• Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi
  • Mustahkamlash uchun savollar.
  • 12-MA’RUZA. KIMYOVIY XAVFLI OB’EKTLARDAGI AVARIYALAR. Reja
  • Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish .
  • Nigmatov I., Tojiev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik. – Тoshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011, B . 184.
  • Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar.
  • Radioaktiv va k im yo viy zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash.
  • Radioaktiv zararlangan hududda fuqarolarni saqlash.
  • Fuqarolarni va fuqaro muhofazasi tizimlarini RQ va K TQ omillari bilan ta’minlash.
  • Fuqarolarni himoya
  • Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB).
  • Evakuatsiya ikki xil bo’ladi




    Download 7,87 Mb.
    bet16/58
    Sana24.12.2019
    Hajmi7,87 Mb.
    #4670
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58

    Evakuatsiya ikki xil bo’ladi:

    Oldindan o’tkaziladigan evakuatsiyalar;

    SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuatsiyalar. Oldindan o’tkaziladigan evakuatsiyalar falokat yoki tabiiy ofat yuzaga kelishi va harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida shoshilinch ma’lumot olingandan keyin o’tkaziladi. Bunga bir necha o’n daqiqadan bir necha kungacha bo’lgan davr orasida FV sodir bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumot olingandan keyin taxminlashga asos bo’ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuatsiyalar aholi hayoti va salomatligiga xavf tug’iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi FV yuzaga kelgan yoki harbiy harakatlar boshlanganda, aholining odatiy kun kechirish sharoiti buzilgan hollarda o’tkaziladi. FV rivojlana borishi va harbiy harakatlarning tavsifiga qarab, evakuatsiya qilinadigan aholi soniga qarab, evakuatsiyalar uch xil bo’ladi:


    • CHeklangan evakuatsiyalar;

    • Mahalliy evakuatsiyalar;

    • Mintaqaviy evakuatsiyalar.

    CHeklangan evakuatsiyalar shaharning bir qismi yoki qishloq chegarasidan chiqmagan, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan FV larda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, FV hududiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga joylashtiriladi. Mahalliy evakuatsiyalar o’rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari FV hududiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o’n minglab kishigacha yetishi mumkin bo’lib, odatda, FV hududi bilan yondosh xavfsizjoylargajoylashtiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyalar shikastlovchi omillar katta hududlarga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiya FV yuz bergan hududdan transportda, piyoda olib chiqiladigan aholi o’zlarining yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko’chirilishlari mumkin. Aholining evakuatsiya tadbirlari bilan qamrab olinganligiga qarab, ikki turi bo’ladi:yalpi evakuatsiya; qisman evakuatsiya.

    Yalpi evakuatsiyada FV yuz bergan hududdan hamma aholi olib chiqib ketiladi. Qisman evakuatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, texnikum va oliy o’quv yurtlari o’quvchi va talabalari olib chiqib ketiladi.

    Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish haqida qarorga kelish huquqi FM boshliqlariga berilgandir. Ular evakuatsiyaning umumiy rahbarligini olib boradilar. Aholini evakuatsiya qilish ishlarini bevosita tashkil etish va o’tkazishga esa viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriyati va aholini evakuatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi.

    Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo’llarini, evakuatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo’yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini talab etadi.

    Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashkil etadilar va o’tkazadilar.

    Aholini evakuatsiya qilish prinsipi bo’yicha ikki tur xildir:



    • ishlab chiqarish-hududiy;

    • hududiy bo’lishi mumkin.

    Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar, o’quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muas-sasalar, o’quv yurtlari bo’yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylan bo’yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi.

    Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish hududiy turiga ko’ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.



    Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:

    • transportda;

    • piyoda tartibda;

    aralash holda.

    Aralash usuli samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transporter yordamida iloji boricha, eng ko’p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini ham birga qo’shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan, piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktab o’quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi.

    Bu usul aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o’tkazish imkonini beradi.

    Evakuatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo’lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi.





    Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo’lsa, FV holatlarida O’zbekiston Respublikasining evakuatsiya qilingan aholisi MDH qo’shni davlatlarida joylashtirilishi ham mumkin. SHu jumladan, O’zbekiston respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko’chinib keltinlgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorlik qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlariga, ikki tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo kelishuv hujjatlariga, O’z.R. va boshqa mamlakatlar qoidalariga asoslanadi.

    Atrof muhitning tanazzulga (inqirozga, degradatsiyaga) uchrashi, urbanizatsiya, insonning xo’jalik faoliyati hajmi yuqori sur’atlarda ortishi, tabiatdan xo’jasizlarcha foydalanish tufayli yuzaga chiqadi. Ekologik jihatga ega bo’lgan Favqulodda hodisalarga tuproq tarkibining buzilishi va kadimiy, simob va og’ir metallar bilan zaharlanish, atmosferaning zararli kimyoviy moddalar, shovqin, elektromagnit maydonlari bilan ifloslanishi, nurlanishlar, kislota yomg’irlari, azon qatlamining yupqalashishi, yirik sanoat shaharlari ustida chang va tutunlarnini uzoq vaqt ushlanib qolishi, suv havzalarining kambag’allashib ketishi, ifloslanishi va zaharlanishi, odamlarning sog’ligiga tahdid qiladigan boshqa omillar kiradi.

    Ijtimoiy-siyosiy ixtiloflar (nizolar), davlatlar orasidagi kelishmovchiliklarni zamonaviy qurollar vositasida tanglik (krizis) keltirib chiqarish barobarida hal qilishga urinish o’ta fojeali yo’ldir. Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligi bo’yicha quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:

    • tasodifiy — (er qimirlashi, portlash, transport avariyalari va h k.);

    • shiddatli — (yong’inlar, gidrodinamik avariyalar, o’tkir zaharli gazlar otilib chiquvchi port- lashlar va sh.o’.);

    • mo’tadil (o’rtacha) - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi;

    • radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar;

    ravon — sekin asta tarqaluvchi xavflar (qurg’oqchilik, epidemiyalar, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va h k. lar).

    FV ning tarqalish ko’rsatkichi faqatgina u bevosita ta’sir qilgan hudud maydoni bilan belgilanmaydi, balki zararli hodisaning bilvosita tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim aloqalarga ta’siri bo’lishi mumkin bo’lgan maydonlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari doirasiga oqibatning og’irligi ham kiradi. Ba’zi hollarda favqulodda vaziyat maydoni bo’yicha kichik bo’lishiga qaramay darajani juda og’ir va katta talofatli bo’lishi mumkin. SHuning uchun FV larning kategoriyasini aniqlaganda ta’sir maydoni bilan birga uning og’irligini ham hisobga olish kerak. Bular FV lar tufayli yuzaga kelgan oqibatni yo’qotish uchun muhimdir. Ushbu majmuaviy belgi bo’yicha FV ni beshta turga bo’lish mumkin:

    • cheklangan obektga taalluqli (lokal);

    • mahalliy;

    • milliy;

    • regional (Respublika);

    • global (dunyo miqiyosidagi).

    CHeklangan — FV lar oqibatlari xalq xo’jaligi obekti hududi bilan chegaralanadi va shu korxona kuchi va mablag’i bilan daf qilinadi.

    Mahalliy — FV larning oqibatlari aholi yashaydigan punkt (qishloq, shahar va h k.) bilan chegaralanadi. Bunga yirik shahar, ma’muriy jarayon, bir necha jarayonlar, viloyat kirishi mumkin va ularning kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf qilinadi.

    Respublika — FV ning oqibatlari bir necha viloyat yoki iqtisodiy jarayon bilan chegaralanadi va respublika kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf etiladi.

