• SEMINAR MAShG‘ULOTLAR UChUN MATERIALLAR I. UMUMIY QOIDALAR
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet112/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Asosiy adabiyotlar
    1. Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
    2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
    3. Yuzlikayeva Ye., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.
    4. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., I.Morxova. Teoriya i praktika obщey pedagogiki. – T.: TGPU, 2014.
    Principles of Learning and Teaching. Yeffective pedagogy. P – 12.
    5. Leadership guide.Senior leaders, subject leaders and teachers in secondary schools.
    6. Pedagogy and Practice:Teaching and Learning in Secondary chools . Status: Recommended Date of issue: 09-2004. Ref: DfES 0444-2004 GGuidance.
    SEMINAR MAShG‘ULOTLAR UChUN MATERIALLAR
    I. UMUMIY QOIDALAR
    “Umumiy pedagogika” fanini chuqur o‘zlashtirishda seminar mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Seminar mashg‘ulot – o‘quv materialini jamoa bo‘lib o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Shuningdek, amaliy mashg‘ulot – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini fanning ishchi o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan hajmdagi amaliy mashg‘ulot soatlarida talaba tomonidan fan o‘qituvchisining bevosita rahbarligi asosida auditoriyada o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
    Seminar mashg‘ulotning asosiy maqsadi pedagog-xodimning rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini auditoriya sharoitida bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdir. Seminar mashg‘ulotga talaba darsliklar, o‘quv adabiyotlari, gazeta va jurnallar, radio va televideniye, yelektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, Internet resurslari, ZiyoNET materiallari va fanning o‘quv-uslubiy majmualaridan foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rib kelishi nazarda tutiladi.



    Download 3,62 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194




    Download 3,62 Mb.