Baxolash mezoni
|
Baho
|
1
|
Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..
|
5
|
2
|
Savollarga qisman javob berish
|
4
|
3
|
Savollarga noto’g’ri javob berish
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bermaslik
|
2
|
O‘QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
1-mavzu:
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni
|
O‘quv mashg‘uloti shakli va turi
|
Nazariy
|
O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bilim(ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).
|
O‘qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar
|
Pedagogik vazifalar:
|
|
O‘qitish metodlari:
|
Kichik axborotli, ma’ruza, hikoya, tushuntirish, ko‘rsatma berish, namoyish. Ko‘rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, taqdimot, insert, mashq, suxbat, baxs, aqliy hujum,ta’limiy o‘yin, pinbord, BBB, va boshqalar (qo‘yidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi)
|
O‘qitish vositalari:
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proyektor, kompyuter, diaproektor, flipchart, videofilm grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varog‘i, yo‘riqnoma, elektron yo‘riqnoma.
|
O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli:
|
Ommaviy, jamoaviy, guruhli juftlikda, yakka tartibda
|
O‘qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona.
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash.
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
O‘quvchilar
|
|
1-Bosqich.
Mavzuga kirish
(5 daq.)
|
Tashkiliy qism
1.1. O‘quvchilar bilan salomlashadi
1.2. O‘quvchilarning davomati ularni va
auditoriyani mashg‘ulotga tayyorligini tekshiradi
Maqsad va vazifaning belgilanishi
1.3. O‘quv mashgulotining mavzusi, rejasi, maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan
tanishtiradi, uning ahamiyatini asoslaydi
1.4. Mavzu bo‘yicha baholash mezonlarini
ma’lum qiladi
|
Diqqat qiladi
Yozib oladi
Tanishadi
|
|
2-bosqich.
Asosiy bosqich
(65 daq.)
|
O‘quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. O‘quvchilarga fan bo‘yicha dastlabki bilimlarini tekshirish maqsadida savollar varaqasini tarqatadi. Ishga ajratilgan vaqt, baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiriladi.
2.2. Javoblar varaqasi yigíb olinadi va tekshirib baholanadi. (1-ilova)
Yangi o‘quv materiali bayoni
2.3. O‘quv fanining maqsadi va mazmuni bilan tanishtiradi
2.4. Mavzu bosqichlarini videoproektorda
ko‘rsatib tushintirib beradi
2.5. Fanda uchraydigan atamalarni klaster bilan tanishtiradi(2-ilova)
2.6. Mavzuni har bir qismi bo‘yicha xulosalanadi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi,berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash
2.7. Mavzuni mustahkamlsh uchun talabalarga
Aqliy hujum savollari beriladi.( 3-ilova)
|
Savollarga javob
yozadilar
Diqqat qiladi
Ma’lumotlarni daftarga
qayd qiladi va chizadi Kuzatadi
Tinglaydi
Aqliy hujum savollariga javob beradi
|
|
3-Bosqich Yakuniy bosqich
(10 daq.)
|
Mashg‘ulot yakuni
3.1. Mavzuni umumlashtirib, mashg‘ulotni yakunlaydi.
3.2. O‘quvchilar faoliyatini va tahlil qiladi va baholaydi
Uyga vazifa berish
3.3. Mavzuni o‘rganib chiqib, mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotlar tayyorlab kelish
|
Diqqat qiladi
Vazifani yozib oladilar
|
|
Tuproqlarning singdirish qobiliyati deb, ular tomonidan almashinadigan va almashinmaydigan tarzda qattiq, suyuq va gaz holatidagi moddalarning yutilishiga, kolloid zarracha ustiga konsentratsiyasining ortishiga aytiladi.
