|
O‘quv faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish
|
bet | 3/4 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 72,19 Kb. | | #126927 |
Bog'liq 18 mavzu ppt (4) - uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini ta’minlaydi.
- O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
O‘quv faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish - 1. O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi. O‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish, o‘qituvchining muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi asosida amalga oshadi.
- 2. Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo‘pollik, mensimaslik va boshqa salbiy holatlarni yengish.
- 3. O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo‘lgan uslublarini ishlab chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o‘z-o‘zini kuzatish bilan yutuq va kamchiliklarni taqqoslash.
O‘quv faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish - 4. O‘zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an’ana va ma’naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish.
- 5. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, bu uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida).
- Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Muloqotning psixologik vositalari. Muloqotda tinglash madaniyati. Samarali muloqotga tayyorlash usullari - Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqeahodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir
|
| |