|
Tuprok eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi
|
bet | 11/24 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,07 Mb. | | #241178 |
Bog'liq O‘quv mashg‘UL (1)Tuprok eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi
Tuproq eritmasining tarkibi konsentratsiyasi juda murakkab bo’lib, uning yuzaga kelishida ko’plab jarayonlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasining tarkibi atmosfera yog’inlaring miqdori va tarkibiga, tuproq qattiq va gazsimon fazalariga, o’simliklar qoldiqlarining tarkibi va miqdoriga, mezofauna hamda mikroorganizmlarning faoliyati singari omillarga bog’liq. Yuqorida ko’rsatilgan jarayonlarning borish sur'ati va yo’nalishi mavsumiy o’zgarish xarakteriga ega bo’lganligidan tuproq eritmasining tarkibi ham juda o’zgaruvchandir.
Tuproq eritmasining konsentratsiyasi uncha yuqori bo’lmasdan, odatda, 1 l eritmada eriganmoddalar miqdori bir necha grammdan oshmaydi. Ammo sho’rlangan tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori bir litrda o’nlab va hatto yuzlab grammni tashkil etadi. Tuproq eritmasi tarkibidagi mineral va organik-mineral moddalar odatda, ionlar, molekulalar va kolloidlar shaklida saqlangan bo’ladi. Bundan tashqari, tuproq eritmasi tarkibida SO2, O2 singari erigan gazlar ishtirok etadi.
Tuproq eritmasi tarkibida mineral birikmalarning anionlaridan: NSO3, SO3, NO3, NO2, SO4, CI-, H2PO4, HPO2 va kationlaridan: Sa+, Mg2+, Na+, NH+4, K+, H+ singarilar bo’ladi. Shuningdek, kuchli nordon tuproqlarda AI3+, Fe3+, botqoqlangan tuproqlarda esa H2+ bo’lishi mumkin. Tuproq eritmasidagi temir va alyuminiy asosan organik moddalar bilan mustahkam kompleks birikmalar holidadir.
Tuproq eritmasi tarkibida organik birikmalardan organik qoldiqlarning suvda oson eriydigan moddalari va ularning parchalanish mahsulotlari, o’simlik va mikroorganizmlarning hayot-faoliyati mahsulotlari (organik kislotalar, qand moddalari, aminokislotalar, spirtlar, fermentlar, oshlovchi moddalar singarilar), shuningdek gumus moddalar bo’lishi mumkin.
Baxolash mezoni
|
| |