• Birin c hi
  • Ishlab
  • RSh-4 markali umumharbiy filtrlovchi gazniqob.
  • Filtrlovchi - yutuvchi quti
  • Absorbsiya
  • Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan ko‘mirga munosabati
  • Faollashgan k o‘mirga munosabati
  • PMG va PMG-2 kichik gabaritli gazniqoblar
  • PMK va PMK-2 rusumli gazniqoblar
  • Hayot faoliyati xavfsizligining sanitar




    Download 7,87 Mb.
    bet56/58
    Sana24.12.2019
    Hajmi7,87 Mb.
    #4670
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58

    Hayot faoliyati xavfsizligining sanitar-gigiyena sharoitlari.

    Ishlab chiqarish sanitariyasi bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir.

    Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan

    iboratdir.

    Мa’lumki, xalq xo‘jaligining ауrim sohalarida, jumladan, qishloq хо‘jaligi, neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, уa’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar ikki xil yo‘l, уani, havo orqali yoki bevosita muloqotda bolish orqali ta’sir etishi mumkin.

    На orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik

    darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin.

    Ikkinchi уo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash

    bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi.

    Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish hamda bu ta’sirni bartaraf etish

    tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi.

    Mehnat gigiyenasi tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga

    ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini

    sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga уo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.

    Mehnat sharoitlari mehnat qilish jarayonini, уani bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davomida kishi

    gavdasining holati, asablarning psixologik zo‘riqish darajasi,

    organizmdagi ba’zi organlar zo‘riqishini belgilovchi kishi harakatining xususiyati va atrof-muhitning ahvoliga qarab aniqlanadi.



    Mehnat sharoitlarini asosan to‘rt guruh omillarga ajratish mumkin:

    Birinchi guruh omillar atrof-muhitning sanitariya- gigiyena holati. Bunga havo harorati, atrof-muhitning

    tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.), yorug‘lik hamda shovqin darajasi va boshqalar kiradi.



    Ikkinchi guruh omillarga mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbob-

    uskunalar va moslamalar kiradi.



    Uchinchi guruh omillarga tashkiliy tadbirlar, уa’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi.

    Тo‘rtinchi guruh odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi.

    Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish kishi organizmiga ijobiy ta’sir etib, unda yengillik va kuch-quvvatni oshiradi. Inson

    fiziologiyasini o‘rganish esa normal ish rejimini tashkil qilishga, mehnat qobiliyatini oshirishga va turli ishlarni bajarayotganda ishchi qanday holatda bo‘lishi zarurligini aniqlashga yordam beradi.

    Мa’lumki, inson uchun ko‘rish, eshitish, nafas olish, sezish va asab sistemalari muhim a’zolar hisoblanadi. Inson

    20 dan 20000 Gs chastotali tebranishgacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini eshita oladi. Quloqning sezish qobiliyati ancha yuqori bo‘lib, 2000 Gs dan 4000 Gs gacha diapozondagi tovushlarni normal eshitadi, biroq 800 Gs dan past va 6000 Gs dan yuqoriroq chastotada sezish qobiliyati birmuncha pasayadi.

    Odam nafas olganda o‘pkaga kirayotgan havo tarkibida kislorod 21%, chiqarayotganda 16% ni tashkil qiladi. На

    tarkibidagi zararli moddalar (gazlar, bug‘lar, chang va b.)

    inson uchun juda zararli bo‘lib, har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sof toza havo tarkibida 77% azot, 21% kislorod, 1% is gazi va boshqa aktiv gazlar, 1% inert gazlar (argon, neon va b.) mavjud. На tarkibi qanchalik kislorodning manfiy ionlari bilan to‘yingan bo‘lsa, inson organizmini kislorod bilan ta’minlanish darajasi shunchalik yaxshilanadi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida tabiiy sof toza havo deyarli uchramaydi. Chunki ko‘pgina texnologik jarayonlar har xil zararli moddalarni ajralib chiqishi bilan kechadi. Ish joyi xonasining havosi tarkibidagi ushbu zararli moddalarni me’yorlashtirish ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, yangi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, germetiklashtirish orqali amalga oshiriladi.



    Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena

    Mehnat qilish jarayonida kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga keladigan inson sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar kasb kasalligi deb ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish joylaridagi havoning changlanishi, gaz, shovqin va tebranishlar ta’siridan hamda havo harorati, bosimi, namligini o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi nomaqbul omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida ishchi kasb kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo‘qotishi mumkin.

    Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mehnat qobiliyatlarini уo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi. Tana va qo‘lni toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘1ni doimo sovunlab yuvish, o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari hisoblanadi.

    Ishlab chiqarishda havo muhitini sog‘lomlashtirish

    Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda (1m3 toza havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo‘ladi. Changlar ko‘rinishi va tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: organik, noorganik (mineral) va metall hanglari.

    Yirik changlar nafas olganda burun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, o‘1сhami 10 mk.dan kichik bo‘lgan changlar) nafas orqali burun bo‘shlig‘idan o‘tib, о‘pkaga o‘rnashadi va vaqt o‘tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, diametri 0,3 mk.dan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin. Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mshyak, berilliy, kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog‘lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi.

    Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida, ayniqsa, metall changlari, jumladan, qo‘rg‘oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‘rg‘oshin changlarining havo tarkibidagi juda oz konsentratsiyasi ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi. Masalan, 100 ml qon tarkibida 35 mkg qo‘rg‘oshin bo‘lishi insonning bosh miyasi funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qo‘rg‘oshin qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul tizimlarini susayishidan tortib shal bo‘lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini buzilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 3,3 mln. tonna qo‘rg‘oshin ishlab chiqarilmoqda. Faqatgina avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga har yili 250 ming tonna qo‘rg‘oshin chiqarilmoqda. Amerikalik olimlar tomonidan bundan 1600 yil oldin yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak skeleti tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skeletidagi qo‘rg‘oshin miqdori taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon odamlarida 700–1200 marta ko‘р ekanligi aniqlangan.

    Bundan tashqari qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.

    Zararli gazlar va ulardan himoyalanish уo‘llari

    Havo muhiti va tarkibi changlardan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish davrida yuzaga keladigan turli xil zaharli gazlar va kimyoviy moddalar bilan ham ifloslanadi. Bu atmosfera havosini buzilishi bilan bir vaqtda turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.

    Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan zaharli va zararli moddalar, masalan, oqindi suvlar, axlatlar, ishlangan gazlar (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazlar), radiaktiv moddalar, biotsidlar va boshqalar ekotizimga kelib tushgach, izsiz уo‘qolib ketmaydi. Ularning kichik konsentratsiyali miqdori ham uzoq vaqt ta’sir etishi, insonlarni, o‘simliklarni va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Ayrim zaharli moddalar ozuqani tayyorlash va iste’mol qilish jarayonida ham, ta’sir etishi mumkin. Masalan, zaharli moddalar o‘simlikdan chorva mollariga, chorva mahsulotlari (sut, go‘sht) orqali insonga ta’sir etib, turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

    Bundan tashqari, zararli va zaharli moddalar yer yuzi iqlimini, shuningdek, atmosferani, troposferani (atmo- sferaning pastki qatlami), stratosferani (yer yuzidan 10–80 km uzoqlikdagi qatlami) va kriosferani (yer yuzining muzliklar va qorliklar bilan qoplangan yuzasi) ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.



