• M ustahkamlash uchun savollar .
  • 15-MA’RUZA. XAVFLARNING SINFLANISHI. Reja
  • YER SILKINISH XAVFINI XARAKTERLOVCHI KORSATKICHLAR
  • O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining kuch va vositalari




    Download 7,87 Mb.
    bet18/58
    Sana24.12.2019
    Hajmi7,87 Mb.
    #4670
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58

    3. O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining kuch va vositalari.

    • O’zbekiston Respublikasi FM ijtimoiy kuchlari yetarli zaruriyat tamoyillari asosida tashkil topgan.

    • Respublika FVDS hududiy va mahkamalar bo’yicha boshqarish tamoyillariga asoslangan.

    • Hududiy tamoyillari Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi.

    • Mahkama tamoyillari bo’yicha esa vazirliklar, Davlat qo’mitalari, korporatsiya, konsern, assotsiatsiyalarda tuziladi. Ular atrof-muhit holatini, obektlardagi yashirin xavflarni, hamda tasarruflaridagi inshootlarda FVlarni ogohlantirish va oqibatlarini tugatish ishlarini olib boradilar. FVDSning har bir tashkiloti quyidagilarga ega bo’lishi kerak:

    • Boshqaruv organlariga;

    • Kundalik boshqaruv organlariga;

    • FVlar oqibatini tugatish kuch va vositalariga;

    • Moliyaviy va moddiy boyliklar zaxirasiga;

    • Xabar berish va aloqa tizimiga, avtomatik boshqaruv tizimi va axborot ta’minotiga.

    • FVlarning oqibatlarini tugatish bo’yicha FVDSning kuch va vositalari quyidagilardan tashkil topadi:

    • Fuqaro muhofazasi askarlari;

    • Favqulodda vaziyat vazirligining bevosita tasarrufidagi maxsus qismlar;

    • Vazirliklar va tarmoqlarning noharbiy va maxsus avariya- qutqaruv va avariya- tiklov bo’linmalari;

    • Mahalliy hokimiyat qismlari (Vazirlar mahkamasining, viloyat, shahar, hokimiyat va FVV ligini qutqaruv qismlari);

    • Inshootlarning maxsus qismlari;

    • Hududiy va inshoot umumiy va maxsus noharbiy qismlari;

    Jamoat birlashmalarining qismlari (Qizil Yarim Oy jamiyati ko’ngillilari va sh.o’.).

    Fuqaro muhofazasi askarlari FVVga bo’ysunadi va urush vaqtida muhim mudofa va sanoat inshootlarida ish olib boradilar. Tinchlik vaqtida yirik avariya, falokat va tabiiy ofatlar oqibatini tugatishda maxsus asbob uskunalar va mutaxasislar zarur bo’lgan hollarda kechiktirib bo’lmaydigan avariya qutqaruv ishlarini bajarishda qo’llanadi.

    Yirik hajmli tabiiy va texnogen FVlarda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan, Mudofaa vazirligining muhandislik, kimyoviy, sapyor va boshqa qismlari, hamda harbiy transport aviatsyasi va tibbiy xizmat muassasalari jalb qilinadi.

    FVVga bo’ysunuvchi Respublika maxsus qismlari doimo tayyor turuvchi avariya-qutqaruv va avariya-tiklov ixtisoslashgan qismlaridan tashkil topgan. Ular dunyo standartlari talablariga javob bera oluvchi maxsus qidiruv asboblari, qutqaruv uskunalari, yuqori malakali mutaxasislar bilan ta’minlanganlar. Bundan tashqari, zamonaviy muhandislik va transport vositalari, energiya ta’minotining avtonom manbai, 72 soatga mo’ljallangan suv, oziq-ovqat va boshqa zarur ashyolar vaziyat taqozasiga ko’ra ushbu qismlar ixtiyoriga beriladi. Ular tarkibiga tezkor harbiylashgan terma otryad (TXTO) va Respublika tezkor ixtisoslashgan markaz (RTIM) kiradi.

