Pedagogik monitoring tushunchasi. Raqamli ta’lim muhitida xorijiy davlatlar baholash tizimini taxlil qilish




Download 67,79 Kb.
bet2/2
Sana21.05.2024
Hajmi67,79 Kb.
#247445
1   2
Bog'liq
Rajabovvvvv
Национальная платежная система России проблемы и перспективы. Монография, Bekboyeva D, ish haqini tashkil qilish shakillari va tizimlari, Raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvini rivojlantirishda ishlatiladigan atamalar lug\'ati, 2-bob. test, 10-sinf Fizika olimpiada uchun (1), XXCmOZ8Sh915mZSbqi132sIJruoNckDSonmOyrV1, Korxona foydasini shakilanishi va undan foydalanish yo’nalishlar, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi., Metod birlashma jild, 558852, kerak yakun, 2023-10-09-07-55-52 d7d520d47d495b8e29ce18827f02a966, 1711469558, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari
2. Pedagogik monitoring tushunchasi. Raqamli ta’lim muhitida xorijiy davlatlar baholash tizimini taxlil qilish.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi.
Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda.
PISA - o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o‘quvchilar ta'lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.
Birgina 2015 yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta'sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta'lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma'muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TIMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Shuni e'tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste'dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
Umuman olganda mamlakatimizdaaynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta'lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.Shuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi.
Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:
1. Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha o‘rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash;
2. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”ni yaratish;
3. Ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o‘rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini ko‘rib chiqish;
4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim–tarbiya berishga mas'ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo‘yish va bolalarning umumiy ta'limga yo‘naltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilan belgilab qo‘yish;
5. Maktabgacha ta'lim hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar sonining maksimal hamda minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish;
6. Psixologik testlar yordamida boshlang‘ich sinflardagi iste'dodli bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish.
Vatanimiz ta`limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir.Yangilangan ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta’limning qadr -qimmati, obro va nufuziga teng darajada unnig ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo’lmogi zarur. Ta’limdagi muvvafaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo’ladi. Dadil harakat, shijoat tufaylifdir. Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm- ma’rifat baxsh eta oladi.
Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan.Bilimdon kishilar esa el- yurt ardog’ida bo’lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo’lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir.Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalari o’rganishdir. Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lamiz. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo’lmoqda. Umumiy o’rta ta’lim sifati ilg’or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda. Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi.Ularda xalqaro tajribalar yo’lga qo’yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, , Zamonaviy maktab” larni tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida“gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030- yilga qadar esa 50 foizini, , zamonaviy maktab” larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi. Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomada maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini takidladi. Maktablarda moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o’quv tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash bo’yicha vazifalarini belgilab berdi. Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg’ulotga ajratilgan.Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko`rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi. Shu bois xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikat-siyalarini rivojlantirish vazirligiga o’quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashgu’lotlar ko`lamini oshirish vazifasi qo’yildi. Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo’ldagi say harakatlari bilan o’lchanadi. Bugungi kunda ta`lim mazmuniga bo’lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart –sharoitlarga yetib bormoqda...Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o’tamiz. Yaponiya ta’lim tizimi Yaponiya ta`limida ``iqtidorli o`quvchi `` tushunchasi yo`q. chunki har bir o`quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg’or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi o’ziga xos yo’nalishi yetakchi o’rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta’lim , boshlang’ich maktab , kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oiliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o’quv yurtlari. Boshlang’ich maktabda o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o’rgatishadi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo’lgan yagona davlat. Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. Yuqori o’rta maktab 10-11-12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlari mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktablarda butun o’quv jarayonida o’quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o’z xohishlariga ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi. Universitetlariga yuqori va o’rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o’quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo’linadi: 1-bosqich turar joyda o’tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tkaziladi. Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini ma’sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko’plab metodik qo’llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko’plab pedagogik maslahatlar berib boriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo’llib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog’oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo’lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha Yaponiya o’rta maktablarining saviyasi AQSH o’rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o’zlashtiril-gan. Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishda qo’l kelishi shubhasiz. Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tizimi: Amerikada o’rta ta’lim 12 yil bo’lib boshlang’ich o’rta va quyi maktablarga bo’linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o’quvchilarning 88 foizi o’qiydi.Ta’lim muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qo`shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi. 12foiz o’quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag’lar va xayriya mablag’lari hisobidan shakllantiriladi. Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar bo`yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi. Odatda har bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Amerikada nusxa ko’chirish uskunalari juda ko’p joylashtirilgan. Chunki o’qituvchi tomonidan o’quvchlarga deyarli barcha vazifalar bosma shaklda beriladi. Boshlang’ich maktabda har yil sinf o‘qituvchisi o’zgaradi. Boshlang’ich sinflarda matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan biroz yengilroq.Ko’paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi. Amerika maktablaridagi o’ziga xos usullaridan biri har bir o’quvchining, , Hisobot kartasi”yuritilishidir. Unda o’quvchi 10 xil xatti -harakati bo’yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi. Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o’yinchoq” metodini qo’llashadi. Bu metodda bolalar o’yinchog`ini tariflaydi. Mazkur metodni qo’llashdan maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bo`lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o’rgatishdir. Amerikada ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga ega bo’lgan davlatda butunlay savodsiz bo’lgan bolalar ham topiladi. AQSH da ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanishi muhim Germaniya ta’lim tizimi: Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o’choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o’z shaxsini erkin rivojlantirish, o’z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o’qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi boshlang’ich va o’rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o’qish bepul. Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo`linadi: boshlangi’ch maktab; yo’nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy maktab ; maxsus maktab. Boshlang’ich maktab ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish maktabga o’tishadi. Asosiy yoki to’liq xalq maktabi boshlang’ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o’quvchilar uchun majburiydir. Asosiy maktab o’qituvchilari o’zlarini o`qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi o’quvchilar yomon o’zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta’lim olishiga majbur bo’lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo’lib, odatda 5-10-sinflarni o’z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko’nikmalariga yuqori talab qo’yadigan kasb egalari bo’lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o’rin olishda o’zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud. Fransiya ta’lim tiizimi: Fransiyada ta’lim sifati ta’lim, sport va tadqiqotlar bo’yicha bosh inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4 ta vazirlik uchun faoliyat ko’rsatadi. Bosh inspeksiya 4 ta vazifani bajaradi: 1. Qo’llab-quvvatlash - ta’lim, fan, sport, madaniyat boshqaruv idoralarini oliy ta’lim rektoratlarini. 2. Ekspertiza qilish - vazirliklar, idoralar, shartnomalar, rahbarlar faoliyati, xizmatlar, tuzilmalar va boshqalar. 3. Baholash - tashkilotlar, muassasalar, tuzilmalar, ijtimoiy siyosiy ahvol, kadrlar. 4. Nazorat qilish - tashkilotlar, muassasalar, xizmatlar va kadrlar. Bosh inspeksiyada to’planadigan tajribalarning xilma –xilligi, bolalar bog’chasidan doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.Bu esa ta’lim, fan va yoshlarni rivojlantirishga, o’quvchilarni sport, jamiyat hayoti va jamoat o’qishiga jalb etishga ta’sir qiladi. Fransiya ta’lim tizimiga ko’ra bola 6-7 yoshida tayyorlov sinfga boradi, keyin shu maktabda 4 yil boshlang’ich sinfda o’qiydi. Bu boshlang’ich sinflar odatda alohida boshlang’ich maktab sifatida faoliyat ko’rsatadi hamda ularning inspeksiyasi ham, alohida bo’ladi. Keyingi bosqich o’rta ta’lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o’qiydi va yakunida to’liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi. Keyingi 3 yil davomida turli yo’nalishdagi litseylarda o’qiydi hamda yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTM larga qabul qilinadi. O’qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi.Yaxshi ishlamaydigan o’qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o’qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi. Maktab o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq egasi bo’lmog’i lozim. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalari ko’zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to’garaklar mavjud.
Ayni damda AQSH pedagogikasidagi:
1. Bolani o’z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhiyatida tarbiyalash. 2.O’quvchinig eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun kurash
3.Bolani kamsitmaslik, insoniylik qadriyatlarini va g’ururini yerga urmaslik 4.O’quvchini ilk davridanoq kasbga yo’naltirish
5. Vataniga faxr va iftixor ruhi bilan tarbiyalash.
Yaponiya ta’limidagi :
1. Bolani maktabga puxta tayyorlash
2. Kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish; 3.O’quvchilarni nafosat jismoniy kamolotiga berilayotgan etibor;
4. O’qituvchi kadrlariga yuksak talabchanlik;
5. Yosh talantlar bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi :
1. Tabaqallashtirib o’qitishga kuchli e’tibor;
2.O’quvchilarni mehnat ta’limini mustahkamlash
3. Kasbga yo’naltirish.
Fransiya ta’limidagi:
1. Maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish ;
2. Boshlang’ich ta’limni
3 bosqichda puxta amalga oshirish
3. O’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgasmn katta e’tibor.
4. O`quv muassasalarinig turli firmalar, konsernlar, korxonalar, mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlari bizning ta’limga ham ko’chib bormoqda. Albatta ta’limga har qanday yangilik, o’zgarish, jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. O’zbekiston 2021 yilda PISA va PIRLS xalqaro baholash tizimida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu sinovga barcha tayyorgarlik ko’rishi kerak.Ya’ni bu yilgi 3- sinf o’quvchilarimiz 2021-yilda 4-sinf bo’ladi. Bu o’quvchilarni mazkur jarayonga tayyorlash uchun xalqaro baholash tizimida ishtirok etib kelayotgan rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribalari bilan o’rtoqlashishga to’g’ri keladi.
Download 67,79 Kb.
1   2




Download 67,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik monitoring tushunchasi. Raqamli ta’lim muhitida xorijiy davlatlar baholash tizimini taxlil qilish

Download 67,79 Kb.