    Iqlimga ta’sir etuvchi muhim faktor yerning issiqlik balansidir. Albatta, bu quyosh nurlari ta’sirida yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda «Yer - atmosfera» tizimi issiqlik balansi holatida bo‘lib, yerga tushadigan 100% qisqa to‘lqinli quyosh nurlarining o‘rtacha 18% atmosferada yutiladi (3% bulutlar va 16% havo orqali), 30% kosmosga qaytariladi (20% bulutlar va 6% havo hamda 4% yer yuzasi orqali). Qolgan 51% qisqa to‘lqinli quyosh nurlari yer yuzasida yutiladi. Shundan 21% qayta nurlanib uzun to‘lqinli nurlar ko‘rinishida qaytadi, 30% esa sezilarli (7%) va yashirin (23%) issiqlik ko‘rinishida atmosferaga uzatiladi. Ushbu keltirilgan nurlar balansi Yerning «Issiqlik хо‘jaligi» asosini tashkil etadi. Qabul qilingan nurlarning qaytgan nurlarga nisbati «аlbедо» deb ataladi, Maksimal qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan absolyut oq jismning albedosi birga teng. Yerning albedosi 0,30 ni tashkil etadi. Lekin insoniyat tomonidan yerdan noto‘g‘ri foydalanish, o‘rmon-larni kesilishi, cho‘1 yerlarni haydalishi, sun’iy suv havza1arini barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarni chiqarilishi, ishlab chiqarish jarayon1ari natijasida tonnalab zaharli gazlar va moddalarning atrnosferaga chiqarilishi issiqlik balansini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, havo tarkibida karbonat angidrid gazining oshishi ma’lum miqdorda iqlimni isishiga olib kelishi mumkin. Karbonad angidrid gazi rangsiz gaz bo‘lib, uning sof, toza havo tarkibidagi miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Ushbu gaz tirik organizmlarni nafas olishida, neft va gazni yoqish jагауопidа, bug‘ qozonlarida, issiqlik elektr stansiyalarida, avtomobil ishlashi vaqtida ajralib chiqadi. Keyingi yuz yi1 ichida havo tarkibidagi karbonad angidrid miqdori 14% ga, hozirgi vaqtda esa har yili 0,4% ga oshib bormoqda. Industrial ега (taxminan 1860-yillar)dan hozirgi vaqtgacha 140 mlrd. tоппа уаqin uglerod atmosferaga chiqarilgan, hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon bo‘yicha yiliga 8 mlrd. tonnaga yaqin uglerod chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo tarkibidagi miqdorini oshib borishi atmosferada ma’lum qatlam hosil qilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini susaytiradi, Bu esa o‘z navbatida yer yuzi haroratini ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Havo tarkibida karbonad angidrid gazining та’lum miqdorda oshishi natijasida 2030-yilga borib havoning 1,52,5oС ga ortishi taxmin qilinmoqda. Haroratning ortishi esa okean sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil ichida harorat 0,5o С ga, okean sathi esa 10–15 sm.ga ko‘tarilganligi qayd etilgan.

    1987-yili G‘arbiy Berlinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro simpoziumda qayd etilishicha, ishlab chiqarishda sovutuvchi suyuqliklarni, turli xil turdagi aerozol ko‘rinishiga ega tozalovchi vositalarni va uglevodorodlarni (freonlarni) keng ishlatilishi Antraktida «Ozon tuynugi» (Qora tuynuk)ni hosil bo‘lishiga olib kelgan. Amerikalik olimlarning baholashiga «0zon tuynugining» 1987-yilgi o‘lchami AQShning maydoniga teng kelgan. Hozirgi ma’lumotlar bo‘yicha esa uning o‘lchami Yevropa qit'asining o‘lchami (20507000 kv km) bilan barobardir. Oddiy misol, birgina kosmetik va shunga o‘xshash kichik aerozol ballonlarni ishlatilishi natijasida yiliga 50 ming tonna freon atmosferaga chiqariladi. Bu albatta, stratosferadagi ozon qatlamini yemirilishiga olib keladi.

    Bundan tashqari millionlab kishilar havoning ifloslanishi va ifloslangап suvdan iste’mol qilish oqibatida jigar kasalligi, rak kasal-ligi, turli xil yuqumli va allergik kasalliklar bilan kasallanmoqda.

    Yuqorida keltirilgan gaz va zararli moddalardan tashqari ol- tingugurt, simob, qo‘rg‘oshin, asbest, uglerod oksidi (SO), oltingugurt oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar, ammiak va shunga o‘xshash minglab zaharli moddalar ishlab chiqarish chiqindilari sifatida atmosferaga chiqarilmoqda. Zoolog Drisherning qayd etishicha, har yili atmosferag insoniyatning faoliyati tufayli 40 ming xilga yaqin zaharli va zararli moddalar chiqindi sifatida chiqarilmoqda. Masalan, bitta avtomobil yiliga o‘rtacha 297 kg SO, 39 kg uglevodorod (konserogin birikmalar), 10 kg azot oksidi, 2 kg chang, 1 kg oltingugurt ikki oksidi va 05 kg qo‘rg‘oshin birikmalarini chiqaradi. Hozirgi vaqtda sanoat va аvtomobil transporti tomonidan atmosferaga chiqariladigan uglerod oksidi-ning (is gazi) yillik miqdori taxminan 8 million tonnaga yetadi.


