O’quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning eng muhimi, yetakchisi bo’lib hisoblanadi




Download 22.04 Kb.
Sana17.04.2024
Hajmi22.04 Kb.
#199006
Bog'liq
Ofdfdf
52.Joniqulov Mirali Baxriddinovich, Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistem, 3 2-laboratorija-mashuloti, 15-laboratorija-mashuloti, 1697893312 (1), Kurs ishi mavzu \'\'Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga soli-fayllar.org

O’quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning eng muhimi, yetakchisi bo’lib hisoblanadi. Pedagogik jarayon o’zining qanchalik murakkabligi va davomiyligidan qat’iy nazar, u, eng avvalo, maqsadni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, shakl, usul, vosita va b.) belgilangan maqsadga bo’ysunadilar, ular maqsadga muvofiq holda tanlanadi va o’zaro uyg’unlashtiriladi. Pedagogik maqsad pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir. An’anaviy didaktikada ham ko’pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P.D, Lerner I.Ya., Kraevskiy V.V., Maxmutov M.I., Talizina N.F. va b.) o’quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo’yichailmiy izlanishlar olib borishgan va bu masalalar bo’yicha ma’lum tajriba ham to’plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta’lim berish, tarbiyalash va talaba shaxsini rivojlantirish maqsadlarini aniqlash hamda ularga erishish yo’llari bo’yicha ma’lum darajada nazariy va amaliy ma’lumotlar mavjud. Lekin, o’qituvchi(uning timsolida o’quv yurti) qanday natijaga erishishni xohlaydi? Bir qarashda bu savolga javob berish osonga o’xshaydi. Biror fan yoki uning bo’limini o’qitishda o’qituvchio’z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunining o’zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qo’llay olishlariga erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Lekin, “tushunish”, “o’zlashtirish”, “anglash”, “qo’llash” degani nimani bildiradi? Qo’yilgan maqsadga erishilganligini o’qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo’yilgan maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud bo’lsa,



Differensial ta'lim. Rivojlangan mamlakatlarda ommaviy o‘rta maktablarning yaratilishi ta'lim-tarbiya differensiyasi muammosini yanada keskinlashtirdi. Bunday holat umumiy ta'lim diversifikatsiyasining sifat darajasi boshqacha tizim zaruratini keltirib chiqardi. O‘quvchilarning iqtidori, qiziqishi, o‘zlashtirishiga ko‘ra differensial tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish - zamonaviy maktabning global yo‘nalishiga aylandi. Differensiyaning asosiy shakllari - o‘quv muassasalarini turli tiplarga bo‘lish, bir maktab ichida potok va profillarga, sinfda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Differensial ta'lim muammosi bir xil hal bo‘lmaydi va qaramaqarshiliklarga ega. Ijtimoiy tomondan differensiya ijtimoiy tanlov usuliga aylanadi.
Pulli ta'lim va imtihonlar tizimi bunda tanlov vositasi bo‘lib hisoblanadi. Odatda tabaqalanish (differensiya) boshlang‘ich maktabni bitirgandan keyin boshlanadi. U turli tipdagi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Masalan: Angliyada grammatik va zamonaviy maktablarda, Germaniyada real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktablarda, Fransiyada texnologik, kasbiy va umumta'lim litseylarda, Rossiyada oddiy o‘rta maktab, litsey, kollej, gimnaziyada va b. Bu o‘quv muassasalarida differensiyaning asosiy o‘ziga xos belgisi dasturlardir.
Bir o‘quv muassasasi doirasida differensiya keng yoyilgan. Masalan, AQSh va Yaponiya katta o‘rta maktablarida 2 tipdagi umumta'lim va maxsus dasturlar mavjud. Ular turli qirralarda o‘quvchilarning turli guruhlarini o‘rganishadi. Germaniyada gimnaziya ta'limning 6 profilini taklif etadi, asosiy maktab esa differensiyani KKAM tizimi asosida amalga oshiradi. Unga ko‘ra ta'lim dasturning quyidagi variantlariga ko‘ra tashkil qilinadi: kasbiy kurs(K), kengaytirilgan kurs (K), asosiy kurs (A), moslashtirilgan kurs (M). To‘liqsiz o‘rta maktab differensiya vositasi hisoblanadi.
