlari jamiyatni yangi ishchi sinfining mushkul holati haqida xabardor qildi. 1842 yilda Edvin Chedvik, britaniyalik advokat va sanitariy shifokori, uning “Buyuk Britaniya aholisining mehnatchilarining sanitar sharoitlari” ma’ruzasida zavod ishchilarining mushkul sharoitlarini tasvirlab berdi. U shaharlarda umr davomiyligi, qishloqlarga qaraganda kam ekanligini, hamda havo ifloslanishi haqidagi xulosasini yozib qo’shdi.
Qo’shma Shtatlarda sanoat inqilobi 19 asrning boshida boshlandi, modomiki Yangi Angliyada zavod va fabrikalar ishga tushdi. Louellda, Masachusets shatatida, olti va o’n yoshdagi yosh ayyol va qizlar, uzoq vaqt ishlaganlar, ko’pincha ertalabki soat beshdan kechki soat yettigacha. Ularning ishi qo’llari harakatdagi mashinalar boshqaruvimexanizmiga yaqin joylashishini talab qilgan. Ko’pchiligi yaralangan yoki harakatdagi tishli g’ildirakdan, va tekstil mashina shkivlaridan shikastlangan.Ularning barmoqlari kesilgan yoki shunchalik shikastlangan edi, oqibatda mashinani saqlovchi qonunlar qabul qilingan edi. Metallurgiya sanoati qazilmasida o’lganlar soni tekstil sanoatida o’lganlar soni kabi ko’p bo’lgan. 1877 yilda Masachusets xavfli uskunalar kafolatini talab qiladigan, ish beruvchining harakatini va javobgarligini bog’lagan qonunni qabul qildi.
Qo’rg’oshin va simobning kabi zaharli metallar ta’siri yuzlab yillar davrida professional sog’liqning muammosi bo’lgan. Texnologik ixtirolar yangi va noyob xavflarni kiritdi. Texnologiyaning dizayn va ish o’rindagi dramatik o’zgarishlar, boshqa ixtirolar qatorida salomatlik holati va xavfsiz ish o’rinlarining yaxshilanishiga olib keldi. Bugun ishchilar ish joyida, ko’p yillar oldin, ota-bobolari kabi xavflarga mubtalo bo’lishlari mumkin. Zavodning qarovsiz qolgan, barmoq va qo’llarni shikastlaydigan tishli g’ildiraklar, bilak va qo’llar jarohatiga olib kelluvchi ofis elektron uskunalariga oz’gartirilgan. Ishchilar hali hamon kimyoviy va zararli havflarga to’qnash kelmoqdalar. Buni G’arbiy Virjiniyadagi, Tri –Mayl – Aylendida, Karbid Soyuzi Institutida yuz bergan sanoat halokatlar tasdiqlaydi. Hozirgi mehnatni va sog’liqni saqlash sharoitlarining murakkabligi ish jarayonidagi zamonaviy texnologiyalari murakkabligi bilan bog’liq. Ushbu sohada amaliyot qiladiganlar inson xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot manbalari uchun kerak bo’lgan, keng bilimlar spektri va malakasini rivojlantirishlari lozim. Ushbu bilimlar asosi o’zida shu sohada foydalaniladigan, asoslangan terminlar va tasavvurlar tushunchasini mujassam qiladi. Undan tashqari, mehnatni va sog’liqni saqlash professionallari o’z vazifalarini samarali bajarish va xavfsizlik maydonidagi majburyatlar uchun lozim bo’lgan malakaga ega bo’lishlari kerak.
|