• Nazorat savollar
  • Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari




    Download 3,62 Mb.
    bet111/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
    1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), poliomielit);
    2) tayanch-harakat apparatining tug‘ma patologiyasi; sonning tug‘ma chiqqanligi; bo‘yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog‘onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo‘l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo‘li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug‘ma mayiblik);
    3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo‘l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
    Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo‘lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo‘ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korreksiyaga ham muhtoj bo‘ladilar.
    Harakatlanish buzilishlari o‘rtacha darajada bo‘lgan bolalar yurishni o‘rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining engil shaklida bolalar uyda va ko‘chada mustaqil, qo‘rqmay yura oladilar, o‘zlariga to‘la xizmat ko‘rsatadilar.
    Nazorat savollar

    1. O‘quvchilar nutqiy buzilishi qanday psixologik-pedagogik xususiyatlariga ega?

    2. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

    3. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?

    4. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?




    Download 3,62 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194




    Download 3,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari

    Download 3,62 Mb.