    Transchegarali — FV ning oqibatlari bir necha iqtisodiy rayon yoki respublika miqyosida bo’lishi mumkin, lekin davlat chegarasidan chiqmaydi. Bunday FV larning oqibatlarini bartaraf etish davlat mablag’i hisobiga, aksariyat hollarda xorijiy yordam hisobiga amalga oshiriladi.

    Dunyo miqyosidagi (global) — FV ning oqibatlari mamlakat chegarasidan chiqib, boshqa mamlakatlarga ham yoyiladi. Bu oqibatlar har bir mamlakatning ichki kuchlari bilan va xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga yo’q qilinadi.

    Ko’rsatib o’tilgan barcha FV larning turi va sinflari chegaralari shartlidir. Yuqorida ko’rsatilgandek ayrim ofatlar — yer siljishi, sahroga aylanishi, yer qimirlashi, o’rmon va torf yong’inlari va h k. lar kelib chiqishi bo’yicha tabiiy hamda tabiiy-antropogen bo’lishi mumkin. FV larni boshqa belgilariga qarab tizimlashtirishda ham shunga asoslanish maqsadga muvofiq keladi. FV lar oqibatlari turli-tuman bo’lishi mumkin. Ular FV laming turiga, xarakteriga va tarqalish hajmiga bog’liqdir. FV lar oqibatining asosiy turlari: o’lim, odamlarning kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlardir.

    SHuni alohida qayd qilish kerakki, FV laming ko’pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar mavjud bo’ladi. Bu paytda o’ta kuchli ta’sirlar odamning ruhiy holatini buzilishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfi shundaki, depressiv ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan so’ng ham davom etishi mumkin. FV larda xavfli va zaharli omillarni hisoblab chiqish, oldindan aniqlash ehtimoli mavjud bo’lsada, lekin uning ruhiy ta’sirini real holatda aniq aytish muammo hisoblanadi. Ayrim hollarda u boshqa omillar ta’sir doirasidan ham katta bo’lishi mumkin.

    FV laring zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, bino va inshootlar, injenerlik kommunikatsiyalari, barchasi birgalikda shikastlanish o’chog’i deyiladi. SHikastlanish o’chog’lari oddiy (bir turli) va murakkab (qurama) bo’lishi mumkin.

    Oddiy shikastlanish o’chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’siri natijasida paydo bo’lgan o’choqqa aytiladi. Masalan, portlash, yong’in natijasidagi buzilish, kimyoviy yoki bakterial zaharlanish shular jumlasidan.

    Murakkab shikastlanish o’chog’i FV larning bir necha shikastlovchi omillari ta’sirida yuzaga keladi. Masalan: kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanishi kabi oqibatlarga yer qimirlashi va qattiq bo’ron, inshootlarning buzilishidan tashqari suv toshqini, yong’inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqishi natijasida zaharlanish va h k. larga olib kelishi mumkin.

    SHikastlanish o’chog’i shakli (tuzilishi) xavfli omil tabiatiga qarab doira shaklida — yer qimirlaganda, portlaganda, tasma shaklida — bo’ron, to’fon, suv toshqini, sel oqimi, vulqon oqimlari va boshqalar, noaniq shaklda — yong’in, yer siljishi sifatida namoyon bo’ladi.

    Izoformizm tushunchasidan foydalanib (formalarning o’xshashligi), FV larning tavakkali (ko’rilgan zararning qiymati sifatida) ularning kelib chiqishi tabiatidan qat’iy nazar quyidagi formu­la bilan ifodalanadi:

    T = F (Ra, Rv, S)

    Bu yerda: F — operator (FV simvoli, uning asosiy oqibatini xarakterlaydi);

    Ra — shu klassdagi FV larning kelib chiqishi statistik ehtimoli;

    Rv — Favqulodda vaziyatlarning ko’ngilsiz sifat o’zgarishiga olib keluvchi ehtimolligi;

    S —- Favqulodda vaziyatlarga nisbatan tashqi omillar (xalq xo’jaligi obekttarining qurilish va joylashtirish xarakteri, obekt joylashgan yerning xarakteri, iqlim sharoitlari, aholining zichligi va uning FV lar paytida harakat qilish tayyorgarligi va h k.).

    FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O’z vaqtida va aniq aytilgan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir.

    Favqulodda vaziyatlar quyidagilar natijasida paydo bo’ladi:

    • og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan tabiiy jarayonlar;

    • konstruktsiyalar yoki inshootlar ashyolarining zanglashiga yoki eskirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

    • inshootlarning loyiha, ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, quri­lish ashyolari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va h k.);

    • ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining inshoot ashyolariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, thrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);

    • sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoida larining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir changi va shaxtalarda metanning, yog’och ishlab chiqarish korxonalarida yog’och changlarining, elevatorlarda don changlarining portlashi va hk.);

    turli ko’rinishlardagi harbiy faoliyatlar.

    Kelib chiqishi va turidan qat’iy nazar, FV laming rivojida to’rtta xarakterli bosqichlarni ajratish mumkin:

    uyg’onish, paydo bo’lish, dunyoga kelish bosqichlari; — rivojlanish, avj olish bosqichi;

    Eng yuqori darajasi, eng yuksak darajasi bosqichi;

    pasayish, o’chish bosqichi (oqibatni lugatish). Uyg’onish bosqichida bo’lg’usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlarning loyiha ishlab chi­qarish nuqsonlari yig’ila boshlaydi va ko’plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injener-texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo’ladi va h k.

    Uyg’onish bosqichi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meteorologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o’rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.

    Rivojlanish, avj olish bosqichida inson omili asosiy o’rnini egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro’y berganligini ko’rsatadi.

    Eng yuqori darajadagi bosqichida esa odamlar va atrof muhitga xavf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo’lishi, ya’ni Favqulodda hodisa kuzatiladi. FV ning o’ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xarakterga ega. Unda energiyaga tola, zaharli va biologik faol komponentlarning qo’shilib ketishi tufayli rivojlanishi ko’p martalab (gohida yuz martalab) ortib ketadi. Boshqacha aytganda, bu modda va energiyani vayron qiluvchi bo’shalishi zanjirsifat jarayondir. Pasayish, o’chish bosqichiga vaqt bo’yicha xavf manbaining jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu bosqichning davomiyligi yillar, gohida o’n yillar davom etishi mumkin.

    FV larni shikastlanish sabab-oqibat zanjirini muayyan sharoitda bilish bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.
    Mustahkamlash uchun savollar.

    1.Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda axolini qanday ximoyalash mumkin?

    2.Insoniyat aholini himoya qilishning bu samarali usul qachondan beri bor?

    3.Evakuatsiya necha xil bo’ladi?

    4.Aholi soniga qarab, evakuatsiyalar necha xil bo’ladi?

    12-MA’RUZA. KIMYOVIY XAVFLI OB’EKTLARDAGI AVARIYALAR.

    Reja:


    1. Favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari, ularning hususiyatlari va har bir omilga qo’yiladigan talablar.

    2. Ogohlantirish, umumiy himoya inshootlarida saqlash, radiatsiyaga qarshi va kimyoviy tasirlarga qarshi (RQ va QTQ) omillar.

    3. Evakuatsiya tushunchasi, uning turlari va tashkil etish tadbirlari. Aholini va moddiy boyliklarini evakuatsiya qilsh qoidalari.

    Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

    1) Davlat organlari, Vazirlik rahbariyati va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;

    2) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;

    3) Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;

    4) Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, hudud iqtisodiyot tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.

    Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:

    1) Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida о‘z vaqtida ogohlantirish

    2) Radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;

    3) Himoya inshootlarida saqlash;

    4) Evakuatsiya omillarini о‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki tо‘liq uzoqlashtirish);

    5) Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.


    Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish . Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning omillarida alohida о‘rin tutadigan uslub - bu fuqarolarni о‘z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.