    4-Seminar mashg‘uloti.

    Shaxsiy himoya vositalari haqida umumiy ma’limotlar.

    SHaxsiy muhofaza vositalari asosiy muhofaza vositalari qo‘shimcha ravishda ishlatiladi. Ular organizmni tashqi nurlanishdan teri qismlarini, shuningdek nafas olish organlarini muhofaza qiladi.

    Ular asosan a va b nurlanishlardan saqlash imkoniyatiga ega; ammo nurlanishlar va neytron nurlanishlaridan muhofaza qila olmaydi.

    SHaxsiy muhofaza vositalarini umuman ionlovchi nurlanishlarda ishlaganda shartli ravishda hamma vaqt qo‘llaniladigan va qisqa muddatga foydalaniladigan vositalarga ajratiladi.

    Hamma vaqt qo‘llaniladigan shaxsiy muhofaza vositalariga xalatlar, kombinizonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlari va ba’zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza vositalariga izolyasiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan turlari bo‘ladi.

    SHaxsiy muhofaza vositalarini tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilarga: izolyasiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo‘shimcha muhofaza vositalariga bo‘lish mumkin.

    Ishchi radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar ishchini radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo‘shimcha og‘irlik tushmasligini ta’minlashdir.

    Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolyasiya qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta’minlanishi kerak. Vatanimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy izolyasiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.

    Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali protivogazlardan foydalaniladi.
    Shaxsiy muhofaza vositalari filtrlovchi va ajratuvchi gazniqoblar, respiratorlar va terini muhofazalovchi vositalar (muhofazalovchi kompleks kiyimlar, kostyumlar, va boshqalar)ga bo‘linadi. Bularning barchasi nafas a’zolarini, ko‘z va teri yuzasini radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar ta’siridan saqlaydi.

    Ularning hammasi organizmni muhofazalash xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning muhofazalash xususiyati havoni muhofazalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalardan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning muhofazalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Nafas olish uchun kerak bo‘lgan havo pnevmatogen yoki pnevmatofor usulda ishlaydigan kislorod apparatlari yordamida olingan bo‘ladi.

    Pnevmatogen kislorod apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod miqdori reaksiyalar natijasida ajralib chiqadi (regenerativ patronlardan), pnevmatofor kislorod apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod ballonlarda siqilgan bosimda bo‘ladi, masalan kislorod ajratuvchi KIP-5 asbobi.

    Foydalanilishiga ko‘ra hamma muhofazalovchi vositalar quyidagilarga: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi. Umumharbiy muhofaza vositalari bilan butun harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi.

    Maxsus muhofaza vositalari bilan tank, aviatsion, kimyoviy qismlar, turli xil qo‘shinlarning bo‘linmalari maxsus vazifalarni bajaradigan vaqtlarida, hamda tibbiy xizmat (boshidan yaralanganlar uchun shlem ShR-1) bo‘limlari yaradorlarga yordam ko‘rsatishda ishlatish uchun ta’minlanadilar. Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan muhofaza vositalari fuqarolar muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun aholini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

    Sanoatda ishlatiladigan muhofaza vositalari maxsus korxonalarda, qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda zaharli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.

    Nafas a’zolarini muhofazalovchi vositalarga - filtrlovchi (umumharbiy, PMG, PMG-2, ShR, GP-4U, PG-5, PG-7V DP-6, DP-6M), ajratuvchi (IP-4, IP-5) gazniqoblar, respiratorlar (R-2, ShB-1) kiradi.

