• 4.Gravitatsion suv.
  • O‘quv mashg‘UL




    Download 4,07 Mb.
    bet3/24
    Sana18.05.2024
    Hajmi4,07 Mb.
    #241178
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    O‘quv mashg‘UL (1)

    3.Kapillyar suvtuproqdagi nozik- qilsimon kovakliklarda saqlangan suv bо‘lib, kapillyar kuchlar ta’sirida harakat qiladi. Kapillyar kuchlar zarralar orasidagi kovakliklarning о‘lchami 10mm bо‘lganda yuzaga kelib, diametri 0,1 dan 0,001 mm gacha bо‘lganda ayniqsa yuqoridir. Tuproqdagi kapillyar sistema nihoyatda holatda bо‘lib, ular bir- biriga bog‘liq kо‘plab yirik va nozik kaplliyarlar yig‘indisidan iborat. Shuning uchun tuproqning mexanik tarkibi struktura holati va zichligiga kо‘ra kapillyar suvning kо‘tarilishi va uning harakati har xil.
    Kapillyar suv о‘zining manbai va kapillyar yо‘llari orqali harakatlanish xususiyatiga kо‘ra asosan ikki xil tiralgan( kо‘tariluvchi) kapillyar suv va muallaq kapillyar suvlarga bо‘linadi.
    Tiralgan (kо‘tariluvchi) kapillyar suvning manbai asosan sizot suvga bog‘liq bо‘lib mavjut sharoitga qarab harakatlanadi. Fizik bug‘lanish va о‘simliklar sarf bо‘ladigan namlik о‘rni ana shu kо‘tariluvchi kapllyar suv bilan doim va tо‘xtovsiz tо‘ldirilib turiladi.
    Muallaq kapllyar suv sizot suvi manbalari bog‘liq bо‘lmasdan qatlam orasida joylashadi. Bu suv tuproqlarda yog‘ingarchilikdan keyin yoki sug‘orishdan sо‘ng yuzaga keladi. Sizot suvlari chuqur joylashgan sharoitda muallaq kapillyar suv о‘simliklarni suv bilan ta’minlovchi asosiy manba bо‘lib hisoblanadi.
    SHо‘rlanmagan tuproqlarda kapillyar suvning osmotik bosimi yirik kapillyarlarda 0,5 atm, nozik kapllyarlarda esa 3-4 atm atrofida о‘zgarib turadi. Shuning uchun kapllyar suv о‘simliklarni ta’minlaydigan asosiy suv manbai hisoblanadi.
    4.Gravitatsion suv. Tuproqning yirik kapllyar va nokapillyar yо‘llari orqali о‘z og‘irlik kuchi bilan yuqoridan pastga yoki qiyalik joylarda suv о‘tkazmaydigan qatlam orqali yon tomonga qarab erkin harakat qiluvchi suvga gravitatsion suv deyiladi. SHо‘rlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm dan kam bо‘lganidan, о‘simlikka yaxshi singib о‘tadi. Ammo tez xarakatlanishi va boshqa shakldagi suvga о‘tishi sababli, gravitatsion suv о‘simliklarni bevosita suv bilan kam ta’minlaydi. Kapillyar va gravitotsion shakldagi suvlar erkin holda suv kategoriyasi jullasiga kiradi.

    Download 4,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 4,07 Mb.