O‘quv mashg‘UL




Download 4,07 Mb.
bet15/24
Sana18.05.2024
Hajmi4,07 Mb.
#241178
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
O‘quv mashg‘UL (1)

Tuproq unumdorligi. Tuproqning turli tog‘ jinslaridan farq qiladigan eng muhim sifat belgilaridan biri unumdorlikdir. Qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblangan tuproqning halq xо‘jaligidagi ahamyati ham, ana shu unumdroligi bilan belgilanadi. О‘simliklar uchun oziq moddalardan tashqari yorug‘lik, issiqlik va kislorod, uning yashil qismi uchun karbonat angidirid zarur. Ana shu moddalar va zarur shart- sharoitlar о‘simliklarga tuproq orqali turli darajada yetkazib turiladi.
Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akademik Vilyams nomi bilan bog‘liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R. Vilyams bо‘yicha (1936 yil) unumdorlik deganda tuproqning unumdorliklarini suv va ozuq yelimentlar bilan bir vaqtning о‘zida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobilyati tushuniladi. О‘simliklar uchun zarur issiqlik va yorug‘likni Vilyams kosmik omillar jumlasiga kiritadi. Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida tuproqda kechadigan kо‘plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog‘liq. Unumdor tuproq о‘simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olishi, mо‘tadil reaksiyaga ega bо‘dishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur.
Unumdorlik deb tuproqning о‘simliklarni о‘sishi va rivojlanishi(hosil berish ) uchun zarur suv, oziq elimentlar va shuningdek boshqa shart-sharoitlar ilan ta’min eta olish qobilyatiga aytiladi.
Demak, tuproqning ishlab chiqish qobilyati, unda kechadigan kо‘plab jarayonlar va hodisalarga bog‘liq. О‘simlikning barcha о‘sib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog‘liq. Shuning uchun xam tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart – sharoitlarga bir vaqtning о‘zida ta’sir eta olish kerak.
Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bо‘lib, unumdorlikning nafaqat tuproq xossalariga, balki о‘stiriladigan ekinlar turiga xam bog‘liq. Masalan, muayyan bir tuproq aloxida о‘simliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bо‘ladi. Chunki har xil о‘simliklarning tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bо‘lgan talabi bir xil emas.
Tuproq unumdorligi deganda uning о‘simlik о‘sishi va rivojlanishi uchun kerak bо‘ladigan oziq moddalar bilan ta’minlanish darajasi nazarda tutiladi.

Download 4,07 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Download 4,07 Mb.