    RSh-4 markali umumharbiy filtrlovchi gazniqob. Bu gazniqoblar nafas a’zolari, ko‘z va yuzni zaharlovchi, radioaktiv moddalar va bakterial vositalardan muhofaza qilishning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bu gazniqoblar bilan harbiy qo‘shinlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi.

    Gazniqoblar filtrlovchi - yutuvchi quti, yuz qismi va xaltachadan iborat.



    Filtrlovchi - yutuvchi quti nafas olinadigan havoni radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi. U silindr shaklida bo‘lib, qutining tagida nafas olinadigan havo kirishi uchun teshik bo‘ladi. Tozalangan havo quti qopqog‘iga burab o‘rnatilgan naycha orqali o‘tib keladi. Filtrlovchi - yutuvchi quti mustahkam bo‘lishi uchun unda burama joylar bo‘ladi. Gazniqob uzoq vaqt saqlanishi zarur bo‘lgan vaqtda yoki suvdan o‘tayotgan vaqtda filtrlovchi - yutuvchi qutining pastdagi teshigi rezina tiqin (probka) bilan berkitiladi.

    Qutining ichki qismi havo oqimi bo‘ylab tutunga qarshi filtr va maxsus ishlov berib faollashtirilgan ko‘mir solingan yutgich bilan ta’minlangan. Bu yutgich ko‘pincha shixta deb ataladi.

    Tutunga qarshi filtr – maxsus ingichka tolali asbest moddasi qo‘shib zichlangan qog‘ozdan iborat bo‘lib, filtrning yuzasini ko‘paytirish maqsadida u qat-qat qilib buklanadi. Shu sababli uning yuzasi 2000 sm2 ni tashkil qiladi. Tutunga qarshi filtr har qanday aerozollar, radioaktiv chang, zaharlovchi moddalarning aerozollari, tumanlari hamda bakterial vositalarning aerozollarini ushlab qoladi. Lekin zaharlovchi moddalarning bug‘lari va gazlari bu yerda ushlab qolinmaydi, ular ikkinchi qavat, faollashgan ko‘mirda ushlanib qoladi.

    Faollashtirilgan ko‘mir gazniqob qutida asosiy yutuvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Faollashgan ko‘mirning zaharlovchi moddalarni yutishi uning nechog‘li g‘ovakliligiga bog‘liq. U 0,5 – 1,0 mm li mayda donachalar shaklida bo‘ladi. Faollashtirilgan ko‘mir toshko‘mir, pista ko‘mir, torf va ba’zi organik mahsulotlarga maxsus ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Faollashgan ko‘mirda zaharlovchi moddalarning yutilishi sorbsiya yo‘li bilan boradi. Bu to‘rtta fizik-kimyoviy jarayondan iborat.



    Adsorbsiyazaharlovchi moddalarning molekulalari, atomlari, ionlari ko‘mirning g‘ovaklariga yutilishi bilan ta’riflanadi. Bunda ko‘zga ko‘rinmaydigan kimyoviy birikmalar paydo bo‘ladi.

    Absorbsiya deb zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mir ichiga kirishi (diffuziya) ga aytiladi.

    Xemosorbsiyazaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mirdagi kimyoviy reagentlar va katalizatorlar bilan neytrallanishi (zararsizlantirilishi) kuzatiladi.

    Kapillyar kondensatsiya bug‘simon zaharlovchi moddalarning suyuq holatga o‘tish jarayoni bo‘lib, bu jarayon yutuvchi vositaning g‘ovak kanalchalariga boradi va suyuq holatda saqlanib qoladi.

    Sorbsiyaning jadalligi bir qancha sharoitlarga, zaharlovchi moddaning xossasiga, uning haroratiga, havodagi zaharlovchi moddaning miqdoriga va uning molekulyar og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan ko‘mirga munosabati 9-jadvalda keltirilgan.


    Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan ko‘mirga munosabati

    Zaharlovchi moddaning nomi

    Qaynash harorati

    Molekulyar og‘irligi

    Faollashgan ko‘mirga

    munosabati

    Is gazi

    Sianid kislota

    Fosgen

    Iprit


    Lyuizit

    Zarin


    -190 0 C

    26 0C

    8 0C

    217 0C

    196 0C

    147 0C



    28

    27

    99



    158

    209


    140

    Sorbsiyalanmaydi

    Sorbsiyalanmaydi

    Yomon sorbsiyalanadi

    Yaxshi sorbsiyalanadi

    Yaxshi sorbsiyalanadi

    Yaxshi sorbsiyalanadi



    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, faollashgan ko‘mir yuqori molekulali zaharlovchi moddalarni (zarin, V-gazlari, iprit, lyuizit) yaxshi sorbsiyalash xususiyatiga ega. Fosgen, difosgenni yomon sorbsiyalaydi. Sianid kislota bug‘lari hamda is gazini deyarli sorbsiyalamaydi. Kichik molekulali zaharlovchi moddalarni ushlab qolish uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga katalizatorlar va kimyoviy yutuvchi vositalarni qo‘shish kerak bo‘ladi. Buning uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga kaliy permanganat, o‘yuvchi natriy, so‘ndirilgan ohak qo‘shiladi va ular, zaharlovchi moddalar bilan oksidlovchi va neytrallovchi reaksiyalarga kirishadi, buning natijasida zararsiz, kam uchuvchi moddalar hosil bo‘ladi.

    Gazniqobning yuz qismi, shlem-niqob rezinadan tayyorlanib, quyidagi qismlardan: ikkita yirik ko‘zoynak, ko‘zoynaklar terlashini kamaytiruvchi ikkita obtekatel, shlem-niqobni filtrlovchi - yutuvchi qutichani birlashtiruvchi rezinali naydan (gofrlangan) iborat. Shlem-niqob, gazniqob qutisida tozalangan havoni nafas olish a’zolariga yetkazadi, shuningdek yuz va ko‘zni radioaktiv, zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Hozirgi vaqtda shlem - niqobning bir necha turi: ShM-41, ShM-41M, ShM-66 Mu ShMS mavjud.

    Ko‘zoynaklar shishadan tayyorlangan bo‘lib, ular shlem-niqobga maxsus oboymalar yordamida mustahkamlangan. Bundan tashqari, terlamaydigan plyonkani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan qisqich halqa ham ko‘zoynakning tarkibiga kiradi.

    Shlem-niqob obtekatellarning vazifasi nafas olganda keladigan nisbatan sovuq havoni bevosita ko‘zoynaklarga yetkazib berishdan iborat bo‘lib, mana shu tufayli oynaklarning terlash darajasi ancha pasayadi.

    Niqobdagi birlashtiruvchi naycha rezinadan tayyorlangan bo‘lib, ustiga gazmol qoplangan. Uning bir uchi niqobning klapan qutisidagi patrubkaga zich qilib o‘rnatiladi, ikkinchi uchida esa ko‘chma gayka bo‘lib, u filtrlovchi-yutuvchi qutining og‘zi bilan birlashtiriladi. Trubkadagi mavjud ko‘ndalang bukilma (gofr)lar unga zarur egiluvchanlik bahsh etadi, naycha bukilgan yoki cho‘zilgan, yozilgan vaqtlarda orasidan havo bemalol o‘tadi.

    Klapan qutisi tunukadan tayyorlangan bo‘lib, nafas olinadigan va chiqariladigan havo oqimlarini taqsimlaydi. Birinchi kanali bo‘yicha nafas olinadigan havo shlem-niqobga o‘tadi, ikkinchisi yordamida nafas olingan havo tashqariga chiqariladi. Havo oqimi yo‘lidagi kanallarda nafas olinuvchi va nafas chiqariluvchi klapanlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Nafas olingan vaqtda nafas olinuvchi klapan ochilib, havo o‘tqaziladi, bunda ikkita nafas chiqaruvchi klapan mahkam bo‘lib berkiladi, nafas chiqarilgan vaqtda nafas oluvchi klapan mahkam berkiladi, nafas chiqaruvchi klapanlar esa ochilib havoni tashqariga chiqaradi.

