• O’QUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOT “O’zbektelekom” AK Toshkent filiali 110-17 guruh talabasi Topshird
  • Mustaqil ish Amaliyot xulosasi Foydalanilgan adabiyotlar
  • O’zbektelekom” kompaniyasi haqida.
  • O’zbektelekom” AK tarixi
  • O’zbektelekom” AK Toshkent filiali
  • O’quv amaliyoti bo‘yicha hisobot




    Download 27,3 Kb.
    bet1/3
    Sana22.05.2024
    Hajmi27,3 Kb.
    #250574
      1   2   3
    Bog'liq
    O’quv amaliyoti bo‘yicha hisobot-www.hozir.org
    Daljanov Manasdiń, elektro texnika ish reja okt, Abdurizo a.l.m. (4), KT Lab 5-6, 941-23 guruh Xayrullayev Navruz (3), Abror aka bildirish xati, 10 sinf informatika, Документ Microsoft Word (2), Xulosa hujjatlari, B90vj7Esl4OFmqZBaYI3dDVwrvCXtCcpRkX4YAfm (1), logotip, aqiliy tarbiya, 2, 1-amaliy mashg\'ulot

    O’quv amaliyoti bo‘yicha hisobot
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
    __________ kafedrasi

    O’QUV AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOT
    O’zbektelekom” AK Toshkent filiali


    110-17 guruh talabasi

    Topshird: Ziyodov Doniyor

    Amaliyot rahbari: Mamurov Baxtiyor
    Reja:



    1. Kirish


    2. Asosiy qism:

    “O’zbektelekom” kompaniyasi haqida.


    “O’zbektelekom” AK tarixi.
    “O’zbektelekom” AK Toshkent filiali.
    Kompaniya buxgalteriya bo’limi.



    1. Mustaqil ish




    1. Amaliyot xulosasi


    Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    Amaliyotni o’tashdan maqsad talabalarning o’qish davomida to’plagan nazariy bilmlarini mustahkamlash va kasbiy malaka va usullarga ega bo’lishdir.
    Amaliyotni talaba o’zi o’qib o’rganayotgan, kelgusuda islashi mumkin bo’lgan korxonaning o’z sohasiga oid bo’limioda o’tashi maqsdadga muvofiqdir.
    Talaba o’quv amaliyotini o’tashda korxona, tashkilot tizimi va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy menejmentning asosiy vazifalarini o’rganadi. Shuningdek ishlab chiqarishning texnik jihatdan tayyorgarligini o’rganish, ko’rsatilayotgan xizmat turlari va ularning samaradorligi hamda tariflarning belgilanishini o’rganish, ishlab chiqarish va boshqaruvning taxlil qilinishi kabi vazifalarni talaba o’z o’quv amaliyoti davomida o’rganadi.
    Men amaliyotimni O’zbektelekom AK kompaniyasining Toshkent filialining buxgalteriya bo’limida olib bordim.Korxona yoki tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va moliyaviy hisobot yuritadi. Korxona yokibtashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil etiluishi, xolati va ishionchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, korxona yoki tashkilotning rasmiy web saytidava ommaviy axborot voisitalarida aksiyadorlarg, kreditorlarga taqdim etadi.
    O’zbektelekom” kompaniyasi haqida.
    Asosiy boshqaruv rahbarlari tarkibi:
    Kompaniya direktori- Xasanov Nazirjon Nabijonovich;
    Texnik director- Aripov Jahongir Abdumajidovich;
    Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo’yicha director- Maxsudov Jamol Tilloyevich;
    Moliya direktori v.v.b.- Toxtiyarov Akrom Nurmahamatovich;
    Tijorat direktori v.v.b.- Zafarov ASlisher Abdudjaparovich.
    “O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi o’z tarmog’i bilan O’zbekiston Respublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi. Kompaniya davlat tizimlari va idoralariga telekommunikatsiya xizmatlari yetkazib beradi. Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari asosida qurilgan o’z tarmog’idan foydalanib kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
    • Qayd etilgan va Mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish;


    • Xalqaro va shaharlararo aloqa;


    • Ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etadi;


    • Internetga ulanish;


    • Videokonferensaloqa;


    • CDMA – 450 standartida Mobil va statsionar aloqalar;


    • Television va radio eshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil qiladi.


