• Detektorlar
  • Vaksinalar
  • Privivka
  • O‟quv qo‟llanma




    Download 3,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/76
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,82 Mb.
    #101076
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
    Bog'liq
    risklarni baholash

    Antivirus dasturlari 
    Hozirgi vaqtda viruslarni yo‘qotish uchun ko‘pgina usullar ishlab chiqilgan 
    va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni antiviruslar deb atashadi. 
    Antiviruslarni, qo‘llanish usuliga ko‘ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 
    detektorlar, faglar, vaksinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar. 
    Detektorlar – virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) 
    bo‘yicha operativ xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma‘lum viruslarni topadi va 
    xabar beradi. Yangi viruslarni aniqlay olmasligi detektorlarning kamchiligi 
    hisoblanadi. 
    Faglar – yoki doktorlar, detektorlarga xos bo‘lgan ishni bajargan holda 
    zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga 
    qaytaradi. 
    Vaksinalar - yuqoridagilardan farqli bo‘lib, u himoyalanayotgan dasturga 


    70 
    o‘rnatiladi. Natijada dastur zararlangan deb hisoblanib, virus tomonidan 
    o‘zgartirilmaydi. Faqatgina ma‘lum viruslarga nisbatan vaksina qilinishi uning 
    kamchiligi hisoblanadi. Shu bois, ushbu antivirus dasturlar keng tarqalmagan. 
    Privivka - fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning 
    natijasida viruslar privivka qilingan faylga yopishmaydi.
    Filtrlar – qo‘riqlovchi dasturlar ko‘rinishida bo‘lib, rezident holatda 
    ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqida 
    foydalanuvchiga xabar beradi. 
    Revizorlar – eng ishonchli himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi 
    holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat 
    qilib boradi. 
    Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va 
    aniqlangan viruslar hakida xabar beradi. 
    Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki 
    ularni davolab, dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, 
    DoctorWeb dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Yangi viruslarning 
    to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarni ham yangi 
    versiyalari bilan almashtirib turish lozim. 
    Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo‘lgan 
    shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi. 
    Bu harakatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin : 
    - fayllar atributlarining o‘zgarishi; 
    - disklarga doimiy manzillarda ma‘lumotlarni yozish;
    - diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma‘lumotlarni yozib yuborish. 
    Tekshiruvchi (revizor) dasturlari virusdan himoyalanishning eng ishonchli 
    vositasi bo‘lib, kompyuter zararlanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va 
    diskning tizim maydoni holatini xotirada saqlab, doimiy ravishda yoki 
    foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlang‘ich holatlarini bir-
    biri bilan solishtiradi. Bu dasturga ADINF dasturini misol qilib keltirish 
    mumkin. 

    Download 3,82 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




    Download 3,82 Mb.
    Pdf ko'rish