Tibbiyot institutlari qoshidagi




Download 1.52 Mb.
bet60/66
Sana10.04.2017
Hajmi1.52 Mb.
#3730
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66

EPIDEMIK TOSHMALI TIF

Epidemik toshmali tif isitma, kuchli intoksikatsiya, yurak-qon tomir va nerv sistemalarining zararlanishi hamda toshmalar toshishi bilan namoyon bo'ladigan o'tkir yuqumli kasallik.

Toshmali tif insonga qadim zamonlardan katta talafot yetkazib kelgan. Kasallikning yirik epidemiyalari asosan ijtimoiy —iqtisodiy tushkunlik, ocharchilik, urush singari og'ir ofatlar davrida kuzatilib, yuz minglab odamdar yosiig'ini quritgan.

Ikkinchi jaxon urushi davridagi (1941-1945 y) ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchilik va ocharchilik tufayli Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan O'zbekistonda ham aholi orasida bit ko'payib, toshmali tif epidemialari bo'lib o'tgan va ko'plab odamlar halok bo'lgan.

Hozirgi vaqda ko'pchilik rivojlangan mamlakatlar qatori O'zbekistonda ham toshmali tifning yapidemik turi tugatilgan, uning kechikkan retsidivi bo'lmish sporadik turi ahyonda uchrab turadi.

Toshmali tifni o'rganishda - birinchi bo'lib italiyalik olim Frakosgoro (1545 y.) kasallik klinikasini tariflab, uning epidemiya tarzida tarqalishini, rus olimi O.O.Mocho'tkovskiy (1876 y.) bemor qonini (o'ziga yuqtirib), yuqumli ekanligini, rus olimi G.N.Minx va keyinchalik fransuz olimn SH.Nikol (1909 y) kasallik bit orqali yuqishini isbotlaganlar.

Toshmali tifning qo'zg'atuvchisini chex olimi Provachek 1913 yilda aniqlagan.

Etiologiyasi. Toshmali tif qo'zg'atuvchisi — Provachek rikketsiyasi parda bilan o'ralgan, harakatsiz, mayda mikroorganizm bo'lib, bemor qon tomirlarining endoteliy hujayralarida topiladi. Rikketsiyalar bit organizmida, oq sichqonlar o'pka to'qimasida va rivojlanayotgan tovuq embrionida ko'payadi. Rikketsiyalar past haroratda bir necha yil, bitning axlatida bir necha oygacha tirik saqlanadi. Yuqori harorat, namlik va dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladilar.

Epidemiologiyasi. Kasallikning birdan-bir manbai bemor odam hisoblanadi. U kasallikning yashirin davri oxiridan boshlab, to tana harorati normal bo'lgandan keyin yana 2 kun (ba'zan 10 kun) muddat mobaynida xavfli bo'ladi. Shu davrda bemor qonini so'rgan bit, ichagidagi epitelial hujayralarda rikketsiyalar 4-5 kun davomida ko'payganidan keyingina boshqalarga yuqtirishga qobiliyatli bo'ladi. Binobarin, bemor kasallikning dastlabki 5 kunida kasalxonaga yotqizilib, epidemik o'choqda darxol dezinseksiya (bitlarni yo'qotish) ishlari o'tkazilsa, bu o'choqda yangi kasallanish hollari bo'lmaydi.

Toshmali tif kasal odamdan sog'lom odamga bevosita o'tmaydi. Yuqish faqat tarkibida rikketsiyalar bo'lgan bitning najasi teri jarohatiga (bit chiqqan, qashlangan joyiga) tushib, qonga o'tgan taqdirdagina sodir bo'ladi. Binobarin, aholi orasida bitning ko'payishiga sharoit yaratuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar (urush, ocharchilik, suv tanqisligi sanitariya holatining keskin yomonlashishi va b.) kasallikning epidemiya shaklida tarqalishiga sabab bo'ladi.



Patogenezi. Qonga tushgan rikketsiyalar mayda qon tomirlar (arteriollar, kapillarlar) endoteliyasiga kirib, jarohatlaydi. Oqibatda xamma a'zolarda, ko'proq MNS va ayniqsa cho'zinchoq miyada, buyrak usti bezi, teri hamda yurak-tomir sistemasida og'ir o'zgarishlar (meningoensefagit, miokardit, vaskulit) yuzaga keladi.

Buyrak usti bezlariga qon quyiladi. Rikketsiyalardan ajralgan endotoksin umumiy intoksikatsiyani (tif xolatini) yuzaga keltirib, avvalo markaziy va vegetativ nerv sistemasiga, yurak qon tomirlar sistemasi va boshqa a'zolarga ta'sir etib, ularning faoliyatini buzilishiga olib keladi.



Klinikasi. Toshmali tifning kechishida 4 ta davr farqlanadi: 1) yashirin, 2) boshlang'ich, 3) avj olgan davr, 4) sog'ayish davri.

Kasallikning yashirin davri — o'rtacha ikki xafta, ba'zan u 7 kungacha qisqarishi yoki 23 kungacha cho'zilishi mumkin.



