• “Men qoidalar bilan tanishib chiqdim va qoida shartlariga roziman”
  • Eslatma! Foydalanuvchilar tomonidan “Sayt-satellit” yaratish boʻyicha yuborilgan talabnomalar moderatorlar tomonidan 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.
  • Sayt-satellitlar yaratish tartibi




    Download 3.08 Mb.
    bet11/21
    Sana20.04.2022
    Hajmi3.08 Mb.
    #19999
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
    Bog'liq
    3. Raqamli texnologiyadan foydalanish 27.03.2022
    24 Sayt dizaynini yaratish bosqichlari, 2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909
    Sayt-satellitlar yaratish tartibi
    Sayt-satellit yaratish imkoniyati bilan http://info.ziyonet.uz/uz/post/view/services/create havolasi orqali oʻtib tanishishingiz mumkin.

    1-Rasm
    Soʻngra 1 -rasmda koʻrsatilgan sayt-satellitlarni yaratish qonun- qoidalari( http://blogs.ziyonet.uz/uzc/blog/create) havola orqali sayt yaratish qoidalari bilan tanishasiz. (2-rasm)

    1. Sayt-satellitlar yaratish boʻyicha talabnoma berish shakli bilan


    ishlash:
    - Qoidalar bilan tanishib chiqiladi va “Men qoidalar bilan
    tanishib chiqdim va qoida shartlariga roziman” oynasiga rozilik
    belgisi qoʻyiladi:

    - “Sayt nomi” – bunda saytning qisqacha mazmuni aks ettirilgan jumla yoziladi. Unda oʻqituvchi, oʻquvchi, maktab yoki taʼlimning boshqa turiga
    ixtisoslashgan maʼlumotlar yoziladi.
    - “Sayt domeni” – yaratilayotgan web sahifaning internet tarmogʻidagi nomi. Sayt domeni oynasini toʻldirish jarayonida quyidagilarga eʼtibor berish kerak:
    - faqat lotin alifbosida toʻldirish;
    - bosh harflardan foydalanmaslik;
    - sonlarni faqat harflardan keyin yozish;
    - tinish belgilaridan faqat oʻrtada chiziqcha “-”dan foydalanish;
    - sayt domeni yaratilayotgan web sahifaga mos kelishi.
    - Tavsif oynasiga yaratilayotgan sayt-satellitning qaysi sohaga
    ixtisoslashtirilganligi va ushbu web sahifaga qanday resurslar
    joylashtirilib borilishi haqida maʼlumotlar kiritiladi. Mazkur oynada kiritilgan belgilar 50 tadan kam boʻlmasligi shart.
    - Barcha oynalar aniq va bexato toʻldirilganligiga amin boʻlgandan soʻng “Sayt yaratish” tugmasi bosiladi.
    Eslatma! Foydalanuvchilar tomonidan “Sayt-satellit” yaratish boʻyicha yuborilgan talabnomalar moderatorlar tomonidan 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.
    Sayt-satellit maʼmurligi – Administrator boʻlimi bilan tanishish
    Yaratilgan saytga kirish uchun brauzerning manzillar paneliga sayt nomi http://sayt-satellit.zn.uz/ koʻrinishida kiritiladi va dastlab yangi ochilgan

    Sayt-satellitning Administrator boʻlimiga oʻtish uchun esa


    http://saytdomeni.zn.uz/wp-admin manzili kiritiladi. Soʻngra id.uz yagona
    identifikatsiya tizimi orqali avtorizatsiyadan oʻtiladi:

    Keyin brauzerda saytning Administrator boʻlimi ochiladi:

    Administrator sahifasi quyidagi asosiy qismlardan iborat:
    - yuqori qism – saytning umumiy holati haqida maʼlumot beruvchi va sosiy xossalarga yoʻnaltiruvchi menyular paneli;
    - chap qismi – saytni boshqarishda faol ishlatiladigan administrator menyulari;
    - markaziy qism – bu eng katta qism hisoblanib, unda saytdagi oʻzgarishlar, yangiliklar, tashriflar, iqtiboslar va boshqa bloklar jamlanmalari joylashgan. “Administrator” boʻlimi bilan tanishishni yuqori chap tomondan boshlaymiz:

    Mazkur ishlarni “avtorizatsiyadan” oynasining chap qismidan foydalanib ham bajarsa boʻladi. Saytni boshqarishda faol ishlatiladigan administrator menyusi, bilan tanishib chiqamiz:

    Konsol (Konsol). Menyuning “Konsol” qismida admin panelining
    asosiy koʻrinishiga va yangilanishlar markaziga oʻtish uchun havolalar mavjud:



    Download 3.08 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




    Download 3.08 Mb.