    Ogohlantirish radio, televideniya vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolarni ogohlantirishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya’ni bu belgilar «DIQQAT HAMMAGA» degan ma’noni anglatadi. Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qо‘yishlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda iqtisodiyotga kо‘rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.

    Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi: «DIQQAT», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bо‘ldi. Shu AES atrofida joylashgan «UzBAT» korxonasi, Aloqa uzatish tarmog‘i, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylar, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda. Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar о‘zlarining, yashovchi uylari germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radiaktiv chang tushishidan saqlashlari, о‘zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi xatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yо‘riqnomalari asosida boradi»1.

    b) Xavfli kimyo zavodidagi avariyada:

    «Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) - ammiakning tо‘kilishi oqibatida avariya sodir bо‘ldi. Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish hududiga о‘sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari kо‘rsatiladi) kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bо‘lgan ishlab chikarish tarmoqlaridagi ishchi xizmatchilar, mahallalardagi yashovchilar о‘z uylarini, ish joylarini xavfsiz holatda qoldirlgan holda (gaz, suv, elektrni о‘chirishlari) va Toshkentga evakuatsiyaga tayyorlansinlar.


    Nigmatov I., Tojiev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik. – Тoshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011, B. 184.

    Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalardagi (nomlari kо‘rsatiladi) yashovchilar о‘z ish joylarida, uylarida qо‘shimcha germetikligini ta’minlab saqlanishlari lozim. Eshitganlaringizni qо‘ni-qо‘shnilarga yetkazing!».



    v) Yer silkinishi ehtimolida:

    «Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Yer silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni о‘chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma’lumotlarni qо‘ni-qо‘shnilarga yetkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!»

    Yer silkinganda inshootlarda bо‘lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yо‘riqnomalariga e’tiborni qarating!

    Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar. Radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy tasirlarga qarshi (KTQ) omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga mо‘ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ va KTQ omillarida quyidagi vazifalar kо‘zda tutiladi:

    a) Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni aniqlash va baholash;

    b) Dozimetrik va kimyoviy nazoratni tashkil etish va о‘tkazish;

    v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;

    g) Radiоaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig‘ish, saqlash, taqsimlash);

    d) Radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararsizlantirish va boshqa omillar).

    Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni baholash - RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni о‘tkazishdan maqsad:


    • fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash;

    • ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;

    • evakuatsiya davrida tibbiy yordam kо‘rsatish hajmi;

    • fuqarolarni sanitar - qayta ishlovdan о‘tkazish hajmi;

    • jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;

    • radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab foydalanish.

    Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash - obyektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan razvedka bо‘limlari amalga oshiradi (ya’ni radiatsiyaviy, kimyoviy va umumiy razvedka bо‘limlari).

    Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik baholashda odamlarni va yer usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bо‘yicha odamlarning olgan nur dozalarini hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.

    Dozani aniqlovchi ID-1 va DKP-50A dozimetrlar odatda, 10-12 odami bо‘lgan guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasi о‘lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari о‘lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab tizim boshlig‘i, о‘sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari, zararlangan hududlarda bо‘lish vaqtlarini aniqlab beradilar.

    Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mR/soat bilan о‘lchanadi. Oziq-ovqat, suv va emlarni radiaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, texnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va obyektlarning zaharli moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishni kimyoviy jihatdan baholanadi.

    Kimyoviy baholash natijalariga qarab odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, texnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazoratda kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MV yordamida о‘tkaziladi.

    Demak, dozimetrik va kimyoviy nazoratni о‘z vaqtida, tо‘g‘ri о‘tkazilsa, odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini bir muncha saqlash imkoniyatlariga ega bо‘lamiz.



