• Baxolash mezoni
  • O‘quv mashg‘UL




    Download 4,07 Mb.
    bet7/24
    Sana18.05.2024
    Hajmi4,07 Mb.
    #241178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
    Bog'liq
    O‘quv mashg‘UL (1)

    Mo'tadil iqlim poyasida o'sadigan o'simliklyar.


  • Janubiy kengliklarda o'sadigan o'simliklar.


    Birinchi guruhga mansub o'simliklar: arpa, suli, bug'doy, javdar, ko'k no'xat, beda va boshqalar. Ularning urug'i o'rtacha temperatura 1-50 bo'lganda unib chiqadi, 10-120 da gullaydi va yetiladi. Bu o'simliklarning maysasi 5-100 da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Shuning uchun bu o'simlikning urug'i erta bahorda, fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Ayrim ekinlar sovuqqa ancha chidamli bo'ladi. Masalan, beda qor tagida - 400, qor bo'lmaganda esa -300 sovuqqa chidaydi.
    Ikkinchi guruhga issiqsevar o'simliklar: g'o'za, makkajo'xori, oqjo'xori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularning urugi 10-120 da unib chiqadi va 15-200 da gullaydi. Shunga ko'ra, ularning urug'i martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi. Bu o'simliklar orasida g'o'za o'ta issiqsevarligi bilan ajralib turadi, chigit tuproq darajasi 10-120 bo'lganda unsa ham, maysasi 160 da yer betiga chiqadi. Uning normal o'sishi va rivojlanishi uchun temperatura 25-300 dan past bo'lmasligi shart. Aks holda g'o'zaning rivojlanishi susayadi. Chigit unib chiqishi uchun 840, g'o'za shonalashi uchun 4000, gullashi uchun 4150, ko'saklar ochilipsh uchun 6600, jami 1560foydali daraja zarur.
    Kechpishar g'o'za navlarining vegetasiya davri 150-160 kun, chigit unib chiqishi uchun 840, g'o'za shonalashi uchun 4150, gullash uchun 7000, ko'saklar ochilishi uchun 720-8000, jami 1770-20000 foydali temperatura kerak.
    Issiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo'l hosil yetishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab urug'ini unib chiqishi, o'sishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqlik talab etiladi.
    Yerga solingan chirimagan go'ng, organik o'g'itlar tuproqning issiqlik rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t go'ng chiriganda 4-5 mln. kkal issiqlik ajralib chiqadi. Yerga barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda samarali tadbir hisoblanadi. Egat va pushtalardagi qulay daraja rejimi tuproqning fizikaviy xossalari bilan bog'liq holda chigitning barvaqt va qiyg'os unib chiqishiga imkon beradi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi.
    Tuproq haroratini oshirishni va rejimini tartibga solishning yana bir asosiy omili chigit yoki boshqa ekinlar urug'i ekilgandan keynn yerlarni mulchalashdir. Mulcha sifatida chirigan go'ng, ko'mir kukuni, qora qog'oz va plyonka kabi materiallardan foydalanish mumkin.

    Baxolash mezoni




    Download 4,07 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




    Download 4,07 Mb.