• MUSTAQIL ISH MAVZU: XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA REJA
  • Kompaniya buxgalteriya bo’limi




    Download 27,3 Kb.
    bet2/3
    Sana22.05.2024
    Hajmi27,3 Kb.
    #250574
    1   2   3
    Bog'liq
    O’quv amaliyoti bo‘yicha hisobot-www.hozir.org
    Daljanov Manasdiń, elektro texnika ish reja okt, Abdurizo a.l.m. (4), KT Lab 5-6, 941-23 guruh Xayrullayev Navruz (3), Abror aka bildirish xati, 10 sinf informatika, Документ Microsoft Word (2), Xulosa hujjatlari, B90vj7Esl4OFmqZBaYI3dDVwrvCXtCcpRkX4YAfm (1), logotip, aqiliy tarbiya, 2, 1-amaliy mashg\'ulot
    Kompaniya buxgalteriya bo’limi
    Kompaniyaning moliyaviy hisobotida ko’rsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yeg’ilishida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi foyda va zararlar hisob varog’idagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari kompaniya yokiunung aksiyalari bilan bog’liq bo’lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
    Kompaniyaning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yeg’ilishi o’tkaziladigan sanadan 10 kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tominidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
    “O’zbektelekom” AK da ishchilar soni 15.2ming nafardan ortiq. Kompaniya byudjeti 2013-yilda 2,983,800,000 so’mni tashkil qilgan.


    MUSTAQIL ISH

    MAVZU: XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA

    REJA:
    KIRISH

    1. Iqtisodiy integratsiya


    1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya
    XULOSA
    Foydalanilgan adabiyotlar


    KIRISH
    Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi harbir mamlakat uchun muhim va kerakli jarayondir. Shu sababdan ham barcha mamlakatlar iqtisodchilari bu borada izlanishlar olib borishadi. Chunki bir davlatga foydali bo’lgan iqtisodiyot yo’llari boshqa bir davlat uchun ham birdek foydali bo’la olmaydi. Lekin iqtisodchi olimlar turli xil yechimlarni topganlarki bular deyarli barcha davlatlar uchun ham samarli va mosdir. Bularga iqtisodiyotning asosiy kuchi bo’lmish ishlab chiqirishdagi (ishlab chiqarish bilan ishsizlik muammosi yechiladi, aholi ehtiyojlari qondiriladi, boshqa ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelishi bilan iste’molchilar uchun mahsulot narxlari tushadi va hokozolar) ixtisoslashishni misol qila olamiz. Buning natijasida samaradorlikka erishiladi. Shunday samarali iqtisodiy usullardan yana biri integratsiyadir. Iqtisodiy integratsiya kichik korxonalar tortib hattoki mamlakatlar o’rtasida ham vujudga keladi. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy integratsiya xalqaro iqtisodiy integratsiya deyiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya turli darajada rivojlangan mamlakatlar uchun ham bir xilda foydali bo’la oladi.
    Iqtisodiy integratsiya - turli korxona va tarmoqlarning , shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida birbiriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. Iqtisodiy integratsiyaviy ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiqlarni olib tashlashda namoyon boʻladi. Iqtisodiy integratsiya asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra iqtisodiy integratsiya tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik ishlab chiqarish majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertical iqtisodiy integratsiya yuz beradi. Vertikal iqtisodiy integratsiyaga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xo’jalik, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoqlar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya yuzaga keladi. Buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.
    Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Hozirda xalqaro iqtisodiy integratsiya to’rt bosqichga bo’linadi.
    Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
    Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imtiyozlarga ega boʻladilar.
    Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir biri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 yildan Yevropada shakllangan (Yevropa Ittifoqi).
    Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi.
    21-asr boshlaridagi integratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
    Hozirgi davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shimoliy Amerika uyushmasi, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo kengash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.


    XULOSA
    Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. Davlatlararo iqtisodiy integratsiya xalqaro iqtisodiy integratsiya deyiladi va uning hozirda to’rt bosqichi bor. Iqtisodiy inytegratsiyadan ko’proq xalq manfaatdor bo’ladi, maxsulotlar va ularni sotib olib kelish hamda turli hildagi xizmatlardan foydalanish oson va arzon, ishchi kuchi bozori erkin bo’ladi.
    Maxsulot ishlab chiqarishdagi biron bir soha yoki bosqichga ixtisoslashish o’sha soha yoki bosqichdagi mehnatning samarasini beradi. Ixtisoslashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi. Ixtisoslashish natijasida ishlab chiqarish samaradorligi, bir hil topshiriqni ko’p bajarganidan ishchining o’z ishi borasidagi malakasi ortadi. Xodimlar boshqa turdagi maxsulotga o’tishdagi vaqtni yoqotmaydilar, bir xil maxsulotni uzoq muddat ishlab chiqatrishning samarali usullarini joriy etish ta’minlanadi va rag’batlantiriladi. Ishlab chiqarishdagi ixtisoslashish mamlakatlararo ham bo’ladi. Bunda muayyan mammlakat o’zi ustinlik qiladigan yoki kam ziyon keltiradigan sohaga ixtisoslashadi va shu mahsulotni ishlab chiqaradi yoki yetishtiradi. O’zi ixtisoslashmagan va ishlab chiqarmaydigan mahsulotlarnilarni esa o’sha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatlardan sotib oladi.

    Download 27,3 Kb.
    1   2   3




    Download 27,3 Kb.