    Radioaktiv va kimyoviy zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash. Radioaktiv va kimyoviy zararlangan hududlarda fuqarolar muayyan tartib va qoidalar asosida himoyalanadilar. Bunda radioaktiv va kimyoviy zararlangan hududlardagi fuqarolarga alohida-alohida talablar qo`yiladi:

    Radioaktiv zararlangan hududda fuqarolarni saqlash. Radiоaktiv zararlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

    - Radioaktiv zararlanish xususida ogohlantirish;

    - Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana - RSB);

    - Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish;

    - Radiatsiyadan saqlovchi preparatlardan (ShD-2) foydalanish;

    - Zararlangan suv va emishlardan saqlanish;

    - Zararlingan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;

    - Zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;

    - Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;

    - Fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan о‘tkazish, kiyim-kechak, texnika, inshootlarni dezaktivatsiya qilish.

    Radiоaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarni hatti-harakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:

    a) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatdangacha saqlanishlari va sо‘ngra oddiy inshootlarda bо‘lishlari tavsiya etiladi. Ammo korxonalar va yashash maskanlar ishlarini oddiy rejim asosida amalga oshiradilar.

    b) kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshootlarda uch kungacha saqlanishlari va keyingi tо‘rtinchi kunda oddiy inshootlarda bо‘lishlari mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni tо‘xtatishlari zarur.

    v) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshootlarida uch kundan kam bо‘lmasliklari hamda oddiy inshootlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlashlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi (shkaflarda, shishali yoki emalli idishlarda, polietilen qopchalarda) hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvlardan foydalanish lozim.



    Kimyoviy zararlanishda fuqarolarni saqlash. Xavfli kimyoviy korxonalarda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari quyidagilardan iborat:

    - kimyoviy shikastlanish xavfi haqida ogohlantirish;

    - himoya inshootlarida (boshpanada) saqlanish;

    - shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

    - antidod va SHXP-8 ni qо‘llash;

    - shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;

    - zararlangan hududlardagi odamlarni evakuatsiya qilish;

    - fuqarolarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshootlarni, transport va texnikalarni degazatsiya qilish.


    Kimyoviy zararlanishda birinchi navbatda razvedka о‘tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyini, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning zararlangan о‘choqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi va yо‘nalishini va boshqa kо‘rsatkichlar aniqlanadi.

    Zaharlangan fuqarolarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam kо‘rsatish shaxobchalariga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yо‘q qilib yuboriladi. Zararlangan hududda chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish ta’qiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, sо‘ngra о‘zlari tо‘liq sanitar ishlovdan о‘tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.



    Fuqarolarni va fuqaro muhofazasi tizimlarini RQ va KTQ omillari bilan ta’minlash. Har bir obyektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatli bо‘limlari shaxsiy saqlovchi (terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar bilan ta’minlashni, saqlashni hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bо‘lishligini tashkil etadi.

    Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlanishi ish joylariga yaqin bо‘lgan yerlarda (sex, bо‘lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bо‘lmasa, u holda ish joylarining zaxiradagi binolarida, xonalarida saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya kо‘rigidan о‘tkazilib turiladi.

    Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda vaziyatlarda ish bilan mashg‘ul bо‘ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar resperatorlar bilan ham ta’minlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar, nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar - paxta dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta’minlanadilar. Terini saqlovchi vo­sitalar bilan faqat zararlangan о‘choqlarda (radiaktiv moddalar, zaharli birikmalar, biologik ta’sirlar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar, KTZM bilan shikastlangan hududlar) xizmat kо‘rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta’minlanadi.

    Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlarida xizmat qiladigan fuqarolar shaxsiy saqlovchi vositalarini о‘z ish joylaridan, ish bilan mashg‘ul bо‘lmaganlar ro’yhatdagi turar-joylaridan oladilar.



    Fuqarolarni himoya inshootlarida saqlash. Respublikamizda qabul qilingan «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida «Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlar»da muhofaza inshootlarini zaruratga qarab oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari lozim, deb ta’kidlangan.

    Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya va halokat oqibatlaridan hamda qirg‘in qurollar ta’sir omillaridan va ularning ikkilamchi ta’sir omillaridan saqlaydigan boshpanalar hisoblanadi.

    Himoya inshootlari quyidagilarga bо‘linadi:

    a) Yо‘nalishiga kо‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishiga mо‘ljallangan;

    b) Joylashgan о‘rniga kо‘ra; alohida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari);

    v) Qurilish muddatiga kо‘ra: - oldindan qurilgan va tez quriladigan;

    g) Himoyalash darajasiga kо‘ra: - boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochiq yoki yopiq yertо‘lalar).

    Boshpana - odamlarni hamma ta’sir omillaridan (yuqori harorat, radiaktiv, portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshootlar buzilganda ularni qismlaridan hamda qirg‘in qurollar va oddiy hujumkor qurollar ta’siridan saqlaydi.

    Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga kо‘ra 5 sinfga bо‘linadi: kichik (150-300 kishi), о‘rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan kо‘p) va boshqalar.

    Boshpanani qurishda quyidagi talablar qо‘yiladi:

    1) 3 sutkadan kam bо‘lmagan muddatda saqlash;

    2) Suv bosmaydigan joylarda qurish;

    3) Oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;

    4) Chiqish va kirish eshiklarining bо‘lishi.

    Boshpana ma’lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamollatgich, sanitar-texnik jihozlar, havodagi zaharli moddalarni, radiaktiv birikmalarni va biologik vositalarni tozalovchi uskunalardan iborat bо‘lishi kerak. U asosiy va qо‘shimcha xonalardan tashkil topadi: Asosiy xonalarga - odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, qо‘shimcha xonalarda jihozlar, asbob-uskunalar, oziq-ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpananalar juda mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigiyena sharoiti bо‘lganligidan xalqni bir necha kun davomida betalofot saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan holda bо‘ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar sifatida ishlab chiqarish, ma’muriy va xalq yashaydigan baland uylarning yertо‘lalaridan foydalaniladi. Bunda butun qirg‘in qurollari omillaridan saqlovchi qismlar va boshqa zarur jihozlar o’rnatilib, boshpanaga qо‘yilgan talablar bajariladi.

    Boshpana bir necha bо‘limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig‘ishi kerak. Ular yarusli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m2 joy tо‘g‘ri kelishi kо‘zda tutiladi. U juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, ya’ni devorlari, xona bо‘limlari juda zich qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi mumkin.

    Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bо‘lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli qilib germetik ravishda yopiladigan bо‘lishi lozim. Eshikning tashqi tomoni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chiqadigan tо‘lqin zarbidan saqlaydi.

    Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqlari ham bо‘lishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka jihozlari, himoyalovchi vositalar, о‘t о‘chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv zaxirasi va dori-darmonlar bо‘lishi shart.

    Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bо‘lmaganda tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, yerosti yо‘llari, inshootlarning yertо‘lalarini kerakli jihozlar bilan jihozlab tayorlanadi.

    Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB). Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB) - germetik bо‘lmagan himoya inshootlari bо‘lib, favqulodda vaziyatlarda fuqarolar о‘sha yerda saqlanadilar. RSB larga alohida qurilgan, tez jihozlab quriladigan xillaridan tashqari, xо‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan chuqurliklar, sabzavot saqlanadigan qurilmalar va oddiy yashovchi qurilmalar kiradi.

    RSBlarning saqlash xususiyati - radiatsiya nurini () susaytirish koeffitsienti (K) bilan aniqlanadi va u qanday materialdan qurilganligiga va uning qalinligiga bog‘liq.