Boshlang'ich davri. Kasallik odatda o'tkir boshlanadi Ayrim xollarda dastlabki 1-2 kun davomida umumiy loxaslik, ishtaxasizlik kuzatiladi. Ko'pincha birdaniga bemorning eti uvishib, tana xarorati 38°S ga, dastlabki 2 kunda 39-40°S gacha ko'tariladi. Boshi, muskullari qattiq og'riydi, uyqusi notinch (alaxlab, cho'chib uyg'onib turadi), eyforik xolatida bo'lib, ko'p ma'nosiz gapiradi, bezovta va tajang bo'ladi. Bemorning yuz ko'rinishi o'ziga xos bo'ladi. Yuzi qizargan va biroz kepchigan, ko'zi keskin qizargan, ko'z oqi tomirlari kengaygan (quyon ko'zlariga o'xshash), 3-4-kuni ko'z konyunktivasining o'tuvchi burmasida petexialar (Kiari-Avsin simptomi), yumshoq tanglayda enantemalar paydo bo'ladi. Toshmali tifga xos simptomlardak biri — Govorov-Godelye simptomidir. Bunda bemor tilini chiqarmoqchi bo'lganida qiynaladi, tili titrab chap tomonga qiyshayib ketaveradi. Bu davrda "jgut" va "banka" simptomlari (terida jgut bog'langan joydan yuqorisida yoki banka qo'yilgan joyda rozeola toshmasining paydo bo'lishi) musbat bo'ladi.

Bemorda yurak tonlari xiralashgan, taxikardiya, gipotoniya, bronxit alomatlari, hamda talog'i, kamroq hollarda jigari kattalashganligi ko'riladi.

Kasallikning avj olgan davri 5-kundan boshlanadi. Isitma va intoksikatsiya alomatlari ortib borib, bemorda tifoz holat yuzaga keladi. Bemor alahlaydi, es-xushi joyida bo'lmaydi, ba'zan psixoz rivojlanib, xatti-harakatlari xavfli bo'lib qoladi, yoki u bexush holda yotadi. Bunday xollarda bemor o'rnidan turib ketishi, qochib ketishi, xatto o'zini derazadan tashlashi mumkin, shuning uchun xam bunday bemorlar doimiy nazoratda bo'lishlari kerak.

Kasallikning 5-(ba'zan 4-6) kunidan bemor terisida (ko'proq ko'krak, bilaklarning bukiladigan yuzasi, tirsak bo'g'imlari soxasida) juda ko'p rozeola va petexial toshmalar paydo bo'ladi. Petexiyalarning ko'pligi kasallikning og'ir kechishidan dalolat beradi (12-rasm).

Bemorning umumiy yaxvoli og'irlashib, yurak tonlari susayib, arterial bosimi pasayib boradi. Tomir urishi tezlashgan, sust va aritmik bo'lada. Kasallik og'ir kechganda kollaps bo'lishi mumkin. Ayrim bemorlarda pnevmoniya alomati kuzatiladi. Lablari va tili quruq, sariq-qo'ng'ir karash bilan qoplangan, jigari va talog'i kattalashgan bo'ladi. Og'ir xollarda bemorning beixtiyor ichi kelishi va o'rniga siyib qo'yishi mumkin, ba'zan siydik tutilib qolishi, yoki ichi qabziyat bo'lishi mumkin.

Bu davrda ko'pchilik bemorlarda meningoensefalit alomatlari, falajlar, yarimfalajlar, turli nevritlar, shuningdek ayrim hollarda kuloq og'irlashishi, ko'z xiralashishi va muvovanat buzilshni singari alomatlar kuzatiladi.

Periffik qonda leykotsitlar va neytrofillar soni ortganliga, limfotsitlar, eozinofillar va trombotsitlarning esa kamayganliga, ECHT tezlashganliga ko'riladi.

Kasallikning 12-15-kunidan (ba'zan bundan kechroq) tana xarorati asta-sekin, 3-4 kun davomida normaga tushadi. Bemor osoyishtalanib, uyqusi tinchlanib, es-xushi tiniqlanib boradi. Ishtahasi yaxshilanadi va toshmalar yo'qoladi. Biroq xolsizlik, injiqlik, hotiraning pastligi, gipotoniya, bradikardiya, paresteziya va orifalajlik singari alomatlar uzoq saqlanib qoladi. Bemorga ana xarorati normal bo'lganidan 7-8 kunidan boshlab o'rnidan turishga 12 kundan keyin uyiga ketishga ruxsat etiladi.

Toshmali tifni yuqorida tariflanganidek, o'rta og'irlikdagi aa og'ir kechishi va ayniqsa uning epidemik tarqalishi hozir kamdan-kam uchraydi. Kasallikning asosan sporadik, yengil va abortiv kechishi kuzatilada. Ko'pchilik taraqqiy etgan mamlakatlarda, jumladan bizning yurtimizda xam epidemik toshmali tif tugatilgan kasallik xisoblanadi. Uning sporadik turi, ya'ni Brill kasalligi axyon-ahyonda uchrab turadi.



Download 1.52 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Download 1.52 Mb.