Tuproqlarning singdiruvchi kompleksi
Ion almashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tuproqning qattiq fazasiga uning singdirish kompleksi (TSK) deyiladi. Bu o‘rinda tuproqni qattiq fazasi deyilganda uning mineral, organik va organo-mineral qismlarini kompleks, ya’ni birgalikda tushunish lozim.
TSK da almashinish qobiliyatiga ega bo‘lgan kationlar bo‘lishi kerak, aks holda TSK bilan tuproq eritmasi o‘rtasida ion almashinishi sodir bo‘lmaydi. Bu ta’rif, ya’ni TSKga berilgan tavsif mukammalashtirishga muhtoj. Negaki, tuproq qattiq fazasining hammasi ham kation almashinish jarayonida qatnashmaydi. Masalan tuproqni qattiq fazasiga kiruvchi kvars ion almashinish jarayonida amalda ishtirok etmaydi. Yirik mexanik fraksiyalarda ham bu jarayon kuzatilmaydi. Ion almashtirish qobiliyati asosan il zarrachalari uchun xos.
Tuproqning muhim xossalaridan biri, ya’ni TSK ni tavsiflay oladigan xususiyatlar qatoriga tuproqni va TSK ni “kation almashtirish sig‘imini” kiritish mumkin. Adabiyotlarda bu atamaning o‘rniga sinonim tariqasida “singdirish sig‘imi” ishlatiladi. Singdirish sig‘imi almashinadigan kationlarning summasiga teng bo‘ladi. Singdirish sig‘imining o‘lchov birligi tariqasida 100 g tuproq uchun mg.ekv. og‘irlik qabul qilingan.
Singdiruvchi sig‘imi bilan singdirilgan kationlar summasi miqdor jihatdan hamma vaqt ham o‘zaro teng kelavermaydi.
Singdirilgan kationlar summasi pH ga bog‘liqligi uchun singdirish sig‘imiga teng yoki teng bo‘lmagan hollar tuproqlarda kuzatiladi.
Tuproqni singdirish sig‘imi ularning mexanik, minerologik tarkibiga, gumus miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqni paydo bo‘lishida qatnashadigan minerallarni kation singdirish sig‘imi bir xil bo‘lmay, quyidagi ko‘rsatkichlarga ega.
Baxolash mezoni
№
|
Baxolash mezoni
|
Baho
|
1
|
Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..
|
5
|
2
|
Savollarga qisman javob berish
|
4
|
3
|
Savollarga noto’g’ri javob berish
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bermaslik
|
2
|
|