    Gazniqob solinadigan xalta oddiy matodan ikki xona qilib tikilgan bo‘ladi, bir xonasida filtrlovchi-yutuvchi, ikkinchisida esa shlem-niqob turadi. Xalta yelka va bel tasmalari yordamida osib olinadi. Xaltaning yon qismida kichkina cho‘ntakchalar bor. Bunga kimyoga qarshi maxsus paket yoki terlamaydigan plyonkalar solib qo‘yilishi mumkin. Xaltaning ichkari qismida ikkita taxtacha qo‘yilgan bo‘lib, quti qo‘yilgan vaqtda orqa teshigi berkilib qolmaydi u havo o‘tishini ta’minlab turadi.

    ShMS shlem-niqobga bir qancha o‘zgartishlar kiritilgan. Og‘zaki buyruqlar topshiriqlar va suhbatlar yaxshi eshitilishi uchun shlem-niqobning old qismiga gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama o‘rnatilgan. U rezinka prokladka, membranalar, tutib turuvchi halqa, flyans va buraluvchi qopqoqdan iborat. Shlem-niqobga o‘rnatilgan ko‘zoynaklar o‘lchami kichik va optik asboblar bilan ishlashga moslashtirilgan.

    PMG va PMG-2 kichik gabaritli gazniqoblar. Bu gazniqoblar ShMG va ShM-66Mu yoki ShM-62 shlem-niqoblari bilan jihozlanadi. Filtrlovchi-yutuvchi quti kichik o‘lchovlarda bo‘lib, balandligi 8—9 sm, ko‘ndalang kesimi o‘lchami 10,8—11,2 sm ni tashkil qiladi. Bu gazniqoblarga ham gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama o‘rnatilgan, ko‘zoynaklari ham optik asboblar bilan ishlashga moslashtirilgan. Bunday gazniqoblarda nafas olishga to‘sqinlik kam bo‘lganligi tufayli ancha erkin nafas olinadi.

    Bu gazniqoblar (gazniqoblar) gazniqob xaltasida olib yuriladi, xaltada sovuqda gazniqobni kiyish uchun maxsus issiq tutadigan manjetalar, terlashga qarshi maxsus qalam joylashtirilgan. Gazniqob qutisida orqa teshigini berkitish uchun rezina tiqin bo‘ladi.



    PMK va PMK-2 rusumli gazniqoblar filtrlovchi gazniqoblar guruhiga kiradi. PMK gazniqobi M-80 shlem-niqob, PMK-2 gazniqobi MB-1—80 shlem-niqob bilan jihozlangan. Shlem-niqoblar obtyurator, trapetsiya shaklidagi egilgan shisha ko‘zoynak, gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama, suyuqlik qabul qiluvchi sistema hamda filtrlovchi-yutuvchi quti bilan ta’minlangan.

    PMK va PMK-2 markali gazniqoblar zaharlangan atmosferada suyuqlikni qabul qilish sistemasi bilan jihozlangan. Zararlangan joyda suv ichishi uchun suvdon qopqog‘i maxsus klapanli qopqoq bilan almashtiriladi va rezinadan tayyorlangan tiqin bilan mahkamlanadi. Suvdonga suv zararlanmagan joyda quyilishi kerak. Suv ichish uchun shlem niqobdagi ushlagichdan nippel, so‘zlashgich moslamasidan esa rezina nay chiqarib olinadi; niqob tashqarisiga joylashtirilgan shtutser yordamida rezina nay buraladi va mundshtuk og‘izga to‘g‘rilanib kirgiziladi; suvdondagi rezina tiqin olinadi, mundshtuk og‘izga olinadi va puflangan holda tezlik bilan nippel suvdon qopqog‘idan klapanni oxirigacha kirgiziladi; suvdon to‘ntariladi va yuqoriga kishi og‘zi sathidagi balandlikkacha ko‘tariladi; bunda kishi boshini orqaga egmasligi kerak, suvdondagi suv chaqqonlik bilan so‘rib ichiladi, vaqti-vaqti bilan suvdon ichiga havo kirgizib turiladi.

    PMK - va PMK-2 gazniqoblaridan foydalanish tartib-qoidalari yuqorida bayon etilgan tartiblardan farq qilmaydi.


    Download 7,87 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligining sanitar

    Download 7,87 Mb.