|
O‟quv qo‟llanmaBog'liq risklarni baholashABAC modeli
Attributlarga asoslangan foydalanishlarni boshqarish usuli (ABAC) -
obyektlar va subyektlarning atributlari, ular bilan mumkin bo‘lgan amallar va
so‘rovlarga mos keladigan muhit uchun qoidalarni tahlil qilish asosida
foydalanishlarni boshqaradi. Qoidada har qanday turdagi attributlardan
(foydalanuvchi attributlari, resurs attributlari, obyekt va muhit attributlari va
hak.) foydalanish mumkin. Ushbu model so‘rovni, resursni va harakatni kim
bajarayotgani to‘g‘risidagi holatlar ―AGAR, U HOLDA‖ dan tashkil topgan
qoidalarga asoslanadi. Masalan, AGAR talabgor boshqaruvchi bo‘lsa, U
HOLDA maxfiy ma‘lumotni o‘qish/ yozish huquqi berilsin.
Attributlarga
asoslangan
foydalanishni
boshqarishdagi
asosiy
standartlardan biri bu XACML (eXtensible Access Control Markup Language)
bo‘lib, 2001 yilda ishlab OASIS (Organization for the Advancement of
Structured Information Standards) chiqilgan.
XACML standartida asosiy tushunchalar bular: qoida (rules), siyosat
(policy), qoida va siyosatni mujassamlashtirgan algoritmlar (rule-combing
algorithms), attributlar (attributes) (subyekt, obyekt, harakat va muhit shartlari),
majburiyatlar (obligations) va maslahatlar (advices). Qoida markaziy element
bo‘lib, o‘zida maqsad, ta‘sir, shart, majburiyat va maslahatlarni o‘z ichiga oladi.
Maqsad – bu subyekt obyekt ustida nima harakat qilishidir (o‘qish, yozish,
o‘chirish va hak.). Ta‘sir mantiqiy ifodalarga asoslangan bo‘ladi va tizim
foydalanish uchun ruxsat, taqiq, mumkin emas, aniqlanmagan holatlaridan biri
bo‘lgan ruxsatni berishi mumkin. Mumkin emas buyrug‘i mantiqiy shart
noto‘g‘ri bo‘lganda qaytarilsa, ifodani hisoblash vaqtida yuzaga kelgan
xatoliklar uchun aniqlanmagan ta‘sirini ko‘rsatadi. Qoidaga misol:
8.1-jadval
Maqsad
Bemorni tibbiy kartasidan qon guruhini bilish
Harakat
Ruxsat
Ruxsat
Subyekt.Lavozimi=Vrach & muhit.vaqt >= 8:00 &
muhit.vaqt <=18:00
Majburiyat
Tibbiy yozuvini ko‘rish sanasini (muhit.vaqt) ro‘yxatga
olish jurnalida ko‘rsatish.
|
| |