Tuproqning singdirish xususiyati to‘g‘risidagi tadqiqotlar K.K.Gedroyts, G.Vingner, S.Mattson, Ye.N.Gapon, N.I.Gorbunov, B.P.Nikolskiy, N.P.Remezov, I.N.Antipov-Karatayev va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan, mukammalashtirilgan bo‘lib, ular hozir ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Nisbatan to‘liq ta’limot bu K.K.Gedroyts ta’limoti hisoblanadi. K.K.Gedroyts ta’limotiga ko‘ra, tuproqlarning singdirish qobiliyati 5 guruhga bo‘linadi:
1. Mexanik singdirish qobiliyati- deb tuproqlar tomonidan suv, havo oqimi bilan kelib turadigan, o‘lchamlari tuproq g‘ovaklarining o‘lchamlaridan katta bo‘lgan turli moddalar, zarrachalar va har xil jismlar hamda jismlarning yutilishiga, ya’ni ushlanib qolishiga aytiladi.
Mexanik singdirish ko‘pincha tuproqdagi g‘ovaklar o‘lchamiga, yutilishi kerak bo‘lgan jismlar, moddalar o‘lchamiga, miqdoriga, ko‘p va oz miqdorda suv va havo yordamida kelib turishiga bog‘liq bo‘ladi. Har xil oqizindilarga va kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan suvlar tuproqdan o‘tib tozalanadi. Tuproq va ba’zi tog‘ jismlarning bu xususiyatidan hayotda keng foydalaniladi.
Sug‘orish inshoatlarini, kanallarni qurilishida tuproqlarning bu xususiyatlaridan foydalanib kanallar o‘zanlari orqali loyqa suvlar o‘tkaziladi, natijada o‘zandagi g‘ovaklar to‘lib, kanallarning filtratsiya va infiltiratsiya darajalari keskin kamayadi. Bu hodisaga kanallar va suv omborlarini kolmatatsiyalash deyiladi.
Bu usuldan shag‘alli tuproqlarni yaxshilashda ham foydalansa bo‘ladi, ya’ni shag‘alli yerlarga loyqa-butana suvlar quyilsa, shunday suvlar bilan sug‘orilsa, unda tuproq qatlami ortadi, unumdorlik yaxshilanadi. Chunki oqizindi zarrachalar odatda kolloid zarrachalarga, chirindiga, oziqa elementlarga nisbatan boy bo‘ladi.
2. Kimyoviy singdirish qobiliyati deb, tuproqlardagi sodir bo‘ladigan kimyoviy reakitsyalar natijasida suvda erimaydigan tuzlar, havoga chiqadigan gazlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq jarayonga aytiladi.
Kimyoviy singdirish jarayoni natijasida odatda ohaktosh, gips CO2 kabi tuzlar, gazlar va suv hosil bo‘ladi.
Kimyoviy singdirish tuproqlarning tipi, turi hamda tuproqlardagi kolloid zarrachalarning zaryadlariga, miqdoriga singishi mumkin bo‘lgan elementning turiga va boshqalarga qarab har xil bo‘ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin:
1
2.
Ca(HCO3)2CaCO3H2OCO2
Al(OH)3H3PO4 AlPO43H2O
Na2CO3CaSO4CaCO3Na2SO4
3. Biologik singdirish qobiliyati, deb tuproqda yashovchi tirik organizmlar, ildizchalar, mikroorganizmlar tomonidan har xil elementlarning yutilishi tushuniladi.
Biologik singdirish qobiliyati tanlash asosida sodir bo‘ladi, sababi har xil tirik organizm alohida bir elementga yoki elementlar guruhiga muhtoj bo‘ladi.
O‘simlik ildiz tuzilmalari orqali singdirish asosan almashinish negizida sodir bo‘lib, element o‘z navbatida o‘simlik tanasida tutashish, osmos nazariyalari va turgor hodisasi asosida harakat qiladi.
4. Fizik singdirish qobiliyati, deb mayda dispers zarrachalar ustida har xil moddalar molekulalari konsentratsiyasining ortishiga aytiladi. Bu odatda kolloid zarrachalarning yuza energiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa alohida molekulalarni qattiq kolloid zarracha yuzasiga, ma’lum energiya hisobiga tortilishi asosida sodir bo‘ladi.
