• O‘quv faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish
  • Muloqotning psixologik tomonlari




    Download 72,19 Kb.
    bet2/4
    Sana22.12.2023
    Hajmi72,19 Kb.
    #126927
    1   2   3   4
    Bog'liq
    18 mavzu ppt (4)

    Muloqotning psixologik tomonlari

    •  Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi 85 xil ko’z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarining 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va xududiy xususiyatlari bor. Masalan: o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan bog’liq. Bolgarlar biror fikrni tasdiqlamoqli bo’lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmoqchi bo’lishsa, bosh siltashar ekan. 

    O‘quv faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish

    • O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.

    O‘quv faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish

    • Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
    • birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
    • ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;

    Download 72,19 Kb.
    1   2   3   4




    Download 72,19 Kb.