    FM tadbirlarini ta’minlash va FM kadrlarini tayyorlash uchun FVV tasarrufiga bevosita quyidagilar kiritilgan: aloqa tarmog’i — 68 kishi, shahardan tashqaridagi boshqaruv punkti — 140 kishi, kimyoviy-radiometrik laboratoriya - 5 kishi. Fuqaro muhofazasi instituti - 75 kishi, markaziy aeromobil qism — 21 kishi. Bundan tashqari, FVVning tasarrufidagi Respublika tezkor ixtisoslashgan qismiga .mudofaa Vazirligining harbiy qismlari (mexanizatsiyalashgan bataloni), Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy markazi va O’zavtotrans davlat korporatsiyasining avtotransport va avtosanitariya qismlari kiritilgan. TXTO va RTIM asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    FVlarni cheklash oqibati va oqibatlarini tugatish bo’yicha tezkor va samarali tayyorgarlikni ta’minlash;

    Razvedka ishlarini olib borish, vaziyatni baholash va tezkor operativ axborot uzatish;

    Jabrlanganlarni, moddiy va madaniy boyliklarni qidirish va qutqarish, XX yillarda, tiklash ishlarini olib borish (shu jumladan, O’zbekiston Respulikasi hududidan tashqarida ham).


    Mustahkamlash uchun savollar.

    1. FVVning bevosita tasarrufidagi kuchlarga nimalar kiradi.

    2. FV larni ogohlantirish qanday amalda oishiriladi?

    3. Respublika hududida ko’p uchrashi mumkin bo’lgan ofatlar turini ayting.

    4. Respublika Prezidentining Favqulodda holat kiritish, uni cho’zish va tugatish haqidagi qanday farmonlar bor?

    5. Fuqaro muhofazasi kuchlari qanday tizim?



    15-MA’RUZA. XAVFLARNING SINFLANISHI.

    Reja

    1. Xavf tushunchasi, mazmuni, xususiyatlari va turlari.



    2. Xavflarning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi haqidagi tushunchalar va ularning mazmuni.

    1. Inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uslublari.


    Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchasi hisoblanib, u hodisa, jarayon, obektlar, ta`sir etuvchi omil va kuchlarning inson umriga, sog’lig’iga qay darajada zarar keltirishini anglatadi. Jumladan yong’inlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, portlashlar, epidemiologik vaziyatlar, tabiiy ofatlar va boshqa ko`rinishdagi xavflardan insonlarni ko’radigan talofatlarini aytish mumkin.

    Наr qanaqa xavflarning turini, xususiyatlarini xarakterlovchi belgilar, ко’rsatkichlar va ularning soni turli holda bo’lishi mumkin. Jumladan ba’zi bir xavflarda xarakterlovchi ko`rsatkichlar ko`p sonda, ba’zi birlarida kichik sonda boladi. Ya`ni har qanaqa xavflarni standart aniq ko`rsatkichlar bilan xarakterlab bo’lmaydi.

    Demak, har qanday xavflar turli ko`rsatkichlar orqali va ularning soni turlicha bo`lishidan qat’iy nazar ularning barchasi bir umumiy xususiyatga ega. Ya`ni ularning ta`siri atrof-muhitga (ish sharoitlariga, qo`llanilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, obektlarga xom-ashyo, tayyor mahsulotlarga) jiddiy salbiy ta`sir kuchini ko’r satadi hamda insonlarning sog`ligini, hayotini, umrini xavf ostida qoldiradi.

    Shuning uchun xavflarni o’z vaqtida bilib, ularni kelib chiqish sabablari, tavsiflari aniq o'rganilsa, xavflarning oldini olish yoki ularni zarar keltiruvchi xususiyatlarini kamaytirishga erishishmumkin. Shuningdek, xavflardan keyingi qilinadigan tadbirlarni va xavf oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatiga ega bo'linadi.



    Har qanaqa xavf o’zida inson faoliyatini izdan chiqaruvchi ta’sirga yoki energiyaga ega bo’lib, o’zida biologik yoki kimyoviy aktiv moddalarni saqlaydi. Masalan, atir-upa sanoatida qo’llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqalarni surunkali ta’sir etishi oqibatida allergik kasalliklarni, kimyo sanoatida qo’llaniladigan homashyolar esa insonlarni kimyoviy zaharlanishiga yoki texnologik rejimga amal qilinmasdan tayyorlangan qo’ziqorinli, baqlajonli, baliqli va go’shtli konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida biologik zaharlanishga olib keladi.1

    YER SILKINISH XAVFINI XARAKTERLOVCHI KO'RSATKICHLAR:

    Download 7,87 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining kuch va vositalari

    Download 7,87 Mb.