1930 yil AQShda, 1950 yil Yaponiyada, 1970-1980 yillar G‘arbiy yevropada, 1990 yil Rossiyada differensial ta'lim amalga oshiriladigan o‘quv muassasalari paydo bo‘la boshladi. Bu yerda gap AQSh va Yaponiyadagi kichik o‘rta maktab, Buyuk Britaniyadagi birlashgan maktab, Germaniyadagi yagona kollej, Rossiyadagi 6 yillik o‘rta ta'lim maktabi haqida ketyapti. Bu kabi ta'lim muassasalarida 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qitiladi. Bu o‘quv muassasalarda tabaqalanishning pedagogik asoratlari ijobiy. Tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega, turli guruh o‘quvchilari imkoniyatlari hisobga olinadi. Umumiy dastur o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan. Masalan, Fransiyadagi ilk yagona kollejlarda yaxshi o‘zlashtiruvchilar foizi shu yoshdagi parallel ta'lim muassasalarida yaxshi o‘zlashtiruvchilar sonidan yuqori chiqdi.
AQSh va Yaponiya kichik o‘rta maktablarida to‘liqsiz o‘rta ta'lim beriladi. Mazkur dastur qator afzalliklarga ega. Tanlov fanlar ta'limni davom ettirish yoki mehnat faoliyatini boshlashni nazarda tutadi. 1950 yil oxirida DJ.Konant boshchiligidagi pedagoglar guruhi umumqamrab oluvchi maktab modelini taklif etdi. Bu model bo‘yicha umumta'lim o‘quv muassasasida ijtimoiy daraja, qobiliyat, qiziqishidan qat'iy nazar barcha bolalar o‘qishadi, lekin turli-tuman ta'lim dasturlari amalga oshiriladi. Konant tavsiyalari AQShdagi kichik o‘rta maktablarda differensial ta'limni joriy qilishda foydalanildi. Buyuk Britaniyada birlashgan maktablar kichik grammatik sinflar va zamonaviy maktablarni o‘z ichiga oladi.
Ilk 3 yillikda o‘quvchilar zamonaviy maktab dasturi bo‘yicha shug‘ullanadilar, keyin yoki shu dasturni davom ettiradi, yoki Grammatik maktab dasturi bo‘yicha o‘qishadi. Birlashgan maktablarda yoshiga ko‘ra 90% o‘smirlar shug‘ullanadilar. Germaniyada umumiy maktablarda yoshiga ko‘ra 5% o‘quvchilar tehsil olishadi. Umumiy maktabning kooperativ va integral tiplari yuzaga keldi. Kooperativ maktablar asosiy, real maktab va gimnaziyalarni birlashtirdi. 9-sinfdan keyin o‘quvchilar asosiy maktabdagi kabi diplom oladilar, 10-sinfdan keyin esa diplom real maktab va gimnaziyaning o‘rta bosqichiga teng keladi. Kooperativ maktablarda mashg‘ulotlar majburiy va elektiv dastur birgaligida amalga oshiriladi.

Fransiyada yagona kollejlarda guruh bo‘yicha ta'lim doimiy tashkil etiladi. Turli tipdagi guruhlar tuziladi: gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi bir xil, yarim gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi yaqin, geterogen-tayyorgarlik darajasi har xil. Guruhlarga o‘qituvchilar, psixologlar, yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatchilar tavsiyasiga ko‘ra bo‘linadi. Guruhlar maktab dasturi variantlarini o‘zlashtiradilar. Ikkita bitiruvchi sinfda kuchli va kuchsiz bosqichli guruhlar yuzaga keladi. Bu ikki xil guruhni bitirgan kollej o‘quvchilariga ta'limning keyingi tiplari tavsiya etiladi. Yaponiya maktablarida guruhli ta'lim yaxshi mavqyega ega, uni musobaqa tarzida tashkil etishadi. Sinfdagi guruhchalar kim ko‘p ingliz tilidagi so‘zlar, ieroglif va she'r yod olish bo‘yicha bellashadilar. Baho butun guruhga qo‘yiladi. Yapon pedagoglari guruhli ta'limga har xil nuqtai nazar bilan qarashadi. Guruhli ta'lim pedagogik jihatdan to‘g‘ri, lekin guruhlarda shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlar dunyoqarashini toraytirish xavfi bor, deb hisoblashadi. Masalan, guruhni kuchlilar va zaiflar guruhiga bo‘lganda 2ta holat yuzaga keladi: yoki kuchlilarga, yoki kuchsizlarga e'tibor qaratiladi, bu har ikkala guruhga ham zarar. Chilida ta'lim intizomi (Florens Torch, Alexandro Mizala). Chili ta'lim tizimining o‘ziga xos tashkiliy tuzilmasi mavjud.