Bizga yuza energiyasi zarrachalarning umumiy yuzasi bog‘liqligi aniq. Yuza qancha qattiq bo‘lsa fizik singdirish shuncha katta bo‘ladi. Biz buni qum va tuproq orqali bir xil miqdorda loyqa-suspenziya o‘tkazganimizda aniq ko‘rishimiz mumkin.
Qum orqali suspenziya o‘tkazilganda to‘plang‘ich idishga tushgan suv nisbatan toza, ya’ni avvalgi suspenziya holatidan tozaroq bo‘ladi. Lekin tuproq kolonkasidan shu suspenziya o‘tkazilganda esa suv to‘plagichda biz toza suvni ko‘rishimiz mumkin. Sababi tuproq kolloidlari suspenziyadagi moddalarni sorbtsiyalaydi, g‘ovaklari kichik va mayda bo‘lgani uchun mexanik singdirish ham yaxshi sodir bo‘ladi.
Bu tajribani siyoh bilan o‘tkazilsa natija yaxshi bo‘ladi. Bunda tuproqning fizikaviy singdirish hisobiga siyoh yutilib qolib toza suv o‘tadi.
Fizik singdirish jarayonida odatda butun molekula, ya’ni gazlar va elektrolitlar, suv bug‘lari butunicha yutiladi. Bunga tuproq kolloid zarrachasi ustidagi plyonkali suvni misol keltirish yaxshi natija beradi.
Tuproq kolloid zarrachalari orqali dissotsiatsiyalanmagan qattiq molekulyar eritmadagi zarrachalar ham yutiladi.
Fizik singdirishda yutilgan molekulalar kolloid zarracha tarkibiga kirib joylashib ololmaydi. Faqat ularning yuzalariga konsentrlanadi, ya’ni to‘planadi.
Aydinyan (1933) ma’lumotlariga ko‘ra bu jarayonda tuproqlarning singdirish sig‘imi oshadi. Xulosa qilib aytganda, tuproqlarning fizik singdirish xususiyatlaridan iflos suvlarni, ayniqsa zaharli ximikatlar bilan zaharlangan suvlarni tozalashda foydalansa bo‘ladi. Lekin tuproqlarda bu xususiyat cheksiz emas, aniq sig‘imga ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Bundan tashqari tuproqlarning singdirish qobiliyatini alohida-alohida ajratish juda qiyin va murakkab. Ular dialektik asosda uzviy bog‘langan bo‘ladilar. Shulardan yana biri bu fizik-kimyoviy singdirishdir.
5. Fizik-kimyoviy singdirish, deb tuproqlarni singdirish va ekvivalent miqdorda singdirilgan ionlarni almashtira olish qobiliyatiga aylitiladi. Bu jarayon kolloid zarrachalarning ustida, yuzasida sodir bo‘ladi.
Kolloid zarrachalar eritma bilan doim aloqador bo‘lib, undan o‘ziga birorta elementni oladigan bo‘lsa, shu elementning ekvivalent miqdoriga teng miqdorda boshqa bir elementni eritmaga chiqaradi. Shuning uchun ham fizik-kimyoviy singdirishga almashinuvchi singdirish ham deyiladi.
Misol qilib sho‘rtoblarning hosil bo‘lishi sho‘rtob tuproqlarni sho‘rtobsizlanishini keltirishimiz mumkin.
Sho‘rxok tuproqlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun ularning sho‘rini yuvish kerak bo‘ladi. Bunda vaqtinchalik sho‘rtoblik quyidagicha hosil bo‘ladi:
Bu jarayon qaytar jarayon hisoblanadi, ya’ni odatda sho‘rtob tuproqlar hosildorligini oshirish uchun gips, ohak va boshqa minerallar, jinslar solinadi, ya’ni
bu jarayon ham qaytar, shuning uchun hosil bo‘lgan tuzni tezda yuvib tuproq maydonidan tashqariga chiqarish kerak.
Xulosa qilib aytganda, tuproqdagi singdirish xususiyatlari ularning tarkibidagi singdirish komplekslari orqali namoyon bo‘ladi.
^
|