O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya




Download 0,68 Mb.
bet42/189
Sana06.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#260946
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189
Bog'liq
болалар нутқини ўстириш мажмуа

Ovoz balandligi - ohangning ko‘tarilishi va pasayishi, yuqori ovozdan past ovozga o‘tish va aksincha.
Ovoz kuchi - tovushlarni muayyan balandliqda talaffuz etish, shuningdek tovushni bor ovozi bilan talaffuz eta olish qobiliyati.
Ovoz tembri- ovozga sifat jihatdan ishlov berish (jarangdor, ma’nosiz, titroq, bo‘giq va boshq.)
Ovoz ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas olish, ovoz va artikulyasiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqori nafas yo‘llarining turlicha tebranishlari, surunkali shamollash, adenoid o‘simtalar va hokazolar ovozdagi buzilishlarning yuz berishiga yordam beradi. Ko‘pincha maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz buzilishi undan noto‘g‘ri foydalanish: doimiy ravishda baqirib so‘zlash, ayniqsa yilning sovuq davrida ko‘chalarda baland ovozda so‘zlash orqali ovoz tugunchalarini zo‘riqtirish, bola ovozi diapazoniga mos kelmaydigan ohangda so‘zlash (masalan, bolalar anchaga yosh bolalarning chiyilloq nutqiga takdid qiladilar yoki «adasi nomidan» past ovozda so‘zlashga urinadilar) oqibatida yuz beradi. Ovozdagi buzilishlar burun-tomoq yoki yuqori nafas yo‘llariga oid kasalliklarni boshdan kechirgan hamda kasallik paytida yoki sog‘ayganidan so‘ng darhol ovozni asrash rejimga rioya qilmagan bolalarda ham vujudga kelishi mumkin.
Ovoz imkoniyatlaridan noto‘g‘ri foydalanish bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari (juda uyatchan bola ko‘pincha past ovozda so‘zlaydi; tezda g‘ayratga keladig‘an bolalar baland ohanglarda so‘zlaydilar); noto‘g‘ri tarbiyaga (agarda atrofdagilarning o‘zlari baland ovozda so‘zlasalar bolalar ham noiloj shunga o‘rganadilar); agarda xonada doimiy shovqin-suron bo‘lsa (radio, televizor, maktabgacha ta’lim muassasasi guruhidagi doimiy shovqin-suron va h.k.) bolalarning baland ovozda so‘zlashga majbur bo‘lishlariga bog‘liqdir.
Tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: o‘yinlarda, o‘yinli mashqlarda ovozning asosiy sifati - kuchi va balandligini rivojlantirish; bolalarni zo‘riqmasdan so‘zlashga o‘rgatish, ularni ovozdan turli vaziyatlarga mos holda foydalanishga odatlantirish (past-baland).
• Ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish
Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. Bu ishlar maktabgacha ta’lim muassasasida nihoyasiga etkazilmog‘i lozim.
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni faqatgina bolalarda artikulyasiya apparati organlarining harakatchanligi va tez o‘zgara olishi, nutqiy nafas olishi etarli darajada rivojlangan, ular o‘z ovozlarini boshqarishni uddalay olgan taqsirdagina shakllantirish mumkin. To‘g‘ri talaffuzni shakllantirish uchun yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyatiga ega bo‘lish ham juda muhimdir, chunki u o‘z-o‘zini nazorat qilish imkonini beradi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa doimo o‘z o‘stida ishLashga undaydi.
Tovushni talaffuz qilishdagi kamchiliklar nutqiy apparatdagi nuqsonlar (og‘izning yuqorigi qattiq va yumshoq qismlaridagi nuqsonlar), tish-jag‘ tizimi tuzilishdagi xatoliklar, til osti tugunchalarining qisqaligi, artikulyasiya organlarining etarli darajada harakatchan emasligi, fonematik tinglay olish qobiliyati (bir tovushni boshqasidan farqlay olmaslik) etarli rivojlanmaganligi oqibatida yuz berishi mumkin. Jismoniy tinglay olish qobiliyatining susayganligi, o‘z nutqiga beparvolarcha munosabatda bo‘lish (o‘zini ham, boshqalarni ham tinglay olmaslik), atrofdagilarning noto‘g‘ri nutqlarini o‘zlashtirib olish ham talaffuzda kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Bolalarning tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilishlari tovushlarni tashlab ketishda, bir tovushni boshqasi bilan almashtirishda va tovushni buzib talaffuz qilishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, tovushlarni almashtirib yoki buzib talaffuz qilish holatlari aniqlangan bolalar bilan ishlashni o‘z vaqgida boshlash juda muhimdir, chunki tovushlar o‘rnini almashtirish keyinchalik yozma nutqsa ham paydo bo‘lishi mumkin (bir harfni boshqasi bilan almashtirish), buzib talaffuz etilayotgan hamda o‘z vaqtida tuzatilmagan tovushlar keyinchalik uni bartaraf etish uchun logoped va bolaning birgalikda ko‘p vaqg hamda mehnat sarflashlarini talab qiladi.
Bundan tashqari, unutmaslik zarurki, tovush talaffuzidagi kamchiliklar ko‘pincha bolaning o‘zi nutqda xatolikka yo‘l qo‘yishi emas, balki faqat maxsus davolash va ta’lim berishni talab qiluvchi nisbatan murakkab nutq buzilishlarining (alaliya, dizartriya va boshq.) bir belgisi hisoblanadi.



Download 0,68 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   189




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya

Download 0,68 Mb.