    Masalan, yog‘ochdan tayyorlangan uylarning yertо‘lalari radiatsiya nurini 7-12 marta, g‘ishtli uylar esa 200-300 marta kamaytiradi. 50 nafar odamdan kо‘p bо‘lgan RSB lada kamida ikkita qarama-qarshi tomonda eshiklar bо‘lishi kerak, RSBlarda havo ta’minoti jihozlari bо‘lmasligidan о‘sha joylarda fuqarolar uzoq vaqt saqlana olmaydilar va uzog‘i bilan 4-6 soat bо‘lishlari mumkin. RSBlarga odamlar kirishdan avval, eshik, romlar yaxshilab о‘rnatiladi. Oziq-ovqatlar, suvlar iloji boricha germetik idishlarda saqlanadi. RSBda ham ikkita vazifali xonalar bо‘ladi. Asosiy xonada odamlar saqlanadi, qо‘shimcha xonada esa sanitar-gigiyenik jihozlari va havo almashtirgich joylashgan bо‘ladi. RSBning saqlash xonasida ham bir odamga 0,4-0,5 m2 hajmda joy tо‘g‘ri kelishi kerak.

    Shaharlar tashqarisidagi RSBlar, uylarning yertо‘lalari, sabzavot saqlanadigan omborlar, yertо‘lalar, g‘ishtli, betonli, tuproqli, yog‘ochli uylar va boshqa chuqurliklar moslashtiriladi. RSBlarning saqlash xususiyatni oshirish uchun ularning devorlarini qalin qilish, eshik, oynalar germetikligini oshirish va ularning yon berini tuproq bilan tо‘ldirish orqali erishiladi.

    Radioaktiv shikastlangan hududlardan kelgan odamlar RSB larga kirishlardan oldin tamburda kiyim-kechaklardagi, oyoq-kiyimlardagi radioaktiv changlarni yо‘q qilib (silkitish orqali, tozalovchi vositalar orqali), sо‘ngra ehtiyotlik bilan kiyim-kechaklarni (himoya kiyimlari, oyoq kiyimi) yechib, keyin boshpana ichiga kirishlari kerak.

    Radioaktiv zararlanishning boshlang‘ich 3-5 soatlarida, boshpananing chiqish eshiklarini va havo almashtirish teshiklari yaxshilab berkitiladi. Bu vaqt oralig‘ida radiatsiya darajasi tezda kamayib, radioaktiv changlar esa asosan yerga tushib bо‘ladi. 4-6 soatlardan keyin boshpana (RSB) shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashqariga chiqqanda, albatta, himoya vositalarini kiyib 15-20 minut RSB dan tashqarida bо‘lishlari mumkin. Agar tashqarida radiatsiya darajasi juda yuqori bо‘lsa, u holda boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi vositalarni kiyib о‘tirishlari zarur.

    Oddiy saqlovchi boshpana - bu yertо‘ladir. Fuqarolarni muhofaza qilishda oddiy saqlovchi boshpanalar, (yertо‘lalar) alohida о‘rin tutadi. Yertо‘lalar qurilish konstruksiyasiga kо‘ra oddiy himoya inshootlari qatoriga kiradi, chunki uni qurish juda qiska vaqtda amalga oshiriladi. Ular ochiq va yopiq kо‘rinishda bо‘ladi. Ochiq yertо‘lalarda odamlar radiaktiv shikastlanishdan ikki-uch marta kam zararlanadi (agar yertо‘la dezaktivatsiya qilinmasa) va 20 barobarigacha (agar yertо‘la dezaktivatsiya qilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopiq yertо‘lalar esa radiоaktiv zararlanishni 40-50 marta kamaytiradi. Yertо‘lalar chuqurligi 200 sm, kengligi 120 sm, pastki qismi esa 80 sm, uzunligi esa odamlar soniga qarab tayyorlanadi.

    Ochiq yertо‘lada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan holda saqlanadilar. Tuproq, poxol yoki qamish bilan yopilgan yopiq yerto’lalar radioaktiv changlarni, biologik tumanlarni, kimyoviy qurollarni kiyim-kechaklarga, terilarga tushishidan saqlovchi boshpana hisoblanadi.



    Download 7,87 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




    Download 7,87 Mb.