Tibbiyot institutlari qoshidagi




Download 1.52 Mb.
bet41/66
Sana10.04.2017
Hajmi1.52 Mb.
#3730
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66

ALVEOKOKKOZ

Alveokokkoz — og'ir, surunkali rivojlanib boruvchi, jigarda yakka, yoki tarqoq o'smasimon qattiq tugunlar xosil qiluvchi va boshqa a'zolarga metastaz beruvchi parazitar kasallikdir.



Etiologiyasi. Alveokrkkoz ko'zg'atuvchisi —Alveococcus multiloculeris ning lichinkalaridir. Bu gijja jinsiy yetuk davrida tulki, it, bo'ri, mushuk singari xayvonlarning (asosiy xo'jayin) ingachka ichagida parazitlik qiladi. Lichinkalik davrida esa, sichqonsimon kemiruvchi xayvonlar va odam (oraliq xujayinlar) — organizmida istiqomat qiladi. Alveokokkning lichinkasi bitta yaxlit parda bilan o'ralgan juda ko'p pufakchalardan iborat bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Alveokokkoz xam og'iz orqali yuqadigan zoonoz biogelmintozdir. Uning tabiiy o'choqlari mavjud. Invaziya manbai va gijjaning oxirgi xo'jayini tulki, bo'ri, bo'rsiq, ba'zan it, mushuk va shularga o'xshash xayvonlardir. Gijja tuxumlari shu xayvonlar axlati bilan tashqariga chiqariladi va atrof muxitni ifloslantiradi. Uy qoramollari alveokokkozning tarqalishida ishtirok etmaydi va shu bilan exinokokkozdan farq qiladi. Gijja tuxumini odamga yuqishi, ifloslangan xo'l mevalar istemol qilganda yoki o'ldirilgan tulki va bo'rilarning terisini shilganda sodir bo'ladi. Alveokokkozning tabiiy endemik o'choqlari O'zbekistonda kam uchrab turadi.

Klinikasi. Alveokokkoz ko'proq yosh va o'rtacha yoshda (20-50) odamlarda, shuningdek, 6-13 yoshdagi bolalarda kuzatiladi. Kasallik kechishida — boshlang'ich, asoratlanmagan asoratlangan va terminal (so'nggi) bosqichlar farqlanadi.

Boshlang'ich davrida bemorlar vaqti-vaqti bilan jigar sohasida og'riq, ba'zan o'ng qobirg'a ostida va to'sh ostida og'irlik his etadilar. Paypaslab ko'rilganda, ayrim bemorlarda jigar sathida qattiq tugun aniqlanadi.



Asoratlanmagan davrida - jigardagi og'riq biroz ortadi, ba'zan bemorning ichi buziladi. Paypaslab ko'rilganda jigar kattalashgan, bir qismi toshdek qattiq bo'ladi. Qonda eozinofiliya (6-15% gacha), ECHT ancha ortgan, shuningdek, gaperproteinemiya (100-110 g/l gacha) va gipergammaglobulinemiya (35-60% gacha) kuzatiladi.

Asoratlangan bosqichida — ko'pincha mexanik sariqlik, ba'zan portal yoki koval gipertenziya alomatlari yuzaga kelada. Shuningdek alveokokk tugunlari qo'shni a'zolarga: buyrak, o'pka, perikard, suyaklar va boshqalarga o'sib kirishi mumkin. Alveokokkni boshqa a'zolarga (o'pka, bosh miya, buyrak, suyaklar va b,) metastaz berishi uning og'ir va yomon kechishidan dalolat beradi.

Alveokokk tuguni markazida nekroz ro'y berishi tufayli jigar abssessi va yiringli xolangit rivojlanishi mumkin. Bu pufaklar bronhlarga, plevra, perikard, yoki qorin bo'shlig'iga yorilganda u joylarda yiringli yallig'lanishlar rivojlanadi.

Kasallikning terminal bosuqchida ~ bemorning a'zolarida qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlar va kaxeksiya kuzatiladi. Alveokokkoz kasalligi uzoq yillar, xatto o'n yillab davom etadi.

Tashhisi. Exinokokkoz va alveokokkozlarni aniqlash asosan klinik, rengenologik va laboratoriya usullarida asoslanada. Serologik reaksiyalar, jumladan bilvosita gemoglyutinatsiya reaksiyasi (RPTA), shuningdek, lateks-agglgotinatsiya (RLA) reaksiyasi xamda enzim-nishonlangan antitelolar (REMA) reaksiyasi yaxshi natija beradi. Exinokokkoz va ayniqsa alveokokkoz tashxisotida rentgenologik, shuningdek, radioieotop, ultratovush (UZI) xamda endoskopik tekshiruvlar keng kullanadi.

Davolash. Exinokokkoz va alveokokkozni davolashda asosan jarroxlik usullari xamda mebendazol (vermoks) tavsiya etiladi. Exinokokk, yoki alveokokk kistalari yoki o't yo'llarida ikkilamchi infeksiya rivojlangan taqdirda, ta'sir doirasi keng bo'lgan antibiotiklar qo'llanadi.

Dispanser kuzatuv. Exinokokkozli bemorlar jarroxlik operatsiyasidan keyin 5 yil davomida har yilli 1-2 marta ko'rikdan o'tib turadilar. Alveokokkozli bemorlar esa umrbod dispanser kuzatuvda bo'ladilar.

Profilaktikasi. Shaxsiy gagiyena qoidalariga rioya qilish, ichimlik suvlarni albatta qaynatib, xo'l mevalarni yuvib iste'mol qilish, uy xayvonlari (it, mushuk) bilan muloqotda yoki tulki terisini shilishda extiyot choralarini ko'rish muxim axamiyatga ega.





Download 1.52 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Download 1.52 Mb.