19
Xizmat ko‟rsatishdagi to‟sqinliklar aloqa yoki ularni boshqaruvchi
vositalarning normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Bunday buzilishlarda muayyan
maqsad ko‘zlanadi: masalan, obekt ma‘lum adresatga yo‘naltirilgan barcha
axborotlarni to‘xtatib qolishi mumkin. Yana bir misol, tarmoqni atayin axborotlar
oqimi bilan ortiqcha yuklash orqali yoki tarmoqni ishdan chiqarish yo‘li bilan
barcha tarmoq ishini blokirovka qilish.
Himoyaning aktiv buzilishlarini butunlay oldini olish juda murakkab,
chunki bunga faqat barcha aloqa vositalarini uzluksiz fizik himoyalash orqali
erishish mumkin. Shu sababli himoyaning aktiv buzilishlarida asosiy maqsad
ularni operativ tarzda aniqlash va tezda tizimning ishga layoqatliligini tiklash
bo‘lishi shart. Buzilishlarning o‘z vaqtida aniqlanishi buzg‘unchini to‘xtatish
vazifasini xam o‘taydi, va bu vazifani buzilishlardan ogoxlantirish tizimining qismi
deb ko‘rish mumkin.