    Jahon standartlari va bozor talablariga asosan yagona muvozanatlashtirilgan vaqt tizimini joriy etish yo’li bilan taktli tarmoq sinxronizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda, bu kompaniyaning barcha raqmli telekommunikatsiya tarmoqlari ishining sinxronlashuvini ta’minlashga, shuningdek, tarmoqlarni birlashtirish, tarmoq ishidagi uzilishlar kamayishiga imkon beradi


    “O’zbektelekom” AK muntazam ravishda, xalqaro aloqa tashkilotlari bilan aloqada faoliyat yuritadi, xalqaro telekommunikatsiya loyihalarida ishtirok etadi, chet el operatorlari va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik olib boradi. “O’zbektelekom” Kompaniyasi Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XSI), aloqa sohasida Mintaqaviy hamjamiyat (ASMH), “Intelsat” yo’ldoshli aloqa tashkiloti bilan faol hamkorlik qiladi va ASMH operatorlari ittifoqiga kiradi. Kompaniyaning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’i 2 milliondan ortiq raqamlar sig’imiga ega 2 mingdan ko’p ATSlardan tashkil topgan. Ularning 93,6 foizi raqamli hisoblanadi. Mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini raqamlashtirish elektr aloqa tarmoqlari ishi sifatini ancha oshirishga imkon berdi. Tarmoq abonentlariga yangi xizmat turlarini taqdim etishni ta’minladi hamda foydalanuvchilar keng doirasiga Internet tarmog’iga yuqori tezlikda ulanishi tashkil etishga imkon berdi. Kompaniyaning transport tarmog’i tarmoqni ko’pbosqichli boshqarishni ta’minlovchi zamonaviy SDH tarmoq texnologiyalaridan foydalanish bilan optik tolali va radioreleli liniyalar asosida tashkil etilgan. Kompaniya paketli kommunikatsiya Xalqaro markazi (PKXM) orqali respublikaning barcha provayderlariga internet global tarmog’iga ulanishni taqdim etadi. Internet tarmog’i va “ O’zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog’iga ulanish kompaniyaning filiallari tomonidan xDSL va RadioEthernet texnologiyalari hamda kommutatsiyali ulanishdan foydalanib, ajratilgan liniyalar bo’yicha amalga oshiriladi.”O’zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog’i tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar qatoriga internet tarmog’iga ulanish, VPN, videokonferensaloqa, korporativ tarmoqlarni ishlab chiqish va qurish hamda shu kabilar kiradi. .”O’zbektelekom” AK an’anaviy aloqa sohasida 20 dan ortiq xalqaro operatorlar bilan hamkorlik asosida ikkita kommutatsiya xalqaro markazlari orqali xalqaro telefon aloqasini ta’minlaydi. 2011-yildan UZTELESOMTM savdo belgisi “ O’zbektelekom” AKning Bosh brendi hisoblanadi. Bozorda kompaniyaning xizmatlari uchta – UZTELECOMTM, UZMOBILETM va UZONLINETM subbrendlari ostida ko’rsatiladi.
    UZTELECOMTM bosh brendi va “Miliy operator” slogan ostida chakana savdo sektori uchun an’anaviy xizmatlar to’plamini hamda operatorlar uchun ichki va xalqaro bozorlarda xizmatlar barcha turlarini taqdim etadi. UZTELECOMTM korporativ sektor uchun telekommunikatsiya xizmatlar to’plamini ham o’z ichiga oladi: qayd etilgan telefoniya, simli va simsiz KPU ( keng polosali ulanish ), MU (ma’lumotlar uzatish ), VPN ( virtual xususiy tarmoqlar ), IP telefoniya, IPTV, virtual ofis ATS, VKA ( videokonferensaloqasi ), Mobil aloqa, mobil MU.
    UZONLINETM savdo belgisi ostida chakana savdo sektori va kichik biznes uchun yangi avlod telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatiladi: IP texnologiyalariga asoslangan xizmatlar – Internet tarmog’iga ulanish, IP telefoniya, IPTV, IP-telefoniya to’lovlari va internet-xizmatlariga haq to’lash universal kartochkalar va boshqalar.
    UZMOBILETM savdo belgisi ostida CDMA-450 standarti asosida Mobil va statsiyaar aloqa xizmatlari ko’rsatilmoqda. Kompaniya tarkibida 22 filiallar faoliyat olib boradi, ulardan – 14tasi mintaqaviy, 8tasi ixtisoslashgan va 3tasi sho’ba korxonalar hisoblanadi.
    Kompaniya xizmatlarining yuqori sifati va ishonchliligi sifat menejmenti tizimiga muvofiq sertifikatlar bilan tasdiqlangan. 2013 yil 18-noyabrdan “O’zbektelekom” AK sertifikatlash auditioning natijalari asosida O’z DSt ISO 900:2009 ( ISO 9001:2008) talablariga muvofiqlik sertifikati bilan taqdirlangan. 2017 yil 12-yanvarda “ O’zbektelekom” AK qayta sertifikatlashtirish auditidan o’tkazildi va O’z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008 ) talablariga muvofiqligi sertifikati bilan tasdiqlandi. 2018 yilda “O’zbektelekom” O’z DSt ISO 9001:2015 standartining yangi versiyasiga o’tish bilan sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o’tdi.