Chili ta'lim tizimida 1981 yilda tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi, ya'ni hukumatning markazlashgan nazorati ostida bo‘lgan ta'lim tizimi mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadigan universal vaucher tizimiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda, ta'lim muassasalari ijtimoiyiqtisodiy qatlamlarga bo‘lingan. Bular kambag‘allar o‘qiydigan davlat maktablari, o‘rta qatlam tahsil oladigan vaucherli davlat maktablari va boylar o‘qiydigan xususiy ta'lim dargohlaridan iborat. Chilida talabalar orasidagi zo‘ravonlik indeksining yuqori darajada bo‘lishi, Chili maktablarida keng tarqalgan bezorilikning natijasi bo‘lishi mumkin. Chili maktablari keskin tabaqalashuvi bilan farqlansa-da, boylar tahsil oladigan maktablardagi tartib quyiroq maktablarga nisbatan unchalik ham farq qilmaydi. O‘z navbatida, qishloqdagi tartibsizlik ko‘rsatkichi shaharga nisbatan ancha kamdir (Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 74-80).
Isroilda ta'lim intizomi va yutuqlar (Yossi Shavit, Karmel Blank). Isroil ta'limidagi intizomiy iqlim va talabalarning yutuqlari orasidagi kuchli va muhim bog‘liqlik mavjud. Test natijalari rahbarlarning talabalarning mashg‘ulligi yuzasidan qilgan hisobotlari va o‘qituvchilarning sinf intizomi hisobotinig salbiy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Talabalar orasidagi va talabalar tomonidan o‘qituvchilarga nisbatan amalga oshirilgan zo‘ravonlik ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘p yoritilib kelinmoqda. Isroil talabalari itoatkorlik va ehtirom borasida aralash ma'lumotlarni qabul qiladilar. Maktablarda, Isroillik talabalar ayni hisobotda ham intizomi uchun, ham fanlari uchun baholanadi. O‘z navbatida intizom bahosi qoniqarli ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, talabalar safidan chiqarilishi mumkin. Boshqa tarafdan, isroilliklar mustaqil va jasurlikni qadrlaydigan sabrli yoshlar madaniyatiga juda katta ahamiyat beradilar (Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 104-107). Italiya ta'lim dargohlarida immigrantlarning mavjudligi, intizomi va faoliyati (Paolo Barbieri, Stefani Sherer). Italiya talabalari orasidagi zo‘ravonlik akademik faoliyatga katta to‘sqinlik qiladi. Yuqori darajadagi zo‘ravonlikning salbiy ta'siri immigrant talabalar faoliyatidagi o‘tkir masaladir. Ular mahalliy italiyaliklarga nisbatan ko‘proq zo‘ravonlikka duch keladi va akademik ko‘rsatkichlari ham nisbatan pastroqdir. Italiyadagi immigrantlar dunyoning hamma yerlaridan kelganlar. Ularning kattagina qismi Marokash, Xitoy, Ruminiya, Ukraina, Moldova, Hindiston va Fillipindan kelgan. Shuningdek, shimoliy va janubiy Italiya orasidagi farq ham dramatik ko‘rinishga egadir. Janub shimolga nisbatan kamroq moliyaviy resurslarga ega bo‘lganligi bois shimoldan ancha ortda va bu qoloqlikni ta'lim sohasida ham ko‘rish mumkin. Janubda, talabalar, o‘qituvchilar va rahbarlar, shimoldagilarga nisbatan taqqoslanganda, yuqori darajadagi tartibsizliklarni qayd qiladilar(Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 138-143). Yaponiyada ta'lim intizomi va akademik yutuqlar (Xiroshi Ishida, Satoshi Miva). Yaponiya ta'lim dargohlarida tartibsizlik va jinoyatlarning sodir bo‘lish darajasi juda past ekanligi ko‘rsatilgan Yaponiya maktablaridagi yuqori darajadagi tarbiya otaonalar, ta'lim dargohlari xodimlarining o‘ta talabchanligi, hamda o‘rta ta'lim va undan keyngi ta'lim dargohlaridagi ierarxal tartiblanishi sababdir. Yapon ta'lim dargohlarida talabalar orasidagi xulqbuzarlik darajasini yoritish oson emas. Yaponiyada, ta'lim intizomi muhiti talabaning yutuqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir o‘tkazmaydi.
