5. Hodisaning oqibatlarini rivojlanishiga to‘lqinlik qiuluvchi to‘siqlarni
namoyish qilish.
Foydalanishni boshqarish modellari Hozirda tizimlarda obyektlarni boshqarish uchun turlicha usullar mavjud
bo‘lib, ularga quyidigalarni misol keltirish mumkin:
•
diskresion foydalanishni boshqarish usuli (Discretionary access
control, DAC);
•
mandatli foydalanishni boshqarish usuli (Mandatory access control,
MAC);
•
rolga asoslangan foydalanishni boshqarish usuli (Role-based access
control, RBAC);
•
attributlarga asoslangan foydalanishni boshqarish usuli (Attribute-
based access control, ABAC).
Tizimda
ushbu
foydalanish
usullari
bir-biridan
alohida-alohida
foydalanilishi talab etilmaydi va ularning kombinasiyasidan ham foydalanish
mumkin (8.2-rasm).
52
8.2-rasm. Foydalanishni boshqarish tizimlari DAC usuli Foydalanishni boshqarishning mazkur usuli tizimdagi shaxsiy obyektlarni
himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bunga ko‘ra obyekt egasining o‘zi undan
foydalanish huquqini va kirish turini o‘zi belgilaydi.
DAC da subyektlar tomonidan obyektlarni boshqarish subyektlarning
identifikasiya axborotiga va asoslanadi. Masalan, UNIX operatsion tizimida
fayllarni himoyalashda, fayl egasi qolganlarga o‘qish (r), yozish (w) va bajarish
(x) amallaridan bir yoki bir nechtasini berishi mumkin. Umumiy holda DAC
usuli aksariyat operatsion tizimlarda foydalanishlarni boshqarish uchun
foydalaniladi.
MAC usuli Foydalanishning mazkur usulida foydalanish ruxsati obyektning egasi
tomonidan amalga oshirilmaydi. Masalan, Alisa TOP SECRET ruxsatnomasiga
ega bo‘lgan subyektlarga ruxsat bera olmaydi. Sababi u ushbu bosqichdagi
hujjatlarni to‘liq nazorat qila olmaydi. MAC usuli bilan foydalanishni
boshqarishda xavfsizlik markazlashgan holatda xavfsizlik siyosati ma‘muri
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi xavfsizlik siyosatini
o‘zgartira olmaydi. DAC usulida esa obyektning egasi xavfsizlik siyosatini
quradi va kimga foydalanish uchun ruxsat berilishini aniqlaydi.
MAC usulida foydalanishlar subyektlar va obyektlar klassifikasiyalashga
asosan boshqariladi. Tizimning har bir subyekti va obyekti bir nechta xavfsizlik
darajasiga ega bo‘ladi. Obyektning xavfsizlikdarajasi tashkilotda obyektning
muhimlik darajasi bilan yoki yo‘qolgantaqdirda keltiradigan zarar miqdori
53
bilanxarakterlanadi. Subyektning xavfsizlik darajasi esa unga ishonish darajasi
bilan belgilanadi. Oddiy holda xavfsizlik darajasini: O‘TA MAXFIY (O‘M),
MAXFIY (M), KONFIDENSIAL (K) va OChIQ (O) shaklida yoki: O‘M > M >
𝐾𝐾 > 𝑂𝑂.