O‘quv mashg‘UL




Download 4,07 Mb.
bet17/24
Sana18.05.2024
Hajmi4,07 Mb.
#241178
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
O‘quv mashg‘UL (1)

Fizikaviy usullarga- fizik muxanikaviy va melioratv tadbirlar qо‘llash yani yerni ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihattan qimmatli struktura yaratish, tuproqning suv- fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Qо‘riq yerlar foydalagnishga kiritilib, madaniylashtirilgandan keyin, u tabiiy unumdorlik bilan bir qatorda sun’iy unumdorlikka yega bо‘la boshlaydi. Lekin tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin sun’iy unumdorlik bilan bir qatorda, doimo tabiiy unumdorlikka yega bо‘ladi. Demak, bu har ikkala unumdolik turlari bir-biri bilan bog‘liq. Yerlar qanchalik uzuoq muddat foydalanilib, uning ma’daniy xolati yaxshilanib, yuqori agrotexnika tadbirlari sistemasi qо‘llanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham shunchalik yuqori bо‘ladi. Ma’daniy о‘simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda bular haqiqiy samarali unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari potensial samarali unumdorlik ham ajratiladi. Yо‘naltirilgan holda ma’daniy tuproqlarning yaratilish jarayonlari о‘z navbatida tuproq unumdorligining muayyan darajasi (modeli) ni yuzaga keltirish imkonini beradi. Tuproq unumdorligi modeli deganda ekinlarning ma’lum darajadagi hosilni olish uchun zarur shart sharoitlarga javob beradigan va agronomik nuqtai nazardan ahamiyatga ega bо‘lgan tuproq xossalari yig‘indisi tushiniladi.
Har bir tuproq tipi uchun unumdorlik darajasini kо‘rsatuvchi muayyan, о‘ziga xos bо‘lgan xossalar kо‘rsatkichi mavjuddir.
Shuning uchun insoniyat tomonidan qishloq xо‘jaligida tuproq va iqlim sharoitida mos rejalashtirilgan madaniy ekinlar ekiladi va yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun bir qator agrotexnik tadbirlarni amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narhini aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ham bir fermer va shirkat xо‘jaligidagi yerlarning kadastri va bonitirovkasi ishlab chiqiladi. Bunda tuproq bahosini ishlab chiqish, ichki imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va kо‘p yillar mobaynida olingan hosil e’tiborga olinadi.
Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning asosiy xalqimizning asosiy boyligi bо‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin.


axolash mezoni




Download 4,07 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Download 4,07 Mb.