71
Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan
va axborotlarni ishonchli
saqlashini ta‘minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta‘minlash;
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim tekshirish;
- qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko‘rinishida
tarmoqlarda saqlash.
Kompyuter viruslariga qarshi kurashning quyidagi turlari mavjud:
- kompyuter viruslari kompyuterga kirganda fayllarni o‘z holiga qaytaruvchi
dasturlarning mavjudligi;
- kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;
- disklarni yozishdan himoyalash;
- lisenzion dasturiy ta‘minotlardan foydalanish va o‘g‘irlangan dasturlarni
qo‘llamaslik;
- kiritilayotgan dasturlarni viruslarning mavjudligiga tekshirish;
- antivirus dasturlaridan keng foydalanish;
- davriy ravishda kompyuterlarni antivirus dasturlari
yordamida viruslarga
qarshi tekshirish.
Viruslarni aniqlash va davolash usullari
Hozirgi kunda kompyuter viruslariga qarshi kurashga ixtisoslashgan
kompaniyalar vujudga kelgan. Ular har kun, har soat mijozlarning kompyuteridagi
mavjud
viruslarni topib, ularni yo‘q qiladigan antivirus dasturlarini yaratadilar.
Hozirgi kunda kompyuter viruslariga qarshi kurashuvchi antivirus dasturlaridan
eng
asosiylari KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptChecker, NortonAntivirus,
DrWeb, Adinf, AVPlar hisoblanadi.
KasperskyAnti-Virusdasturi bugungi kunda
kompyuter viruslarining 100000 dan ortiq turini aniqlaydi va davolaydi.
KasperskyAnti-Virus (AVP) ScriptCheckerdasturini
ishga tushirish
quyidagicha
amalga
oshiriladi:
PUSK
Programmы