O‘quv mashg‘UL




Download 4,07 Mb.
bet22/24
Sana18.05.2024
Hajmi4,07 Mb.
#241178
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O‘quv mashg‘UL (1)

Dasht zonalari — tabiiy landshaftlarida koʻp joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning moʻʼtadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) moʻʼtadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, suvayirgʻichlari oʻrmonsiz. Qoratuproq, toʻq kashtan va kashtan tuproqlarda oʻtsimon, koʻproq boshoqli oʻsimliklar oʻsadi. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika hududlarida yaqqol koʻzga tashlanadi, Janubiy Amerikaning janubida ham uchraydi. Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining koʻlami yiliga 500—580 kj/sm2 (120—140 kkal/sm2), radiatsiya balansi 145—190 kj/sm2 (35—45 kkal/ sm2). Moʻʼtadil issiq, yogʻin kam, quyoshli yoz kam qorli sovuq qishga tez oʻtadi. Shimoliy yarim sharda iyulning oʻrtacha temperaturasi 20—24°, yanvarniki 0° dan — 30° gacha (Oʻrta Sibirning jan. va Markaziy Osiyoda). Yiliga 200 mm dan 400 mm gacha yogʻin tushadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Qishda qor boʻronlariga, yozda esa garmsel (suxovey) va toʻzonga aylanadigan kuchli shamollar boʻlib turadi. Dare kam, suv miqdori mavsumga qarab keskin oʻzgarib turadi. Gʻovak, lyossimon jinslarning keng tarqalganligi jarlar hosil boʻlishiga, tabiiy oʻsimlik qoplamining keskin kamayishiga olib keladi. Qoratuproqlar gumus va karbonatlarga boy boʻlgani uchun unumdor. Toʻq kashtan va kashtan tup-roklarda gumus kam, shoʻrtob boʻlganidan unumdorligi past. Dasht zonalari ning asosiy qismi haydalib ekinzorlarga aylantirilgan. Tabiiy oʻsimliklardan bo-shoklilar bilan chalov, betaga, chillak-oyoq, qoʻngʻirbosh Zabaykalye va Markaziy Osiyo dashtlarida, bizon oʻti, daraxtsimon oʻsimliklar Shimoliy Amerikaning preriyalarida saqlanib qolgan. Ayrim joylarda butalar, daryo kayirlarida oʻrmonlar uchraydi. Bahorda efemer va efemeroidlar usadi. Yevrosiyo Dasht zonalarining gʻarbida qarsoq tulki, boʻri, sichqon, dasht olaquzani, boʻrsiq, yumronqoziq, koʻrsichqon, qoʻshoyoq, sharqida jayran, daur kirpisi va b., Shimoliy Amerikada bizon, burama shoxli antilopa, dasht boʻrisi, yumronqoziqning bir necha turi, Qozogʻistonda dasht burguti, toʻrgʻay, sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, kaltakesak, sariq qorinli chipor ilon, choʻl baqasi yashaydi.
Sharqiy Yevropa tekisligida qoʻriq dashtlar faqat qoʻriqxonalarda qolgan. Qurgʻoqchilik koʻp bulganligidan, suv va shamol eroziyasi tufayli dehqonchilik melioratsiyaga muhtoj. Dashtlarning tabiiy landshafti Janubiy Sibirning botiqlarida va Markaziy Osiyo togʻlarida yaxshi saqlangan; 2) sub-tropik mintaqalarning dasht zonalari — iqlimi quruq issiq, tabiiy landshaftlarda oʻt vabuta oʻsimliklari oʻsadi. Asosan 25° va 40° sh. k. va j. k.lar orasida joylashgan. Shimoliy Amerikada Kaliforniya vodiysida, Kolorado platosida, Buyuk tekisliklarning jan. qismida, Meksika togʻligining ichki qismida uchraydi. Janubiy Amerikada Laplata pasttekisligining va And togʻ oldilaridagi pampalarla, Avstraliyada — materikning jan. va jan.-gʻarbiy qismidagi tekisliklarda, Zakavkazyeda Kura-Araks pasttekisligining togʻ oldi qismlarida uchraydi.
Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining koʻlami yiliga 580—790 kj/sm2 (140—180 kkal/sm2), radiatsiya balansi 210—290 kj/sm2 (50—70 kkal/sm2). Qishi iliq, qorsiz, eng sovuqoyning oʻrtacha havo temperaturasi 5—12°, onda-sonda sovuqurish kuzatiladi. Yozi issiq, eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 20—25°, vegetatsiya davrini 3—4 oygacha qisqartiradigan tez-tez kuchli qurgʻoqchilik boʻladi. Yiliga 500—600 mm yogʻin tushadi, materiklarning sharqida maksimum yogin yozda, gʻarbida esa qishda boʻladi. Yer ustki oqimlari kam, daryolari kamsuv, qurgʻoqchil mavsumlarda koʻpincha qurib qoladi. Tuproqlarida temir va alyuminiy oksidlari koʻp. Tuproqlarning minerallashish jarayonlari mavsumiy boʻlib, qurgʻoqchil davrda toʻxtaydi yoki keskin kamayadi. Koʻp joylarda shoʻrlangan tuproklar shakllanadi. Tabiiy oʻsimliklar tarkibida chimli boshoqlilar, ayrim joylarda butalar uchraydi. Daryo vodiylari oʻrmonzor. Daryolar oraligʻida baʼzan daraxtzorlar uchraydi. Hayvonot dunyosida kemiruvchilar, tez chopar tuyoqlilar, shuningdek, sudralib yuruvchilar, hasharotlardan toʻgʻriqanotlilar uchraydi. Xoʻjaligi yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka ixtisoslangan.

Download 4,07 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 4,07 Mb.