|
Pedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikkiBog'liq O`quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rniPedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikki
bosqichda o‘tkazilishi kerak.
Birinchi bosqichda.
O‘qituvchi amalda o‘zi tuzgan rejani bajara olgan
olmaganligiga baho beradi. Buning uchun u dars maqsadini shakllantiradi va shu
maqsadga erishi uchun (qullanilgan pedagogik texnologiya va AKTni, interfaol
metodlarni)amalga oshirgan faoliyatidagi mantqni asoslaydi, rejalashtirilgan harakatlar
mantig‘ini aniq o‘tkazilgan dars mantig‘i bilan solishtiradi.
Buning uchun quyidagi masalalarga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir:
-darsdagi qaysi lahza o‘qituvchi uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi?
- u darsni rejalashtirganda nimani hisobga olmagan?
-o‘quvchilarni qaysi savollariga javob bera olmadi?
-rejalashtirilgan xarakatlardan voz kechishga to‘g‘ri keldimi va nima uchun?
-o‘zining nutqidagi xatolarni kamchiliklarni noto‘g‘ri shakllantirilgan savollarni
sezdimi?
-o‘qituvchi darsda qo‘yilgan maqsadga erishdi deb hisoblaydimi, bunday reyting
bahoning mezoni nima bo‘lib hisoblanadi (o‘quvchilarning faol ishlashi, ularning darsga
bo‘lgan qiziqishi, mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishi va boshqalar)?
Ikkinchi bosqichda
. Bu masalar xamkasabalar tomonidan muhokama (metodistlar,
talabalar, o‘qituvchilar..)qilinadi.
Bu muhkokamaning rejasini quiydagicha tasavvur qilish mumkin:
1.Dars mantig‘i uning maqsadiga mos keladimi (bu masalani muxokama qilishda
nafaqat o‘tkazilgan dars, balki uning rejasi asosida yotgan mantiqqa hamt to‘xtalib o‘tish
kerak).
2. O‘qituvchi darsda qanday ta’lim vazifalaridan (mashq, qisman ishlanish, ijodiy)
foydalandi? Ulardan qaysilari ijobiy baxolanishi mumkin? Nega?
3. O‘qituvchi tanlagan pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion
texnologiyalar ta’lim vazifalari va dars maqsadiga mos keladimi?
4. O‘qituvchi tavsiya qilgan to‘shiriqlar qanday vazifalarni bajardi (ta’limiy,
tarbiyaviy, rivrojlantiruvchi)? Qaysilari ijobiy baholanishi mumkin.
5.O‘qituvchi matematik terminologiyadan to‘g‘ri foydalandimi, o‘quvchilarga savol
va to‘shiriqlar tavsiya qildimi?
6.O‘qituvchi foydalangan qaysi metodik usullar ijobiy baxolanishi mumkin? Alohida
to‘shiriqlar bajarishda, yangi mvazuni o‘rganishda, mustahkamlashda, tekshirishda?
7.O‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda o‘qiuvchi qo‘llagan qaysi shakllar (yakka,
yal’i va guruh) ijobiy baholanishi mumkin?
8.O‘qituvchi o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnata oldimi, ularning harakatlarini
muvaffaqiyatli to‘g‘irlay oldimi, shu nuqtai nazardan dasning qaysi momentlari ijobiy
baholanishi mumkin?
Pedagogik amaliot davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, fan
mazmunini tahlil qilish, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish mavjud shar-sharoitlarga qarab
belgilanadi.
|
| |