    O’zbektelekom” AK tarixi



    1992-yil ilk bor “O’zbektelekom” davlat elektr aloqa korxonalari konserni tashkil etilgan. Keyinchalik esa 1995-1996 yillarda “Uzbektelecom International” AJ tashkil etiladi. 1997-yilda Aloqa vazirligi O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirildi. Shu bilan birgalikda “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi. Kompaniya faoliyatini kengaytirish maqsadida esa bir necha aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyun 253 sonli “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish vazifalari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Mana shu hujjatga muvofiq AK “Mahalliy Telekom” va “Xalqaro Telekom” asosida “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. “O’zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi qoshida “Intal Telekom” filiali tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabr 488 sonli “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash choralari to’g’risida”gi Qarori bilan “O’zNet” sho’ba korxonasi “O’zNet” ma’lumotlar uzatish idoralararo tarmoq barcha funksiyalari va vazifalari bilan “O’zNet” filiali sifatida “O’zbektelekom” AKga birlashtirildi. “O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashining 2003-yil 4-martdagi qarori bilan “O’zbektelekom” AK Injener-texnik markazi tashkil etildi. Bunda faoliyat yangi turini o’zlashtirish – CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati ko’rsatilishi ko’zda tutilgan edi. Aynan shu maqsadlarda “Uzbektelekom Mobayl” filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi simsiz aloqa umumilliy tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 2003-yildan boshlab Samarqand va Jizzax viloyatlari o’rtasida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aloqa va axborot-kommunikatsion texnologiyalari masalalari bo’yicha Kompleksa Qo’mita majlisining 2004-yil 6-apreldan va “O’zbektelekom” AKning Kuzatuv kengashi 2004-yil 26-may 39 sonli qarori bilan “O’zbektelekom” AK “O’zNet” filiali “Intal Telekom” filialiga birlashtirildi. Yangi tashkil etilgan filial “UzNet” nomi bilan atala boshlangan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabr 453 sonli qarorini ijro etish yo’lida 2004-yil oxiri va 2005-yil boshida “O’zbektelekom” AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VolP shlyuzini kengaytirish va TSHTT va O’ZNET filiallari asosida qo’shimcha ikki VolP uzellarini tashkil qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. 2006-yilda IEEE 802.16-2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi. O’quv jarayonini takomillashtirish va “O’zbektelekom” AK mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida 2003-yilda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O’zAAA) va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bevosita ishtirokida “Injener-texnik markazi” (ITM) ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan videokonferensaloqa xizmati tatbiq etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvar Qaroriga muvofiq, Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida “Ozbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish” investitsion loyihasi amalga oshirildi. Shu bilan birga, NGN “Keyingi avlod tarmog’i” texnologiyalari asosida Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmog’ini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi. “O’zbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya Markazi sig’imini 2010-yil davomida 2barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi, provayderlar uchun internet-xizmatlari tariflari esa 1Mbit/s uchun 1510 AQSH dollaridan 849 AQSH dollarigacha yoki 44foizga pasaytirilgan. Yillar davomida rivojlanib, o’sib kelayotgan kompaniyaga yangi brend topish va joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. 2011-yilda rebrending o’tkazilib, UZTELECOMTM brendi va “O’zbektelekom” AK subbrendlari – UZMOBILETM va UZONLINETM brendlarini keng miqyosda ilgari surish rejalari tuzildi. 2012-yilda 1576 km masofali optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va qurish ishlari yakunlandi. Shaharlaro, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5mln kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir. 2012-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar Xalqaro paketli kommutatsiya markazi sig’imini 4barobarga oshirishga va uni 40Gbit/s gacha yetkazishga, provayderlar uchun internet tarmog’idan foydalanish tariflarini 1Mbit/s uchun 529 AQSH dollaridan 422 AQSH dollarigacha pasaytirishga imkon berdi. Viloyatlar, tumanlar markazlari va respublika shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi 100 foizni, qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi – 95,7 foizni tashkil etdi. 2013-yilda 2257,4 km dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2014-yil boshiga nisbatan 151,3 foizga o’sib, 15,5 Gbit/s ni tashkil etgan. Aynan shu yil mobaynida respublika bo’yicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi.
    O’zbektelekom” AK Toshkent filiali
    Amaldagi tuzilma “O’zbektelekom” AK aksiyadorlari umumiy yig’ilishining 2019-yil 16-yanvardagi 43-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “O’zbektelekom” AK ijro organi transformatsiya davrida boshqarma va bo’limlarning tarkibini va sonini o’zgartirish huquqiga ega, shu bilan birga aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida tasdiqlashi lozim.
    “O’zbektelekom” AK kompaniyasi quyidagi filiallarga ega:

    • “Telekommunikatsiya va personalni boshqarish markazi”;


    • “Bosh kommutatsiya markazi”;


    • “O’zMobayl” filiali;


    • “Axborot tizimlari” filiali;


    • Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali;


    • Andijon filiali;


    • Buxoro filiali;


    • Jizzax filiali;


    • Qashqadaryo filiali;


    • Navoiy filiali;


    • Namangan filiali;


    • Samarqand filiali;


    • Sirdaryo filiali;


    • Surxondaryo filiali;


    • Farg’ona filiali;


    • Xorazm filiali;


    • Toshkent filiali;


    • “Toshkent shahar telefon tarmog’i” filiali.


    “O’zbektelekom” AK Toshkent filialitToshkent viloyati hududidagi filiali hisoblanadi.


    Filial tomonidan davlat boshqart=uv organlari, muassasalar, idoraklar, korxona va tashkilotlarga, shumningdek, shu hududda yashovchiaholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatadi. “O’zbektelekom” AK mavjud litsenziyalari asosida, Toshkent viloyatidagiiste’molchilarga mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa xizmatlarini hamda telegraf xizmatlarini, shu bilan bir qatordaaloqa tarmoqlari orqaliInternet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumot uzatish tarmog’I xizmatlarini ko’rsatadi. Filial tarkibida 18ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat olib boradi.
    “Toshkent-Telekom” filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’I jami 209 telefon stansiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy montaj sig’imi 162 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. 2007-yil yakunid aularning foydalanish sig’imi qariyib 132 ming raqamni yohud umumiy sig’imning 81.5%ini tashki9l etadi.
    Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida raqamli telefon stansiyalarining umumiy montaj sig’imi 130ming raqamdan oshib ketdi. Ulardan foydalanish sig’imi 113.5ming raqamni (umumiy sig’imning 87.1%ini) tashkil etdi. Viloyatning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish vamodernizatsiya qilish borasida qator investitsiyalar jalb qilindi.



    Download 27,3 Kb.
      1   2   3




    Download 27,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv amaliyoti bo‘yicha hisobot

    Download 27,3 Kb.