Nima bo‘lganda ham, zo‘ravonlikni boshidan kechirgan talabalar test natijalari zo‘ravonlikka hech ham uchramaganlarga nisbatan pastroqdir(Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 163-170). Gollandiyada ta'lim intizomi muhiti, tarbiyaviy muammolar, va akademik yutuqlar (German G. Van de Verfborst, Makbteld Bergstra, Rene Veenstra). Gollandiyada ta'lim intizomiy muhiti talaba faoliyatiga faqat ozgina ta'sir o‘tkazishi, talabalar guruhining tarkibiga bo‘lgan ta'siri mustaqilligini ko‘rsatadi, hamda gollandlarning ta'lim tizimidagi unikal tuzilma talaba faoliyatiga chegaralangan, ya'ni kam ta'sir o‘tkazishini ko‘rsatmoqda. Gollandiyada ta'lim tizimi yuqori darajada standartlashtirilgan; shunga qaramay maktab darajasidagi avtonomiyaga ko‘proq joy mavjud.
Ta'lim dargohlarida dramatik ko‘rinishda farqlilik mavjuddir. Ham akademik, ham kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta'lim muassasalariga nisbatan faqat akademik yo‘nalishni taklif qiladigan ta'lim dargohlarida yuqori darajadagi ta'lim xavfsizligi ta'minlangan. Umuman olganda, Gollandiya o‘ta yuqori darajadagi madaniy tolerantlik bilan ajralib turadi(Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012 180). Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, ta'limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta'lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta'lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning fikrimizcha, o‘rganilayotgan obyektlarning ba'zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir.
Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda "Integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha: "Tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma'lum ketmaketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi.
Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil qilinadi". Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma'lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma'lum ustunlikka ega bo‘lishi ham mumkin. Masalani ikki tomonini fan-texnika taraqqiyoti natijasida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishida turli kasblarning paydo bo‘lishi, ya'ni tabaqalanishini, mexanizatsiya, avtomatizatsiya va yana qo‘shma kasblar yoki keng ixtisosli mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini ko‘rsatish mumkin. Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy bilimlarining o‘zaro ta'siridan farqli o‘laroq quyidagi yo‘nalishlarda kechishi mumkin: — alohida olingan fan doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida; — fanlararo o‘zaro aloqadorlik doirasida, ya'ni bir yoki bir necha sohalar doirasida; — maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar uyg‘unligini integrativ yondoshuv sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq nisbatan mustaqil qismlarda kechayotgan jarayonlarni birlashtirish - integratsiyalashtirishning natijasi bo‘lishi mumkin. Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi. Tizimlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir.
