21
3-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Simmetrik o‟rin almashtirish algoritmlari yordamida shifrlash
Axborotga nisbatan bo‟ladigan xavf-xatarlar va zaifliklar hamda ularni
boshqarish usullari.
Kirish: Axborotlarni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari,
usullari va formalari murakkablashuvi hamda rivojlanishi bo‘yicha
ularni axborot
texnologiyalarida ularni qo‘llanilish xavfsizlik darajasidan oshib bormoqda.
Ishdan maqsad: Simmetrik kriptotizimni asosiy usullarini o‘rganish va
tadqiq etish.
Kerakli jixozlar: Kompyuter, dasturlar
С++ va
C# ixtiyoriy, printer, daftar,
A4 formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
Kriptografiya- axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi
va tadqiq qiladi.
Kalit- matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
Kriptoanaliz-kalitni bilmasdan shifrlangan matnni
ochish imkoniyatlarini
o‘rganadi.
Kodlashtirish - esa axborotni ikkilik sanoq sistemasidagi ―0‖ va ―1‖ lardan
iborat raqamli ko‘rinishidir.Agar axborotni shifrlash va uni qayta tiklash uchun bir
xil kalitdan foydalanilsa bunday shifrlash usuli simmetrik shifrlash usuli deyiladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo‘linadi.