Ko‘p hollarda ta'lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli va majmuaviy yondoshuvlar sinonim sifatida talqin etiladi. Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini o‘rganilayotgan obyektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi. Lekin ular bir-biridan mohiyatiga ko‘ra ham farqlanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida integrativ yondoshuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit obyektning ichki va tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib borilishi mumkin. Kichik mutaxassislarni tayyorlashda integrativ yondoshuv mutaxassislikka oid bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy safat hamda fazilatlarni yaxlitligini ta'minlash uchun qo‘llaniladi. Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. "Pedagogika" o‘quv predmeti integrativ fan sifatida quyidagi masalalar o‘z yechimini qanday topganligiga bog‘liq holda uning samaradorligi aniqlanadi:
1. Integrativ o‘quv predmeti tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv predmetining qanday vazifa yechimini ta'minlashdagi roli;
2. Nisbatan tor doiradagi o‘quv predmetlarining didaktik vazifalarini integratsiyalash jarayonida to‘liq saklab qolgan holda umumiy maqsadga bo‘ysundirilishi;
3. Integrativ o‘quv predmetini o‘rganish metodikasi, shakli, metodlari, vositalari va shart-sharoitlarini majmuaviy ishlab chiqish.
Yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarga xotima berib aytganda tizimli, majmuaviy va integrativ yondashuvlarning umumiylik jihatlari mavjud bo‘lib, o‘ziga xos tafovutlarga ham egadir. Umuman olganda integrative yondoshuvga tizimli va majmuaviy yondoshuvlarning natijasi sifatida qarash mumkin. Integratsiya muammosini didaktik jihatdan tadqiq etilishi-uni ta'lim prinsipi sifatida talqin etilishini talab etadi. Metodik nuqtai nazardan olib qaraganda integratsiya ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtiruvchi va ko‘zlangan natijani kafolatlovchi shart-sharoit va usul deb tadqiq etilishidir. Integrativ yondoshuv ilmiylik, kasbiy yo‘nalganlik, politexnizm, uzviylik, muntazamlik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, tabaqalashtirish kabi didaktik prinsiplar bilan aloqadorlik hamda uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
O‘z navbatida integrativ yondoshuv ham hech qachon boshqa didaktik prinsiplarga o‘xshab o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik va metodik masalalar yechimini aniqlaydi. O‘quv materiali mazmunini integratsiyalash didaktik jarayon sifatida ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovli, tizim shaklidagi tadqiqot obyekti hisoblanadi. Uni tahlil qilish (o‘rganish) tizimli-tuzilmaviy yondoshuvni talab etadi. Chunki uning funksiyasi, tarkibi, tuzilishi va shu kabi muhim xususiyatlarini o‘rganish ko‘zda tutiladi. Maxsus fanlarni integratsiyalashda ulardagi barcha xarakterli xususiyatlarni sintezlash emas, balki eng muhim va umumiy g‘oyalar, muammolarni sintezlash ko‘zda tutiladi. Integratsiyalash alohida o‘quv predmetlari chegarasida amalga oshiriladigan nazariy sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez shaklida namoyon bo‘lib, bevosita umummilmiy bilimlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. Ingegratsiya-sintezning yuqori darajasi hisoblanadi. Bilish jarayonida, tahlil qismlarga ajratish, sintez esa ularni birlashtirish (umumlashtirish) sifatida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrofmuhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta'lim jarayonida turli hil tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birga o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirishaniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalashadi. Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shakllarining turli - tumanligi bilan ajralib turadi.
Ma'lumki, atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun ta'limning natijasi maktab ta'limining 1-bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyati cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchani ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish sohasidir. Boshlang‘ich maktab fanlari integratsion aloqalarining mohiyati haqida olimlar orasida qaramaqarshiliklar ko‘p. Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer-butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz:
1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson). U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta'kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta'limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich – tabiat haqidagi elementar bilimlarni birlashtirish; oraliq – fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta'limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta'limni to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma'lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta'minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqala amalga oshiriladi.
Bilimlarning eng oddiy umumlashtirishi sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi. Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta'minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasidagi bo‘shliqlarni chegaralashga imkon beradi. Bayon qilingan psixologik dalillar yordamida boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta'limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninning “Pedagogika” kitobida darslarda qo‘llanadigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta'lim muammolari aks etmagan.
Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya differensiya jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir. O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv-differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir.
Download 22.04 Kb.




Download 22.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning eng muhimi, yetakchisi bo’lib hisoblanadi

Download 22.04 Kb.